Generator maydonini avtomatik so'ndirish Reja
Download 24.07 Kb.
|
Sinxron generatorlar maydonini so‘ndirish. Reja-fayllar.org
Generator maydonini avtomatik so'ndirish Reja: 1. Generatorlarning maydonini so‘ndirish usullari. 2. Generator rotor chulg‘amining zanjiriga tez ishlovchi avtomatning yoy so‘ndiruvchi panjarasini ulash usuli. 3. Qo‘zg`atgichni teskari ulash usuli. U f 12 - rasm. Kuchli ta’sir etuvchi ARV ning struktura sxemasi. Maydonni so‘ndirish deb generatorning qo’zg’atish magnit oqimini nolga yaqin bo‘lgan kattalikkacha tez so‘ndirishdan iborat bo‘lgan jarayoni aytiladi. Bunda generatorning EYUK mos holda kamayadi. Magnit maydonini so‘ndirish generatorning o‘z ichidagi buzilishidan yoki undan chiqqan simlardan kelib chiqadigan avariya rejimlarini muhim ahamiyatiga ega bo‘ladi. Generatorning ichidagi qisqa tutashuv, odatda, elektr yoyi orqali sodir bo‘ladi - xuddi shu holat statorning chulg‘amlari va aktiv po‘latining ancha shikastlanishiga olib keladi. Ehtimoldan holi emaski, ichki shikastlaniщdagi tok Ik, generatordan chiqqan simlarning qisqa tutashuvidagi tokdan katta bo‘ladi. Bunday holda avariyaning yoyilishini cheklash va stator chulg‘ami bilan po‘latining kuyib ketishining oldini olish uchun generatorning maydonini tez so‘ndirish zarur bo‘ladi. Shunday qilib, generatorlarning ichida qisqa tutashuv sodir bo‘lsa, ularni tashqi tarmoqdan uzibgina olmay, balki qo’zg’atishining magnit maydonini tez so‘ndirish kerak bo‘ladi, bu generatorning EYUK kamayishiga va yoyning so‘nishiga olib keladi. Maydonni so‘ndirish uchun generatorning rotor chulg‘amini qo‘zg`atgichdan uzish kerak. Biroq bunda rotor chulg‘amining katta induktivligi tufayli uniig qisqichlarida, izolyasiyani teshilishi mumkin bo‘lgan katta o‘takuchlanish hosil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun maydonni shunday so‘ndirish kerakki, qo‘zg`atgichni manbadan uzish bilan bir vaqtda generator qnsqichlaridagi o‘takuchlanish belgilangan kattalikdan oshmasdan turib, uning rotor chulg‘amidagi magnit maydoni energiyasining tez so‘ndirilishiga erishish kerak. Hozir generatorning quvvatiga va uning qo’zg’atish tizimining xususiyatiga qarab, magnit maydonini so‘ndirishning uch usulidan foydalaniladi: so‘ndiruvchi (aktiv) qarshilikka rotor chulg‘amini tutashtirish; rotor chulg‘amining zanjiriga tez ishlovchi avtomatning yoy so‘ndiruvchi panjarasini ulash; qo‘zg`atgichni teskari qilib ulash. Birinchi ikki usulda maxsus kommutatsiya apparatlari yordamida qo’zg’atish zajirlariga tegishli qayta ulashlarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi va ularni maydonni so‘ndiruvchi avtomatlar (AGP) deb yuritiladi. Generator rotorining chulg‘amini maxsus qarshilikka ulaganda magnit maydonini so‘ndirish jarayoni juda cho‘zilib ketadi, shuning uchun hozir generatorning magnit maydonini yoy so‘ndirgichli panjarasi bo‘lgan AGP yordamida ancha ta’sirli so‘ndirish usuli eng ko‘p qo‘llanilmoqda. yoy so‘ndiruvchi panjarali avtomat bilan generator maydonini so‘ndirishdagi elektr zanjirlarining sxemasi. Generatorda qisqa tutashuv bo‘lganda himoya relesi RZ ishga tushadi va o‘zining kontaktlari bilan uzgichning uzuvchi elektromagnit EO ga ta’sir etib, generatorni tashqi tarmoqdan uzadi, hamda AGP ni uzishga signal beradi. Avtomatning ish kontaktlari 2 va yoy so‘ndiruvchi kontaktlari 1 bor bo‘lib, ular generator normal ishlab turganda berk turadi. AGP ning kontaktlari Z avtomat o‘chganda qo‘zg`atgichning qo’zg’atish zanjiriga qo‘shimcha qarshilik R0 ni ulaydi, natijada 13-rasm qo‘zg`atgichning qo’zg’atish toki kamayadi. AGP oralig‘i 1,5—Z mm li mis plastinkalari 4 dan yasalgan panjara bilan ta’minlangan. Avtomat o‘chganda avval ish kontaktlari, so‘ngra yoy so‘ndiruvchi kontaktlar uziladi, bunda ularda hosil bo‘ladigan yoy magnitli puflash yordamida yoy so‘ndiruvchi panjaraga tortiladi va kator ketma-ket qisqa yoylarga bo‘linadi. Qisqa yoy nochiziqli aktiv qarshilik hisoblanadi, undagi kuchlanishning kamayishi, yoydagi tok kattaligining keng chegarada o‘zgarishiga qaramay, amalda 25–30 V ga teng bo‘lgan doimiy kattalikda saqlanadi. Yoydagi kuchlanishning umumiy pasayishi quyidagiga teng: U nU , ёй = н (4) bunda Uk-qisqa yoydagi kuchlanish; n-panjarada ketma-ket keluvchi yoy oralig‘i soni. Shnday qilib, yoyning avtomat panjarasiga kirish paytida undagi kuchlanish darhol Uyoy kattalikkacha oshadi va yoy so‘nguncha o‘zgarmay turadi. Panjaradagi plastinkalar soni shunday tanlanadiki, bunda Uyoy qo‘zg`atgichning eng katta kuchlanishi Uf,pot dan katta bo‘lashi kerak. Bunda yoy generatorning uyg‘onish chulg‘amidagi magnit maydonining zaxira energiyasi tugaguncha o‘chmay turadi. Agar rotor chulg‘amining aktiv qarshiligidagi kuchlanish kamayishini hisobga olinmasa (yirik sinxron generatorlar uchun yo‘l qo‘yish mumkin), o‘tish jarayonining tenglamasi quyidagi ko‘rinishni oladi: U U , dt di L ёй f f + = (5) Tok if ning o‘zgarishida qo’zg’atish chulg‘ami o‘zinduksiyasining elektr yurituvchi kuchi Lif/dt ga teng. U rotor chulg‘amidagi potensiallar ayirmasini aniqlaydi. Tokning o‘zgarish tezligi dif/dt qancha katta bo‘lsa, o‘zinduksiyaning EYUK shuncha katta bo‘ladi. Rotor chulg‘ami izolyasiyasining elektr mustahkamlik shartiga asosan bu EYUK Um dan katta bo‘lganligi kerak. So‘ndirish jarayonida Uyoy amalda o‘zgarmas kattalikka ega bo‘lganligi uchun tenglama maydonning so‘nishi maksimal tezlikda bo‘lgan sharoitda o‘tish jarayonining boshidan oxirigacha quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: U U U . m + ёй = f (6) Shuni nazarda tutish kerakki, maydonni so‘ndirish davri davomida Uf amalda o‘zgarmaydi. Demak generatorning maydonini yoy so‘ndiruvchi panjaraga zaryadsizlab so‘ndirish jarayonida rotor chulg‘amidagi kuchlanish o‘zgarmas miqdorga ega bo‘lib, Um ga teng oraliqda bo‘ladi. Rotorning chulg‘amidagi tok if doimiy tezlik bilan o‘zgaradi, chunki Const. L U dt di f m = = (7) YUqorida keltirilgan sxemadan foydalanilganda maydonni so‘ndirish vaqti 0,5-1 s ni tashkil qiladi. Rotor chulg‘amidagi tokning va uning qisqichlaridagi kuchlanishning o‘zgarish jarayoni 14-rasmda ko‘rsatilgan. Ayni holda maydonni so‘ndirish sharoiti optimalga yaqin. Miqdori kichik tok hosil qilgan maydonni so‘ndirishda plastinkalar orasidagi oraliqda yoy turg‘un yonmaydi, bu ayniqsa tokning miqdori nolga 14- rasm. Magnit maydon so‘ndirishda rotor chulg‘amidagi kuchlanish va tokning o‘zgarish jarayoni. yaqinlashganda kuchli seziladi. Oraliqlardan birida yoyning so‘nishi natijasida tokning hamma zanjiri uziladi va qo’zg’atish zanjirida o‘ta kuchlanishning hosil bo‘lishiga olib keladi. Tok miqdorining nol qiymatiga ravon yaqinlashishini ta’minlash uchun panjara maxsus qarshiliklar to‘lami 5 bilan shuntlanadi. Bunday sxemada yoy darrov so‘nmay, balki seksiyalar bo‘yicha so‘nadi, bu esa o‘ta kuchlanishning kamayishiga olib keladi. Qo‘zg`atgichni qarama-qarshi ulash bilan maydonni so‘ndirish, odatda, tiristorli qo’zg’atish generatorlari uchun qo‘llaniladi. Bunda ventillar inventor rejimiga o‘tkaziladi. Ulardagi kuchlanish o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi, bu esa rotor chulg‘amidagi tokning nolgacha tez kamayishiga olib keladi. Download 24.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling