Inson bilan kompyuterning o'zaro ta'siri usullari va vositalarini ishlab chiqish. Axborotni kiritish / chiqarish uchun zamonaviy qurilmalar. Ularning xususiyatlari, afzalliklari va kamchiliklari
Download 89.85 Kb.
|
Xumoyunmirzo O P
- Bu sahifa navigatsiya:
- MONITORLARNING O`TKAZISH QOBILIYATI
VERTIKAL (KADRLI) YOYISH
Monitorning muhim tavsifi uning kadrli yoyishining chastotasidir. Ekranda 25 Gc chastotali tasvirlar (kadrlar) almashinishi ko`z bilan uzluksiz harakat kabi qabul qilinadi, lekin bunda ko`z ekranning miltillashidan tez charchaydi. Tasvirning yuqori turgunligini ta`minlash va ko`z charchashini kamaytirish uchun zamonaviy yuqori sifatli monitorlarda kadrlarni almashish chastotasi 70-75 Gc dan past bo`lmagan holda ushlab tug`iladi; bunda satrli yoyish chastotasi 40-50 kGc kattalikka erishadi va videosignallarni yaxshi chastota polosasi ta`minlanadi - bu videomonitorning videonazoratchi bilan mos kelishiga sabab bo`ladigan muhim kattalikdir (tasvirni ravshanligi bo`yicha). Tasvirning turg`unligiga erishish uchun kadrli yoyish chastotasi kattaligining o`zi ham videonazoratchi bilan moslashtirilishi lozim. Bu jihatdan barcha monitorlarni 3 guruhga bo`lish mumkin: • qayd qilingan chastotali monitorlar, ular faqat bir tasvirlash rejimini tutib turadi; • bir nechta qayd qilingan chastotali monitorlar, ular bir nechta qayd qilingan tasvirlash rejimlarini tutib turadi; • multichastotali monitorlar, ular videonazoratchiga avtomatik ravishda sozlanadi va ko`p sonli videorejimlarni tutib turadi (masalan, mos ravishda 50-120 Gc va 30-60 kGc kadrli va satrli yoyish chastotali multichastotali monitorlar). Satrli yoyish camp bo`yicha va camp oralab bo`lishi mumkin, so`ngti holatgisi yuqori o`tkazish qobiliyatini olish imkonini beradi, lekin haqiqiy kadrli chastotani ikki marta kamaytiradi, ya`ni ekranning miltillashini oshiradi. Shuning uchun satrli yoyish afzalroqdir (ikkala rejimda ham ishlaydigan monitorlar ham bor yuqori o`tkazish qobiliyatini olish kerak bo`lganda satr oralab yoyish ulanadi). MONITORLARNING O`TKAZISH QOBILIYATI Videomonitorlar odatda ikki rejimda: matnli va grafikli rejimlarda ishlashi mumkin. Matnli rejimda monitor ekranidagi tasvir tovush generatori bilan shakllantirilib kengaytiriladigan ASCII to`planining belgilaridan tashkil topgan (psevdografika belgilarini ishlatilgan holda foydalanib tuzilgan oddiy rasmlar, gistogrammalar, ramkalar bo`lishi mumkin). Grafikli rejimda ekranga alohida mozaik (naqshinkor) elementlardan - piksellardan (pixel-picture element) shakllantirilgan murakkab sxemalar va chizmalar va harflarning turli xil shrifgli va o`lchamli yozuvlari, videotasvirlar chiqariladi. Monitorlarning yuqori o`tkazish qobiliyati eng avvalo grafikli rejimda kerak va piksel o`lchani bilan bog`liqdir. O`tkazish qobiliyati monitor ekranida gorizontal va vertikal bo`yicha ujoylashtiriladigan piksellarning maksimal soni bilan o`lchanadi. O`tkazish qobiliyati monitor tavsiflariga ham va xattoki yuqori darajada, videonazoratchi tavsiflariga ham bog`liq bo`ladi. Zamonaviy monitorlarning o`tkazish qobiliyatini standart qiymatlari: 640x480, 800x600, 1024x768, 1280x1024, 1600x1200, lekin amalda boshqa qiymatlar ham bo`lishi mumkin. SHuni ta`kidlash joizki, o`tkazish qobiliyati qanchalik katta bo`lsa, multichastotali monitorlarda kadrli yoyish chastotasi shunchalik past bo`ladi, lekin har qanday holatda ham u 65 Gc dan pasaymaydi (masalan, Sony Multiscvan 20 sf II moni-torida 640x480 o`tkazishda kadrlar chastotasi - 150 Gc, 800x600 da - 120 Gc, 1024x768 da - 100 Gc, 1280x 1024 da - 80 Gc va 1600x 1200 da - 67 Gc). Videonazoratchi tavsiflaridan o`tkazish qobiliyatiga va monitor ekranidagi tasvir sifatiga uning videoxotirasi sig`imi ko`proq ta`sir etadi. O`tkazish qobiliyatini va ekrandagi tasvirning tiniqligini aniqlaydigan monitorning o`zining muhim tavsifi monitor ekrani lyuninoform donchasi (nuqtani-dot pitch) o`lchamidir: nuqta qanchalik kichik bo`lsa, tabiiyki, tiniqlik shunchalik yuqori bo`ladi va ko`zlar shunchalik kam charchaydi. Nuqta kattaligi zamonaviy monitorlarda 0,23 dan 0,28 mm gacha bo`ladi. Qatiy aytganda, nuqtaning diametri emas, balki nuqtalarning markazlari orasidagi masofa ahamiyatga egadir. Shuni hisobga olish kerakki, katta nuqtali monitorlarda yuqori o`tkazish qobiliyatiga erishish mumkin emas. Masalan, diagonali 14 dyuym bo`lgan ekran 265 mm kenglikka ega bo`ladi, gorizontal bo`yicha 1024 ta nuqtali o`tkazish qobiliyatini olish uchun nuqta o`lchani 265/1024q0,22 mm dan oshmasligi kerak, aks holda piksellar qo`shilib ketadi va tasvir tiniq bo`lmaydi. IBM PC kompyuterlari bilan birgalikda ham rangli, ham monoxrom monitorlar tiplari ishlatilishi mumkin. Download 89.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling