Inson bilan kompyuterning o'zaro ta'siri usullari va vositalarini ishlab chiqish. Axborotni kiritish / chiqarish uchun zamonaviy qurilmalar. Ularning xususiyatlari, afzalliklari va kamchiliklari
Download 89.85 Kb.
|
Xumoyunmirzo O P
MONITORLAR
Monitor. Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma'lumotlarni tasvirlash (ko`rish) uchun xizmat qiladi. Garchand tashqi ko`rinishidan u televizorga o`xshab ketsada, ular bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladilar. Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Monitor asosiy xarakteristikalaridan biri uning tasvirlash qobiliyatidir. Tashqi qurilmalar quyidagi uskunalardan iborat: Printer, skaner, modem, strimer, grafik quruvchi va boshqalar. Videoterminal videomonitordan (displeydan) va videonazoratchidan (videoadapterdan) tashkil topgan. Videonazoratchilar SHK ning sistemali blokini tarkibiga kiradi (bosh platani raz`yoniga o`rnatiladigan videokartada joylashgan), videomonitorlar esa bular SHK ning tashqi qurilmalaridir. ENT ASOSIDAGI VIDEOMONITORLAR Videomonitor, displey yoki oddiygina monitor ekranda matnli va grafik axborotni aks ettirish qurilmasidir (qo`zg`almas SHK larda elektronnur trubkasi (ENT) ekranida, ixcham SHK larda esa suyuq kristalli tekis ekranda). Monitor tarkibiga quyidagilar kiradi: ENT paneli, yoyish bloki, videokuchaytirgich, manba bloki va b. MONITOR EKRANINING O`LCHAMI Monitor ekranining o`lchami odatda uning diaganali kattaligi bilan dyuymlarda beriladi: IBM ga mos tushuvchi SHK larda ekranlarning quyidagi tipik o`lchamlari qabul qilingan: 12, 14, 15, 17, 20 va 21 dyuym. Eng ko`p tarqalgan o`lchani - 14 dyuymli, lekin 1996 yiddan boshlab 15 dyuymli monitorlarni sotish ancha ko`paydi. Xakmkatan ham, 15 dyumli monitorlar ishda sezilarli darajada qulay va sog`liq uchun zararsizroqdir (operator ekrandan uzoqroq o`tiradi), lekin ular birmuncha qimmatroqhamdir. RAQAMLI VA UZLUKSIZ MONITORLAR Hyp bilan boshqariladigan signal ko`rinishiga bog`liq ravishda monitorlar uzluksiz va raqamli bo`ladi. Uzluksiz monitorlarda boshqarish buriladigan potenciometrlar asosida, raqamli monitorlarda esa knopka asosida amalga oshiriladi. Raqamli monitorlarda ko`p darajali ekranli menyu qulay quriladi, oldindan o`rnatilgan grafikli rejimlar ishlatiladi, lekin uzluksiz monitorlar ekranda tasvirni yaxshi sifat bilan, katta miqdorlardagi nimranglar va rangli tuslar bilan o`ta yuqori sifatli standartlarda shakllantirish imkonini beradi (masalan, raqamli monitorlarda 16,7 mln rangli tuslarni qo`llovchi True Color standarti shinalarning katta razryadi kerakligi uchun hozircha ishlatilmayapti). Download 89.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling