Inson ekologiyasi
Sahro, yarim sahro, cho‘l adaptiv tipi
Download 22.86 Kb.
|
Inson ekologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antropogen ekosistemalar, ularning inson salomatligiga ta’siri.
Sahro, yarim sahro, cho‘l adaptiv tipi. Quyosh nurlanishi kuchli, issiq, quruq, o‘ta kontinental iqlim sharoitida shakllanadi. Bu tip uchun issiqlik ko‘p ajralishi, ter bezlarining yaxshi rivojl anishi, suvning ko‘p iste’mol qilinishi xarakterlidir. Markaziy Osiyo hududida yashovchi ko‘pchilik aholi shu adaptiv tipga kiradi.
Shunday qilib, tarixiy rivojlanish jarayonida insoniyat ekologik omillar ta’sirida ixtisoslashib, bir-biridan ayrim belgilari bilan farq qiluvchi adaptiv (moslashgan) tiplarga ajralgan. Adaptiv tiplar irqiy mansubligidan qat’i nazar, turning genofondi bilan belgilanuvchi moslashish mexanizmlari asosida, konkret ekologik muhitga moslashish natijasida shakllangan. Antropogen ekosistemalar, ularning inson salomatligiga ta’siri. Eng muhim hozirgi zamon antropogen ekosistemalariga shaharlar, qishloqlar, transport kommunikatsiyalari kiradi. Shaharlarda tabiat muhitining o‘zgarishi yaqqol namoyon bo‘ladi. Sanoatda va turmush chiqindilari, tuproqda, suvda, o‘simliklarda mikroelementlarning ko‘payib ketishiga sabab bo‘ladi, shahar aholisining zichligi yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi uchun sharoit yaratadi. Havoning ifloslanganligi natijasida, yer yuzasiga ultrabinafsha nurlarning ancha miqdori yetib kelmaydi. Yorug‘lik yetishmasligi natijasida D avitaminozi rivoj- lanadi. Qishloq ekologik sistemalari o‘z xususiyatlari jihatidan shahar ekosistemasidan ancha farq qiladi. Qishloqda hayvon va o‘simlik turlarining xilma-xilligi kuzatiladi. Hayvonlar orqali yuqadigan yuqumli va parazitar kasalliklar qishloqda ko‘proq uchraydi. Qishloq xo‘jaligida pestitsidlar, gerbitsidlar va boshqa kim- yoviy moddalarning ko‘p ishlatilishi qishloq aholisining sog‘lig‘iga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. XULOSATirik organizmlarning o‘zaro va yashash muhiti bilanmunosabatlari qonuniyatlarini chuqur o‘rganish insonning faoli- yatida, tabiiy jarayonlarni boshqarish yo‘llarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega. Abiotik omillar organizmga birgalashib, kompleks ta’sirko‘rsatadi, ularning ta’siri mavsumiy o‘zgaruvchanlikka ega bo‘lib, tirik organizmlar hayot jarayonlarining ritmik o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Fotoperiodizm va bioritm hodisalaridan inson o‘z amaliyfaoliyatida keng foydalanadi. Populyatsiya va tur — evolutsiya jarayonida ma’lumekologik munosabatlar ta’sirida vujudga keladigan jamoalardir. Tabiiy populyatsiyalar rivojlanish qonuniyatlarini bilish popu- lya tsiyalar sonini oqilona boshqarishni o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Hozirgi davrda inson ta’sirida hayvon va o‘simlik turlari ning tobora yo‘qolib borish jarayoni kuchaymoqda. Buning oldini olishning zarur choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyoji tug‘ildi. Atrof-muhitning tozaligini saqlash faqat fauna va florauchungina emas, balki inson uchun ham katta ahamiyatga ega. Inson sog‘lig‘i atrof-muhit holatiga bevosita bog‘liq. Biogeotsenoz — biotik va abiotik qismlardan iboratbo‘lib, kompleks joylashgan yer yuzining ma’lum qismidir. Biotik qism — biotsenoz, abiotik qism — ekotop deb ataladi. Biogeotsenozda turlar orasidagi oziq orqali bog‘lanishnatijasida energiya bir trofik darajadan ikkinchisiga o‘tkaziladi. Bunda biomassa va energiyaning miqdori tobora kamaya boradi. Adabiyotlar 1. G’afurov A. T. Darvinizm Toshkent, o’qituvchi1992 yil. 2. Воронцов Н. П.,Сухорукова Л.Н. Эволюционная органического мира. М. Просвешение 1991 3. To’raqulov Yo. X. malekulyar biologiya. Toshkent, o’qituvchi1993 yil 4. Иорданскис Н. Н. Эволюция жизни. М.Издательский центр “Академия” 2001 5. Inge-Vechtomov S.G. Genetika s osnovami selektsii. Moskva., «Vsshaya shkola», 1989 g. 6. Lobashev M.Ye., Vatti K.V., Tixamirova M.M. Genetika s osnovami selektsii. Moskva, «Prosveshenie», 1979 god. Download 22.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling