Inson falsafiy muammo sifatida


Download 29 Kb.
bet2/3
Sana18.03.2023
Hajmi29 Kb.
#1283177
1   2   3
Bog'liq
falsafa

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Bosh
Asosiy ziddiyatlar deganda hodisaning mavjudligi va rivojlanishi vujudga kelishi va yo‘q bo‘lishi yoki yangi sifatning tug‘ilishini o‘z ichiga oladigan eng chuqur mohiyatini ifodalaydigan ziddiyatlar tushuniladi.
Asosiy va asosiy bulmagan ziddiyatlardan bosh va bosh bo‘lmagan ikkinchi darajali ziddiyatlarni farqlash lozim. Bosh ziddiyatlar deb rivojlanishning u yoki bu bosqichining mohiyatini belgilab beradigan ziddiyatlarga aytiladi. Hodisalar taraqqiyoti bosqichida bosh va bosh bo‘lmagan ziddiyatlar o‘rin almashishi, ya’ni bir sharoitda bosh bo‘lgan ziddiyat yangi bir sharoitda bosh bo‘lmagan ziddiyatga aylanishi ham mumkin.

Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni dialektikaning asosiy qonunlaridan biridir. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo‘lmagan miqdoriy o‘zgarishlar asta – sekin to‘plana borib,taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorini buzadi va sakrash yo‘li bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi.
Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan o‘z sifati bilan ajrab turadi. Sifat narsalarning ichki muayyanligi bo‘lib, uning qator xossa, belgi, ususiyatlari birligidir.Sifat narsa qanday bo‘lsa, uni shundayligicha aniqlab beradi. Narsalarning sifati esa ularning xossa orqali namoyon bo‘ladi. Xossa narsa sifatining boshqa narsalar bilan o‘zaro aloqadorligidagi tashqi namoyon bo‘lishidir. Biz narsalarning ichki sifatini ma’lum bir xossalarida namoyon bo‘lishi orqali bilamiz. Har bir narsa ko‘plab xossalariga ya’ni asosiy va ikkinchi darajali xosalariga ega bo‘ladi. Masalan, metal zichlik, issiklik, o‘tkazuvchanlik cho‘ziluvchanlik kabi xossalariga ega. Sifat-jismning barcha xossalarini birgalikta bog‘lovchidir. Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini uning nisbiy barqarorligini bir-birga o‘xshashligi ifodalaydi. U keng ma’noda narsalarni turli-tuman xosalari ygindisidir. Lekin sifat va xossa aynan bir xil ma’nodagi tushunchalari emas. Sifatning o‘zgarishi muqarrar surg‘atda xossaning o‘zgarishiga olib keldik, biroq xossaning o‘zgartirishga har doim sifatning o‘zgartirishga ta’sir etavermaydi, ayrim xossalar narsalar narsalarning sifatiga ta’sir etmasdan yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Sifat predmeti doimiyligi, nisbiy barqarorligi ifoda etadi.
Narsalar sifatligi muayyanligidan tashqarida bir-biridan miqdoriy tomonlar bilan farq qiladi. Miqdor predmetning xajm, o‘lchovi, og‘irligi, harakati tezligi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Tabiat hodisalari kabi ijtimoiy hodisalariga ham miqdoriy tomonga ega. CHunonchi, suv o‘z solishtirma og‘irligi kaynash va mo‘zlash darajasiga ega, bir ijtimoiy tuzum boshqa xususiyat jihatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyot, surat, darajasi mehnat unumdorligi, madaniyat va hokazolar bilan farq qiladi. Narsa va hodisalardagi miqdor va sifatiy tomonlari doimiy bir-birini taqazo qilib, birlikda bo‘ladi. Har qanday narsa miqdori va sifati birligiga ega. Tabiatda fakt miqdorga va sifatga ega bo‘lgan narsa yo‘k. SHuning uchun hamma narsaga sifati tomondan berilgan tavsiya to‘gri bo‘ladi. Miqdor va sifatning birligi, o‘zaro bog‘liqligi me’yor tushunchasi ifodalanadi. Me’yor bu miqdoriy munosabatlar va ob’ektiv sifatga mos tuzilmalarning muvofiqligi. Ob’ektning miqdori ushbu sifat doirasidan chiqmasdan muayyan oraliqda o‘zgaradi. Bu oraliq chegaralari esa predmetni muayyan yaxlitligini, sifat va miqdor o‘rtasida o‘zaro munosabatni ifoda etadi. Bu o‘rinda har bir narsa, hodisa o‘ziga xos o‘lchovga ega bo‘ladi, chunki ushbu sifat xususiyati har qanday miqdor bilan emas, balki muayyan miqdor bilan uyg‘unlashadi. Ushbu ob’ektga xos bo‘lgan miqdoriy o‘zgarishlar doirasidan chiqish shu ob’ektga xos bo‘lgan me’yorning buzulishiga va uning yangi sifatga o‘tishiga olib keladi. Me’yorning turli shakllari mavjud bo‘lib, nazariy bilimlar sistemasida u quyidagilarga ajratilgan: 1.) Oddiy me’yor – alohida o‘z ichiga olgan predmet o‘lchovi; 2.) sistemali substansiyali me’yor – ushbu sistemaning elementi bo‘lgan predmet o‘lchovi; 3.) aniq me’yor – barcha haqiqiy munosabatlar yig‘indisi bo‘lgan predmet o‘lchovi. Ijtimoiy hayot qoidalari turli-tuman me’yor munosabatlarga ega. Bir me’yordan ikkinchi me’yorga o‘tishning barcha xalqasi 
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling