Inson faoliyati natijasining tur va populyatsiya tarkibidagi hayvon va o’simliklarga ta’siri reja


Populyasiya haqida ta’limot. Populyasiyalar ekologiyasi


Download 53.42 Kb.
bet3/9
Sana04.01.2023
Hajmi53.42 Kb.
#1078013
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI 1

2.2. Populyasiya haqida ta’limot. Populyasiyalar ekologiyasi
«Populyasiya» - bu tur ichidagi organizmlar guruhi bo‘lib, u ma’lum chegaralangan erda hayotiy jamoaning rivojlanayotgan qismini egallab turadi. «Populyasiya» - lotincha «populus» so‘zidan olingan bo‘lib, xalq, aholi degan ma’noni beradi. Ekologiyada populyasiya deb - birgalikda umumiy maydonni egallaydigan hamda o‘zaro bir - biriga ta’sir qiladigan, bitta turga tegishli bo‘lgan individlar yig‘indisiga aytiladi. Populyasiyaga xos xususiyatlardan biri - o‘zini son jihatdan boshqarishidir. Tug‘ilish va nobud bo‘lish (o‘lim) orasidagi muvofiqlik populyasiya sonining boshqarilishi deyiladi. Populyasiyadagi organizmlar soni omillar ta’sirida o‘zgarib turadi. Populyaiiya sonining kamayishiga o‘limning ko‘payishi na hosildorlikning kamayishi ta’sir qiladi. Boshqarishning yana bir shakli - populyasiyada zichlikning oshishi kuzatilganda bo‘ladi. Zichlik me’yordan oshib ketsa, ovqat etishmasa populyasiyada o‘z - o‘zini boshqarish va shu orqali populyasiyalarni boshqarish ro‘y beradi. Baliqlarda, kalamushlarda populyasiya zichligi ma’lum darajaga etganda, ularning serpushtligi pasayib ketadi. Bu ovqat etishmasligi natijasida bo‘ladi. Gormonal o‘zgarishlar bo‘ladi, u esa jinsiy hulq - atvorga ta’sir qiladi va naslsizlikga olib keladi, bola tashlashga, ota - onasi tamonidan bolalarining eyilishiga, bosqinchilik holati oshadi.
Populyasiya zichligi oshishi bilan hayvonlarning tuxum qo‘yishi kamayadi, o‘simliklarda urug‘ hosil bo‘lishi kamayadi. Joy etishmasligi bilan migratsiya boshlanadi. Bir xil populyasiyalar tug‘ilish orqali boshqarilsa, boshqalari o‘lish orqali boshqalariladi. Demak, populyasiya boshqarish vositasi ham hisoblanadi. Ayni sharoitda individlarning optimal miqdorda saqlanib turilishi populyasiya gomeostazi deyiladi. «Gomeo» - o‘xshash, «staz» - holat degan ma’noni anglatadi. Demak, populyasiya guruhli hayot tarzi yoki birlashma hisoblanadi, individlar orasida o‘zaro aloqalar va yashab turgan joylari bilan ham aloqada bo‘ladi. Guruhli hayot tarzi populyasiyalar uchun o‘ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Bunday xususiyatlarga quyidagilar kiradi: populyasiya soni, zichligi, tug‘ilish, o‘lish (nobud bo‘lish), populyasiyaning o‘sishi, o‘sish sur’ati. SHu munosabat bilan populyasiya o‘z qonuniyatlari bilan ekologiyaning asosiy ob’ekti deb qaralishi lozim.
Individlarning ma’lum xududda tarqalishi, jins va yosh nisbatlari, morfologik, fiziologik, xulqiy va genetik xususiyatlari populyasiyaning tuzilmasini ifodalaydi. Populyasiyaning individlari bir - biridan yoshi, jinsi, hayot siklining turli fazalariga, beqaror guruhchalarga (poda, koloniya, oila va h.) mansubligi bilan farq qiladi.
Populyasiya soni - o‘simlik va hayvonlarning muayyan joydagi umumiy miqdori. U xech qachon doimiy bo‘lmaydi va ko‘payish hamda o‘lish tezligi nisbatiga bog‘liq bo‘ladi.
Populyasiya zichligi deganda, ma’lum maydon birligiga to‘g‘ri keladigan individlar soni tushuniladi. (hayvon va o‘simliklar miqdorini ko‘rsatadigan kattalik). Populyasiyaning miqdori va zichligi bir - biri bilan chambarchas bog‘liq, shuning uchun u yoki bu populyasiya haqida gap borganda uning soni va zichligi barobar e’tiborga olinadi. Populyasiya zichligini o‘rganishga tadqiqotchilar turlicha yondashadilar.
Zoologlar – populyasiyadaga individlar sonini maydon birligida, mikrobiologlar – tuproqdagi yoki gumusdagi massa birligida, suvdagi sodda hayvonlar va suv o‘tlari, tuproq mezo va mikrofaunalari suv va tuproqning hajm birligida hisobga oladilar. Ushbu yondashish to‘g‘ri hisoblanib, haqiqatan ham biogeotsenozga hayvonlar va mikroorganizmlar, individlar soni bilan, o‘simliklar esa biomassasi bilan ta’sir etadi. Populyasiya o‘lchami – har xil turlarning populyasiyasi bir - biridan o‘lchami bilan farq qiladi. Masalan: bir gektar o‘rmonda qushlardan o‘nlab individlar; sichqonsimon kemiruvchilardan o‘nlab va yuzlab; hasharotlar va yomg‘ir chuvalchanglaridan millionlab uchratish mumkin.
Turlar populyasiyasi zichligining o‘zgarib turish sabablaridan biri individlarning katta - kichikdigidir. Individlar qanchalik yirik bo‘lsa, populyasiya chegaralari katta: zichligi esa past bo‘ladi. Populyasiya zichligi vaqt davomida o‘zgarib turadi. Har qanday o‘zgarishning quyi va yuqori chegaralari, shuning bilan o‘rtacha o‘lchamlari bo‘ladi. Populyasiya zichligining yuqori chegarasi individlar sonining ortib ketishi va o‘z - o‘zini cheklash bilan bog‘langan, quyi chegarasi esa populyasiyaning kelajakda yashay olishi yoki o‘limga yuz tutishi, ya’ni minimal o‘lchamga tushib qolishi bilan belgilanadi. Har bir populyasiya ma’lum sharoitda o‘rtacha zichlikka ega bo‘ladi, bunda barcha hayotiy jarayonlar samarali borib, uning natijasi populyasiyaning yuqori mahsuldorligi, hayotchanligi va boshqalarda ko‘rinadi. Bu qonuniyat ekologiyada Olli qoidasi nomini olgan.
Tuzilma xususiyatlarini bayon etish va talabalar ongiga singdirish. Turlarning populyasion tuzilmasi. Har qanday tur populyasiyalar tizimidan tarkib topadi. Populyasiya tuzilishi barqaror emas. U doimo o‘zgarib turadi. Organizmlarning o‘sishi, rivojlanishi, yangisining tug‘ilishi, har xil sabablarga ko‘ra o‘lish, atrof - muhit sharoitining o‘zgarishi, dushman sonining ko‘payishi va kamayishi - bularning hammasi populyasiya ichida, har xil nisbatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Populyaiiyaning jinsiy strukturasi tuzilmasi deganda turli yoshdagi guruhlarda erkak va urg‘ochi individlarning son jihatidan nisbati tushuniladi. Populyasiyada jinslar bo‘yicha organizmlarning nisbati va ayniqsa ko‘payotgan urg‘ochi individlarning bir qismi keyinchalik ularni sonining o‘sishi uchun katta ahamiyatga egadir.
Zichlik - Populyasiyadagi jinslarning nisbati birinchidan genetik qonuniyatlarga (jinsiy xromosomalarning qo‘shilishi) bog‘liq bo‘lib, populyasiyaning evolyusiyasi uchun urg‘ochi organizmlarning soni muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan: odamlar populyasiyasining potensial o‘sishi - o‘smir va qariyalarga nisbatan 15 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan ayollar hisobiga to‘g‘ri kelar ekan. Ikkinchidan, ma’lum darajada tashqi muhit ham ta’sir etishi mumkin. Masalan: o‘rmon chumolilari harorat 20°S dan past bo‘lganda faqat erkak, yuqori haroratda deyarli urg‘ochi chumolilar rivojlanadi. Populyasiyalarning yosh tuzilmasi – qayta tiklanishning tezligi, nobud bo‘lish darajasi va nasllar tallanishining tezligi kabi muhim jarayonlarni ifodalaydi. O‘simliklar populyasiyasining yosh tuzilmasi. Fitotsenozdagi alohida turlarning har xil holatdagi individlar yig‘indisi senopopulyasiya deyiladi. Bularga gulli o‘simliklar misolida ko‘rsak, tuproq va uning yuzasida hayotchanligini yo‘qotmagan urug‘, nixol, har xil yoshdagi individlar, ya’ni o‘t o‘simliklarining tinim holatidagi ikkilamchi er ostki organlari - ildizpoya, tuganak, piyozbosh kiradi.
Turlarning o‘zi esa populyasiyalar tizimidan iboratdir. Jamoada har bir tur senopopulyasiyasi maydon birligiga to‘g‘ri keladigan soni va yoshining nisbati bilan farqlanishi mumkin. T.A.Rabotnov o‘simliklar jamoasidagi o‘simliklar hayotini yoshi bo‘yicha quyidagi asosiy davrlarga bo‘ladi: Latent davri. Bunda o‘simlik spora, urug‘ yoki mevalar holida tinim davrida uchraydi. Tinim davri har xil o‘simliklarda har xil davom etadi. Qulay sharoit vujudga kelishi bilan unib chiqadi. Terakning urug‘i hayotchanligini 3-4 kundan to 3 haftagacha saqlay oladi, ba’zi bir begona o‘t o‘simliklar esa urug‘ining hayotchanligini bir necha o‘n yillab saqlay oladi.
Virginil davri. Bu davrda o‘simlikning nihollik, yosh o‘simliklar va voyaga etgan holatidir. Nixollar yosh o‘simliklardan urug‘palla barglarining bo‘lishi bilan farqlanadi. Generativ davr. O‘simlik hayotida sporalar yoki urug‘lar bilan ko‘payishning boshlanishi bilan tavsiflanadi. Senil (qarilik) davri. O‘simliklarning yoshi kattalashgan sari generativ ko‘payish xususiyatini yo‘qotadi, shundan boshlab o‘simlikning qarish davri kuzatiladi. T.A. Rabotnov bo‘yicha invazion, normal va regressiv turlardagi populyasiyalar ajratiladi. Invazion tipdagi populyasiya deyilganda, o‘simlik jamoasiga endigina kirib kelayotgan populyasiyalar tushunilib, uni nihollar, yosh o‘simlik hamda voyaga etgan holda uchratish mumkin. Bunday populyasiyaning urug‘lari fitotsenozga tashqaridan kelib qolib, jamoada eng muhim o‘rinni egallashi yoki mutlaqo yashay olmasliga ham mumkin.
Regressiv populyasiya - generativ ko‘payish xususiyatini yo‘qotgan populyasiyadir. U odatda gullamaydi yoki gullasa ham unuvchanligini yo‘qotgan bo‘ladi. Ana shu holat populyasiyaning fitotsenozda o‘lib, yo‘qolib chirib ketayotganligidan dalolat beradi. Normal o‘simliklar populyasiyasi jamoada taraqqiyot davrining barcha bosqichlarini to‘liq o‘tkazuvchi o‘simliklardir. Ular spora yoki urug‘laridan tortib to voyaga etgan o‘simliklar ko‘rinishida uchraydi. Senotik nuqtai nazaridan ular o‘simliklar jamoasining asosiy populyasiyasi hisoblanadi. O‘simlik va hayvon populyasiyasining yosh tuzilmasiga juda ko‘p misollar keltirish mumkin.
Populyasiyaning fazoviy tuzilmasi. Bunda ayrim individ va guruhchalarning tarqalish xarakteri ifodalanadi. Odatda tur va ayrim populyasiyalar ichida individlar bir tekis tarqalmaydi, sababi yashash sharoiti, ya’ni ozuqa resurslari, boshpana kabilar notekis taqsimlangandir. Har qanday populyasiyadagi individlarning ma’lum darajada bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurishi kuzatiladi. Ba’zi individlar tug‘ilgan joyida umrining oxirigacha yashab qolsa, ba’zi birlari uzoq masofaga ko‘chib ketadi.
Individlarning uch turda tarqalishi ma’lum: bir tekis, tasodifiy va guruhli. Bir tekisda Tasodifiy Guruhli yoki dog‘li Individlar bir tekis tarqalganda, mevali daraxtlar bog‘da o‘tkazilgandek, bir - biriga nisbatan bir xil masofada joylashadi. Tabiatda bunday tarqalish turi juda kam bo‘ladi. Etilgan o‘rmonlarda baland daraxtlarning joylanishi bir tekis joylanishga to‘g‘ri keladi. Tasodifiy tarqalishda individlar bir - biridan har xil masofada joylashadi. Bunday joylashish populyasiyaning zichligi kam bo‘lgan bir xil muhitda uchratiladi. Tabiatla guruhli tarqalish turi ko‘p uchraydi. Bunda individlar to‘da hosil qilib bir - biridan turlicha masofada joylashadi. Guruhli tarqalish - notekis muhit ta’siri natijasida, ya’ni muhitning ayrim bo‘limlarida qulay sharoit bo‘lishi, shuningdek, noqulay omillar bilan birga uchraydigan joylar uchun xarakterlidir.
Hayvonlar populyasiyasining etologik (xulqiy) xatti - harakati tuzilmasi. Hayvonlar xulqiy xatti - harakati qonuniyatlarini o‘rganadigan fan - etologiya (yunoncha -«ethos» xarakter) deb ataladi. Bitta populyasiya a’zolari orasidagi o‘zaro munosabat tizimiga – populyasiyalarning etologik tuzilmasi deyiladi. Organizmlarning butunlay yakka hayot kechirishi tabiatda uchramaydi. Ayrim turlar juda ham kuchsiz bo‘lsa ham kontaktda (birga yashashida) bo‘lishi mumkin. Masalan: xon qizi faqat urug‘lanish oldidan erkak va urg‘ochisi (qarama - qarshi jinslar) uchrashadi, boshqa vaqtlarda bir - biridan alohida yashaydi. Hayvonlarning hulqi ularning hayot kechirish tarzi bilan bog‘liq bo‘ladi. Hayvonlarning birgalikda yashashining qator shakllari mavjuddir. Birgalikda yashash - qisqa, uzoq, umrining oxirigacha bo‘lish mumkin. Nasl qoldirish uchun qayg‘urish natijasida oila deb atalmish hayvonlarning birgalikda yashash shakli kelib chiqadi. Ularning birmuncha yirik birlashmalariga poda, gala va koloniya bo‘lib yashash kiradi.
Koloniya – o‘troq hayot kechiruvchi hayvonlarning birgalikda yashashidir. Ular uzoq vaqt yoki ko‘payish oldidan birga yashashi mumkin. Koloniya bo‘lib hayot kechirish - oilaviy guruhlarning kengayishi hisobiga kelib chiqadi va birgalikda ko‘payish, himoya, o‘zini va bolasini boqish va boshqa funksiyalarni bajaradilar.
Galalar – bir turga kiruvchi ba’zi guruh hayvonlarining biron - bir biologik jihatdan foydali harakatni amalga oshirish uchun vaqtinchalik birlashishi hisoblanadi. Galalar dushmandan saqlanish, ozuqa topish, migratsiyalar kabi funksiyalarni bajarishni engillashtiradi. Gala bo‘lib yashash baliqlar, qushlarda va sut emizuvchilardan itsimonlarda uchraydi. Baliqlar galasi dushmandan saqlanishda, qushlarniki mavsumiy migratsiya vaqtida shakllanadi. O‘troq holda yashovchi qushlar o‘rtasida doimo tovush chiqarib turish, ko‘rish bilan bog‘liq signallar mavjud. Bo‘rilar galasi qishda birgalikda ov qilish uchun tashkil topadi.
Podalar – galalarga nisbatan hayvonlardagi ancha uzoq muddat davomida doimiy birlashish shaklidir. Podalar odatda tur uchun xos bo‘lgan barcha funksiyalarni, ya’ni ozuqa topish, yirtqichdan saqlanish, migratsiya, ko‘payish va bolaparni tarbiyalash kabilarni amalga oshiradi.
Podalardagi hayvonlarning guruhli hulqiy xatti - harakatlari «xukmdor» va «itoatkor» asosidagi o‘zaro munosabatlardan tashkil topadi. Podadagi har bir individ raxbarga itoat etgan holda harakat qiladi. Mustaqil ish topshiriqlari: YAshab turgan joyingizdan, tabiatdan biror - bir o‘simlikdan gerbariy namunalarini yig‘ing. Aniqlagich orqali shu o‘simlikning nomini aniqlang. Har bir namunada o‘simlikning yoshi holati aniqlandi. SHundan so‘ng gerbariylarni yoshi holati bo‘yicha ketma - ket qo‘yib chiqing. Ish daftaringizga mavjud yosh holatlarini qisqacha yozib olish va uni sxemali ko‘rinishda chizib olish bilan ish yakunlanadi.



Download 53.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling