Inson faoliyati natijasining tur va populyatsiya tarkibidagi hayvon va o’simliklarga ta’siri reja


Download 53.42 Kb.
bet9/9
Sana04.01.2023
Hajmi53.42 Kb.
#1078013
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI 1

III. XULOSA


Antropogen omillar, muhitning antropogen omillari — odam va uning xo‘jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va boshqa. tabiat komponentlariga ta’siri b-n bog‘liq omillar guruhi. Odam tabiatga ta’sir ko‘rsatib, uni o‘z ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani o‘zgartiradi, bu esa o‘simliklarning kamayishi, ayrim o‘simlik va hayvon turlarining qirib yuborilishi, o‘simliklar introduksiyasi va b.ga olib keladi. Odamning tabiatga bilvosita ta’siri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini, yerning ustki qatlamini, tuproq strukturasi va b.ni o‘zgartirish yo‘li b-n amalga oshiriladi. Qo‘riqerlarni o‘zlashtirish, monokulturali (bir ekinli) agrotsenozlar barpo etish va b. tadbirlar tabiiy biotsenozlarnit o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Odam madaniy o‘simliklar va uy hayvonlari uchun ma’lum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda ko‘paytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda buzilishlarga olib keladigan faoliyat kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ekinlarni noto‘g‘ri sug‘orish yerning sho‘rlanishi va eroziyaga olib keladi; yerni ortiqcha quritish o‘simliklar qoplamini o‘zgartiradi. Hozirgi. zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharoitlar yaratib berib, o‘z navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim muammoga aylantirdi.


Foydalangan adabiyotlar ro’yhati



  1. Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida xafsizlikka tahdid, beqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari – T. “O’qituvchi”, 1997

  2. Tursunov X. T., Rahimova T. U. Ekologiya “Chinor ENK” T., 2006.

  3. Sultonov R. S. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari. T., “Musiqa”, 2007.

  4. «Oxrana okrujayushey sredi» (zakonii normativnie dokumentы) - M.: 2002

  5. Ergashev A., Ergashev T., Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. T., “Yangi asr avlodi”, 2005.

  6. A.C. To’xtayev “Ekologiya” O’qtuvchi 1998.

  • www.nature.uz

  • www.uznature.uz

  • www.econews.uznature.uz

  • www.ecologiya.yangi.uz


UrDU Tabiiy fanlar fakulteti Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo’nalishi 161-guruh talabasi _______________ning “Inson faoliyati natijasining tur va populyasiya tarkibidagi hayvon va o’simliklarga ta’siri” mavzusidagi kurs ishiga


TAQRIZ


Inson tabiatga ko’rsatadigan kuchli ta’siri orqali abiotik va biotik sharoitlarni o’zgartiradi. Insonning ongli yoki ongsiz ravishda o’simlik va hayvon turlarini yer sharining bir joyidan ikkinchi joyga olib borishi ba’zan flora va fauna tarkibini birmuncha o’zgartib yuboradi. Inson tomonidan o’simlik va hayvonlarning yashash sharoitlari o’zgartirildi, natijada muayan joyda yashaydigan o’simlik va hayvonlar jamoalari yo’q bo’lib yoki ularni sharoiti o’zgarib ketdi.
Inson tabiatga ta’sir ko‘rsatib, uni o‘z ehtiyojlariga moslashtirib, yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani o‘zgartiradi, bu esa o‘simliklarning kamayishi, ayrim o‘simlik va hayvon turlarining qirib yuborilishi, o‘simliklar introduksiyasi va boshqalarga olib keladi. Odamning tabiatga bilvosita ta’siri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini, yerning ustki qatlamini, tuproq struktuasi va boshqalarni o‘zgartirib yubordi.
Talaba _____________ “Inson faoliyati natijasining tur va populyasiya tarkibidagi hayvon va o’simliklarga ta’siri” mavzusidagi kurs ishi yuqoridagi muammolarga e’tibor qaratilgan bo’lib, unda muhitning antropogen omillari, populyasiya haqida ta’limot, populyasiyalar ekologiyasi, o`simlik va hayvonot olamining sayyoramizdagi o`rni, o`simlik va hayvonlarning inson hayotidagi ahamiyati, o‘simlik va hayvonot olamining sayyoramizdagi o‘rni, hozirgi davrda o‘simlik va hayvonlarning kamayib ketish sabablari, o‘simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish choralari to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib, mavzuni yoritishda turli ilmiy va internet manbalaridan foydalanilgan.
Xulosa qilib aytganda, talaba ____________ ning mavzusidagi kurs ishi talab darajasida yozilgan bo’lib uni himoya qilishga va ziyo.net portaliga joylashtirishga tavsiya qilaman.
UrDU Tabiiy fanlar fakulteti
Tuproqshunoslik” kafedrasi katta o’qituvchisi: A.Masharipov
Download 53.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling