Inson fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati reja: Kiri sh


Shaxs, jamiyat , davlat axborot psixologik xavfsizligi himoya usullari


Download 68.25 Kb.
bet3/4
Sana18.11.2023
Hajmi68.25 Kb.
#1785816
1   2   3   4
Bog'liq
Inson fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizligini ta’m

Shaxs, jamiyat , davlat axborot psixologik xavfsizligi himoya usullari.
Milliy ma’naviyatimizning ildizlari uzoq o’tmishimizga borib taqaladi va u o’z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab oladi. Yurtimizda stivilizatsiyalar ancha ilgari shakllangan, ya’ni Termizning 2500 yilligi, Qarshining 2700 yilligi va Samarqandning 2750 yilligi xalqaro miqyosda nishonlanganligi fikrimizning dalilidir
Demak, yurtimizda eng qadimiy shaharchilik turmush tarzi, yozuv madaniyati (o’rxun-enisey yozuvlari, Shumer sopol kulchalaridagi yozuvlar, Qadimiy Xorazm yozuvi va boshqalar) shakllangan. Jahondagi eng muhim ilmiy yo’nalishlarning, texnik-texnologik kashfiyotlarning ildizlari ham (irrigastiya, shishasozlik, magnitli qurilmalar, quyosh energiyasini jamlash, lupa va oynalar, bo`yoq tayyorlash va dori texnologiyasi, to’qimachilik dastgohlari va boshqalar) yurtimizda o’tgan mutafakkirlarning ilmiy merosi bilan bog‘langandir. Chunonchi, Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek va boshqalarning ilmiy kashfiyotlarini ko’rsatish mumkin.
Eng qadimiy diniy ta’limot tangrichilik, zardo’shtiylik g‘oyalari hamon xalqimiz qalbida yashamokda. Barcha mutafakkirlarimizning ijodida axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish muhim o’rin egallab kelgan. Islom dinining ma’naviy-axloqiy jihatlari ham markaziy osiyolik olimlar tomonidan takomiliga etkazilgan. Abu Lays Samarqandiyning axloqiy o’gitlari, Imom al-Motrudiyning iroda erkinligiga asoslangan Kalom ta’limoti, Imom Buxoriyning va at-Termiziyning hadislari, Burhoniddin Marg‘inoniyning «Hidoya»si, tasavvuf namoyandalari Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband va boshqalarning ta’limotlari tom ma’noda islom falsafasining mag‘zini tashkil etadi.
Milliy ma’naviyatimiz ham mazmunan, ham shaklan boydir. Ammo uni kamsitishga, qadr-qimmatini erga urishga intilishlar mavjud. Bunday xatti-harakatlar ichki va tashqi ma’naviy tahdidlar shaklida namoyon bo’lmokda. Ichki tahdidlarni takabburlik (manmanlik), noprofessionallik, ta’lim-tarbiyaga yuzaki yondashish, tarixiy qadriyatlarga e’tiborsizlik va milliy nigilizm tashkil etadi. Tashqi tahdidlar esa yo’naltirilgan mafkuraviy xurujlar tarzida bo’lib, turli shakl va ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.
Avvalo tashqi tahdidlarg to’xtalib o’taylik. Hozirgi kunda O’zbekistonda millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik va ijtimoiy hamjihatlikni barbod qilish asosida mamlakatda ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqarishga intiluvchi kuchlar mavjud. Bu kuchlar bir tomondan millatlararo nizo chiqarishni maqsad qilib olishgan. Buning uchun ular birinchi navbatda o’zbek va qoraqalpoq xalqi orasiga, o’zbek va tojik, o’zbek va qozoq, o’zbek va qirg‘iz o’rtasiga nizo solishga va bu millat vakillarini bir-biriga qarshi gij-gijlashga urinishadi. Bundan tashqari, turli viloyatlarda yashovchi kishilar orasida " nizolar uyg‘otishga, ayrim hududlarimizni (masalan, Farg‘ona vodiysi yoki Qoraqalpog‘istonni) O’zbekistondan ajratib tashlashga, hududimizda ilgari mavjud bo’lgan xonliklarda yashovchi kishilar orasiga nizo solishga, «Turkiy xalqlar birligi», «Islom diniga e’tiqod qiluvchilar birligi» shiorlari ostida mahalliy millatlarni mahalliy bo’lmagan millat vakillariga, musulmonlarni boshqa din vakillariga qarama-qarshi qo`yishga intilishmoqda. (Bu borada «Turkiston islom harakati», «Hizbut tahrir» singari diniy-ekstremistik partiyalar ig‘vogarlikni avj oldirishmokda).
Mafkuraviy muxoliflarimiz mahalliy xalqning diniy e’tiqodini va tilini kamsitish asosida ularni G‘arbga yoki Sharqqa tobe qilishga urinishadi. Shu asosda bu xalqlar va dinlar orasiga nifoqsoluvchi, ularning tarixini ataylab buzib ko’rsatuvchi adabiyotlar nashr etilmokda. Masalan, tojikistonlik Rahim Masov tojik va o’zbek xalqlarining manfaatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo`yuvchi maqola va kitoblar yozgan. Markaziy Osiyo xalqlarini turkiylar va forsiylarga ajratib, ular orasiga nifoq solib, har ikkala tomon ustidan hukmronlik qilishga da’vat etuvchi rejani rossiyalik politolog Aleksandr Dugin o’zining «Geopolitika asoslari» («Osnovi geopolitiki») nomli asarida ro`y-rost ilgari suradi. Bunday xatti-harakatlar O’rta Osiyo respublikalari orasida vujudga kelgan suv mojarasida ham yaqqol sezilmoqda. Bu haqda O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov 2009 yil 28 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo’lib o’tgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvida so’zlagan nutqida «Bu borada «bo’lib tashla va hukmronlik qil!» degan prinsip - eskidan ma’lum bo’lgan savdo amalga oshgudek bo’lsa, biz kimlarningdir qo’lida arzimas tangaga aylanib qolishimiz mumkin», - deb juda to’g‘ri ta’kidladi.
Shuningdek, xalqimizning tarixiy xotirasini buzishga intilish diniy qadriyatlarini oyoqosti qilish, ma’naviy merosini qadrsizlantirishga intilishlar ham ma’naviy taxdidlar jumlasiga kiradi. 2005 yili «Bi-Bi-Si» teleradiokompaniyasi islom tarixiga oid «Islom - e’tiqod saltanati» deb nomlangan hujjatli film yaratdi. Unda islom dini va falsafasi ravnaqiga beqiyos hissa qo’shgan va bizning yurtimizdan chiqqan olimu fuzalolar haqida lom-mim deyilmagan. O’nlik sanoq sistemasini, algebra fanini arab olimlari yaratgan, deyilgan-u, ammo al-Xorazmiy va al-Farg‘oniy nomlari tilga olinmagan. Go`yoki Islom tarixida Markaziy Osiyoning hech qanday o’rni yo’qday. Vaholanki, islom dini va ta’limoti taraqqiyotini Markaziy Osiyoda o’tgan mutafakkirlarning ilmiy merosisiz tasavvur etish mumkin emas (kalom ta’limotida - Imom al-Motrudiy, Abu Lays Samarqanday; tasavvuf ta’limotida - Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband; hadisshunoslikda - Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy; fiqh ilmida - Burhoniddin Marg‘inoniy, Hakim Termiziy va boshqalar alohida mavqega egadir).
Bir qator tahdidlar xalqimizning diniy qadriyatlariga, muqaddas Islom dinining qadr-qimmatini pasaytirishga yo’naltirilgandir. Keyingi paytlarda Markaziy Osiyo respublikalarida prozelitizm kasalligi, ya’ni mahalliy dindorlarning boshqa dinlarga o’tib ketish hodisasi paydo bo’ldi. Bu hodisaning ildizida bir tomondan aholining ayrim dindor qatlamlarida diniy e’tiqodning yuzakiligi, diniy bi-limlarning sayozligi va iqtisodiy etishmovchiliklar sababchi bo’lsa, ikkinchi muhim omil bo’lib Respublikamizda har xil dinlarga mansub missionerlarning ochiq va yashirin faoliyatlari sabab bo’lib keladi.
Bunday tahdidlarga zarba berish uchun ilm-ma’rifatni yanada yuksaltirish, raqiblarning asossiz da’volarini puchga chiqaruvchi asarlar yozish, xalqning diniy va dunyoviy ma’lumotini takomillashtirish zarur bo’ladi. Prezidentimiz, «G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin» deganida aynan shu yo’lni nazarda tutgan.
Xalqning ko’pchiligida diniy tasavvurlar sayozligidan foydalangan turli mafkuraviy markazlar Islom dinini bir yoqlama aqidalashtirishga yoki uni o’ta radikallashtirish maqsadida uni mutaassiblashtirib tasvirlovchi adabiyotlar tarqatishga zo’r berish-moqda. Bunday taxdidlardan himoyalanishda xalqning an’anaviy islomiy qadriyatlariga tayanib ish ko’rish maqsadga muvofikdir. Bunday qadriyatlar insoniy, ya’ni gumanistik mohiyatga ega bo’lib, xalq ongida asrlar davomida saqlanib kelmokda. Ular Islom dinini aqidalashish va radikallashishdan asraydi hamda insof va adolat, iymon va e’tiqod, nomus va oriyat, sharm va hayo, saxovat va muruvvat, sadoqat va diyonat, ilm va ma’rifat, soflik va to’g‘rilikmi qadrlash, halollikka intilish va haromdan jikanish kabi insoniy tuyg‘ulardan iborat bo’lib, bu tuyg‘ular inson kamolotida muhim o’rin egallab kelgan.
Taxdidlarning yana bir- yo’nalishi xalqning tarixiy xotirasini buzishga qaratilgandir. Buning uchun ayrim mafkuraviy markazlar rus va o’zbek tillarida o’zbek xalqining kelib chiqish tarixini buzib ko’rsatuvchi kitob va darsliklar nashr etib, Respublikamizda arzon narxda yoki tekinga tarqatishga intilishadi.
Mafkuraviy tahdidlarning bosh maqsadi mustaqil davlat fuqarolarini o’z qadriyatlaridan begonalashtirib, turli «yaltiroq» g‘ilofparga o’ralgan begona mafkuraviy ideallarni ularning qalbiga singdirishdan iboratdir. Bu hodisa axborot xavfsizligi bilan, axborot xurujlari bilan ham chambarchas bog‘langandir. Bu haqda mutuxassislar «axborot neokolonializmi» (D.Frolov), «informastion fashizm» (K. Byord), «axborot urushi» (G. Pochepstov) degan atamalarni ishlatishadi. Axborot xurujlari avj olayotgan globallashuv sharoitida o’zligimizni saqlab qolish, o’z qadriyatlarimizga sadoqatni tarbiyalash biroz mushkullashib boradi. Bu esa o’z navbatida bizning kddriyatlarimizdan begonalashuvimizga olib keladi. Bu ma’naviy taxdidning o’zidir. Bunday sharoitda sog‘lom ma’naviyatga ehtiyoj tug‘iladi. Prezidentimiz I.Karimov shunday sharoitni nazarda tutib, «...odam o’z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o’tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo’lmasa, har turli ma’naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko’rinishdagi ta’siriga bardosh berishi amrimaqol»-deb yozadi.
Ma’naviy tarbiyada unga qanday shaklda yondashishning ahamiyati juda katta. Masalan, o’qituvchining o’z o’quvchilarini boshqa tillarni o’rganishga rag‘batlantirish maqsadida «Siz ingliz yoki rus tilini puxta egallab olmasangiz - mahallangizdan (yoki qishlog‘ingizdan) chetga chiqa olmaysiz!» - degan da’vati ham mafkuraviy immunitetni «sindirishi (buzishi)» mumkin. Bunday gap, ya’ni uni eshitgan o’quvchida, «demak, mening ona tilim hech narsaga arzimas ekanda»,- degan nigilistik kayfiyatni uyg‘otadi. Ikkinchidan, tilga bunday munosabat, o’zbek tilining davlat tili sifatidagi qadrini erga urish shaklida namoyon bo’ladi. Shu o’qituvchining yuqoridagi sovuq gapi o’rniga «Sen ona tiling bilan bir qatorda rus, ingliz tillarini ham chuqur egallab olsang, yurtingning qadriyatlarini butun dunyoga yoyishing mumkin!» - degan da’vati esa uning vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirgan bo’lar edi. Milliy qadriyatlarni targ‘ib etishni «millatchilik» deb baholovchilar hozirgi paytda ham topiladi. Chunki, sobiq Ittifok, davrida milliy qadriyatlar haqidagi har qanday gap «millatchilik» deb qoralanar edi. Afsuski, bunday baholash me’zoni ayrim kishilar ongida hamon saqlanib qolmokda. Bu holat ko’pincha milliy ma’naviyat taraqqiyotiga g‘ov bo’lmoqda.
Xullas, yuqoridagi holatlar yoshlarimizning milliy qadriyatlarimizni to’g‘ri anglab etishiga jiddiy to’siq bo’lmokda. Natijada yoshlar orasida «milliy nigilizm» degan mafkuraviy kasallik yoyilmokda. Buning ma’nosi quyidagicha: «nigilizm» lotincha nihil «hech nima» so’zidan olingan bo’lib, o’zining yoki yurtining kuch-qudratiga ishonmaslik, ularga past baho berish, ertangi kunga ishonchsizlik, umidsizlikni anglatadi. Milliy nigilizm esa muayyan millat vakillarining o’z millati imkoniyatlarini kamsitib, pasaytirib baholashi, o’z yurtining qadriga etmaslik, mamlakatida roy berayotgan o’zgarishlar miqyosini anglay olmaslik tarzida namoyon bo’ladi. Milliy nigilizm kasalligiga yo’liqqan yoshlarning mafkuraviy immuniteti zaif bo’lib, ular begona g‘oyaviy ta’sirlarga tez beriluvchan, o’z yurtining manfaatlarini himoya qila olmaydigan, o’z yurtining har qanday yutug‘iga nisbatan befarq va ularni o’ta negativ baholovchi, «qildan qiyiq axtaruvchi” nochor kimsalarga aylanib qolishadi. Bunday kishilar mafkuraviy opponentlarimiz uchun yaxshigina «emish»dir.
Milliy nigilizmdan qutulishning asosiy yo’li yoshlarga respublikamizda bugungi kunda olib borilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning mazmuni va mohiyatini to’g‘ri hamda muntazam ravishda tushuntirib borishdir. Shu yo’nalishda kitoblar nashr etish, ko’chalarga behayo va bema’ni ko’rinishdagi suratlar osish o’rniga milliy taraqqiyotimiz yutuqlarini aks ettiruvchi ijtimoiy reklamalar qoyilishiga e’tiborni kuchaytirish muhimdir.
Bu yo’nalishda respublikamizda juda ko’p ishlar amalga oshirilmokda: o’tmishda o’tgan buyuk allomalarimizning yubileylarini nishonlash, shaharlar yubileylarini, milliy qadriyatlarimiz va bayramlarni o’tkazish, muzeylar, ziyoratgoxlar tashkil etish va bosh-qalar. Bularning barchasi xalqimizning milliy g‘ururini ko’taradi. Lekin, bunday tadbirlarning targ‘iboti hanuzgacha ko’ngildagidek emasligini ham ta’kidlash lozim. Masalan, 2001 yili Beruniyning «Qadimgi xalklardan qolgan yodgorliklar» («Osori al-boqiya») asarining yaratilganligiga roppa-rosa ming yil to’ldi. Shu munosabat bilan qadimgi ma’naviyatimiz tarixiga oid bu qimmatli asarni qayta nashr etish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Mamlakatimizning muhim atributlaridan biri davlat tili - o’zbek tilini rivojlantirishga bo’lgan e’tiborni qoniqarli deb bo’lmaydi. Shu choqqacha o’zbek tilining tom ma’nodagi elektron lug‘ati hamon ishlab chiqilmagan. O’zbek tilining elektron tarjima mexanizmi ham haligacha yaratilmadi. Bu yo’nalishdagi ishlar faqat ayrim tashabbuskorlarning qiziqish doirasidagina qolmokda. Ularni markazlashtirish, davlat tilining elektron modelini tayyorlash ishlarini bir tizimga solish, bu yo’nalishdagi izlanishlarni yuksak darajada rag‘batlantirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Bunday ishlar ayni paytda ma’naviy xavfsizligimizga bo’lgan taxdidlarning oldini olish uchun ham muhim vosita bo’lar edi.
Xulosa qilib aytganda, biz o’zimizning axborot fazomizni turli xil ichki va tashqi ma’naviy-mafkuraviy tahdidlardan asrashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz ongida o’z ona tilida mafkuraviy immu-nitetning shakllanishiga sharoit yaratishimiz va ularda milliy-ma’naviy qadriyatlarga sadoqat ruhini tarbiyalashimiz, bilim doirasi va dunyoqarashini kengaytirishimiz zarur bo’ladi. Bu ma’naviy tarbiyaga taalluqli masaladir. Ma’naviy tarbiyagina ma’naviy taxdidlarga bas kela oladi. «Bunday tahdidlarga qarshi, - deb yozadi I.A.Karimov, - har tomonlama chukur oylangan, puxta ilmiy asosda tash-il etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish mumkin». Bu yuksak g‘oya hammamiz uchun dastur-ko’rsatma bo’lib qolishi kerak.
Insoniyat axborot oqimi tobora tezlashgan, Yer shari aholisi kayfiyatini, ruhiyatini, maqsad va intilishlarini, qolaversa, butun tafakkur tarzini o’gartirishga qodir bo’lgan axborot texnologiyasi vujudga kelgan bir davrda yashamoqda. Bu hozirgi zamon sivilizatsiyasining o’ziga xos yutug‘i bo’ib, xalqlar, mamlakatlar, davlatlar o’zaro munosabatlarini toboro yaqinlashtirishga, jahon ijtimoiy- siyosiy jarayonlarini boshqarishga, dunyoviy kayfiyat, dunyoviy ruhiyat va maslakning vujudga kelishiga xizmat qiladigan mo’jizakor xodisa.
Biroq sivilizatsiyaning ana shunday ulkan, keng miqyosli va serqirra yutug‘idan kim qanday maqsadlarda foydalanayapti? Uni beqiyos va qudratli kuchi nimalarga ishlayapti?- degan haqli savol ham muammoga aylanmokda.
Umuman olganda insoniyat tafakkuri kengayib, Fan-texnika taraqqiyoti jadallashgani sayin insoniyat o’zining buyuk yaratuvchilik qudratini namoyon etmoqda. Shu bilan birga o’zining boshini o’zi og‘ritadigan, o’z hayotiga o’zi tahdid soladigan, o’z istiqbolini mavhumlashtiradigan holatlarga ham duch kelmoqda.
Insoniyat yozuv ixtiro qilingunga qadar taxminan uch million yil og‘zaki aloqa qilgan bo’lsa, undan ming yil keyingina sanoat asosida kitob bosishni o’rgandi. Undan besh yuz yil o’tib telefon, radio va televideniyaga ega bo’ldi. An’anaviy eshituv-ko’ruv vositalaridan kompyuterlarga o’tish uchun esa atigi ellik yilcha vaqt kerak bo’ldi, xolos. Ana shu tarixiy haqiqatning o’zi inson tafakkuri taraqqiyoti, fan-texnika rivoji bilan bo’lgan olamshumul o’zgarishlar dinamikasini ko’rsatadi.
Kompyuterlarning yuzaga kelishi esa butun Er sharini yagona axborot makoniga aylantirdiki, natijada har bir mamlakat takdiri bilan ham, butun dunyo taqdiri bilan bog‘liq bo’lgan voqelik yuzaga keldi.
Butun O’zbekiston ana shu yagona axborot tizimining faol sub’ektiga aylandi. Uning dunyo bilan aloqasi, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga ishtiroki, davlatlararo munosabatlar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, xuquqiy va madaniy aloqalari umumjahon axborot tizimi tarkibida amalga oshirilmoqda. Bu bevosita elektron pochta, elektron axborot almashish tizimi orqali ham milliy, ham dunyoviy muammolarni hal etishda faoliyat samaradorligini oshirishda, vaqtni tejashda, moliyaviy xarajatlarning keskin kamayishida, qolaversa, zamonaviy axborot apmashtirish saloxiyatini namoyon qilishda katta samara bermoqda.
Biroq bu jarayon bir qator muammolardan ham xoli emas.Jumladan, jahon axborot tizimidan foydalanish darajasining pastligi (5%), internet tizimining keng rivojlanmaganligi, undan foydalanish darajasining pastligi ko’zga tashlanmoqda.
Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Bu bevosita axborot bozoridan foydalanayotganda qanday axborotlarni qabul qilish, qanday axborotlardan foydalanish borasidagi salohiyatni ham taqozo etmoqda. Chunki bozorning oddiy haqiqati shundaki, har kim topganini savdoga chiqaradi. Sifati, mazasi, rangi, ta’mi, yoki foydasi jihatidan tanlash xaridorning ixtiyorida. Ana shu hayotiy qonuniyat nuqtai nazaridan qaraganimizda jahon axborot bozorida bizning manfaatlarimizga zid bo’lgan, milliy xususiyatlarimizni, an’analarimizni, turmush tarzimizni mensimaydigan axborotlar xuruj qilmokda, hayotimizga shiddat bilan kirib kelmokda.Bu o’z o’zidan axborot soxasida milliy xavfsizlikni ta’minlash muammosini ko’ndalang qilib qoymoqda.
Hozirgi zamon axborot tizimi, uning juda keng imkoniyatlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, O’zbekistonda axborot olish, saqlash, foydalanish va tarqatishning umummilliy manfaat va umummilliy taraqqiyot nuqtai nazaridan boshqaruv mexanizmini yaratish, uning mohiyati va unsurlarni chuqur anglash zarur bo’lib qolmokda.Ana shu hayotiy ehtiyojdan kelib chiqib axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimini yaratishning quyidagi usullarini qo’llash zarur deb hisoblaymiz:
Birinchidan, sostiologik yo’nalish. Bunda axborot olish va tarqatish jarayonida jamiyat taraqqiyotida axborotning ijtimoiy voqelik sifatidagi rolidan kelib chiqib jamiyatda shakllanayotgan ijtimoiy ong yo’nalishlari, ijtimoiy tafakkur darajasi va uning oqimlarini o’rganishni yo’lga quyish kerak. Aholi turli qatlamlari qarashlari, kasbiy va boshqa ijtimoiy holatlari asosidagi fikrlash tarzini aniqlab borish zarur.
Ikkinchidan, statistik yo’nalish. Ko’pmillatli mamlakatda, xususan, 130 dan ortiq millat va elat yashayotgan, 20 ga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat ko’rsatayotgan O’zbekistonda millatlararo va dinlararo mojarolarni, turli siyosiy manfaatlar va buzg‘unchi g‘oyalar ta’sirida kelib chiqishi mumkin bo’lgan siyosiy nizolarni o’rganib borish.Bu borada aniq hisob-kitoblarga, tahliliy echimlarga ega bo’lish.
Uchinchidan, siyosiy konfliktologiya va psixologiya. Axborot-psixologik xavf avj olayotgan bir paytda, turli buzg‘unchi g‘oyalar inson ongi va tafakkuriga o’z ta’sirini o’tkazayotgan bir sharoitda siyosiy mojarolar kelib chiqishi mumkin bo’lgan jamoatchilik fikri, siyosiy qarashlari, ruhiyati-ijtimoiy-siyosiy psixologiya izchil ravishda o’rganib borilmog‘i lozim.
To’rtinchidan, mantiqiy -tizimiy va funksional tahlil. Axborot tizimi, xususan, axborot-psixologik ta’sir axborot siyosati tizimi va vositasining muhim qismi sifatida baholanishi lozim. Voqelikka ana shu tarzda yondoshib, ilmiy -tahlil, nazariy va amaliy xulosalar chiqarish kerak. Tig‘iz axborotlashgan jamiyatda axborot oqimi ta’sirida shakllanayotgan ijtimoiy fikr fan nuqtai nazaridan izchil o’rganilmog‘i, uning predmeti va metodologiyasini ishlab chiqish muhim bo’lib qoldi.
Beshinchidan, axborot tizimida milliy istiqlol g‘oyasining ustuvorligi.Har qanday fuqaro axborot bozoridan "mahsulot" tanlash jarayonida uning qalbida, ruhiyatida, kayfiyatida, fe’l-atvorida, bularning barchasining oqibati sifatida hatti-harakati va munosabatida mafkuraviy immunitet ustuvorligini ta’minlash.
Albatta, Uzbekistonda mustaqillikning o’tgan 15 yili mobaynida ommaviy axborot kommunikastiyasi soxasida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi.Eng avvalo, har bir fuqaroning so’z va fikr erkinligi, axborot olish va tarqatish huquqi Konstitustiya bilan kafolatlandi.Ommaviy axborot vositalari to’g‘risidagi bir qator qonunlar yaratildi va amalda qo’llanilmoqda. Mustaqil nashrlar soni keskin ko’paydi. Bularning hammasi mamlakat ichki hayotida milliy axborot tizimining o’ziga xos taraqqiyotidan dalolat beradi.
Shu bilan birga O’zbekiston jahon axborot tizimidan foydalanishning eng zamonaviy va tezkor texnologiyasini joriy etdi.Bu nafaqat davlat va hokimiyatning, rasmiy idoralarning, balki nodavlat-notijorat tashkilotlar, hatto, alohida fuqarolarning dunyo axborot bozoriga bemalol kirishi va undan bemalol foydalanish imkonini beradi.
Axborot sohasida milliy tahdid, taraqqiyotga to’g‘anoq sifatida baholanmog‘ini va unga qarshi kuchli mexanizmini yaratishni taqozo etadi. Bunda davlat axborot siyosati alohida ahamiyatga ega. Albatta, Uzbekistonda axborot tizimi, uni boshqarish, undan foydalanish borasida qator qonunlar bor. Jumladan, axborot olish kafolatlari, elektron raqamli imzo to’g‘risidagi qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Biroq bular etarli emas. Chunonchi, zamonaviy axborot texnologiyalari toboro takomillashib, rivojlanib, axborot olish, saqlash, uni ishlash va tarqatishning shakllari, usullari, uslublari toboro kengayib bormoqdaki, bu butun ko’lami bilan amaldagi qonunlarda o’z ifodasini topmagan.
Masalaning ikkinchi tomoni ham bor.O’zbekistonda hozirgi mavjud ijtimoiy fikr, jamiyatning umumiy siyosiy- ma’rifiy darajasi zamonaviy axborot xurujiga va uning shiddatiga dosh berolmaydi. Aniqrog‘i, uning butun ko’lamini, mohiyatini, axborot ostidagi yashirin g‘oyani va axborot tarqatuvchi manba maqsadini etarli darajada baholay bilmaydi. Natijada axborot bozorida mavjud bo’lgan asosli, jiddiy, fikrlashga chaqiradigan,taraqqiyotga yordam beradigan axborotlarni etarlicha qabul qila olmaydi. Aksincha engil-yelpi, shov-shuvli, hayotimizdagi mavjud o’tkinchi kamchilik va nuqsonlarni bo’rttirib ko’tarib chiqqan xabarlarga berilib ketadi. Natijada jamiyatda yalpi o’rtacha kayfiyat, ozurda ruhiyat paydo bo’lishiga imkoniyat yaratiladi. Bunday vaziyatda milliy axborot tizimini har tomonlama qo’llab- quvvatlash, uning faoliyatini takomillashtirish, ta’sir doirasini oshirish zarur bo’lib qolmoqda. Bu muammolarni hal etish uchun qoyidagilarga e’tibor bermoq lozim.
-Ommaviy axborot vositalarida hozirgacha shakllangan til, uslub va ifoda usulini o’zgartirish lozim. Jozibador, ayni paytda hayotga yaqin, eng oddiy fuqaro qalbi va ruhiyatiga mos keladigan xalqchil ifoda usulini shakllantirish lozim. Boshqacha qilib aytganda, axborot makonini hayotga, odamlarga, ularning kundalik tashvishu iztiroblariga, yangilanayotgan jamiyat muammolariga yuksak mahorat bilan moslashtirish kerak.
-Jamiyatni, uning har bir a’zosini axborot vositalariga qiziqishini orttirish yo’li bilan yuzaga kelayotgan ruxiy tanglikka, chek qoyish lozim.G‘oyaga qarshi g‘oya, jaxolatga qarshi ma’rifat tamoyilining ustivorligiga erishmoq kerak.
-Axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida fuqarolik jamityati institutlari- jamiyat tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ular so’zi va fikrining ta’sirchanligini oshirish kerak. Toki har qanday umummanfaat va umumtaraqqiyot yo’lida aytilayotgan so’z har bir tinglovchi qalbiga kirsin, onggiga singsin. Uni rag‘batlatirsin, ruhlantirsin, milliy yakdillikka, milliy birlikka da’vat etsin.
Albatta, axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta’minlashning eng samarali yo’llaridan biri to’g‘ridan-to’g‘ri har qanday buzg‘unchi g‘oyalarga, jamoatchilik fikrini buzadigan xabarlarga asosli tarzda qarshi tura bilish. Ikkinchi tomondan ayni ana shu qarshi targ‘ibot mexanizmini samarali boshqarishni ta’minlash.
Hozirgi zamon axborot tizimida shunday xodisalar mavjudki, unga qarshi chiqish u yoqda tursun, uni boshqarish, tartibga solish ham mumkin bo’lmay qolmoqda. Demak, bunday sharoitda eng maqbul va samarali usullarni ishlab chiqish zarur. Jumladan:
Birinchidan, jamoatchilik fikrini o’zgartirayotgan, chalg‘itayotgan vayronkor axborotlar tashqaridan, o’ziga xos himoya qalqoniga ega bo’lgan makonlardan kelayotganligini nazarda tutib, axborot tarqatish borasidagi mojarolarga yo’l qoymay, ularga yuksak siyosiy va kasbiy madaniyat orqali yondashish. Befarqlik, sukut saqlash, kayfiyatiga barxam berib, milliy oriyat, milliy nafsoniyat bilan bog‘liq xoldagi targ‘ibotchilik imkoniyatimizni namoyon etish yo’lidan borish.
Ikkinchidan, shuni nazarda tutish kerakki, har qanday hujumkor va buzg‘unchi g‘oyaga qarshi o’z vaqtida, mo’ljalni aniq olib munosabat bildirishda ehtiroslarga berilmaslik, ortiqcha shov-shuvlarga yo’l qo`ymasdan siyosiy vazminlik va bosiqlik, ayni paytda kuchli ta’sir o’tkazish usullarini o’zlashtirmoq lozim.
Axborot sohasida axborot xuruji qizg‘in avj olgan bir paytda ayni shu xurujlar mohiyatini, uning manbalarini, rivojlanish omillarini, ilmiy til bilan aytganda konfliktogen jixatlarini chuqur o’rganish lozim. Buzg‘unchi va hujumkor axborotlar maqsadi, muddaosi, ularning tagida yotgan manfaatlar qanchalik to’g‘ri o’rganilsa, ularga shunchalik to’g‘ri va ishonchli zarba berish mumkin bo’ladi.
e’tibor berish lozim, deb oylaymiz:
-insonning shaxs va fuqaro sifatidagi imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish va uni shakllantirish;
-insonning o’zini o’zi himoya qila olish instinktini, o’zini o’zi boshqarish salohiyatini shakllantirish;
-alohida odamlar, guruhlar, qatlamlararo munosabatlarni yana ham barqarorlashtirish;
- jamoalar birligini, umumiy xonadon-yaxlit mamlakat taqdiri uchun javobgarlik hissini kuchaytirish;
-millatidan va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar O`zbekiston fuqarosi bo’lgan har bir shaxsning kelajak uchun ma’sulligini ta’minlash;
-kelib chiqishi mumkin bo’lgan mojarolar, kelishmovchiliklar asoslarini, yo’nalishlarini, ularning rivojlanish omillarini va dinamikasini doimiy tarzda, uzluksiz ravishda o’rganib borish.
Ana shu tarzda, albatta, axborot soxasida milliy xavfsizlikni
ta’minlashning O’zbekiston tajribasi takomillashib bormokda. Bu bevosita axborot huruji avj olayotgan, axborot tarqatish texnologiyalari toboro takomillashib , uning usul va uslublari yangilanib borayotgan bir paytda O`zbekiston ayni ana shu sivilizatsiyaviy jarayonning eng samarali, eng insonparvar usullaridan yana ham kengroq foydalanish imkoniyatlarini qidirmoqda.


Download 68.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling