Inson fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizligini
Shaxsning ma’naviy – axloqiy takomili va о‘zini – о‘zi himoya qilish
Download 307.57 Kb. Pdf ko'rish
|
Inson fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizligini ta’m-fayllar.org
Shaxsning ma’naviy – axloqiy takomili va о‘zini – о‘zi himoya qilish
“Axborot jamiyati" — alohida izoh talab etadigan so’z birikmasi. U hozir nafaqat olimlar davrasida, balki matbuot sahifalarida ham bot-bot tilga olinmoqda — jamiyatning kelajagi shu tushuncha bilan bog‘lanayotir. Lekin jamiyat rivojida axborot texnologiyalari roli yanayam ortib borishi haqidagi ba’zi va’zlar inobatga olinmasa, bu borada hali ilgari siljish ko’zga tashlanayotgani yo’q. Qolaversa, "axborot jamiyati" atamasini har kim o’zicha tushunib, istifoda qilmoqda. Vaholanki, axborot jamiyati shundoqqina bo’sag‘ada turibdi va uning qanday kutib olinib, qanday talqin etilishi XXI asr tamadduni mazmuniga ko’p jihatdan ta’sir ko’rsatadi. Biz hali ko’p bor bu hodisa mag‘zini chaqishga urinishimizga to’g‘ri keladi. Lekin hozirdanoq shuni aniq aytish mumkinki, axborot jamiyati insoniyatning aqlga tayangan say-harakatisiz Yer yuzida o’z- o’zicha qaror topa olmaydi. Ax-borotlashtirishning zaxira imkoniyatlari sayyoraviy hamjamiyat baxt-saodati yo’lida xizmat qilmog‘i uchun bu hamjamiyat tuzilmasidagi ba’zi bo’g‘inlar, ayniqsa, ongimizdagi qoliplar isloh etilishi lozim. Bunday jamiyatni barpo etishga doir umumiy rejani ishlab chiqishga chog‘lanishdan avval "axborot jamiyati" tushunchasining o’zini anglab va bu boradagi tasavvurlarni bugungi ijtimoiy rivojlanish tamoyillari bilan bog‘lab olish zarur. Modomiki, ushbu tushunchaga turlicha, ba’zan hatto qarama-qarshi ma’no yuklanayotgan ekan, ishni shu haqda bahsu munozara ochib, nuqtai nazarlarni qiyoslab olishdan boshlash eng maqbul yo’ldir. Faqat shu yo’l bilan muammoni jamoatchilik ongi va qalbiga yetkaza olish mumkin. Ushbu maqola ham jamiyatning ijtimoiy va texnologik tadrijidagi hozirgi bosqichga doir ko’plab nuqtai nazarlardan biri bilan tanishtiradi. Ayni vaqtda bizni qiziqtirayotgan masala bo`yicha ikkita qarama-qarshi fikr mavjud. Dastlabkisiga ko’ra, insoniyat o’z taraqqiyotida "axborot jamiyati" deb atash mumkin bo’lgan bosqichga qadam qo`ydi va u halizamon postindustrial jamiyat o’rnini ishg‘ol etadi yoki hozirdanoq bu o’rinni egallay boshladi. Kompyuter texnikasi, fazoviy aloqa, axborot texnologiyalari va hokazolarning bemisl rivoj topgani shundan dalolat beradi. Bundan tamoman farq qiluvchi keyingi qarashga ko’ra esa, axborot jamiyati faqat uzoq kelajakka daxldor hodisa. Shuning uchun uning xususiyatlari haqida bahs yuritishga ham hali erta. Bu nuqtai nazar bo`yicha, axborot sohasida biz guvoh bo’lib turgan jarayonlar aslida post-industrial jamiyatning anchayin takomilidan o’zga narsa emas. Menimcha, axborot jamiyati haqida bahs ochishning mavridi allaqachon kelgan. Chunki, boya aytganimizdek, insonlar bu jamiyatni qanday tasavvur etishi ijtimoiy munosabatlar shakllanishiga va alal-oqibat sivilizatsiya taqdiriga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Qolaversa, bu faqat mutaxassislargina muhokama etadigan masala bo’lmay, butun insoniyat bosh qotirishi zarur sanalgan muammodir. Axborot jamiyatiga hozirgi voqelik deb qarab, fikr yuritish uchun esa hali ancha-muncha kuch-g’ayrat sarflashga to’g’ri keladi. Fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida ishlab chiqarish jadal o’smoqda, ekologik vaziyat o’zgarib bormoqda, iqtisodiy integratsiya quloch yoymoqda. Texnika yutuqlari sayyoraviy hamjamiyatning jug’rofiy-siyosiy va ijtimoiy tabiati yangilanish sari yuz tutishiga sabab bo’lmoqda. Shunday vaziyatda ertangi taraqqiyotning muqobil yo’llarini bashorat qila bilish hamda bizni o’z bag’riga tortayotgan jarayonga ta’sir ko’rsata olish salohiyatimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, inson hayotining barcha sohalarini axborotlashtirish barobarida bu hodisaning ijtimoiy taraqqiyot bilan aloqasini muhokamaga tortish bugunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Axborot jamiyatiga qadam qo’yishni faqat elektron va kompyuter muhandisligiga bog’lab qo’yish to’gri emas. Menimcha, uning tarix sahnasiga chiqishini jamoaviy umumsayyoraviy aql qaror topishi va tamaddun yangi sifat bosqichiga ko’tarilishi bilan bog’liq holda tushungan ma’qul. Axborot jamiyatini barpo etish shu qadar mushkul vazifaki, uni ado etish jarayonida har qanday tasodifga shay turish lozim. Bu yo’lda katta-kichik xavf-xatarga duch kelishimiz aniq va, ayni chog`da, ularni yengish uchun bizda yetarlicha aql va iroda ham mavjud. Men axborot jamiyati haqidagi o’z qarashlarimni ifodalab berish uchun dastavval fan-texnika taraqqiyotining so’ngi holatini, uning dunyodagi iqtisodiy-siyosiy va jug’rofiy-siyosiy vaziyatga ta’sirini hamda jamoaviy umumsayyoraviy aql istilohining ma’no-mohiyatini qanday tushunishim xususida so’zlab berishim kerak bo’ladi. Bugun jamiyatni axborotlashtirish va kompyuter texnikasidan foydalanishda yutuqlar garovi bo’lgan dasturiy vositalar majmui — sun’iy intellekt haqida ko’p gapirilmoqda. Ishlab chiqarish sohasida axborotlashtirish bilan bog‘liq butun boshli tarmoq vujudga keldi. U ilmiy izlanishlarning yangi yo’nalishlari va, hatto, yangi madaniyat paydo bo’lishiga zamin hozirladiki, oqibatda ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda ma’naviy hayot ham tubdan o’zgarmoqda. Bu jarayon borgan sari jadallashib boryapti, ayni choqda u barcha tadrijiy jarayonlar kabi stixiyali ro’y bermoqda. Hozirda ishlab chiqarish sohasini axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo’lmay qoldi. Bu holni XVIII asrda kishilik jamiyatiga suron solib kirib kelgan va tarix yo’nalishini tubdan o’zgartirib yuborgan bug’ mashinasiga qiyoslash mumkin. Mazkur ixtiro tufayli yuz yilning nari- berisida butun hayotiy andozalar o’zgarib ketgan edi. Hozir ham shunga o’xshash jarayon sodir bo’lmoqda va uning XVIII asrdan yagona farqi — hayotimizda yuz berayotgan o’zgarishlar yanada tezkorligidir. Keling, o’zimiz shohidi bo’layotgan jarayonlarning ayrim jihatlariga nazar tashlaylik. Bugun ishlab chiqarishda har xil aniq texnologiyalar yuksak mavqe egallamoqda va ular orqali sun’iy intellekt hamda axborot texnologiyalari (shu jumladan, kompyuterning zaxira imkoniyatlari) mahsulot yaratishga jalb etilmoqda. Bunday texnologiyalar samarasi hozirdanoq ko’zga yaqqol tashlanib qoldi. Misol tariqasida detallarni biriktirish aniqligi olinsa, bu zamonaviy kompyuter va elektron o’lchov asboblarisiz erishish dushvor bo’lgan yuqori aniqlikdir. Yoki materiallar chastotasi olinsa, bu ham shunday vositalarsiz tasavvurga sig‘maydigan o’ta yuqori chastotadir. Mabodo endi inson aybi bilan biror falokat ro`y bersa ham, bu bemisl bir falokat bo’ladiki, uni jilovlab olish va bartaraf etish ertangi kunning og’ir va dolzarb muammosiga aylanadi. Qolaversa, bunday falokatlarni ham axborot texnologiyalaridan foydalanmay turib hal etib bo’lmaydi. Ilg’or mamlakatlarda qaror topgan hozirgi tuzum "postindustrial jamiyat" deb atalayotgani bejiz emas. Ushbu davlatlarda energiya resurslari ishlab chiqarishning o’sishi va ishlab chiqarish hajmining orti-shidan mag‘rurlanish kabi industrial jamiyatga xos asosiy belgilar sekin-asta yo’qolib bormoqda. Hattoki energiyadan yuqori tejamkorlik bilan foydalanish, kam energiya talab etuvchi texnologiyalarni joriy etish evaziga bunday resurslarni ishlab chiqarish kamayishi kuzatilmoqda. Texnika va texnologiya sohasida roy berayotgan yuksalishlar jamiyat taqdiriga jiddiy ta’sir ko’rsatadi, uning ustun yo’nalishlari, hattoki ijtimoiy tabiatini o’zgartirib yuboradi. Malakali mutaxassislar tayyorlash zarurati yuzaga keladi va "ishchi"larning bunday toifasi soni ortib boradi. Tabiiyki, ishlab chiqarish sohasida muvaffaqiyatni ta’minlovchi mutaxassisni tayyorlashga ko’p vaqt va mablag’ sarflashga to’g’ri kelsa hamda butun jamiyat taqdiri alal- oqibat ularga chambarchas bog’liq bo’lib qolsa, bu toifa jamiyat uchun alohida ahamiyat kasb eta boshlaydi. Buning ustiga, u mehnatga yaroqli aholining ko’pchiligini tashkil etsa, butun ijtimoiy jarayonlarni jadallashtirib yuboruvchi ijobiy aks ta’sir ham yuzaga keladi. Aynan shu omillar jamiyatning taraqqiyot yo’li va tashkiliy tuzilmasini o’zgartirib yuboruvchi bir talay oqibatlarni keltirib chiqarishi hozirdanoq ko’zga tashlanib qolmoqda. Bunday o’zgarishlarni, avvalo, jamiyatning taraqqiyot yo’li borasida ko’rish mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda milliy mahsulotning uchdan bir qismini davlat markazlashgan holda taqsimlashining o’ziyoq men boya tilga olgan shart-sharoitlar mahsulidir. Bundan liberal iqtisodiyot barobarida ijtimoiy yo’naltirilgan liberal iqtisodiyot haqidagi tasavvur yuzaga qalqib chiqadi. Qolaversa, bunday taraqqiyot yo’li siyosiy yoki ijtimoiy doktrina emas, balki ilgarilab borayotgan texnikaviy sivilizatsiya taqozosidir, ya’ni tadbirkor "ishchi sinfi"ni o’qitish, davolatish va keksaligida nafaqa bilan ta’minlashdan manfaatdor, tamom-vassalom. Shu o’rinda bundan yuz yil avval kapitalizm rivojlanib borishi bilan uning bag‘rida yangi ijtimoiy munosabatlar kurtak yozadi, degan fikrni aytgan E.Bernshteynni eslab o’tish joiz. Marksistlar ayni shu qarashi sababli uni "opportunistlar va renegatlar" ro`yxatiga tirkagan edi. Yuqorida tilga olingan jarayonlar Yer yuzidagi jug’rofiy-siyosiy vaziyatni ham o’zgartirib yuboradi. Endilikda davlatlarning sayyoraviy ehromi cho’qqisini hozirgidek eng ko’p qurol- yarog‘ ishlab chiqarayotgan ham, yer bag’ridan eng ko’p boylik qazib olayotgan ham, hattoki, eng ko’p hisoblash va boshqa elektron asboblari ishlab chiqarayotgan mamlakatlar ham ishg’ol etolmaydi. Bugun fan-texnika sohasida yuzaga kelgan ahvol quyidagicha: har qanday nou-hau bir necha yil ichida butun yer yuzi aholisi mulkiga aylanadi. Bundan buyon oldingi marrani yangi ilmiy va texnikaviy g’oyalarni qo’llab-quvvatlash va hayotga tatbiq etishga layoqatli, batamom yangi va mukammal sanoat mahsuloti yarata oladigan hamda bu mahsulotni bozor, avvalo, ichki bozor bilan ta’minlay biladigan davlatlar egallay boshlaydi. Buning uchun esa ushbu davlatlar yuqori malakali hamda intizomli minglab olim, muhandis va, ayniqsa, "ishchi sinfi"ga ega bo’lishi lozim. Men "ishchi sinfi" atamasini iloji boricha kam ishlatishga harakat qilyapman. Chunki bevosita mahsulot yaratuvchi bu "ishchi"larning aksariyati, bugungi kun mezoni boyicha, oliy texnik ma’lumotga, qolaversa, yirik ichki bozorni yaratish uchun mo’may mablag’ga ega bo’ladi. Zero, mahsulot ishlab chiqaruvchi qatlamning o’ziga to’qligi postindustrial jamiyatning sarmoya aylanishini keskin tezlashtiruvchi "zarurat"lardan biridir. Ta’lim bilan bab-baravar texnologik intizom ham anglana boradi, zotan, "chap-dast" ishlab chiqarish alal-oqibat shu texnologik intizomga qat’iy rioya etishga tayanadi. Texnologik intizom esa texnik niyatni royobga chiqaruvchi usta haqidagi tasavvur bilan chambarchas bog’liqdir. Ustalarni (ommaviy mahoratni) tarbiyalash postindustrial jamiyatda muhim milliy vazifaga aylanadi. Tayvan hozir postindustrial stivilizastiyaning oldingi marrasini egallab turgan mamlakatlar safiga qo’shilib olgani tasodif emas. Bu davlatda bir necha o’n yillar davomida maktab bitiruvchilarining 30 foizdan ziyodrog‘i universitetlar qoshidagi kollejlar talabasiga aylandi. Demakki, gap mazkur xalqqa (shuningdek, Tinch okeani mintaqasining boshqa xalqlariga ham) xos bo’lgan har bir vazifani vijdonan bajarish an’anasidagina emas. Albatta, an’analarning ahamiyatini yerga urish yaramaydi, ammo boshqa bir masala ham borki, bir necha o’n-yigirma yil ichida har qanday xalq xotirasidan ko’p asrlik an’analarni o’chirib tashlash ham, unga qo’l uchida ish bajarishni "o’rgatish" ham mumkin. Qolaversa, oqilona siyosat yuritishga qodir bo’lgan hukumatsiz, hozirgi taraqqiyotning texnikaviy va jug’rofiy-siyosiy tamoyillarini ilg’ay biladigan vazirlarsiz ham biror narsaga erishish malol. Gomindan hukumatining millat oldidagi buyuk xizmati dunyo taraqqiyoti yo’nalishini to’g’ri aniqlay olgani, 1940-50 yillardagi og’ir iqtisodiy va siyosiy sharoitda ham ta’limga bosh milliy vazifa deb qaragani bo’ldi. Zikr etilgan fikrlar MDH davlatlariga ham taalluqli, albatta. Axborotlashtirish va mehnat madaniyatiga tayangan aniq texnologiyalarni keng joriy etish bizni uchinchi dunyo xarobalariga tushib qolishdan asrovchi yagona imkoniyatdir. Takror aytaman, bizning birdan-bir imkoniyatimiz xalqning aql-zakovati va ilm-ma’rifatiga tayanish, shuningdek, hukumat e’tiborini ham shunga qaratishdir. Iqtisodiy bo`hronlar sharoitida ham ta’lim va tarbiyadan, qo’li gul ustalarni etishtirishdan muhimroq masala yo’q. Postindustrial jamiyat oldimizga qo`yayotgan bugungi talab ana shu, Binobarin, amaliy faoliyatga kirishmay turib, axborot jamiyati haqida safsata sotish befoyda. Hisoblash texnikasining keng miqyosda qo’llanilishi va yuksak texnologiyalarning taraqqiy topishi, ijtimoiy tuzilmaning isloh etilishi va jug‘rofiy-siyosiy vaziyatning o’zgarib borishi — insoniyatning bugungi hayoti va tamadduni qurilmasida yaqin kelgusida roy berajak tub sifat o’zgarishlarining hozirdanoq ko’zga tashlanayotgan alomatlaridir. Lekin bunday xususiyatlarga ega jamiyatni ham hali axborot jamiyati deb bo’lmaydi. Hozircha uni vujudga keltiruvchi texnik, texnologik va ijtimoiy asoslarni yaratish jarayoni davom etmoqda, xolos. Bugungi voqelikni "postindustrial jamiyat" atamasi aniq ifodalaydi. Bizningcha, axborot jamiyati deb atashga loyiq ijtimoiy tuzilmaning yuzaga kelishida Jamoaviy Intellekt (yoki jamoaviy aql) etakchi rol o`ynaydi. Inson intellekti uning tanasi hayot faoliyatida qanday rol oynasa, jamoaviy aql ham umumsayyoraviy organizm hayot faoliyatida xuddi shunday rol oynay boshlaydigan vaqt kelishiga hali bir muncha bor. Teyyar de Sharden, ayniqsa, Vladimir Vernadskiy ta’limotlarida, umumsayyoraviy aqlning hukmronlik roli haqida ba’zi fikrlar mavjud. Olimning ta’kidlashicha, XX asr boshidanoq insoniyat yer kurrasining asosiy yaratuvchi kuchiga aylandi va ayni sababga ko’ra, u biosferaning ham, odamzodning ham keyingi taraqqiyoti uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga majbur. Demak, jamoaviy intellekt g’oyasi tasodifiy bir xomxayol emas, aksincha insoniyat omon qolishining zaruriy shartidir. Bundan kelib chiqadiki, inson yer yuzida umrguzaronlik qilishining yangi tartiboti o’rnatilishi lozim. Lekin bunday hodisa yaqin yillarda o’z-o’zidan roy berib qolmaydi. Ayni maqsad yo’lida butun insoniyat aql va irodasi birlashmog’i zarur. Demak, jamoaviy aql va jamoaviy iroda o’zini namoyon etgandagina yangilanish sodir bo’ladi. Bunday qayta qurish jamiyatning aniq maqsadni ko’zlagan aralashuvisiz yuz bermaydi va hatto umuman sodir bo’lmasligi ham mumkin. U holda insoniyat kelajak borasida har qanday imkoniyatdan bebahra qoladi. Shu bois men axborot jamiyatiga homo sapiens bundan buyon ham biologik tur sifatida rivoj topishining eng maqbul istiqboli deb qarayman. Bu — kishilik jamiyati noosfera asri tomon taraqqiy etishi yo’lidagi zaruriy bosqichdir. Noosfera asrida esa inson va tabiat uyg’un yashashi uchun barcha shart-sharoit muhayyo bo’ladi. Biz tusmollab fikr yuritadigan barcha noyob jarayonlar singari kishilik tarixi ham hech qachon silliq kechmaydi, shuningdek, unga izchil ta’sir ko’rsatish ham imkonsiz. Ayni choqda inson butunlay chorasiz, deyish ham mantiqqa zid. Inson rivojlanishning turli yo’llari haqida fikr yuritish va ularga rioya etish layoqatiga ega. Binobarin, hozirgi ijtimoiy jarayonlarga doir imkoniyat darajamizni belgilab olish va ularga ozmi-ko’pmi ta’sir ko’rsatish qo’limizdan keladi. Bu haqda so’z yuritishdan avval "Jamoaviy Intellekt" tushunchasiga izoh berishim zarur. Sun’iy intellekt bilan jamoaviy intellekt mutlaqo boshqa-boshqa tushunchalar, biroq ikkisining ham insoniyat taqdiriga ko’rsatadigan ta’siri beqiyos. Sun’iy intellekt inson ixtiro etgan va barpo qilgan tizimdir. Jamoaviy intellekt esa tabiiy hodisa, shaxs va jamiyatning aniq maqsadni ko’zlagan aralashuvisiz hozirgacha davom etib kelayotgan murakkab tadrijiy jarayon mahsulidir. Oliy nerv tizimi, ya’ni miyaning rivojlanib va antropoidlar hayot faoliyatining murakkablashib borishi bilan ular o’rtasida axborot ayirboshlash alohida rol oynay boshladi. Antropogenez jarayonida bilimni boyitish, mahoratni oshirish muttasil davom etdi, jamoaviy xotira vujudga keldi. Sekin-astalik bilan atrof-tevarakni jamoa bo’lib o’rganishga kirishildi. Boshqacha qilib aytganda, jamoaviy aql nomi bilan yuritiluvchi tizim paydo bo’ldi. Uning olam hodisotlarini idrok etish va jamoa xo’jaligini yo’lga qoyish borasidagi imkoniyati yakka kishi va hatto barcha odamlar aqlining yig‘indisi imkoniyatidan bir necha karra ortib ketdi. Darhaqiqat, alohida individlar o’zaro munosabatga kirishib, uzluksiz axborot almashishi tufayli Jamoaviy Intellekt va Jamoaviy Xotira paydo bo’ldi. Qolaversa, bilim olish, uni saqlash va uzatish imkoniyati bois "aqlli" maxluqlar to’dasi kishilik jamiyati bo’lib shakllandi. Uzoq ajdodimiz mehnatni hayot sharti sifatida ozmi-ko’pmi anglay olgani uchungina emas, balki jamoaviy aqlni takomillashtira borgani uchun ham insonga aylandi. Odam miyasi rivojlanib borishi bilan oila, qabila va xalqning jamoaviy aqli ham taraqqiy eta borgan. Negaki, axborot almashish ham, chamasi, asab tolalari bilan bir vaqtda paydo bo’lgan. Oliy nerv faoliyati murakkablashuvi, asosan, axborot uzatish vositalari, birinchi galda esa axborotni ifoda etuvchi til, aniqrog’i, tillar takomillashuvidir. Bundan 30-40 ming yillar avval (balki undan ham ilgariroq) mushtarak ajdodimiz — kramanon paydo bo’lgach, odamning biologik rivoji amalda to’xtagan. Biroq jamoaviy aql rivoj topishda davom etibgina qolmay, hatto bu jarayon yanada tezlashmoqda — fan-texnika taraqqiyoti buning yaqqol dalilidir. Haligacha kishilik jamiyatining axborot tarixi bitilmagan, ammo bugun shusiz ham insoniyat bilimining boyish va texnika taraqqiyotining o’sish sur’ati ijodiy jarayonga jalb etilgan kishilar soni ortishi bilan birga ular o’rtasida axborot almashinuvi tezlashishiga (bunga imkon beruvchi texnologiyalar yaratilishiga) ham bog’liq ekani ayonlashmoqda. Biror kishi yoki biror guruhning (butun boshli xalqlarning ham) o’z qobig’iga o’ralib, axborot almashish tizimidan uzilib qolishi ularning tanazzulga yuz tutishi, bilim, malaka va xotirasini boy berishiga sabab bo’ladi. Xullas, jamoaviy intellekt odamlarni axborot rishtalarini bog’lovchi shunday bir tizimki, uning sharofati bilan har bir kishiga insoniyat yiqqan barcha bilimlardan bahramand bo’lish uchun ham, shu bilan birga, uning borliq haqidagi mavjud tasavvurlarni yanada boyitishga hissa qo’shishi uchun ham keng yo’l ochiladi. Bunday tizim olamda yuz berayotgan voqealarga nisbatan umumiy nuqtai nazarni shakllantiradi. bu esa, o’z navbatida, odamlar kuch-g’ayrati va say-harakatini bir maqsad sari yo’naltiradi, umuminsoniy mentalitet paydo bo’lishiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Jamoaviy Intellekt jamoaviy qarorlarni shakllantirishga imkon beruvchi tizimdir. Jamoaviy aql va jamoaviy xotira jamiyatning barcha a’zolari undan foydalanish jarayonida yanayam ortib, yanayam ko’payib boradigan birdan bir jamoaviy mulk shaklidir. Darvoqe, ingliz dramaturgi Bernard Shou bu xususida juda topib aytgan: "Sen men bilan olmani baham ko’rsang, ikkalamizda bitta olma bo’ladi. Lekin men bilan g’oyani baham ko’rsang, ikkalamizda bittadan g‘oya bo’ladi". Bunday "mulkdor"lar toifasi shu xildagi jamoaviy boylikni qancha ko’p tasarruf etsa, insoniyat bundan shuncha ko’p naf ko’radi. Faqat ushbu jamoaviy mulk — hikmat va bilimni qadimgi Misrdagidek bir hovuch "kohin"lar "xususiylashtirib olishi"dan xudo asrasin. Inson ongi va chunonchi, tafakkuri qanday paydo bo’lgani uning o’ziga-da ko’pam ayon bo’lmagan jumboq hisoblanadi. Darhaqiqat, odam miyasi ham barcha hayvonlarniki kabi neyronlardan iborat, biroq faqat u tafakkur yuritishga layoqatli, faqat ugina ong deb ataluvchi fenomenga ega. Antropogenezning qaysidir bir bosqichida ajdodimiz atrof muhitdan ajralib chiqdi. "men"ning "men emas"dan, "biz"ning butun borliqdan farqlanishi sodir bo’ldi. Xo’sh, bu hodisa qanday roy berdi? Miya deb ataluvchi neyron tizimi murakkablasha borishining yuqori bir bosqichida u sifat o’zgarishiga yuz tutdi, degan faraz menga joyali tuyuladi. Ilmiy til bilan aytganda. bifurkatsiya (ikkiga bo’linish,tarmoqlanish) hodisasi roy berdi. Moddalarda ham bir bosqichdan boshqasiga o’tayotganda ana shunga o’xshash holat sodir bo’ladi. Faqat inson miyasiga tatbiqan harorat yoki bosim singari tashqi omillar emas, balki neyronlarning ko’payishi va aloqalarning murakkablashishi kabi ichki omillar bosh mezon bo’lib xizmat qiladi. Darhaqiqat, jamoaviy aql deganimiz nima o’zi? U nafaqat axborotni yig‘ish va uzatish, balki tahlil etish va xulosa yasashga ham layoqatli bo’lgan ayricha tizimdir. Bir qarashda uni miyaga o’xshatish mumkin, faqat bunda neyronlar o’rnini insonlar egallaydi. Zotan, jamoaviy aql har biri yakka-yakka mavjud bo’lgan intellektlarning uyushmasidir. Biroq odam aqli miyadagi neyronlarning oddiy hosilasi bo’lmagani kabi, jamoaviy aql ham barcha odamlar aqlining oddiy hosilasi emas. Fikr qiluvchi kishilar o’rtasidagi aloqa murakkablashadi va bunday kishilar soni orta borishi bilan jamoaviy aql xususiyatlari ham o’zgaradi, imkoniyatlari kengayadi. Bu tizimning zahira imkoniyatlarini yuzaga chiqarish muttasil tezlashib boradi va hozir biz jamoaviy aql takomilida shunday bir marraga juda yaqin turibmizki, bu marrani hatlab o’tib, u sifat jihatidan yangi xususiyatlar kasb etishi mumkin. Rosti, kishilik jamiyati bugun ulkan falokat arafasida turibdi. Bu falokatga dosh berish uchun bashariy hamjamiyat qaytadan tashkil topishi, uning yangi texnologik asosi barpo etilishi, qolaversa, yangi qadriyatlar tizimi vujudga keltirilishi lozim. “Global ekologik inqiroz" deb nom olgan bu xavf-xatar svilizastiya kuch-qudrati jadal ortgani, aholi mislsiz sur’atda o’sgani, oqibatda esa nufus behad ko’payib ketgani va an’anaviy resurslar sarflab bo’lingani sabab yuzaga keldi va insoniyat bugungidan tamoman farq qiluvchi boshqa taraqqiyot dasturiga muhtoj bo’lib qoldi. Agar ta’bir joiz ko’rilsa, Yer yuzida odam biologik tur sifatida omon qolishi va rivoj topishiga imkon beruvchi boshqacha yondashuvlar, boshqacha tamoyillar kerak bo’lyapti. Bugun postindustrial deb atalgan an’anaviy tamaddun zaxira imkoniyatlarini qariyb sarflab bo’lgani ayonlashmoqda. Bu tamaddun insoniyatga cheksiz kuch-qudrat tuhfa etdi, biroq, afsuski, undan foydalanish yo’lini o’rgata olmadi. Iste’mol bilan uni qondirish imkoniyatlari orasidagi nomutanosiblik hozirgi davrning asosiy ziddiyatidir. Bugun insoniyat yangi taraqqiyot istiqbolini tanlash zarurati bilan yuzma-yuz kelmoqda. Odam naslining tubsiz jarlik sari telbalarcha chopishini ayrim hududlardagi say-harakati bilan to’xtatib qolish dargumon. Najot yo’li, najot chorasi butun sayyora uchun yagona, umumiy bo’lmog’i lozim. Bunday vaziyatda faqat jamoaviy umumsayyoraviy aqlgina ko’plab nuqtai nazarlarni bir butun, yaxlit faoliyat dasturiga aylantiruvchi asos rolini oynashi mumkin. Jamoaviy aql ayni chog’da inson ongini tubdan qayta qurish va odamzod neolit asrida dehqonchilik, chorvachilik hamda xususiy mulkni kashf etgandek hozirgi davrda ham sayyoraviy tamaddunning yangi texnologik asosini izlab topishni o’z zimmasiga oluvchi jamoaviy "Murabbiy" ham bo’ladi. U shuningdek, xavf solib yaqinlashayotgan inqirozlardan ogoh etuvchi va muqobil rivojlanish yo’llarini ishlab chiquvchi jamoaviy "Boshqaruvchi" bo’lib ham xizmat qiladi. Jamoaviy aql ana shu vazifalarni ado eta boshlashi bilan insoniyat axborot jamiyatiga qadam qoygan hisoblanadi. Xullas, axborot jamiyati — insoniyat omon qolish uchun yangi choralar topishiga imkon beruvchi o’zini o’zi rivojlantirish qobiliyatiga ega umumsayyoraviy tizimdir. Biroq axborot jamiyati bugungi sayyoraviy tartibotga muqobil tuzum bo’lmog‘i uchun kompyuter texnikasi va aloqa vositalari yutuqlarigagina tayanib qolmay, ijtimoiy qurilmasida ham tub sifat o’zgarishlari yasashi lozim. Mz’lumki, hozir tamaddunlar, asosan, texnogen va an’anaviy degan ikki turga bo’lib tasniflanadi. Texnogen stivilizatsiya resurslardan yuksak samara bilan foydalanishga, yangidan- yangi texnik echim va tashkiliy innovatsiyalarni qidirib topishga intilishi bilan ajralib turadi. An’anaviy sivilizatsiya mohiyati esa mazkur tamaddun o’zini o’zi takror va takror qayta yaratishida namoyon bo’ladi. Shuningdek, texnogen jamiyatga shaxs mustaqilligi va individualizm xos bo’lsa, an’anaviy jamiyatda jamoa va oila manfaati ustunlik qiladi. Texnogen stivilizatsiyaga Yevroamerika tamaddunini, an’anaviy stivilizatsiyaga butun Sharq tamaddunini misol qilib keltirish mumkin. Bunday tasnif shartli, albatta. Zero, har bir stivilizastiya ichida o’ziga xosliklar bir talay. Biroq bunday dixotomiya haqiqatga zid emas, butun tarix shunday deyishga asos beradi. Lekin hozirda bunday tasnif kifoya qilmasligi va turli xalqlar madaniyatidagi o’ziga xosliklarni yanada teran taxlil etish zarurligi ayon bo’lib qolmoqsta. Yaponiya, Tayvan yoki Koreyadagi kabi an’anaviy jamiyatlar bugun texnikaviy taraqqiyot "cho’qqi"siga ko’tarildi, hech bir mubolag‘asiz postindustrial jamiyat etakchisiga aylandi va dunyo ahli ham ularga texnogen stivilizatsiya namunasi deb qaramoqda. Ayni chog`da bu davlatlar shaxs bilan jamiyat shaxs bilan shaxs munosabatlari, ustun qadriyatlar hamda taraqqiyot yo’li sohasida milliy o’zlikni va turmush tarzini saqlab qolishiga ko’ra an’anaviy jamiyatlar sirasiga kiradi. Demak, postindustrial jamiyat faqat evropacha andozadan iborat emas: uning yuqoridagi kabi xususiyatlari barcha rivojlangan mamlakatlarga xosdir. Endi axborot jamiyati va uning tamadduni sari yana bir qadam tashlash lozim. Bu qadam Sharq va G‘arb tamaddunlari sintezidan iborat bo’ladi. Mazkur stivilizastiyalar bir-biridan farq qilsa-da, bir-birini taqozo etadi va to’ldirib turadi. Bunday sintez barcha millatlar madaniyati bir xillashuviga olib kelmaydi — u tamaddunlar majmuida rang-baranglikni saklab qolgdi. Sharq va Garb madaniyatlari sintezisiz dunyo hamjamiyati omon qolishi uchun zarur bo’lgan umumiy dasturni ishlab chiqishga umid bog‘lash qiyin. Xullas, bizningcha, axborot jamiyati eng muhim alomatlardan biri mavjud stivilizastiyalar yagona tizimga, takror aytaman, yagona stivilizastiyaga xos emas, yagona tizimga aylanishi hisoblanadi va shu tizim ichida har bir tamaddun butun insoniyatga asqotadigan afzal jihatlarini saqlab qoladi. Zotan, tashqi qobiq ichki ma’noga putur etkazmasligi lozim. Yana bir dolzarb muammo Yer yuzi boylab demokratik tuzumni qaror toptirish masalasidir. Faqat demokratik idora usuligina Jamoaviy Aql bir hovuch xudbin kishilar qo’liga o’tib ketmay, butun insoniyat manfaatiga xizmat etuvchi shart-sharoitni yaratishga qodir. "Kompyuter dini"ga oid asosiy fikrim mana shulardan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning hozirgi holati va rivojlanish sur’ati butun hayotimizni va, avvalo, iqtisodiyot sohasini chuqur liberallashtirishni taqozo etmoqda. Bugun biz guvohi bo’lib turgan tamoyillar postindustrial jamiyat taraqqiyotining asosiga aylanib borishi muqarrar. Liberallashtirish tashkiliy tuzilma va mulk shakllarining xilma-xilligi, rang-barangligini anglatadi, biroq ijtimoiy hayotning barcha sohalarini demokratlashtirmay turib, bunday talabni bajarish ilojsiz. Tashvishli tomoni shundaki, iqtisodiy hayotni demokratlashtirish va liberallashtirish raqobat munosabatlari o’ta keskin tus olishiga sabab bo’ladi. Chunki demokratlashtirish va liberallashtirish odamga ta-shabbuskor bo’lish uchun erkinlik tuhfa etadi. Oqibatda kishilar hayoti har qachongidan tarangroq bo’lib qoladi. Faoliyat erkinligi va, ayniqsa, ekologik tangliklar yuzaga keltirgan cheklov va taqiqlar sababli tengsizlik yuzaga kelishi muqarrar. Kelgusida o’z ishining ustasi, serg‘ayrat va intizomli xodim va ishchilar alohida qadr-qimmat topadi. XX asrdagi dastlabki fan-texnika inqilobidan so’ngo’qish va yozishni bilmaganlar "issiq joy"idan benasib qolgani kabi yangi o’n yillikning o’zidayoq boshlang‘ich kompyuter savodxonligiga ega bo’lmagan kishilar jamiyat hayotidan chetga surilib qoladi. Axborot texnologiyalaridan bexabar yoki ulardan foydalanishga uquvi yo’q xalqlarni ham ana shunday qismat kutib turibdi Ha, axborot jamiyatini "hamla bilan zabt etish" og‘ir kechadi. U tarixning urush qasirg‘asidan xoli bo’lsada, shafqatsizlikda undan qolishmaydigan keskin raqobat bosqichini boshlab beradi. Bunday "hamla bilan zabt etish" oqibatlarini yumshatish zarur, bunga imkoniyat topish xam shart. Ammo bu imkoniyat butun Er kurrasida fuqarolik jamiyati qaror topsagina vujudga keladi. Men axborot jamiyatiga o’tish bosqichini tahlika va tavakkal pallasi deb atagan bo’lar edim. Chunki bu bosqichda kelgusi jamiyatning ayrim belgilari ko’zga tashlanib qoladi, biroq odamlar xali uni qabul qilishga tayyor bo’lmaydi. Qolaversa, biz har on falokat girdobiga tushib qolishimiz mumkin. Zotan, har birimizning qalbimiz faqat o’z davlatimizda, shuningdek, to’liq milliy suverenitet sharoitida yashash istagi bilan to’lib toshgan bo’ladi. Vaholanki, insoniyatni umumiy taraqqiyot dasturiga amal qiluvchi davlatlar uyushmasi shaklidagi sayyoraviy hamdo’stlik kutib turibdi... O’z umrini qariyb yashab bo’lgan tamaddun doirasida ajdodlardan meros tutumlar bilan hozirgi davr talablarini murosaga keltirish oson kechmaydi. Har bir millatning "biz" tuyg‘usi butun insoniyatning xavfsizlikka doir tasavvurlari kabi bugungi vaziyat talablaridan orqada qolmoqda. Qachonlardir kishilarning tutumlarini ham o’zgartirib yuboradigan g‘oyalar almashinuvi ro`y berishi shart. Chunki buningsiz tarix o’zanini boshqa tomonga burib yuborish mumkin emas. Hayotiy meyorlarda yangilanish roy berishiga aminman — jamiyat qursog‘idagi homila borgan sari kattalashib bormoqda. Biz faqat "to’lg‘oq" jarayonini birmuncha yumshatish va falokatlarni chetlab o’tish chorasini topsak kifoY. Jamoaviy Intellekg rivoji hozirgacha, har qanday evolyustiya jarayoni kabi, mutlaqo stixiyali tarzda kechdi va avvaldan ko’zlangan muayyan maqsadga yo’naltirilmadi. Jamiyat bundan buyon ham borliqning o’zini o’zi rivoj toptirish qonuniyati ostida taraqqiy etadi va, bino-barin, inson bu jarayonni boshqarib borishga qodir emas. Ammo mazkur xulosa Odam zuryodi ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarining faqat kuzatuvchisi bo’lib qolaveradi, degan ma’noni anglatmaydi. Chunki insoniyat tarix davomida ba’zi taqiqlarni o’rnatgan, qonunlarni kuchga kiritgan, axloq meyorlarini joriy etgan va ana shu dastaklar evaziga tarixiy jarayon birmuncha o’zgartirilgan. Bu choralar insoniyat taraqqiyotini boshqarishga imkon bermagan bo’lsada, lekin goyo evolyustiya daryosining qirg‘og‘ini shibbalab, unga yo’nalish baxsh eta olgan. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlana borishi bilan stivilizastiya qudrati ham, inson aqlining yo’naltiruvchilik roli ham ortadi. Bu hol, avvalo, ayni kezda jamiyat taqdiri ko’proq hal bo’layotgan faoliyat sohalarida kuzatiladi. Jamoaviy Intellektsiz kelgusi jamiyatning insoniyat ijodiy kuch-g‘ayratini uning omon qolishiga safarbar ettiruvchi hech qanday asosi yuzaga kelishi mumkin emas ekan, bu Intellektning o’zini barpo etish ham stixiyali jarayondan sayyoraviy hamjamiyat tasarrufida hozir mavjud bo’lgan vositalarda yo’naltirib turiluvchi jarayonga aylanmog‘i lozim. Jamoaviy Intellektni barpo etish axborot jamiyati sari tashlangan dastlabki qadam bo’ladi. Jamoaviy Aql ishtkrokisiz umumsayyoraviy fuqarolik jamiyati ham, uning axloq meyorlarini kundalik turmush va kishilar ongiga singdiruvchi ijtimoiy institutlar ham yuzaga kelmaydi. Jamoaviy Intellektni barpo etish borasidagi say-harakatlar bugun Er yuzida keng quloch yoyayotgan integrastiya jarayonlariga hamohangdir. Integrastiya tamoyillarining namoyon bo’lishida BMTga asos solinishi alohida o’rin tutadi. Biz bu tashkilot faoliyatini tanqid qilishga har on shay turamiz-u, lekin uning vujudga kelishi naqadar olamshumul voqea bo’lganidan negadir hayratga tushmaymiz. Axborot jamiyatini bunyod etish yo’lidagi ko’plab muammolarni hal etish aynan shu tashkilot zimmasiga yuklanishi turgan gap. Menimcha, hozirdanoq BMT doirasida Jamoaviy Intellektning ayni choqstagi imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beruvchi kompyuter ta’minoti, yo’ldoshli va boshqa aloqa tizimlari, notijorat elektron pochtasi haqidagi masalalarni muhokama etishga kirishish mumkin. Axborot jamiyatiga o’tish masalasiga kelsak, bu uzoq yillarga mo’ljallangan ijtimoiy dastur ishlab chiqilishini taqozo etadi. Ayni dastur barcha ekologik muammolar echimini qamrab olish, ijtimoiy sohadagi qator gumanitar masalalarni hal etish barobarida postindustrial jamiyatning texnologik asoslarini rivoj toptirishga yo’naltirishi lozim. Mazkur dastur xalqaro ahamiyatga molik bo’lishi va BMT doirasida hayotga tatbiq etilishi zarur. Menimcha, u avvaliga ma’rifiy ahamiyat kasb etadi va etuk aql egalarining maslahat anjumani shaklida bo’ladi. Hozirgi eng asosiy masala odamlar bugungi davr xususiyatlarini, ijtimoiy taraqqiyot tamoyillarini, roy berishi mumkin bo’lgan xavf-xatarlarni aniq-ravshan ko’ra bilishi va tabiat bu sohada bizga ato etgan bor imkoniyatni to’g‘ri baholay olishi bo’lsa, ajab emas. Teleko’p-riklar, maxsus nashrlar, yozgi maktablar va boshqa ma’rifiy tadbirlarning roli ana shu omillar bilan belgilanadi. Axborot jamiyatini vujudga keltirish muammolari ustida olib borilayotgan tadqiqot natijalarini hozirdanoq mujassamlashtirishga kirishish mumkin. Shu mavzuga doir axborot va ma’lumotlar bankini yaratish, elektron pochta vositasida ularni birlashtirish, kompyuter va televidenie anjumanlari o’tkazish — bu ishlarni bugun bemalol amalga oshirsa bo’ladi. Axborot jamiyatining barpo bo’lishi stivilizastiya asoslari va ijtimoiy munosabatlar sifat jihatidan o’zgarishi tarzida ro`y beradi. Biz har qanday ijtimoiy "muhandislik"ni qat’iyan rad etish bilan birga tamadduniy yangilanish oqibatlarini, roy berishi mumkin bo’lgan xavf- xatarlarni tasavvur etmaslikka, chamalab ko’rmaslikka ham haqli emasmiz. Har qanday inqilobiy jarayon kabi axborot jamiyatiga o’tish ham ba’zi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Binobarin, jamiyatning keyingi rivojini rejalashtirish emas, balki shunday oqibatlar oldini olish haqida qayg‘urish muhimdir (yo’naltirib boriledigan taraqqiyot aynan shunisi bilan boshqarib boriladigan taraqqiyotdan farq qiladi). Voqealar silsilasida xavfli burilishlar kuzatilishi xam ehtimoldan xoli emas Shu o’rinda sayyoraviy axborot tizimi monopoliya qilib olinishi va bir hovuch kishilar manfaatiga boysundirilishi mumkin ekanini xayolga keltirishning o’zi kifoya. Shu nuqtai nazardan ham axborot jamiyatini shakllantirish butun insoniyatga daxldor masaladir. Ushbu muammoni esa BMTni takomillashtirish masalasidan ayri tasavvur etib bo’lmaydi. Download 307.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling