Inson fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizligini


Shaxs, jamiyat , davlat axborot psixologik xavfsizligi himoya usullari


Download 307.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana04.04.2023
Hajmi307.57 Kb.
#1324336
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Inson fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizligini ta’m-fayllar.org

Shaxs, jamiyat , davlat axborot psixologik xavfsizligi himoya usullari.
Milliy ma’naviyatimizning ildizlari uzoq o’tmishimizga borib taqaladi va u o’z ichiga bir necha 
ming yilliklarni qamrab oladi. Yurtimizda stivilizatsiyalar ancha ilgari shakllangan, ya’ni 
Termizning 2500 yilligi, Qarshining 2700 yilligi va Samarqandning 2750 yilligi xalqaro 
miqyosda nishonlanganligi fikrimizning dalilidir 
Demak, yurtimizda eng qadimiy shaharchilik turmush tarzi, yozuv madaniyati (o’rxun-enisey 
yozuvlari, Shumer sopol kulchalaridagi yozuvlar, Qadimiy Xorazm yozuvi va boshqalar) 
shakllangan. Jahondagi eng muhim ilmiy yo’nalishlarning, texnik-texnologik kashfiyotlarning 
ildizlari ham (irrigastiya, shishasozlik, magnitli qurilmalar, quyosh energiyasini jamlash, lupa va 
oynalar, bo`yoq tayyorlash va dori texnologiyasi, to’qimachilik dastgohlari va boshqalar) 
yurtimizda o’tgan mutafakkirlarning ilmiy merosi bilan bog‘langandir. Chunonchi, Xorazmiy, 


Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek va boshqalarning ilmiy 
kashfiyotlarini ko’rsatish mumkin.
Eng qadimiy diniy ta’limot tangrichilik, zardo’shtiylik g‘oyalari hamon xalqimiz qalbida 
yashamokda. Barcha mutafakkirlarimizning ijodida axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish muhim 
o’rin egallab kelgan. Islom dinining ma’naviy-axloqiy jihatlari ham markaziy osiyolik olimlar 
tomonidan takomiliga etkazilgan. Abu Lays Samarqandiyning axloqiy o’gitlari, Imom al-
Motrudiyning iroda erkinligiga asoslangan Kalom ta’limoti, Imom Buxoriyning va at-
Termiziyning hadislari, Burhoniddin Marg‘inoniyning «Hidoya»si, tasavvuf namoyandalari 
Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband va 
boshqalarning ta’limotlari tom ma’noda islom falsafasining mag‘zini tashkil etadi. 
Milliy ma’naviyatimiz ham mazmunan, ham shaklan boydir. Ammo uni kamsitishga, qadr-
qimmatini erga urishga intilishlar mavjud. Bunday xatti-harakatlar ichki va tashqi ma’naviy 
tahdidlar shaklida namoyon bo’lmokda. Ichki tahdidlarni takabburlik (manmanlik), 
noprofessionallik, ta’lim-tarbiyaga yuzaki yondashish, tarixiy qadriyatlarga e’tiborsizlik va 
milliy nigilizm tashkil etadi. Tashqi tahdidlar esa yo’naltirilgan mafkuraviy xurujlar tarzida 
bo’lib, turli shakl va ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.
Avvalo tashqi tahdidlarg to’xtalib o’taylik. Hozirgi kunda O’zbekistonda millatlararo totuvlik, 
dinlararo bag‘rikenglik va ijtimoiy hamjihatlikni barbod qilish asosida mamlakatda ijtimoiy 
barqarorlikni izdan chiqarishga intiluvchi kuchlar mavjud. Bu kuchlar bir tomondan millatlararo 
nizo chiqarishni maqsad qilib olishgan. Buning uchun ular birinchi navbatda o’zbek va 
qoraqalpoq xalqi orasiga, o’zbek va tojik, o’zbek va qozoq, o’zbek va qirg‘iz o’rtasiga nizo 
solishga va bu millat vakillarini bir-biriga qarshi gij-gijlashga urinishadi. Bundan tashqari, turli 
viloyatlarda yashovchi kishilar orasida " nizolar uyg‘otishga, ayrim hududlarimizni (masalan, 
Farg‘ona vodiysi yoki Qoraqalpog‘istonni) O’zbekistondan ajratib tashlashga, hududimizda 
ilgari mavjud bo’lgan xonliklarda yashovchi kishilar orasiga nizo solishga, «Turkiy xalqlar 
birligi», «Islom diniga e’tiqod qiluvchilar birligi» shiorlari ostida mahalliy millatlarni mahalliy 
bo’lmagan millat vakillariga, musulmonlarni boshqa din vakillariga qarama-qarshi qo`yishga 
intilishmoqda. (Bu borada «Turkiston islom harakati», «Hizbut tahrir» singari diniy-ekstremistik 
Download 307.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling