Inson fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizligini
Shaxs, jamiyat , davlat axborot psixologik xavfsizligi himoya usullari
Download 307.57 Kb. Pdf ko'rish
|
Inson fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizligini ta’m-fayllar.org
Shaxs, jamiyat , davlat axborot psixologik xavfsizligi himoya usullari.
Milliy ma’naviyatimizning ildizlari uzoq o’tmishimizga borib taqaladi va u o’z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab oladi. Yurtimizda stivilizatsiyalar ancha ilgari shakllangan, ya’ni Termizning 2500 yilligi, Qarshining 2700 yilligi va Samarqandning 2750 yilligi xalqaro miqyosda nishonlanganligi fikrimizning dalilidir Demak, yurtimizda eng qadimiy shaharchilik turmush tarzi, yozuv madaniyati (o’rxun-enisey yozuvlari, Shumer sopol kulchalaridagi yozuvlar, Qadimiy Xorazm yozuvi va boshqalar) shakllangan. Jahondagi eng muhim ilmiy yo’nalishlarning, texnik-texnologik kashfiyotlarning ildizlari ham (irrigastiya, shishasozlik, magnitli qurilmalar, quyosh energiyasini jamlash, lupa va oynalar, bo`yoq tayyorlash va dori texnologiyasi, to’qimachilik dastgohlari va boshqalar) yurtimizda o’tgan mutafakkirlarning ilmiy merosi bilan bog‘langandir. Chunonchi, Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek va boshqalarning ilmiy kashfiyotlarini ko’rsatish mumkin. Eng qadimiy diniy ta’limot tangrichilik, zardo’shtiylik g‘oyalari hamon xalqimiz qalbida yashamokda. Barcha mutafakkirlarimizning ijodida axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish muhim o’rin egallab kelgan. Islom dinining ma’naviy-axloqiy jihatlari ham markaziy osiyolik olimlar tomonidan takomiliga etkazilgan. Abu Lays Samarqandiyning axloqiy o’gitlari, Imom al- Motrudiyning iroda erkinligiga asoslangan Kalom ta’limoti, Imom Buxoriyning va at- Termiziyning hadislari, Burhoniddin Marg‘inoniyning «Hidoya»si, tasavvuf namoyandalari Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband va boshqalarning ta’limotlari tom ma’noda islom falsafasining mag‘zini tashkil etadi. Milliy ma’naviyatimiz ham mazmunan, ham shaklan boydir. Ammo uni kamsitishga, qadr- qimmatini erga urishga intilishlar mavjud. Bunday xatti-harakatlar ichki va tashqi ma’naviy tahdidlar shaklida namoyon bo’lmokda. Ichki tahdidlarni takabburlik (manmanlik), noprofessionallik, ta’lim-tarbiyaga yuzaki yondashish, tarixiy qadriyatlarga e’tiborsizlik va milliy nigilizm tashkil etadi. Tashqi tahdidlar esa yo’naltirilgan mafkuraviy xurujlar tarzida bo’lib, turli shakl va ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Avvalo tashqi tahdidlarg to’xtalib o’taylik. Hozirgi kunda O’zbekistonda millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik va ijtimoiy hamjihatlikni barbod qilish asosida mamlakatda ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqarishga intiluvchi kuchlar mavjud. Bu kuchlar bir tomondan millatlararo nizo chiqarishni maqsad qilib olishgan. Buning uchun ular birinchi navbatda o’zbek va qoraqalpoq xalqi orasiga, o’zbek va tojik, o’zbek va qozoq, o’zbek va qirg‘iz o’rtasiga nizo solishga va bu millat vakillarini bir-biriga qarshi gij-gijlashga urinishadi. Bundan tashqari, turli viloyatlarda yashovchi kishilar orasida " nizolar uyg‘otishga, ayrim hududlarimizni (masalan, Farg‘ona vodiysi yoki Qoraqalpog‘istonni) O’zbekistondan ajratib tashlashga, hududimizda ilgari mavjud bo’lgan xonliklarda yashovchi kishilar orasiga nizo solishga, «Turkiy xalqlar birligi», «Islom diniga e’tiqod qiluvchilar birligi» shiorlari ostida mahalliy millatlarni mahalliy bo’lmagan millat vakillariga, musulmonlarni boshqa din vakillariga qarama-qarshi qo`yishga intilishmoqda. (Bu borada «Turkiston islom harakati», «Hizbut tahrir» singari diniy-ekstremistik Download 307.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling