Inson fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizligini


partiyalar ig‘vogarlikni avj oldirishmokda)


Download 307.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana04.04.2023
Hajmi307.57 Kb.
#1324336
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Inson fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizligini ta’m-fayllar.org


partiyalar ig‘vogarlikni avj oldirishmokda). 
Mafkuraviy muxoliflarimiz mahalliy xalqning diniy e’tiqodini va tilini kamsitish asosida ularni 
G‘arbga yoki Sharqqa tobe qilishga urinishadi. Shu asosda bu xalqlar va dinlar orasiga 
nifoqsoluvchi, ularning tarixini ataylab buzib ko’rsatuvchi adabiyotlar nashr etilmokda. Masalan, 
tojikistonlik Rahim Masov tojik va o’zbek xalqlarining manfaatlarini bir-biriga qarama-qarshi 
qo`yuvchi maqola va kitoblar yozgan. Markaziy Osiyo xalqlarini turkiylar va forsiylarga ajratib, 
ular orasiga nifoq solib, har ikkala tomon ustidan hukmronlik qilishga da’vat etuvchi rejani 
rossiyalik politolog Aleksandr Dugin o’zining «Geopolitika asoslari» («Osnovi geopolitiki») 
nomli asarida ro`y-rost ilgari suradi. Bunday xatti-harakatlar O’rta Osiyo respublikalari orasida 
vujudga kelgan suv mojarasida ham yaqqol sezilmoqda. Bu haqda O’zbekiston Prezidenti 
I.A.Karimov 2009 yil 28 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo’lib 
o’tgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining kengaytirilgan 
tarkibdagi uchrashuvida so’zlagan nutqida «Bu borada «bo’lib tashla va hukmronlik qil!» degan 
prinsip - eskidan ma’lum bo’lgan savdo amalga oshgudek bo’lsa, biz kimlarningdir qo’lida 
arzimas tangaga aylanib qolishimiz mumkin», - deb juda to’g‘ri ta’kidladi.
Shuningdek, xalqimizning tarixiy xotirasini buzishga intilish diniy qadriyatlarini oyoqosti qilish, 
ma’naviy merosini qadrsizlantirishga intilishlar ham ma’naviy taxdidlar jumlasiga kiradi. 2005 
yili «Bi-Bi-Si» teleradiokompaniyasi islom tarixiga oid «Islom - e’tiqod saltanati» deb 
nomlangan hujjatli film yaratdi. Unda islom dini va falsafasi ravnaqiga beqiyos hissa qo’shgan 


va bizning yurtimizdan chiqqan olimu fuzalolar haqida lom-mim deyilmagan. O’nlik sanoq 
sistemasini, algebra fanini arab olimlari yaratgan, deyilgan-u, ammo al-Xorazmiy va al-
Farg‘oniy nomlari tilga olinmagan. Go`yoki Islom tarixida Markaziy Osiyoning hech qanday 
o’rni yo’qday. Vaholanki, islom dini va ta’limoti taraqqiyotini Markaziy Osiyoda o’tgan 
mutafakkirlarning ilmiy merosisiz tasavvur etish mumkin emas (kalom ta’limotida - Imom al-
Motrudiy, Abu Lays Samarqanday; tasavvuf ta’limotida - Ahmad Yassaviy, Bahouddin 
Naqshband; hadisshunoslikda - Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy; fiqh ilmida - Burhoniddin 
Marg‘inoniy, Hakim Termiziy va boshqalar alohida mavqega egadir). 
Bir qator tahdidlar xalqimizning diniy qadriyatlariga, muqaddas Islom dinining qadr-qimmatini 
pasaytirishga yo’naltirilgandir. Keyingi paytlarda Markaziy Osiyo respublikalarida prozelitizm 
kasalligi, ya’ni mahalliy dindorlarning boshqa dinlarga o’tib ketish hodisasi paydo bo’ldi. Bu 
hodisaning ildizida bir tomondan aholining ayrim dindor qatlamlarida diniy e’tiqodning 
yuzakiligi, diniy bi-limlarning sayozligi va iqtisodiy etishmovchiliklar sababchi bo’lsa, ikkinchi 
muhim omil bo’lib Respublikamizda har xil dinlarga mansub missionerlarning ochiq va yashirin 
faoliyatlari sabab bo’lib keladi.
Bunday tahdidlarga zarba berish uchun ilm-ma’rifatni yanada yuksaltirish, raqiblarning asossiz 
da’volarini puchga chiqaruvchi asarlar yozish, xalqning diniy va dunyoviy ma’lumotini 
takomillashtirish zarur bo’ladi. Prezidentimiz, «G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat 
fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin» deganida aynan shu 
yo’lni nazarda tutgan. 
Xalqning ko’pchiligida diniy tasavvurlar sayozligidan foydalangan turli mafkuraviy markazlar 
Islom dinini bir yoqlama aqidalashtirishga yoki uni o’ta radikallashtirish maqsadida uni 
mutaassiblashtirib tasvirlovchi adabiyotlar tarqatishga zo’r berish-moqda. Bunday taxdidlardan 
himoyalanishda xalqning an’anaviy islomiy qadriyatlariga tayanib ish ko’rish maqsadga 
muvofikdir. Bunday qadriyatlar insoniy, ya’ni gumanistik mohiyatga ega bo’lib, xalq ongida 
asrlar davomida saqlanib kelmokda. Ular Islom dinini aqidalashish va radikallashishdan asraydi 
hamda insof va adolat, iymon va e’tiqod, nomus va oriyat, sharm va hayo, saxovat va muruvvat, 
sadoqat va diyonat, ilm va ma’rifat, soflik va to’g‘rilikmi qadrlash, halollikka intilish va 
haromdan jikanish kabi insoniy tuyg‘ulardan iborat bo’lib, bu tuyg‘ular inson kamolotida muhim 
o’rin egallab kelgan.
Taxdidlarning yana bir- yo’nalishi xalqning tarixiy xotirasini buzishga qaratilgandir. Buning 
uchun ayrim mafkuraviy markazlar rus va o’zbek tillarida o’zbek xalqining kelib chiqish tarixini 
buzib ko’rsatuvchi kitob va darsliklar nashr etib, Respublikamizda arzon narxda yoki tekinga 
tarqatishga intilishadi. 
Mafkuraviy tahdidlarning bosh maqsadi mustaqil davlat fuqarolarini o’z qadriyatlaridan 
begonalashtirib, turli «yaltiroq» g‘ilofparga o’ralgan begona mafkuraviy ideallarni ularning 
qalbiga singdirishdan iboratdir. Bu hodisa axborot xavfsizligi bilan, axborot xurujlari bilan ham 
chambarchas bog‘langandir. Bu haqda mutuxassislar «axborot neokolonializmi» (D.Frolov), 
«informastion fashizm» (K. Byord), «axborot urushi» (G. Pochepstov) degan atamalarni 
ishlatishadi. Axborot xurujlari avj olayotgan globallashuv sharoitida o’zligimizni saqlab qolish, 
o’z qadriyatlarimizga sadoqatni tarbiyalash biroz mushkullashib boradi. Bu esa o’z navbatida 
bizning kddriyatlarimizdan begonalashuvimizga olib keladi. Bu ma’naviy taxdidning o’zidir. 
Bunday sharoitda sog‘lom ma’naviyatga ehtiyoj tug‘iladi. Prezidentimiz I.Karimov shunday 
sharoitni nazarda tutib, «...odam o’z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o’tgan hayotiy-milliy 
qadriyatlarga, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo’lmasa, 
har turli ma’naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko’rinishdagi ta’siriga bardosh 
berishi amrimaqol»-deb yozadi.


Ma’naviy tarbiyada unga qanday shaklda yondashishning ahamiyati juda katta. Masalan, 
o’qituvchining o’z o’quvchilarini boshqa tillarni o’rganishga rag‘batlantirish maqsadida «Siz 
ingliz yoki rus tilini puxta egallab olmasangiz - mahallangizdan (yoki qishlog‘ingizdan) chetga 
chiqa olmaysiz!» - degan da’vati ham mafkuraviy immunitetni «sindirishi (buzishi)» mumkin. 
Bunday gap, ya’ni uni eshitgan o’quvchida, «demak, mening ona tilim hech narsaga arzimas 
ekanda»,- degan nigilistik kayfiyatni uyg‘otadi. Ikkinchidan, tilga bunday munosabat, o’zbek 
tilining davlat tili sifatidagi qadrini erga urish shaklida namoyon bo’ladi. Shu o’qituvchining 
yuqoridagi sovuq gapi o’rniga «Sen ona tiling bilan bir qatorda rus, ingliz tillarini ham chuqur 
egallab olsang, yurtingning qadriyatlarini butun dunyoga yoyishing mumkin!» - degan da’vati 
esa uning vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirgan bo’lar edi. Milliy qadriyatlarni targ‘ib 
etishni «millatchilik» deb baholovchilar hozirgi paytda ham topiladi. Chunki, sobiq Ittifok, 
davrida milliy qadriyatlar haqidagi har qanday gap «millatchilik» deb qoralanar edi. Afsuski, 
bunday baholash me’zoni ayrim kishilar ongida hamon saqlanib qolmokda. Bu holat ko’pincha 
milliy ma’naviyat taraqqiyotiga g‘ov bo’lmoqda. 
Xullas, yuqoridagi holatlar yoshlarimizning milliy qadriyatlarimizni to’g‘ri anglab etishiga jiddiy 
to’siq bo’lmokda. Natijada yoshlar orasida «milliy nigilizm» degan mafkuraviy kasallik 
yoyilmokda. Buning ma’nosi quyidagicha: «nigilizm» lotincha nihil «hech nima» so’zidan 
olingan bo’lib, o’zining yoki yurtining kuch-qudratiga ishonmaslik, ularga past baho berish, 
ertangi kunga ishonchsizlik, umidsizlikni anglatadi. Milliy nigilizm esa muayyan millat 
vakillarining o’z millati imkoniyatlarini kamsitib, pasaytirib baholashi, o’z yurtining qadriga 
etmaslik, mamlakatida roy berayotgan o’zgarishlar miqyosini anglay olmaslik tarzida namoyon 
bo’ladi. Milliy nigilizm kasalligiga yo’liqqan yoshlarning mafkuraviy immuniteti zaif bo’lib, 
ular begona g‘oyaviy ta’sirlarga tez beriluvchan, o’z yurtining manfaatlarini himoya qila 
olmaydigan, o’z yurtining har qanday yutug‘iga nisbatan befarq va ularni o’ta negativ 
baholovchi, «qildan qiyiq axtaruvchi” nochor kimsalarga aylanib qolishadi. Bunday kishilar 
mafkuraviy opponentlarimiz uchun yaxshigina «emish»dir.
Milliy nigilizmdan qutulishning asosiy yo’li yoshlarga respublikamizda bugungi kunda olib 
borilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning mazmuni va mohiyatini to’g‘ri hamda 
muntazam ravishda tushuntirib borishdir. Shu yo’nalishda kitoblar nashr etish, ko’chalarga 
behayo va bema’ni ko’rinishdagi suratlar osish o’rniga milliy taraqqiyotimiz yutuqlarini aks 
ettiruvchi ijtimoiy reklamalar qoyilishiga e’tiborni kuchaytirish muhimdir. 
Bu yo’nalishda respublikamizda juda ko’p ishlar amalga oshirilmokda: o’tmishda o’tgan buyuk 
allomalarimizning yubileylarini nishonlash, shaharlar yubileylarini, milliy qadriyatlarimiz va 
bayramlarni o’tkazish, muzeylar, ziyoratgoxlar tashkil etish va bosh-qalar. Bularning barchasi 
xalqimizning milliy g‘ururini ko’taradi. Lekin, bunday tadbirlarning targ‘iboti hanuzgacha 
ko’ngildagidek emasligini ham ta’kidlash lozim. Masalan, 2001 yili Beruniyning «Qadimgi 
xalklardan qolgan yodgorliklar» («Osori al-boqiya») asarining yaratilganligiga roppa-rosa ming 
yil to’ldi. Shu munosabat bilan qadimgi ma’naviyatimiz tarixiga oid bu qimmatli asarni qayta 
nashr etish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Mamlakatimizning muhim atributlaridan biri davlat tili - o’zbek tilini rivojlantirishga bo’lgan 
e’tiborni qoniqarli deb bo’lmaydi. Shu choqqacha o’zbek tilining tom ma’nodagi elektron lug‘ati 
hamon ishlab chiqilmagan. O’zbek tilining elektron tarjima mexanizmi ham haligacha 
yaratilmadi. Bu yo’nalishdagi ishlar faqat ayrim tashabbuskorlarning qiziqish doirasidagina 
qolmokda. Ularni markazlashtirish, davlat tilining elektron modelini tayyorlash ishlarini bir 
tizimga solish, bu yo’nalishdagi izlanishlarni yuksak darajada rag‘batlantirish bugungi kunning 
eng dolzarb masalalaridan biridir. Bunday ishlar ayni paytda ma’naviy xavfsizligimizga bo’lgan 
taxdidlarning oldini olish uchun ham muhim vosita bo’lar edi. 


Xulosa qilib aytganda, biz o’zimizning axborot fazomizni turli xil ichki va tashqi ma’naviy-
mafkuraviy tahdidlardan asrashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz ongida o’z ona tilida 
mafkuraviy immu-nitetning shakllanishiga sharoit yaratishimiz va ularda milliy-ma’naviy 
qadriyatlarga sadoqat ruhini tarbiyalashimiz, bilim doirasi va dunyoqarashini kengaytirishimiz 
zarur bo’ladi. Bu ma’naviy tarbiyaga taalluqli masaladir. Ma’naviy tarbiyagina ma’naviy 
taxdidlarga bas kela oladi. «Bunday tahdidlarga qarshi, - deb yozadi I.A.Karimov, - har 
tomonlama chukur oylangan, puxta ilmiy asosda tash-il etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda 
olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish mumkin». Bu yuksak g‘oya hammamiz 
uchun dastur-ko’rsatma bo’lib qolishi kerak.
Insoniyat axborot oqimi tobora tezlashgan, Yer shari aholisi kayfiyatini, ruhiyatini, maqsad va 
intilishlarini, qolaversa, butun tafakkur tarzini o’gartirishga qodir bo’lgan axborot texnologiyasi 
vujudga kelgan bir davrda yashamoqda. Bu hozirgi zamon sivilizatsiyasining o’ziga xos yutug‘i 
bo’ib, xalqlar, mamlakatlar, davlatlar o’zaro munosabatlarini toboro yaqinlashtirishga, jahon 
ijtimoiy- siyosiy jarayonlarini boshqarishga, dunyoviy kayfiyat, dunyoviy ruhiyat va maslakning 
vujudga kelishiga xizmat qiladigan mo’jizakor xodisa. 
Biroq sivilizatsiyaning ana shunday ulkan, keng miqyosli va serqirra yutug‘idan kim qanday 
maqsadlarda foydalanayapti? Uni beqiyos va qudratli kuchi nimalarga ishlayapti?- degan haqli 
savol ham muammoga aylanmokda.
Umuman olganda insoniyat tafakkuri kengayib, Fan-texnika taraqqiyoti jadallashgani sayin 
insoniyat o’zining buyuk yaratuvchilik qudratini namoyon etmoqda. Shu bilan birga o’zining 
boshini o’zi og‘ritadigan, o’z hayotiga o’zi tahdid soladigan, o’z istiqbolini 
mavhumlashtiradigan holatlarga ham duch kelmoqda. 
Insoniyat yozuv ixtiro qilingunga qadar taxminan uch million yil og‘zaki aloqa qilgan bo’lsa, 
undan ming yil keyingina sanoat asosida kitob bosishni o’rgandi. Undan besh yuz yil o’tib 
telefon, radio va televideniyaga ega bo’ldi. An’anaviy eshituv-ko’ruv vositalaridan 
kompyuterlarga o’tish uchun esa atigi ellik yilcha vaqt kerak bo’ldi, xolos. Ana shu tarixiy 
haqiqatning o’zi inson tafakkuri taraqqiyoti, fan-texnika rivoji bilan bo’lgan olamshumul 
o’zgarishlar dinamikasini ko’rsatadi.
Kompyuterlarning yuzaga kelishi esa butun Er sharini yagona axborot makoniga aylantirdiki, 
natijada har bir mamlakat takdiri bilan ham, butun dunyo taqdiri bilan bog‘liq bo’lgan voqelik 
yuzaga keldi. 
Butun O’zbekiston ana shu yagona axborot tizimining faol sub’ektiga aylandi. Uning dunyo 
bilan aloqasi, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga ishtiroki, davlatlararo munosabatlar, siyosiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy, xuquqiy va madaniy aloqalari umumjahon axborot tizimi tarkibida amalga 
oshirilmoqda. Bu bevosita elektron pochta, elektron axborot almashish tizimi orqali ham milliy, 
ham dunyoviy muammolarni hal etishda faoliyat samaradorligini oshirishda, vaqtni tejashda, 
moliyaviy xarajatlarning keskin kamayishida, qolaversa, zamonaviy axborot apmashtirish 
saloxiyatini namoyon qilishda katta samara bermoqda.
Biroq bu jarayon bir qator muammolardan ham xoli emas.Jumladan, jahon axborot tizimidan 
foydalanish darajasining pastligi (5%), internet tizimining keng rivojlanmaganligi, undan 
foydalanish darajasining pastligi ko’zga tashlanmoqda. 
Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Bu bevosita axborot bozoridan foydalanayotganda 
qanday axborotlarni qabul qilish, qanday axborotlardan foydalanish borasidagi salohiyatni ham 
taqozo etmoqda. Chunki bozorning oddiy haqiqati shundaki, har kim topganini savdoga 


chiqaradi. Sifati, mazasi, rangi, ta’mi, yoki foydasi jihatidan tanlash xaridorning ixtiyorida. Ana 
shu hayotiy qonuniyat nuqtai nazaridan qaraganimizda jahon axborot bozorida bizning 
manfaatlarimizga zid bo’lgan, milliy xususiyatlarimizni, an’analarimizni, turmush tarzimizni 
mensimaydigan axborotlar xuruj qilmokda, hayotimizga shiddat bilan kirib kelmokda.Bu o’z 
o’zidan axborot soxasida milliy xavfsizlikni ta’minlash muammosini ko’ndalang qilib 
qoymoqda.
Hozirgi zamon axborot tizimi, uning juda keng imkoniyatlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, 
O’zbekistonda axborot olish, saqlash, foydalanish va tarqatishning umummilliy manfaat va 
umummilliy taraqqiyot nuqtai nazaridan boshqaruv mexanizmini yaratish, uning mohiyati va 
unsurlarni chuqur anglash zarur bo’lib qolmokda.Ana shu hayotiy ehtiyojdan kelib chiqib 
axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimini yaratishning quyidagi usullarini qo’llash 
zarur deb hisoblaymiz: 
Birinchidan, sostiologik yo’nalish. Bunda axborot olish va tarqatish jarayonida jamiyat 
taraqqiyotida axborotning ijtimoiy voqelik sifatidagi rolidan kelib chiqib jamiyatda 
shakllanayotgan ijtimoiy ong yo’nalishlari, ijtimoiy tafakkur darajasi va uning oqimlarini 
o’rganishni yo’lga quyish kerak. Aholi turli qatlamlari qarashlari, kasbiy va boshqa ijtimoiy 
holatlari asosidagi fikrlash tarzini aniqlab borish zarur.
Ikkinchidan, statistik yo’nalish. Ko’pmillatli mamlakatda, xususan, 130 dan ortiq millat va elat 
yashayotgan, 20 ga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat ko’rsatayotgan O’zbekistonda millatlararo 
va dinlararo mojarolarni, turli siyosiy manfaatlar va buzg‘unchi g‘oyalar ta’sirida kelib chiqishi 
mumkin bo’lgan siyosiy nizolarni o’rganib borish.Bu borada aniq hisob-kitoblarga, tahliliy 
echimlarga ega bo’lish. 
Uchinchidan, siyosiy konfliktologiya va psixologiya. Axborot-psixologik xavf avj olayotgan bir 
paytda, turli buzg‘unchi g‘oyalar inson ongi va tafakkuriga o’z ta’sirini o’tkazayotgan bir 
sharoitda siyosiy mojarolar kelib chiqishi mumkin bo’lgan jamoatchilik fikri, siyosiy qarashlari, 
ruhiyati-ijtimoiy-siyosiy psixologiya izchil ravishda o’rganib borilmog‘i lozim.
To’rtinchidan, mantiqiy -tizimiy va funksional tahlil. Axborot tizimi, xususan, axborot-
psixologik ta’sir axborot siyosati tizimi va vositasining muhim qismi sifatida baholanishi lozim. 
Voqelikka ana shu tarzda yondoshib, ilmiy -tahlil, nazariy va amaliy xulosalar chiqarish kerak. 
Tig‘iz axborotlashgan jamiyatda axborot oqimi ta’sirida shakllanayotgan ijtimoiy fikr fan nuqtai 
nazaridan izchil o’rganilmog‘i, uning predmeti va metodologiyasini ishlab chiqish muhim bo’lib 
qoldi. 
Beshinchidan, axborot tizimida milliy istiqlol g‘oyasining ustuvorligi.Har qanday fuqaro axborot 
bozoridan "mahsulot" tanlash jarayonida uning qalbida, ruhiyatida, kayfiyatida, fe’l-atvorida, 
bularning barchasining oqibati sifatida hatti-harakati va munosabatida mafkuraviy immunitet 
ustuvorligini ta’minlash.
Albatta, Uzbekistonda mustaqillikning o’tgan 15 yili mobaynida ommaviy axborot 
kommunikastiyasi soxasida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi.Eng avvalo, har bir fuqaroning so’z va 
fikr erkinligi, axborot olish va tarqatish huquqi Konstitustiya bilan kafolatlandi.Ommaviy 
axborot vositalari to’g‘risidagi bir qator qonunlar yaratildi va amalda qo’llanilmoqda. Mustaqil 
nashrlar soni keskin ko’paydi. Bularning hammasi mamlakat ichki hayotida milliy axborot 
tizimining o’ziga xos taraqqiyotidan dalolat beradi. 
Shu bilan birga O’zbekiston jahon axborot tizimidan foydalanishning eng zamonaviy va tezkor 
texnologiyasini joriy etdi.Bu nafaqat davlat va hokimiyatning, rasmiy idoralarning, balki 


nodavlat-notijorat tashkilotlar, hatto, alohida fuqarolarning dunyo axborot bozoriga bemalol 
kirishi va undan bemalol foydalanish imkonini beradi.
Axborot sohasida milliy tahdid, taraqqiyotga to’g‘anoq sifatida baholanmog‘ini va unga qarshi 
kuchli mexanizmini yaratishni taqozo etadi. Bunda davlat axborot siyosati alohida ahamiyatga 
ega. Albatta, Uzbekistonda axborot tizimi, uni boshqarish, undan foydalanish borasida qator 
qonunlar bor. Jumladan, axborot olish kafolatlari, elektron raqamli imzo to’g‘risidagi qator 
qonun hujjatlari qabul qilindi. Biroq bular etarli emas. Chunonchi, zamonaviy axborot 
texnologiyalari toboro takomillashib, rivojlanib, axborot olish, saqlash, uni ishlash va 
tarqatishning shakllari, usullari, uslublari toboro kengayib bormoqdaki, bu butun ko’lami bilan 
amaldagi qonunlarda o’z ifodasini topmagan. 
Masalaning ikkinchi tomoni ham bor.O’zbekistonda hozirgi mavjud ijtimoiy fikr, jamiyatning 
umumiy siyosiy- ma’rifiy darajasi zamonaviy axborot xurujiga va uning shiddatiga dosh 
berolmaydi. Aniqrog‘i, uning butun ko’lamini, mohiyatini, axborot ostidagi yashirin g‘oyani va 
axborot tarqatuvchi manba maqsadini etarli darajada baholay bilmaydi. Natijada axborot 
bozorida mavjud bo’lgan asosli, jiddiy, fikrlashga chaqiradigan,taraqqiyotga yordam beradigan 
axborotlarni etarlicha qabul qila olmaydi. Aksincha engil-yelpi, shov-shuvli, hayotimizdagi 
mavjud o’tkinchi kamchilik va nuqsonlarni bo’rttirib ko’tarib chiqqan xabarlarga berilib ketadi. 
Natijada jamiyatda yalpi o’rtacha kayfiyat, ozurda ruhiyat paydo bo’lishiga imkoniyat yaratiladi. 
Bunday vaziyatda milliy axborot tizimini har tomonlama qo’llab- quvvatlash, uning faoliyatini 
takomillashtirish, ta’sir doirasini oshirish zarur bo’lib qolmoqda. Bu muammolarni hal etish 
uchun qoyidagilarga e’tibor bermoq lozim.
-Ommaviy axborot vositalarida hozirgacha shakllangan til, uslub va ifoda usulini o’zgartirish 
lozim. Jozibador, ayni paytda hayotga yaqin, eng oddiy fuqaro qalbi va ruhiyatiga mos keladigan 
xalqchil ifoda usulini shakllantirish lozim. Boshqacha qilib aytganda, axborot makonini hayotga
odamlarga, ularning kundalik tashvishu iztiroblariga, yangilanayotgan jamiyat muammolariga 
yuksak mahorat bilan moslashtirish kerak. 
-Jamiyatni, uning har bir a’zosini axborot vositalariga qiziqishini orttirish yo’li bilan yuzaga 
kelayotgan ruxiy tanglikka, chek qoyish lozim.G‘oyaga qarshi g‘oya, jaxolatga qarshi ma’rifat 
tamoyilining ustivorligiga erishmoq kerak.
-Axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida fuqarolik jamityati institutlari- 
jamiyat tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ular so’zi va fikrining ta’sirchanligini 
oshirish kerak. Toki har qanday umummanfaat va umumtaraqqiyot yo’lida aytilayotgan so’z har 
bir tinglovchi qalbiga kirsin, onggiga singsin. Uni rag‘batlatirsin, ruhlantirsin, milliy yakdillikka, 
milliy birlikka da’vat etsin. 
Albatta, axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta’minlashning eng samarali yo’llaridan biri 
to’g‘ridan-to’g‘ri har qanday buzg‘unchi g‘oyalarga, jamoatchilik fikrini buzadigan xabarlarga 
asosli tarzda qarshi tura bilish. Ikkinchi tomondan ayni ana shu qarshi targ‘ibot mexanizmini 
samarali boshqarishni ta’minlash.
Hozirgi zamon axborot tizimida shunday xodisalar mavjudki, unga qarshi chiqish u yoqda 
tursun, uni boshqarish, tartibga solish ham mumkin bo’lmay qolmoqda. Demak, bunday 
sharoitda eng maqbul va samarali usullarni ishlab chiqish zarur. Jumladan: 
Birinchidan, jamoatchilik fikrini o’zgartirayotgan, chalg‘itayotgan vayronkor axborotlar 
tashqaridan, o’ziga xos himoya qalqoniga ega bo’lgan makonlardan kelayotganligini nazarda 
tutib, axborot tarqatish borasidagi mojarolarga yo’l qoymay, ularga yuksak siyosiy va kasbiy 


madaniyat orqali yondashish. Befarqlik, sukut saqlash, kayfiyatiga barxam berib, milliy oriyat, 
milliy nafsoniyat bilan bog‘liq xoldagi targ‘ibotchilik imkoniyatimizni namoyon etish yo’lidan 
borish.
Ikkinchidan, shuni nazarda tutish kerakki, har qanday hujumkor va buzg‘unchi g‘oyaga qarshi 
o’z vaqtida, mo’ljalni aniq olib munosabat bildirishda ehtiroslarga berilmaslik, ortiqcha shov-
shuvlarga yo’l qo`ymasdan siyosiy vazminlik va bosiqlik, ayni paytda kuchli ta’sir o’tkazish 
usullarini o’zlashtirmoq lozim. 
Axborot sohasida axborot xuruji qizg‘in avj olgan bir paytda ayni shu xurujlar mohiyatini, uning 
manbalarini, rivojlanish omillarini, ilmiy til bilan aytganda konfliktogen jixatlarini chuqur 
o’rganish lozim. Buzg‘unchi va hujumkor axborotlar maqsadi, muddaosi, ularning tagida yotgan 
manfaatlar qanchalik to’g‘ri o’rganilsa, ularga shunchalik to’g‘ri va ishonchli zarba berish 
mumkin bo’ladi.
e’tibor berish lozim, deb oylaymiz: 
-insonning shaxs va fuqaro sifatidagi imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish va uni shakllantirish;
-insonning o’zini o’zi himoya qila olish instinktini, o’zini o’zi boshqarish salohiyatini 
shakllantirish; 
-alohida odamlar, guruhlar, qatlamlararo munosabatlarni yana ham barqarorlashtirish;
- jamoalar birligini, umumiy xonadon-yaxlit mamlakat taqdiri uchun javobgarlik hissini 
kuchaytirish; 
-millatidan va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar O`zbekiston fuqarosi bo’lgan har bir shaxsning 
kelajak uchun ma’sulligini ta’minlash;
-kelib chiqishi mumkin bo’lgan mojarolar, kelishmovchiliklar asoslarini, yo’nalishlarini, 
ularning rivojlanish omillarini va dinamikasini doimiy tarzda, uzluksiz ravishda o’rganib borish. 
Ana shu tarzda, albatta, axborot soxasida milliy xavfsizlikni
ta’minlashning O’zbekiston tajribasi takomillashib bormokda. Bu bevosita axborot huruji avj 
olayotgan, axborot tarqatish texnologiyalari toboro takomillashib , uning usul va uslublari 
yangilanib borayotgan bir paytda O`zbekiston ayni ana shu sivilizatsiyaviy jarayonning eng 
samarali, eng insonparvar usullaridan yana ham kengroq foydalanish imkoniyatlarini 
qidirmoqda.

Download 307.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling