Inson huquqlari” fanidan oraliq nazorat uchun kazuslar Kazus 1
Download 17.56 Kb.
|
1 2
Bog'liqIH Oraliq nazorat savollari
Kazus 2.
Asliddin qattiq tartibli kolniyada jazo o‘tayotgan ukasi Farxod bilan uchrashganda, u yerdagi sharoit yaxshi emasligi, mahkumlar bilan ham shafqatsiz munosabatda bo‘lishayotganligi haqida xabar topadi. O’z navbatida Farxod bu haqida jazoni ijro etish mussasasi rahbariyatiga ma’lum qilganligi, Ombudsmanga bir necha bor maktub yo‘llaganligini, biroq hech qanday natija bo‘lmaganligini aytadi. Asliddin Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman)ga Farxodning nomidan shikoyat yo‘llaydi hamda koloniya hududidan bir necha bor murojaat qilingan bo‘lsada, nima uchun hech qanday chora ko‘rilmaganini surishtiradi. Ombudsman jazoni ijro etish mussasasidan xabar kelib turishini lekin, Farxod ismli shaxsdan so‘nggi bir yil ichida hech qanday shikoyat kelib tushmaganligini ma’lum qilishadi. Vaziyatni o‘rganish uchun Ombudsman mahkumning qarindoshi shikoyatiga binoan, qattiq tartibdagi koloniyada mahkumlarning yashash sharoitlari bilan tanishish istagini bildiradi. Biroq, koloniya ma’muriyati mahkumlar saqlanadigan muassasalarda jinoyat protsessual qonunchilikka muvofiq aniq qonunbuzarlik faktlari, aynan shu faktlar tekshiruv uchun asos bo‘lishi bayon qilingan yozma shikoyat mavjud emasligini asos qilib kirishni rad etadi. Muassasa ma’muriyatining fikricha, bunday holatda O’zbekiston Respublikasining “Ombudsman to‘g‘risida”gi qonuniga tayanish asosli emas, chunki Jinoyat protsessual qonunchilikning normasi maxsus xarakterga ega va Vakilga mazkur maxsus normalarga rioya etishi lozim. Vakil koloniya ma’muriyatidan mahbus Farxod tomonidan ombudsmanga yo‘llangan maktublar nima uchun yetib bormaganligi so‘ralganda, koloniya xodimlari asossiz ayblangan, holatlar bo‘rttirib ko‘rsatilgan xatlar muassasa hududidan tashqariga chiqarilmasligi yoki tahrir qilinishi ma’lum qilindi. Savol: 1. Maxkumlar bilan muomalada bo‘lishning xalqaro minimal qoidalari nimalardan iborat? 2. Milliy preventiv mexanizmning mazmun mohiyatini yoriting. 3. Inson huquqlari bo‘yicha Vakilning ushbu vaziyatdagi vakolatlari qanday? 4. Qattiq tartibli koloniya ma’muriyatining xatti-hakaratlarini huquqiy jihatdan tahlil qiling. Kazus 3 Norman va unga sherik bo‘lagan 11 nafar fuqaro inson huquqlarini himoya qilish, ushbu sohada axborotlar tarqatish, inson huquqlari buzilishlari holatlari monitoringini olib borish maqsadida nodavlat-notijorat tashkiloti (NNT) tuzishni rejalashtirib, 2021 yil 7 avgustda Dokata davlatida faoliyat olib boruvchi NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun Adliya vazirligiga murojaat qildi. Arizani o‘rganib chiqish jarayonida Adliya vazirligi NNT nizomidan 26 ta xato topib, arizani qaytarib fuqaro Normanga qaytaradi. Arizachilarning fikriga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan nizomdagi xatolarning ko‘pchiligi grammatik va stilistik xatolar bo‘lsada, Adliya vazirligi quyidagi ikki sababga e’tiborni qaratib mazkur NNTni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etdi: 1-sabab – nizomda ko‘rsatilgan NNT vakolatiga kiritilgan ayrim masalalar Dokata davlat organlarining mulaq vakolatiga kirishligi; 2-sabab – ariza mualliflari Dokatada faoliyat olib boruvchi NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza topshirgan bo‘lsalarda, NNT Respublikaning barcha hududlarida o‘z vakolatxonalarga ega emasligi. Savol: 1. Yuqoridagi vaziyatda arizachilar Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktdagi qaysi huquqlarni amalga oshirmoqdalar hamda uning umumiy mazmuni nimalardan iborat? 2. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlar qanday huquq va majburiyalarga ega bo‘ladilar? 3. Adliya vazirligining rad etish asoslarini O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tahlil qiling. 4. Agarda Adliya vazirligi tomonidan arizachilarning huquqlari buzilgan bo‘lsa, ular qanday milliy va xalqaro himoya mexanizmlaridan foydalanishlari mumkin? Kazus 4 O’zbekistonda pandemiya tarqalganligi sababli butun mamlakat hududida qarantin choralari o‘rnatildi. Shaharlararo harakatlanish cheklandi. Faqatgina rasmiy ruxsati bor davlat idoralari hodimlargina shaharga kirish, o‘z ish joyida ishlash huquqiga ega edi. Aholining qolgan toifalariga esa bunday ruxsat berilmadi, shu jumladan, o‘qituvchilarga ham. Ko‘plab tashkilot, muassasalar tomonidan xodimlar maofaviy ish shakliga o‘tkazildi. Karantin choralari vaqtida o‘qituvchilar o‘quvchilar uchun masofaviy dars o‘tishlari, ularga topshiriq berishlari hamda o‘zlashtirishni elektron platformada qayd etib borishlari lozim edi. O’z vazifalarini vaqtida bajarmagan o‘qituvchilar o‘sha kuni ishda bo‘lmagan hisoblanishi va oyliklaridan ushlab qolinishi haqida masofaviy ishga chiqarib yuborilayotganda majlisda ogohlantirildilar. Karantin choralari yakunlanganidan so‘ng, xususiy maktab o‘qituvchisi Sobir karantin vaqtida dars o‘tish uchun kopyuter sotib olganligi, yashash joyida internet aloqasi yaxshi bo‘lmaganligi uchun har kuni shahar markaziga qatnashiga to‘g‘ri kelganligi, qolaversa o‘z hisobidan internet uchun internet paketlar xarid qilganligi sababli maktab direktoriga harajatlarni qoplab berish talabini qo‘yadi. Maktab direktori Sobir tomonidan amalga oshirilgan ishlar uning funksional vazifasiga kirishini, qolaversa mehnat shartnomasiga bu haqida o‘zgartirish kiritilmaganligi, hukumat tomonidan 2020 yil 25 martda qabul qilingan karantin vaqtida masofaviy ishga oid nizomda ham bu masala tartibga solinganligini asos sifatida keltirib, uning talablarini rad etadi. Savol: 1. Inson huquqlarini cheklash deganda nimani tushunasiz hamda qanday hollarda bunga yo‘l qo‘yilishi mumkin? 2. Sobirning maktab direktoriga bildirgan talabi bilan uning funksional vazifalari o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud? 3. Direktor asos sifatida keltirgan karantin vaqtida masofaviy ishga oid nizomga ko‘ra mehnat shartnomasiga qanday o‘zgartirishlar kiritilishi kerak edi? 4. Karantin vaqtida o‘z vazifalarini vaqtida bajarmagan o‘qituvchilar o‘sha kuni ishda bo‘lmagan hisoblanishi va oyliklaridan ushlab qolinishi bilan ogohlantirish majburiy mehnatning elementi hisoblanadimi? Javobingizni asoslang. Kazus 5 Шухрат полиция томонидан ҳибсга олинган эди. У уч ҳафтадан кейин озод қилинди, бироқ бу вақтда унинг юзи ва орқа томонида катта кўкаришлар бор эди. Унинг айтишича, ҳибсда бўлган вақтида, у калтакланган ва юраги билан боғлиқ муаммолари ҳақида шифокор билан маслаҳатлашишга рухсат берилмаган. Полициянинг маълум қилишича, у қонун доирасида ҳибсга олинган ва унинг иши судя томонидан кўриб чиқилган. Унинг жароҳати борлиги ёки тиббий ёрдамга муҳтожлиги ҳақида ҳеч қандай далил йўқ. Полиция ундаги ҳар қандай жароҳатлар унинг ўзи томонидан етказилган бўлиши мумкин деб тахмин қилди. Шухрат ҳибсга олинган вақтда адвокати билан учрашишга рухсат берилмади. Унда калтакланганлигини тасдиқлайдиган ҳеч қандай гувоҳи йўқ, лекин у бу ишни қилган полиция ходимларини кўрса таний олишини таъкидлади.. Прокурор иш очишдан бош тортмоқда, чунки унга кўра, Шуҳратнинг полиция томонидан калтаклангани ҳақида ҳеч қандай далил йўқ. Шуҳрат фуқаролик даъвосини бериш мумкин, лекин у бу мантиққа тўғри келмайди деб ҳисоблайди, чунки судлар прокурордан ижобий хулосасисиз ҳаракат қилмайди. Савол : 1. Аризачига сизнинг тавсияларингиз қандай? 2. У ўз ҳуқуқларини ҳимоя қилиш учун қайси органларга мурожаат қилиши мумкин? 3. Аризачининг Ўзбекистон Респубилкаси Конституцияси ва инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро шартномаларга мувофиқ қайси ҳуқуқлари бузилган? Download 17.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling