O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi pf-67-sonli


Download 69.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana18.11.2023
Hajmi69.72 Kb.
#1785588
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
252-3-0-Q 23



e-qaror.gov.uz
252-3-0-Q/23
1
2023 - yil 17 - may
252-3-0-Q/23
Jizzax viloyati hokimligi
O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PF-67-sonli
“Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish
bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda
 O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2023 -yil 12-maydagi 12/1-1013-son
topshirig‘i ijrosini ta’minlash to‘g‘risida
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PF-67-sonli
“Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish
bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2023-yil 12-maydagi 12/1-1013-son
topshiri g‘i ijrosini ta’minlash maqsadida
Q A R O R Q I L A M A N:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PF-67-sonli
“Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish
bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2023-yil 12-maydagi 12/1-1013-son
topshiri g‘i
rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni bilan:
- yangi tahrirdagi Konstitutsiyani so‘zsiz va to‘liq amalga oshirish barcha
darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifasi
etib belgilanganligi;
- davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari yangi tahrirdagi


e-qaror.gov.uz
252-3-0-Q/23
2
Konstitutsiyani amalga oshirish bo‘icha chora-tadbirlar ijrosini o‘z vaqtida
ta’minlash uchun shaxsan javobgar hisoblanishi;
- yangi tahrirdagi Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega ekanligidan kelib
chiqib, davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, sud va huquqni muhofaza
qiluvchi organlar faoliyatida to‘g‘ridan to‘g‘ri va so‘zsiz qo‘llanishi;
- yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalarini ularni amalga oshirish uchun
boshqa qonunchilik hujjatlarining mavjud emasligi yoki qonunchilikda
Konstitutsiyaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmaganligi vaji bilan
qo‘llashni rad etish qat’iyan ta’qiqlanishi belgilab qo‘yilganligi;
- yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqgan
vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga;
- yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustuvor
g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish va normalarini hayotga tatbiq etish bo‘yicha Davlat
ko‘missiyasi 2-ilovaga;
-
yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi
suveren,
demokratik,
huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat prinsiplarini izchil amalga
oshirish bo‘yicha ekspertlik kengashlari 3-7-ilovalarga muvofiq tarkibda
tuzilganligi;
-
yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 78-moddasida belgilangan bolalar va
yoshlarda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, Vatanga bo‘lgan mehr-
muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga oid qoidalarni amalga oshirish maqsadida
2023-yil 1-sentabrdan boshlab respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha
bo‘lgan bolalarning madaniy meros obyektlariga, jumladan ko‘rgazmalar, tarixiy
obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga to‘lovsiz kirish tartibi
joriy etilganligi;
-
fuqarolarning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 50-moddasida
belgilangan ta’lim olish huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida
2023-yil 1-avgustdan boshlab soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qat’i nazar
farzandlarining O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishlari
uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga
kiritilganligi;
-
fuqarolarning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 55-moddasida
belgilangan har bir shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish
huquqi kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida 2024-yil 1-yanvardan boshlab,
ma’muriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlik subyektlaridan davlat
bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha aybdor



Download 69.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling