O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi pf-67-sonli
Download 69.72 Kb. Pdf ko'rish
|
252-3-0-Q 23
ijrochilar 1. Qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash bo‘yicha islohotlarni davom ettirish (67-modda) 1. Viloyatda tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan, xorijiy investorlar uchun qulay va kafolatlangan investitsiya muhitini yaratish choralarini ko‘rish. 2. Tadbirkorlik tartib-taomillari va soliqqa tortish tartibini yanada soddalashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligiga taqdim etish. 3. Viloyatda tadbirkorlik faoliyati uchun moliyaviy resurslar ta’minotini kengaytirish va iqtisodiyotda kapital aylanmasini rag‘batlantirish choralarini ko‘rish. 4. Viloyat hududida tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishini ta’minlash. 5. Viloyatda tadbirkorlik faoliyati uchun xizmat qiluvchi infratuzilma va transport- logistika tizimini rivojlantirish. 2023-yil 1-iyul Amaliy chora tadbirlar Dasturi Viloyat hokimining o‘rinbosarlari (A.Mustanov, N.Nurmatov),viloyat investitsiyalar, savdo va sanoat boshqarmasi, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, viloyat transport boshqarmasi, markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, tumanlar va shaharlar hokimliklari e-qaror.gov.uz 252-3-0-Q/23 5 2. Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlarini himoya qilish (57-modda). 1. Viloyatda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayoti sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun ularga shart- sharoitlar yaratish hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar ob’ektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashish, ularga zarur bo‘lgan axborotni to‘sqinliksiz olish imkoniyatlarini yaratish choralarini ko‘rish. 2023-yil 1-iyun 2023-yil 1-iyun Chora tadbirlar rejasi Amaliy chora tadbirlar Dasturi Viloyat hokimining o‘rinbosaralari (A.Mustanov, N.Muxtorova),viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, tumanlar va shaharlar hokimliklari 3. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun qulay shart- sharoitlar yaratish bo‘yicha yangi dasturlarni ishlab chiqish (48- modda). 1. Viloyat aholisi o‘rtasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, sport ta’limi tizimini takomillashtirish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijador sportchilar zaxirasini yaratish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. 2. Viloyatdagi sport sohasida faoliyat yuritadigan nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash. 3. Mahallalar kesimida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazilishini davriy ravishda tashkil etish bo‘yicha reja-jadvalni tasdiqlash. 2023-yil 1-iyun Amaliy chora tadbirlar Dasturi Reja jadval asosida Viloyat hokimining o‘rinbosari (A.Saurbayev), viloyat yoshlar siyosati va sport boshqarmasi, tumanlar va shaharlar hokimliklari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling