Inson ma’lum bir bilimni o’z xotirasida mustahkam saqlab qolishi uchun albatta,uni amalda bajarib ko’rishi,lozimdir
Download 24.53 Kb.
|
amaliyot material
Inson ma’lum bir bilimni o’z xotirasida mustahkam saqlab qolishi uchun albatta,uni amalda bajarib ko’rishi,lozimdir.Shu sababdan biz folklor fanidan olgan bilimlarimizni yanada mustahkamlash maqsadida amaliyotga kirishdik.Shuni alohida aytib o’tishim lozimki,xaql og’zaki ijodiga oid materiallarni yig’ish davomida men ko’pgina o’zim bilmaydigan qimmatli ma’lumotlarga ega bo’ldim.Bu esa kelgusidagi ish faoliyatimga judda katta yordam bo’lishiga ishonaman.Men avvalo,o’zim istiqomat qilayotgan Xiva tumani ,Shomoxulum qishlog’i,Shomoxulum mahallasi haqida,bu atamalarning va bizga qo’shni bo’lgan mahallalar,ko’chalarning nomlarining kelib chiqishi haqida ko’pgina ma’lumotlar to’pladim.Ularning kelib chiqish tarixini,ular bilan bog’liq turli afsonalar haqida menga Xiva tumani Shomoxulum qishlog’i Shomoxulum mahallasi Muqanna ko’chasi 4-uyda istiqomat qiluvchi taniqli suhandon Quryazov Rustam ota batafsil aytib berdilar.Ular dastavval,Shomoxulum nomining kelib chiqishiga to’xtaldilar. Bobolaridan eshitgan afsonalariga ko’ra,Xiva xonligi davrida xonning bir qancha qullari og’ir mehnat sharoitidan norizo bo’lib qal’adan qochib chiqishadi.Ularning qochayotganini qal’a devorlari ustida turgan xon ko’rib qoladi va “Shoshma ,qulim”deb qichqiradi.Biroq qullar bu gapga parvo qilmay taxminan hozirgi Shomoxulum tarafga qarab qochishda davom etishadi .Shu tariqa qullar qo’nim topgan joy “Shomoxulum”deb atala boshlangan.Ular bilan birga qochgan bir qancha qullar o’zlari alohida yashay boshlaydilar.Qochgan qullarning orasida faqat ularda chekish uchun nos bo’lgan ekan.Shomoxulumda qo’nim topgan qullar ularning yonlariga parcha ,ya’ni ozgina nos so’rab kelisharkan.Shu-shu ular o‘rnashib ,yashab qolgan hudud xalq tilida “Parchanos”deb nomlangan.Lekin Parchanxos mahallasining o’zida mahalla nomi kelib chiqishi haqida boshqa taxmin ham uchraydi,ya’ni bir kishining yettita og’li bo’lib,shu farzandlaridan birining ismi Parchanas bo’lgan ekan.U xotini va farzandlari bilan uyidan chiqib ketib,kimsasiz hududda qo’nim topadi va o’sha yerda dehqonchilik bilan shug’illanib atrofida bog’-u rog’ barpo etadi.Keyinchalik u yerga ko’plab oilalar ko’chib kelishadi va mahalla yaratilladi.Ilk ko’chib kelgan kishining nomi mahalla nomiga aylanib “Parchanxos”mahallasi nomini oladi. Biz yashayotgan Muqanna ko’chasi xalq orasida “Jonsizlar”deb ham ataladi.Bunday atalishiga 2ta asos bor.Birinchisi,emishki ,bir uyum tuprog’ni 7 kishi tekislash uchun bel bog’lashadi,lekin afsuski qanchalik urunishsalar ham buni uddasidan chiqisha olishmaydi.Buni kuzatayotgan boshqa bir kishi ularning ustidan masxaralab “Shunam aplolmadingizlarmi,jonsizla”degan ekan.Bu yerda “jonsiz “so’zi “kuchsiz”ma’nosida aytilgan. Ikkinch taxmin,ayrim mahalladoshlarimning aytishlaricha ,bu so’z oldin “Jonso’z,ya’ni jonga oro bo’ladigan so’z ”tarzida ishlatilgan.Keyinchalik davrlar o’tishi natijasida xalq tilida “jonsiz “holiga kelib qolgan. Bizga qo’shni hududa Irdimzon qishlog’I joylashgan.Bu qishloqning nomi ham o’ziga xos tarixga ega.Emishki,bir yili shu hududda yashab dehqonchilik bilan shug’illanuvchi aholining hosiliga o’z-o’zidan yoppasiga mizon tushgani sababli hosilni mizon nobud qildi degan ma’noda “urdi mizon”deyishadi.Odamlar bir-birlariga shu hududni tushuntirish niyatida “mizon urgan joy”deb atab boshlashadi.Shu-shu bu joy “Urdimizon”nomini olib, bilan yillar o’tishi natijasida “Irdimzon”shakliga kelib ,xalq tilida saqlanib qoladi. Shomoxulum qishlog’i tarkibiga kiruvchi Chonashik mahallasining nomi haqiqiy sevgi-muhabbatg borib taqaladi.Aytishlaricha,bu hududda bir-birini chin dildan sevgan ikki yosh juda kata qiyinchiliklarni boshidan o’tkazadilar.Ularning muhabbati tillarda doston bo’ladi. Ular Farhod va Shirin ,Romeo va Juletta kabi bir-birlariga yetishish yo’lida halok bo’lishadi.Shu-shu bu hudud boshqa kishilar tomonidan “Chin oshiqlar yurti” deb atala boshlanadi.Davrlar o’tishi natijasida xalq tilida “Chonashik”shaklida saqlanib qoladi. Xiva haqida xalq orasida shunday bir afsona yuradi .Emishki qadimda parilar va devlarni hozirgi Xiva hududiga surgun qilishadi.Keyinchalik parilar va devlar turmush qurishadi.Ularning qizlari chiroyda tengsiz,o’g’il farzandlar pahlavon,botir bo’lishadi.Xivaliklar parilar va devlarning avlodlari bo’lganliklari uchun ham qizlari suluv,yigitlari alp kelbatli ekan. Xiva qadimiy va afsonaviy shahar hisoblanadi.Shunday ertaknamo joylarda tug’ilganimizdan biz hamisha faxrlanamiz. Xivada xalq og’zaki ijodi juda ravnaq topgan.Tarixdan ham bilamizki,bu yerning aholisi asosan dehqonchilik ,chorvachilik,to’quvchilik bilan shug’illanishgan .Ular o’z yumushlarini bajarayotgan paytda ishlarini yengillashtirish uchun,o’z qayg’u-hasratlarini birozgina unutish uchun,farzandlarini ovutish,erkalash uchun turli qo’shiqlar kuylashgan.To’y-u tomoshalar,sayllar,bazmlar albatta,kuy-musiqasiz,doston-u laparlarsiz o’tmagan .Folklorga oid material yig’ish davomida uchrashgan insonlardan yozib olgan shunday xalq og’zaki ijodining nodir namunalarini quyida keltirib o’tishni joiz topdim. Dastlab xalq orasidagi va Xiva hududida keng tarqalgan alla namunalariga to’xtalib o’tmoqchiman.Inson yorug’ dunyoni ko’rganidan so’ng ilk eshitadigan folklor namunasi bu alladir.Onaning mehri bilan sug’orilgan bu muqaddas qo’shiq orqali hali dunyodan butkul bexabar chaqaloqqa vatanparvarlik,sevgi-muhabbat,sadoqat,mehr-shafqat kabi tuyg’ular singdiriladi. Alla namunlalari: (Gulchehra ayadan yozib olinganlari) Ollo oytin uzinga Uxila galyay go’zzinga. Ollo oytin man sango Quloqloring sol mango. Ollo oytib horibman-ey, Qoyg’u-hasratda qolibman-ey. Qora go’zzim qarosi, Qorong’I uyim chirosi. Xafa ko’nglim binosi Ollo bolam,olloyo. Ollolarni odi yaxshi, Ming qoyg’udan shodi yaxshi. Qodring bilmas qorindoshdan Qadring bilyan yot yaxshi. Ollo ,ollo omon bar Dardli qo’la darmon bar. Ollo ,ollo orasta Gunohi yo’q norasta. Ollo bolam,olloyo Ollo bolam,olloyo. Bu allaga diqqat bilan qarasak avvalo, soddalikni ko’rishimiz mumkin.Xaql og’zaki ijodiga xos bo’lgan shu xususiyat sababli ham allalar-u dostonlar,qo’shiqlar-u laparlar necha asrlarki xalq tilidan tushmaydi,deb o’ylayman. Ona o’z farzandini uxlatish maqsadida aytayotgan ashullasi orqali o’z qayg’u-hasratlarini ham aytib yengil tortmoqda.Buni biz “Qoyg’u-hasratda qolibman-ey”,”Xafa ko’nglim binosi”,”Qorong’u uyim chirosi”kabi misralarda ko’rishimiz mumkin. (Saodat ayadan yozib olingan alla) Ollo qo’zim ,oppog’imay Qizil guldin yaprog’imay. Yaproqlarim so’lmag’ay Qo’zilarim o’lmagay. Ollo bolam,olloyo Jonim bolam ,olloyo. Kiyviydiy dong otdiya Yo pirim,Shoyimardona Shoyimardon pir shod atgayey Ollo bolam,olloyo. Arka bolam o’lmagay Yomon gunni go’rmagay. Ollo oytsam odina Xaq yetirgay murodina. Arka qo’zim bor bo’lg’ay Bori avliyo yor bo’lg’ay. Arka bolam ,olloyo,ollo, Arka bolam ,olloyo,ollo. Arka bolam bor bo’lg’ay Yingnag’ani to’y bo’lg’ay. Arka bolam ,olloyo,ollo. Bu allada ona o’z chaqaloqni erkalatishni birinchi o’ringa qo’ygan.Asosiy o’rinni farzandining yorug’ kelajagi ,porloq taqdiri haqidagi mushtipar onaning orzu-istaklari egallaydi. Eski xalq qo’shiqlar: Osmonda ot o’ynidi Choynakda choy qaynidi. Abdullajon galincha Naziraxon o’ynidi. Abdullajon galyotir Oyoqinda no’g’aycha. No’g’aychani olali Sondiqchaya solali. Sondiqchani zulfi yo’q Odi yo’qni dili yo’q. Osmonda samolyot pir-pir atadi Ichinda odi yo’q yeg’lab o’tadi Yeg’lama oti yo’q uzingdan bo’ldi. Anangni lachagi shoxidan bo’ldi Akangni kisasi shirmondan do’ldi. Xiva tumani Shomoxulum qishlog’i Shomoxulum mahallasi Muqanna ko’chasi 8-uyda istiqomat qiluvchi mahallamizning nuroniy onaxonlaridan Mo’minova Ro’za ayaning aytishicha,bu qo’shiqni biror-bir yumushni bajarayotganlariga qizlar bila jo’r bo’lib,sho’x musiqaga solib aytishadi ekan. Sirka-sirka Chaqaloq sal kata bo’lganidan so’ng uni erkalatish,o’ynatish uchun aytiladigan xalq qo’shiqlaridan biri bu sirka-sirkadir.Bu qo’shiq Xiva hududida keng tarqalgan bo’lib,quyida uning eng keng tarqalgan variantini keltirib o’tmoqchiman.70yoshni qarshilash arafasida turgan Ro’za aya bu qo’shiqni yoddan aytib berib meni haratda qoldirdilar.To’g’risi kutmagandim.Ular shu qo’shiqni bolalik yillarida ko’p aytishlarini,har bir bola shu qo’shiqni eshitib ulg’ayganini alohida takidlab o’tdilar.Afsuski,bugungi kun bolalari deyarli bu qo’shiq haqida umuman bilishmaydi.Bu esa fojia.Texnika-texnologiyalar xotirani va qimmatli vaqtni o’g’irlayotgan bir davrda shunday qo’shiqlarning kattalar tomonidan yoshlarga o’rgatillishi naqadar yaxshi bo’lar edi. Sirka-sirka bilazik O’n alimda o’n yuzuk. O’n yuzikim o’ymoli Shona kokil duymali. Dapdim sandqi ochildi Duymalari sochildi. Bir duyma olin dasam Qanotlarim qayrildi. Qanot barsang uchoyin Olhavoga borayin. Olhavoning nesi bor? Uchar-uchar qushi bor. Uchib getdi havoga Borib tushdi daryoga. Daryo suvi quridi Boliqlari churidi. Hasan-Ho’sin urushdi Qizil qona bo’yashdi. Qizil qonni kim yuvar Oqsoqqoldin pir yuvar. Keltir oqsoqqolingni ko’ray Oltin sochingni o’ray. Oltin soching chiyilsa Xonga juvob beray. Yor-yor namunalari Avval boshlab Xudoni , Yod atali yor-yor. Payg’ambarlar ruhini Shod atali yor-yor. Odam bilan Hovvani Bir yaratqan Olloni , Yod atali yor-yor. Farishtalar jam bo’lib Barcha galdi yor-yor. Hurlar galib Hovvani Go’tardilar yor-yor. Ul Odamni Hovvaga Ko’ngli getdi yor-yor. Xudoyimnan Hovvaga Nido galdi yor-yor. Odam dadi Xudoyim Na qilayin yor-yor. Barcha ishi saniki Na borayin yor-yor. Na qilay yo Xudoyim? Odam dadi yor-yor. Xitob o’qib Jabroil, Nikoh qildi yor-yor. Odam bilan Hovvadan Farzand bo’ldi yor-yor. Oytar qizni anasi Jonim bolam yor-yor. Indi getib borasan Oyim qizim yor-yor. Ulli-kichchi o’tirgay Potya baring, yor-yor. Jonim bolam,qizginam, Bir gul emish, yor-yor. Qizim olgan ul yigit Bulbul emish , yor-yor. Qizil ro’mol rangidin, Yuzing bo’lsin yor-yor. Shirin-shakar,odobli, So’zing bo’lsin , yor-yor. Qo’sha-qo’sha go’rilgan O’g’ling bo’lsin yor-yor. Oltin qoshiq o’ynagan Qizing bo’lsin , yor-yor. Oltin qovoq ottirgan To’ying bo’lsin , yor-yor. Indi getib borasan Yo’ling bo’lsin , yor-yor. Xizmatimda bor ading Jonim bolam yor-yor. Xizmatingni go’rmayin Qoldi anang ,yor-yor. Gecha-gunduz yoningda Sirdosh adim ,yor-yor. Yaxshi-yomon ishingda Qo’ldosh adim yor-yor. Qadrim sango gun-gundan O’tarmakan yor-yor. Bu ayriliq yarasi Bitarmakan yor-yor. Uzoq yera tushibdi Yeg’lamag’in yor-yor. Jonim bolam yuragim Dog’lamag’in yor-yor. Og’alaring bug’chongni Bog’ladilar yor-yor. San getara hammasin Shayladila yor-yor. Qo’sha-qo’sha bilaguzuk Bilagingda yor-yor. Ota-onang jon bolam Tilagingda yor-yor. Xoy-xoy o’lan ,jon o’lan Bog’ning guli yor-yor. Ko’makida saraydi Chechak tili yor-yor. Ikkov-ikkov o’lan oyt Qalam qoshlar yor-yor. Qalam qoshliq yangala To’yning guli yor-yor. Xoy-xoy o’lan ,jon o’lan Targ’il doshlar yor-yor Chori chiqmas sekala To’yni boshlar yor-yor. Ikkov-ikkov o’lan oyt Jon bir qizlar yor-yor. Giyov tomon qudala Tanga tashlar yor-yor. Galin tushgan joylaring Qutli bo’lsin yor-yor. Sani sog’g’on sig’iring Sutli bo’lsin yor-yor. Ikki elot farzandi Qo’shildingiz yor-yor. Toza duzgan ro’zyoring Qutli bo’lsin yor-yor. Og’alarining buzoqni Bog’lamidi yor-yor. Singlim yiroq getdi dab Yeg’lamidi yor-yor. Bu kolxo’zda man dayanni Bir qizisan yor-yor. Anag bo’yningdan sani Bor so’zisan yor-yor. Ona guyov galyotir Kutib oling yor-yor. Bir umra meribon Bo’lib qoling yor-yor. Ro’zalaning poshshosi Sanam emish yor-yor. Qomatii xo’p galishgan Sanam emish yor-yor. O’rim sochlari Daralg’andir yor-yor. Hamma vunga hovosda Qarashgandir yor-yor. Bu yor-yor namunasida bo’lajak kelinga o’ziga xos maslahatlar,onaining qizi uyidan ketayotganligi sababli qalbidan o’tayotgan qayg’u,kelinning akalarining holatlari she’riy tarzda tasviralanadi.Nikoh to’yi esga olinganda avvalo,yor-yor qo’shig’i xayolimizga keladi.Qadimdan yor-yorlar o’zlarida juda kata ma’naviyatni jamlaganlar.Yor-yorlar har bir hududda o’sha joy ijtimoiy hayotidan kelib chiqqan holda turlicha bo’lishi mumkin,lekin ularning mazmuni ,ahamiyatliligi,qadrliligi o’zgarmaydi. Avval boshlab Xudoni Yod atali yor-yor. Payg’ambarlar ruhini Shod atali yor-yor. Payg’ambarlar qiziday Baxting bo’lsin yor-yor. Sulaymonning taxtiday Taxting bo’lsin yor-yor. Payg’ambarlar qizini Kim go’ribdi yor-yor. Ota-ona mehrina Kim do’yibdi yor-yor. Oq nikoh go’ynakimni Giydim,anam yor-yor. Oq sutinga rozi bo’l Getdim anam yor-yor. Qora ko’ngil kishida Vafo bo’lmas yor-yor. Oytavarsam o’lanla Ado bo’lmas yor-yor. O’lan bilan duoni Tamom qildiq yor-yor. Hammangiza yor bo’lsin O’n ikki imom yor-yor. Bu yor-yor namunasida asosan qadimiy epizodlar tilga olinadi.Bular payg’ambar,Sulaymon,o’n ikki imomdir.Bundan shuni ko’rishimiz mumkinki,oddiy xalq hayotida din juda katta o’rin egallagandir. Bibi Fotima taqdiridan hikoyalar aytib kelin to’ylarimizda aytiladigan yor-yor
Qizginaga kim qayg’u O’y solibdi yor-yor. Fotimadan javobni Bersin Xudo yor-yor. Bobom ummatidir Osiy jofir yor-yor. Vulardan tiliman Gunohlarin yor-yor. Border kecha yetimi Bevalari yor-yor. Qorni oshga to’ymagan Maskanlari yor-yor. Xoy-xoy o’lan ,jon o’lan Rasul qizi yor-yor. Urush yillarida bolalarning aytgan to’rtliklari Otom,otom,otamiz Soyasinda yotamiz Biza qarshi dushmanlani Poqqa-poqqa otamiz. Bu to’rtlikda bolalarga xos soddalik,beg’uborlikni ko’rishimiz mumkin.Urush yillarida tug’illib,qiyinchiliklarni boshidan o’tkazgan,oilasining qiynalayotganini sezib ulg’ayayotgan bolalarning beg’ubo qalbida dushmanga nafrat,vataniga sodiqlik uf urib turibdi.Buni “Biza qarshi dushmanlani,Poqqa-poqqa otamiz”jumalalarida yaqqol ko’rish mumkin. Qumri quqdan O’ldim so’vuqdan Opam mango do’n tikadi Yoldirdirovqdan. Bu to’rtlik urush sababli usti yupun qolgan bolaning tilidan aytiladi.Sovuqdan zir titrar ekan oansining unga yaltiroq matodan to’n tikishini umid qiladi.Bu to’rtlikni mag;zini tushunib o’qisangiz beixtiyor ko’zlaringizga yosh keladi insonning. Toxta ko’pir bitdimi? Ustindan poezd o’tdimi? Soldotlani ichinda Mani akam o’tdimi? Bu to’rtlikni Vatanini ,oilasini himoyasi uchun frontga ketgan otaning murg’ak farzandi dilidan o’tayotgan hasratlar deb nomlasak bo’ladi.Chorasiz bolakay har o’tgan askarlarning ichidan o’z padaribuzrukvorini qidirishi insoning qalbiga o’ziga xos o’sha urush yillariga ,shu davrda yashagan insonlarga achinish xissini tug’diradi. Somolyot,somolyot Qanotingni pastlab o’t. Qanotinga xot yozin Moskvaga tashab o’t. Bu to’rtlik ham yuqoridagi to’rtliklarning uzviy davomi desak yanglishmagan bo’lamiz.Bu to’rtlik ham bolalar tomonidan otasining sog’inchi o’rtab yozilgan. Bizning tumanimizda ham maqol janri juda taraqqiy etgan desam ,mubolag’a bo’lmaydi.O’z fikrini ikki satrlik maqol bilan dalillab qo’yuvchi insonlar shubhasiz keng fikrli,ziyolidir.Hamma ham bunday qobilyatga ega emas.Shu sababdan shunday insonlar xalq orasinda qadrlanadi.Biz tarflarda maqol aytishib baxslashish odat tusiga kirgan. O’g’rini go’zzi o’mchada. Bu maqol qo’li egri bo’lgan insonlarga bag’ishlanadi.Ko’z heh qachon aldamaydi,deyashi dono xalqimiz.Shu saba ham yomon niyali kishining ko’zlari doim o’ynoqlab turadi. Bo’ljak bola o’n besh yoshda bosh bo’lar, Bo’lmajaki qirqqa girsam yosh bo’lar. Bu maqol “Bola boshidan ma’lum”degan maqol bilan sinonim desak ham bo’ladi.Bu maqoda chaqqon ,topqir,xushyor bola tengdoshlariga bosh bo’lib , yosh bo’lsa ham hammani o’ziga bo’ysundira oladi,lekin laqma,epsiz bola umri o’tgunga qadar shu holda qolishi mumkin,degan ma’no kelib chiqadi. Otni o’tini yeb Toyni qiliqini qilma. Toy kishnasa ot bo’lar, Borishmag’an qarindosh yot bo’lar. Kishini otini minsang Ketingni kalka tut. Qazima –tusharsan, Yoqma-pisharsan. Tuyaya xoyt dayanam madad. Halol luqma osh bo’lar, Xarom luqma dosh bo’lar. Olim bo’lmasangam odam bo’l. Molinga bak bo’l, Qoshning omonda. G’oli sotsang qo’ngishinga sot, Bir chetinda using o’tirasaan. Tuya ulli,o’rkachi vundanam ulli. Download 24.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling