Inson mehnat faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar


“Hayot faoliyati xavfsizligi” fani tuzilish jihatdan to‘rt bo‘limdan tashkil topgan


Download 1.27 Mb.
bet2/4
Sana25.01.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1119806
1   2   3   4
Bog'liq
1-ma\'ruza. Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish

“Hayot faoliyati xavfsizligi” fani tuzilish jihatdan to‘rt bo‘limdan tashkil topgan:

  • Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari .
  • Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi
  • Yong‘in xavfsizligi
  • Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish

Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchalari


Insonning faol harakatlari yig‘indisi - faoliyat tushunchasini bildiradi.
Xavf – hayotiy faoliyat sharoiti va me’yoriy iqtisodiy faoliyat jarayonining buzilishi yoki tabiiy muhit sifatining yomonlashishi bilan moddiy yoki ijtimoiy zarar yetishiga sabab bo’lgan, inson sog’lig’i, atrof muhit uchun bir yoki birgalikda bir nechta salbiy oqibatlarga olib kela oladigan sharoitlarning yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan jarayon, hususiyat yoki atrof muhit holati.
Hayotiy faoliyat - bu odamning kundalik faoliyati, dam olishi, turmush tarzidir;
Xavfsizlik - bu faoliyatning holati bo‘lib, ma’lum ehtimollikda xavflarning kelib chiqishini bartaraf qilishdir.
Xavf-xatar - odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, hayot faoliyatiga taxdid, moddiy va atrof-muxitga etkazilishi mumkin bo‘lgan zarar.
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda, shu jumladan ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda mehnatda mayib bo‘lishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga o‘tkazish zaruratiga, u kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘lgan hodisa;
  • kasb kasalligi — xodimning unga zararli ishlab chiqarish omili yoki xavfli ishlab chiqarish omili ta’siri natijasida yuzaga kelgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud turg‘un yo‘qotishiga sabab bo‘lgan o‘tkir yoki surunkali kasalligi;
  • zararli ishlab chiqarish omili — ta’siri xodimning kasb kasalligiga chalinishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili;
  • xavfli ishlab chiqarish omili — ta’siri xodimning shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish omili;
  • Avariyaaniq bir hududyoki ob’yektda odamlarning hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga tahdidni yuzaga keltiruvchi va binolarning, inshoatlarning, asbob-uskunalarning va transport vositalarining shikastlanishiga, ishlab chiqarish va yuk tashish jarayinining buzilishiga odamlar sog‘lig‘iga, shuningdek atrof-muhitga zarar etishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli texnogen xodisa. Avariya - qandaydir mexanizm, mashina, qurilmalar, inshootlar va shu kabilarning ish vazifasini bajarish, harakatlanish vaqtida kutilmaganda ishdan chiqishi.
  • Favqulodda vaziyat - odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar etishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat.
  • Yong‘in - odamlarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar etkazadigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish.


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling