Inson mehnati tufayli to’plangan nomoliyaviy va moliyaviy aktivlar va tabiat in’omlarining yig’indisi
Download 19.95 Kb.
|
Statistika
Inson mehnati tufayli to’plangan nomoliyaviy va moliyaviy aktivlar va tabiat in’omlarining yig’indisi =milliy boylik Bitta ishlab chiqarish jarayonida tulaligicha iste’mol qilinib,o’zining qiymatini tayyor mahsulotga o’tkazadigan mablag’lar =aylanma fondlar Ishlab chiqarishda qatnashmaydigan,ammo ishlab chiqarish jarayonining normal ketishini ta’minlovchi vositalar =noishlab chiqarish vositalari Institutsional birliklar qo’lidagi mulk bo’lib,uning egalari unga egalik qilish va undan foydalanish hukuki tufayli iqtisodiy daromad olinadigan mulk =aktivlar Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida qatnashadigan,o’zining qiymatini yaratiladigan mahsulotga bo’lib-bo’lib o’tkazuvchi aktivlar =asosiy fondlar Institutsional birliklarning qarzlari va ularni uzish bo’yicha qarzdorlik majburiyatlari =passivlar Asosiy vositalarning qaysi qismi ishlab chiqarishda aktiv qatnashadi? =mashina va uskunalar Asosiy fondlarni xarid qilish va uni yetkazib kelish,o’rnatish va ish holatiga keltirish bilan bog’liq xarajatlar hisobga olingan bahosini ko’rsating? =to’la boshlang’ich qiymati Asosiy fondlarning to’la boshlang’ich qiymatidan uning eskirgan qiymatini chegirish orqali qanday baho kelib chiqadi? =qoldiq qiymat Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va bajarilgan ishlar hajmining uni ishlab chiqarishda foydalanilgan asosiy fondlar hajmiga bo’linsa qanday ko’rsatkich hosil bo’ladi? =fond samarasi Texnika va texnologiyaning rivojlanishi natijasida asosiy fondlarning ishdan chiqib qolish holatlari nima deb ataladi? =ma’naviy eskirish Butun xizmat qilish muddati bo’yicha teng taqsimlangan amartizatsiya amartizatsiyani hisoblashning qanday turiga to’g’ri keladi? =chiziqli Bir xodim hisobiga to’g’ri keladigan asosiy fondlar miqdori qanday ko’rsatkichni ifodalaydi? =mehnatning fond bilan qurollanganligi Aylanma fondlar to’g’risida ma’lumotlar qanday manbalardan oinadi? =buxgalteriya hisoblamalari va subhisoblamalari Sotilgan mahsulot qiymatining aylanma mablag’larning o’rtacha qoldig’iga nisbati qanday ko’rsatkichni keltirib chiqaradi? =aylanish tezligi Aylanma fondlarning yetishmasligi korxona faoliyatida qanday jarayonlarni keltirib chiqaradi? =ishlab chiqarishning uzilishlarini keltirib chiqaradi Biznes reja bo’yicha sotiladigan mahsulot hajmiga va biriktirish koefitsienti ko’rsatkichlarining ko’paytmasiga asoslangan ko’rsatkichni ko’rsating? =aylanma mablag’larga bo’lgan ko’rsatkich Aylanma fondlarning ortiqchaligi korxona iqtisodiy faoliyatida qanday hodisalarni keltirib chiqaradi? =moliyaviy yo’qotishlarni keltirib chiqaradi. Milliy boylik muhim ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining …….ifodalaydi. =boshlang‘ich va yakuniy xolatini .Ko‘p jihatdan moliyaviy talablar va majburiyatlardan iborat bo’lgan aktivlar qanday aktivlar hisoblanadi? =moliyaviy aktivlar Butun iqtisodiyot bo‘yicha tuzilgan jamlovchi ………..mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy holatini xarakterlaydi. =aktiv va passivlar balansi MHT metodologiyasi bo‘yicha mamlakat rezidentlarining barcha iqtisodiy aktivlar qiymatlari (moliyaviy va nomoliyaviy) yig‘indisidan ularning moliyaviy majburiyatlarini ayirib aniqlangan ko’rsatkich bu:- =milliy boylik xajmi Mamlakat milliy boyligi iqtisodiyot barcha sektorlarining …..yig‘indilariga teng bo‘ladi. =sof kapitali Asosiy fondlarning qanday qiymati amortizatsiya ajratmalari va normalarini hisoblashda baza hisoblanadi =to‘la boshlang‘ich (tiklash) qiymat Asosiy fondlarning mahsulot tannarxiga o’tkazgan qismi asosiy fondlarning qaysi qiymati hisoblanadi? =eskirish qiymati Asosiy fondlarning xarakatini…….. ifodalaydi =yangilash va chiqib ketish koeffitsientlari Bir so‘mlik (bir birlik) mahsulot ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan asosiy fondlar xajmini ifodalaydi. =fondlarga talabchanlik ko‘rsatkichi Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida daromadlar statistikasining ahamiyati qaysi jihatlar orqali ortdi? =yuqoridagilarning barchasi 1993 yilda qabul qilingan yangi MHTga asosan daromad ko’rsatkichlari tizimini hisoblash qaysi nazariyaga asoslanadi? =J.Xiks J.Xiks nazariyasi daromad tushinchasini qanday ta’riflaydi? =insonlarning iste’moli uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan summa Nima uchun daromad tushinchasini ta’riflashda buxgalteriya va statistik tushinchalar farqlanadi? =statistika makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash nuqtai nazardan, buxgalteriya soliq va moliyaviy natijalarni aniqlash uchun Qanday daromadlar xo’jalik yurituvchi subektlarga qo’shilgan qiymatni birlamchi taqsimlash natijasida kelib tushadi? =birlamchi daromadlar Iqtisodiyotning har bir sektori uchun daromadlar va joriy transfertlar qoldig’i daromadlarning qaysi ko’rsatkichini tashkil qiladi hamda oxirgi istemol va jamg’arish uchun ishlatiladi =ixtiyoridagi daromadlar Ixtiyoridagi daromad va natura shaklda olingan ijtimoiy transfertlar summasi iqtisodiy sektorning qanday daromadini tashkil qiladi va jamlash va oxirgi foydalanish uchun foydalaniladi? =tuzatish kiritilgan ixtiyoridagi daromad YAlpi milliy daromad iqtisodiy faoliyat turlarining qaysi bosqichida shakllanadi? =taqsimlash YAlpi ichki mahsulot yalpi milliy daromaddan qanday farqlanadi? =xorijdan olingan birlamchi daromadlar qoldig’iga Iste’mol tovarlari va turli xizmatlarda ifodalangan daromad bo’lib,pul daromadlarining xarid qobiliyatini bildiruvchi,turmush darajasini umumlashtirib ta’riflovchi ko’rsatkich ...bu: =real daromad Milliy daromadlarni qayta taqsimlash jarayoni qaysi yo’llar bilan amalga oshadi? =davlat byudjeti daromadlarini tashkil qilish va aholiga turli xizmatlarni ko’rsatish Milliy daromaddan oxirga foydalanish qanday shaklda amalga oshadi? =istemol va jamg’arish Milliy daromad tarkiban necha qismga bo’linadi? =ikki qismga: istemol va jamg’arma Iqtisodiyotning barcha sektorlari va tarmoqlari bo’yicha asosiy kapitalni yalpi jamg’arish,moddiy aylanma mablag’larning o’sishi va nomoddiy aktivlarga egalik qilish sifatida amalda shakllangan ko’rsatkich bu: =jamg’arish Qoida bo‘yicha, rivojlangan mamlakatlarda yalpi milliy daromad xajmi, yalpi ichki mahsulot xajmidan ....bo‘ladi. =katta Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda YaIM milliy daromaddan ... bo‘ladi. =katta Iste’mol tovarlari va xilma-xil xizmatlarda ifodalangan daromad bo‘lib, pul daromadining harid qobiliuatini bildiradi, turmush darajasini umumlashgan holda tavsiflaydigan daromad ko`rinishi bu:- =real daromad Birlamchi daromadlar qoldig’i va joriy transfertlar qoldig’ining yig’indisi qaysi marokiqtisodiy ko’rsatkichni beradi? =ixtiyoridagi milliy daromad YAlpi ixtiyoridagi milliy daromadning istemolga yo’naltirilmagan qismi bu:- =jamg’arma Agar sof milliy daromad ko’rsatkichiga sof joriy transfertlarni qo’shsak qanday makroiqtisodiy ko’rsatkich hosil bo’ladi? =ixtiyoridagi milliy daromad YAlpi milliy daromad sof milliy daromaddan qanday farqlanadi? =asosiy kapital istemoli summasiga Milliy daromadning qaysi qismi milliy boylikning o’zgarishiga olib keladi? =jamg’arilgan qismi Statistikada institutsional birlik deganda nimani tushunasiz? =mustaqil faoliyat yurituvchi va daromad oluvchi, mol-mulk egasi sifatida o’z ixtiyori bilan ishlatuvchi Nomoliyaviy korxonalar sektori instituttsional birliklarining vazifasi =mahsulotlar ishlab chiqarish,nomoliyaviy xizmatlar ko’rsatish, o’z xarajatlarini o’zi qoplash Moliyaviy tashkilotlar sektorining asosiy vazifasi =moliyaviy mablag’larni chiqarish, sotish, saqlash va taqsimlash, qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish, pul mablag’larini saqlash, qarz berish Milliy daromad va milliy boylikni qayta taqsimlash bilan shug’ullanuvchi institutsional birliklar qaysi sektorga taa’luqli =davlat boshqaruv sektori Moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarga qaysilar kiradi? =sanoat, qishloq xo’jaligi, transport Mamlakatda funktsional mehnat taqsimoti asosida bir xil turdagi iqtisodiy faoliyatlar asosida shakllangan ishlab chiqarish tarmoqlari, sohalari bir-biri bilan izchil va uzviy bog’langan yagona ijtimoiy iqtisodiyoti =milliy iqtisodiyoti Pul (qiymat) shaklida ifodalangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning jamlangan tizimi bo’lib,iqtisodiyotni ta’riflash hamda iqtisodiy bashoratlar tuzish va xalq xo’jaligini muofiqlashtiradigan hisob-kitob tizimi bu- =milliy hisoblar tizimi Qanday davlatga qarashliligi va fuqaroligidan qat’iy nazar mamlakatnig iqtisodiy hududida iqtisodiy qiziqishlar markazida bo’lgan ,bir yil muddatdan kam bo’lmagan muddatda iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy birliklar nima deb ataladi? =rezidentlar Mamlakat xududida xo’jalik birliklari tomonidan moddiy boyliklar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish xajmini ko’rsatuvchi makroiqtisodiy ko’rsatkichni ko’rsating? =yalpi milliy mahsulot Davlat statistika qo’mitasi tomonidan belgilangan statistik ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash turi va usullari, statistik ko’rsatkichlarni hisoblash uslubiyoti .......hisoblanadi. =O’zbekiston Respublikasining statistik andozasi Statistik dasturlar qanday moliyalashtiriladi? =davlat byudjeti tamonidan MHT davlatni boshqaruvchi organlar tomonidan bozor iqtisodiyotini tartibga solish maqsadida nechanchi yildan boshlab rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qo’llanilgan =1953 yildan MHT davlatni boshqaruvchi organlar tomonidan bozor iqtisodiyotini tartibga solish maqsadida nechanchi yildan boshlab rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qo’llanilgan =1953 yildan YAlpi qo’shilgan qiymat milliy hisoblar tizimining qaysi hisoblamasida balanslashtiruvchi modda bo’lib hisoblanadi. =ishlab chiqarish hisoblamasi Ishlab chiqarish hisoblamasi qaysi hisoblamalar guruxiga kiritiladi? =joriy hisoblamalar Quyidagi ko’rsatkichlardan qaysi biri makroiqtisodiy ko’rsatkich hisoblanadi? =inflyatsiya,ishsizlik,real YAIM Milliy hisoblar tizimida hisoblamalar qanday balanslashtiriladi? =balans usuli va aniqlash bo’yicha O‘zbekistonda hozirgi kunda milliy hisoblar tizimining qaysi andozasi qo‘llanilmoqda? =2008 yilgi Muayan mamlakatning iqtisoslashuv darajasi asosan qaysi omillarga bog’liq? =mamlakatlarning tabiy sharoiti,ishlab chiqarish tajribasi hamda mamlakatlarning taraqqiyot darajasi Turli mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy naf ko’rish maqsadida amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar qanday ataladi? =tashqi iqtisodiy,siyosiy va ijtimoiy munosabatlar Tashqi iqtisodiy aloqalar nima asosida amalga oshadi? =halqaro mehnat taqsimoti Tashqi iqtisodiy aloqalar qanday shakllarda amalga oshadi? =tashqi savdo,ishlab chiqarish kooperatsiyasi,kapitpl va ish kuchi migratsiyasi hamda o’zaro xisob kitoblar Mamlakatlar chegarasidan o’tuvchi tovar va xizmatlar,bajarilgan ishlar hajmini hisobga oluvchi tashqi iqtisodiy aloqalar statistikasining bir qismi bu- =bojxona statistikasi Halqaro bitimlarga asosan amalga oshiriladigan ,umumiy ishlab chiqarish,sotish,import,eksport va boshqa ijtimoiy faoliyat sohalarida kelishuv asosida har bir ishtirokchi uchun joriy qilinadigan hissa nima deb ataladi? =kvota Har yili mamlakatga xorijdan tovarlar keltirishga ruxsat berishni miqdoriy jihatdan cheklab qo’yish qanday faoliyat turiga kiritiladi? =import kvota Muayan tovarni eksportga belgilangan miqdorda ishlab chiqarish va yetkazib berish qanday iqtisodiy faoliyat turiga kiradi? =eksport kvota Tashqi bozorni egallash maqsadida tovarni ishlab chiqarish xarajatlaridan past baholarda chetga eksport qilish yoki tovarlarni tashqi bozorda ichki bozorga nisbatan arzon baholarda sotishga qaratilgan faoliyat turi qanday ataladi? =demping Importning ko’payishi mazkur mamlakat yadpi ichki mahsulotining o’zgarishigi qanday ta’sir qiladi? =yalpi ichki mahsulot hajmi ko’payadi Ikki va bir necha mamlakatlarning ma’lum bir ishni bajarish yoki qandaydir bir provard mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha hamkorligi qanday ataladi? =ishlab chiqarish kooperatsiyasi Milliy iqtisodiyotni xorij raqobatidan himoya qilishga qaratilgan davlat siyosati qanday ataladi? =protektsionizm Mamlakat rezidentlarining tashqi dunyo bilan olib borgan iqtisodiy aloqalarining qiymat shakldagi munosabatlarini ifodalovchi hisobot shaklini ko’rsating? =to’lov balansi Agar mamlakat jamg’armalari uning sarmoyalaridan yuqori bo’lsa, mamlakatda qanday holat yuz beradi? =kapital mamlakatdan oqib ketadi Agar mamlakat sarmoyalari uning jamg’armalaridan yuqori bo’lsa , mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarida qanday holat yuz beradi? =mamlakatga pul oqimlari kirib kelishi to’xtaydi Eksport kvota qanday belgilanadi? =eksportning yalpi ichki mahsulotga nisbati Tashqi savdo aylanmasi qanday aniqlanadi? =ekport va import yig’indisi Tashqi savdo qoldig’i qanday aniqlanadi? =ekport va import ayirmasi Ishlab chiqarish kooperatsiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni ko’rsating? =xorijiy kreditlarning jami kredit summasidagi salmog’i Eksportning import hajmiga nisbati qanday ko’rsatkichni beradi? =importning eksport bilan qoplanish koefitsienti Mamlakatning ma’lum davrdagi eksporti va importining nisbati bo’yicha mamlakatning ......aniqlanadi. =savdo balansi Mamlakatimiz eksportida qaysi tovar va xizmatlarning ulushi katta? =energiya manbalari va neft mahsulotlari O’zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasida qaysi mamlakatlarining ulushi katta? =Rossiya,Qozog’iston,Ukraina Tumanlar kesimida qaysi tuman Surxondaryo viloyati tashqi savdo aylanmasida yetakchi o’rin tutadi? =Termiz tumani,Jarqo’rg’on,Denov Iqtisodiy sektor va tarmoqlarda yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymatlar shaklida xisoblangan yalpi ichki mahsulot qaysi usulda xisoblangan =ishlab chiqarish usulida YAlpi soliq to’lovlaridan davlat transfertlarini chegirib tashlash natijasida xisoblangan ko’rsatkich =sof soliqlar Iqtisodiyotning strukturasini,iste’mol va jamg’arma o’rtasidagi nisbatni,YAIM bilan davlat byudjetidagi kamomadni aniqlashda YAIM ni qanday bahoda hisoblashdan foydalanadi? =joriy bozor baholarida YAIM ning haqiqiy dinamikasini aniqlashda qaysi baholarda YAIM ni hisoblashdan foydalaniladi? =doimiy baholarda YAlpi ichki mahsulot yalpi milliy daromaddan farqlanadi? =xorijdan olingan (berilgan)birlamchi daromadlar qoldig’i Asosiy baholarda yalpi ishlab chiqarish-1057019,7, mahsulot solig’i-69179,5, subsidiya-17018,0, oraliq iste’mol-498179,1. Berilgan mahsulotlarga asoslanib, ishlab chiqarish usulida YAIMni xisoblang =610993,1 Agar sotilgan mahsulotlar qiymati va tugallanmagan ishlab chiqarish yoki tovar zaxiralari qoldig’i summasi shaklida aniqlangan yalpi ishlab chiqarish hajmi qaysi iqtisodiy sektorlarga ta’luqli? =real sektor Olingan va to’langan foizlar o’rtasida farq sifatida aniqlangan yalpi ishlab chiqarish hajmi qaysi setorga mansub? =moliyaviy sektor Mehnat haqi yalpi ichki mahsulotning hisoblashning qaysi usulida e’tiborga olinadi? =taqsimlash usulida YAlpi jamg’arma yalpi ichki mahsulotning hisoblashning qaysi usulida e’tiborga olinadi? =foydalanish usulida Joriy bozor baholarda hisoblangan .pulda ifodalangan tovar va xizmatlar qiymati bu:- =nominal yalpi ichki mahsulot YAlpi ichki mahsulotning nominal qiymatini uning real qiymatiga bo’lish orqali qanday makroiqtisodiy ko’rsatkichni hisoblash mumkin? =YAIM deflyatori Mahsulot fizik hajmidan foydalanilgan holda YAIMni o’zgarmas baholarda hisoblashning qaysi usulini ko’rsatadi? =baho indeksi yordamida Agar yalpi ishlab chiqarish hajmidan oraliq istemol ayrilsa qanday ko’rsatkich kelib chiqadi? =yalpi qo’shilgan qiymat Ishlab chiqarilgan va foydalanilgan YAIM orasidagi statistik farq nima sababdan kelib chiqadi? =ma’lumot manbalarining va tasniflashlarning har xilligi Tarmoqning asosiy statistik ko’rsatkichlarini ko’rsating? =yalpi qo’shilgan qiymat Barcha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va tayyor mahsulot zahirasi hisobga olinganko’rsatkich qanday ko’rsatkich hisoblanadi? =yalpi ishlab chiqarish YAlpi ishlab chiqarish va yalpi qo’shilgan qiymat o’rtasidagi farqlanuvchi tarkibiy qismni ko’rsating? =oraliq istemol Tarmoqning yalpi mahsulotining dinamik o’zgarishlarini o’rganish uchun qanday bahodan foydalaniladi? =doimiy bahoda Tarmoqning yakuniy moliyaviy natijalarini aniqlash uchun qanday bahodan foydalaniladi? =o’zgaruvchan bahoda Qaysi tarmoqda tugallanmagan ishlab hami va notovar mahsulot mahsulot hajmining ko’pligi bilan ajralib turadi? =qishloq xo’jaligi Qaysi tarmoq faoliyatining davriyligi sababli mahsulot va xizmatlar hajmi bajarilgan ish sifatida hisobga olinadi? =qurilish Turli xil bosqichda ishlab chiqarish hajmi butunlay tugatilib,shu bosqichda hech qanday ishlov berish mumkin bo’lmagan holda korxonaning boshqa bo’limiga o’tkazilishi yoki chetga sotilishi mumkin bo’lgan mahsulot hajmi qanda nomlanadi? =yarim tayyor mahsulot Download 19.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling