INSON MIJOZI, XILTLAR HAQIDA TUSHUNCHA. QUVVATLAR VA ULARNING TURLARI.
Unsurlar: oddiy jismlar bo`lib, odam tanasi uchun dastlabki bo`lakdir. Oddiy jism shunday narsalarki, ular shakli turlicha bo`lgan bo`laklarga bo`linmaydi, balki murakkab jismlar ularga bo`linadi. Oddiy jismlarning aralashishidan koinotdagi turli shakldagi navlar paydo bo`ladi.
Unsurlar 4 xil bo`ladi:
2 tasi engil, 2 tasi og`ir
Engil – olov, havo
Ogir – suv, yer
Yer –oddiy jism bo`lib, o`z tabiati bilan usha urinda turadi, o`z o`rnidan ajralsa, yana o`sha tomon harakat qiladi, bu yerning mo`tlaq og`irligidir.
Tabiati: sovuq va quruq
Suv- yerni o`raydi va havoga o`ralib turadi.
Tabiati: sovuq va xo`l
Havo –suvdan yuqori , olovdan past turadi
Tabiati: issiq va ho`l
Olov- barcha unsurlardan yuqorida turadi.
Tabiati: issiq va quruq
Yer unsuri o`rtada, uni esa undan engil bo`lgan suv unsuri o`rab turadi, suv unsuri undan engil bo`lgan havo unsuri, uni esa undan engil bo`lgan olov unsuri o`rab turadi
Olov
|
Havo
|
Suv
|
yyer
|
SIFAT
|
Issiq-quruq
|
Issiq- ho`l
|
Sovuq-ho`l
|
Sovuq-quruq.
| Olov unsuri: Ta`sir qilish sifati bo`yicha issiqlik, qabul qilish sifati bo`yicha esa quruqlikdir. U unsurlarni etiltiradii, latif qiladi, aralashtiradi, u unsurlar orqali havoga tegishli moddalarni o`t kazadi va ikki og`ir unsur bo`lmish, yer va suvdan sovuqlikni ketkizib, moddiy hayotning shakllanishida qatnashib o`z vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |