Inson, millat va jamiyat hayotida g‟oya va mafkuraga bo‟lgan talabehtiyojlar
Download 19.55 Kb.
|
1-reja
Inson, millat va jamiyat hayotida g‟oya va mafkuraga bo‟lgan talabehtiyojlar Ma‟lumki, inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham g‟oya va mafkura Muhim ahamiyatga egadir. Inson ong va tafakkurga ega bo‟lib, o‟z oldiga muayyan Maqsadlarni qo‟yib, bu maqsadlarni amalga oshirish uchun harakat qiladi. Insonning ma‟lum maqsadga qaratilib amalga oshiradigan hatti-harakati faoliyat Deb nomlanib, moddiy va ma‟naviy faoliyatning asosini insonning mehnati tashkil Etadi. Insonning jamiyat hayotidagi faoliyati ma‟lum bir g‟oya va mafkura asosida Muayyan maqsadga yo‟naltiriladi. Dunyodagi hech bir jamiyat, xalq va millat G‟oya va mafkurasiz yashay olmaydi. Dunyodagi har bir jamiyatning, har bir Davlatning o‟ziga xos hamda mos milliy g‟oya va mafkurasi mavjud bo‟lib, bu G‟oya va mafkura davlat va jamiyatning tub maqsadlari va manfaatlarini himoya Qiladi. Odamlar jamiyat taraqqiyotining qaysi davri va bosqichida yashamasin, ular Albatta nimagadir ishonishi, nimagadir e‟tiqod qilishi, qandaydir bir g‟oyaga, Mafkuraga, ta‟limotga asoslanib ish ko‟rishi va faoliyat ko‟rsatishi zarurdir. O‟zbekiston xalqini umumiy maqsad sari faol harakatga da‟vat etadigan milliy G‟oya va mafkura bugungi kunda juda ham muhimdir. Milliy g‟oya va mafkura O‟zbekiston fuqarolarini barkamol inson qilib tayyorlash, tarbiyalash, Mustaqillikning ongli fidoyisiga aylantirishga xizmat qiladi. Insonning faoliyati va Uning ijtimoiy faolligi jamiyat hayotiga maqsad va yo‟nalish berib turgan g‟oya va Mafkuraga bevosita bog‟liqdir. Milliy g‟oya va mafkura odamlarda kelajakka Ishonchni, umidvorlikni tarbiyalaydi, mehr-muhabbat, oqibat, insof, sabr-toqat, Adolat, ma‟rifat tuyg‟ularini shakllantiradi. Jamiyat hayotidagi har qanday g‟oya va Mafkura muayyan ijtimoiy-tarixiy negizlarga asoslanganda u odamlarni o‟z Atrofida uyushtirib, muayyan vazifalarni bajarishga yo‟naltiradi. O‟zbekiston o‟zining milliy mustaqilligini qo‟lga kiritganidan so‟ng boy Tarixiy ma‟naviy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan holatda Milliy g‟oya va milliy mafkura ishlab chiqila boshlandi. Milliy g‟oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o‟z oldiga qo‟ygan maqsadlari sari Birlashtiradigan va safarbar etadigan g‟oya bo‟lib, u o‟z tarixi va taraqqiyotining Tub burilish davrlarida har qanday millat va xalqning kelajagini belgilaydi. Milliy G‟oya O‟zbekiston xalqining madaniyati, tarixi, milliy o‟ziga xosligi, ma‟naviymadaniy merosiga tayanilgan holda shakllanib boradi. O‟zbekistonda bugungi kunda boy tarixiy, ma‟naviy merosimizni tiklash Masalasida ko‟pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‟plab ilmiy, badiiy, tarixiy, Falsafiy asarlar, qadimiy qo‟lyozmalar nashr qilinmoqda. Boy tarixiy ma‟naviy Merosimizning namunalari bo‟lgan qadimgi qo‟lyozmalar, bitiklar, xalq og‟zaki Badiiy ijodi namunalari, buyuk mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan dunyoviy Va diniy mavzulardagi asarlarni izlab topish, chet ellardagi ma‟naviy merosimiz Namunalarini O‟zbekistonga qaytarish, xalqimizning ma‟naviy mulkiga aylantirish Uchun ko‟pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Ilm-fanning turli sohalariga taalluqli Bo‟lgan asarlar, badiiy adabiyotning nodir durdonalari, Axmad Yassaviy va Sulaymon Boqirg‟oniylarning diniy-axloqiy mavzulardagi asarlari, Axmad Yugnakiy va Yusuf Xos Hojiblarning pand nasihatlari, Najmiddin Kubro va Bahouddin Naqshbandiylarning insonning ichki dunyosi, ruhiyatiga qaratilgan Ta‟limotlari, Alisher Navoiy va boshqalar tomonidan yaratilgan badiiy ijod Namunalari xalqimizning boy tarixiy va ma‟naviy merosi bo‟lib hisoblanadi. Insoniyat jamiyatining tarixiy taraqqiyotida biror-bir jamiyat ezgu g‟oyalar Va mafkuralarsiz rivojlana olmagan. O‟zbekistonda demokratik tamoyillarga Asoslangan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo qilinayotgan ekan, Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatda yot va begona g‟oyalarning Tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol, komil insonlarni voyaga Yetkazish, bu yo‟lda g‟oyaviy, mafkuraviy bo‟shliq bo‟lishiga yo‟l qo‟ymaslik, O‟zbekistonning yuksak taraqqiyotini ta‟minlash uchun milliy g‟oya va mafkurani Shakllantirish hamda rivojlantirishga katta e‟tibor qaratilmoqda. Mustaqillikdan Keyin O‟zbekiston xalqi o‟ziga xos va mos taraqqiyot yo‟lini tanlab, bu yo‟l Xalqimizning ma‟naviy merosi va qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatini berdi. Insoniyatning tarixiy taraqqiyotidagi har qanday davlat, jamiyat va shaxs o‟z oldiga muayyan maqsadni qo‟ygan holatda o‟z faoliyatini olib boradi. Har bir Xalqning maqsad va manfaatlari shu xalqning milliy-ma‟naviy g‟oyalarida o‟z Ifodasini topadi. Hozirgi davrda globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan, Axborot olish imkoniyatlari tobora kengayayotgan bir sharoitda milliy g‟oyani, Uning tarixiy va nazariy asoslarini o‟rganish muhim zaruriyatga aylanib bormoqda. Jamiyat hayotida g‟oya bilan g‟oyaning, maqsad bilan maqsadning, fikr bilan Fikrning umumiy va o‟ziga xos jihatlarini chuqur bilish va o‟rganish milliy g‟oya, Uning tarixi va nazariyasini o‟rganishga bo‟lgan talab hamda ehtiyojni Kuchaytirmoqda. Milliy g‟oya tarixi va nazariyasi fani O‟zbekiston fuqarolarida Tarixiy xotirani uyg‟otish, o‟tmishdan saboq chiqarish va o‟zlikni anglash Jarayonini kuchaytirishga xizmat qiladi. Milliy g‟oyaning taraqqiy etib borish Jarayonlarini tarixiy moddiy va ma‟naviy meros bilan bog‟liq holatda tushuntiradi. Milliy g‟oyaning nazariy masalalarini tahlil qiladi. Millat, xalq va jamiyatni Birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch-e‟tibor manbai hamda muhim ma‟naviy omil Vazifasini bajaradi. Milliy g‟oya tarixi va nazariyasi fuqarolarga har qanday ilg‟or G‟oyani singdirish va ularda har qanday yovuz g‟oyaga qarshi javob bera olish Ko‟nikmasini shakllantirishga yordam beradi. Hayotda har bir inson va jamiyatning O‟z oldiga qo‟ygan maqsadi, yuksak g‟oyasi, ezgu orzu-intilishlari mavjud bo‟lib, Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida har bir xalq, millat va jamiyat o‟z Manfaatlariga xizmat qilib, uning taraqqiyotini ta‟minlashga yordam beradigan Muayyan g‟oyaga ehtiyoj sezadi. Shu bilan birgalikda insoniyat jamiyati tarixiy Taraqqiyotining barcha davrlarida inson va jamiyat o‟z maqsad va manfaatlariga Zid bo‟lgan zararli va begona g‟oyalarga qarshi turadi. Jamiyat hayotida har Qanday g‟oya va mafkura muayyan millat va xalqning maqsad va muddaolari, Manfaatlari zamirida shakllanadi hamda takomillashib boradi. Milliy g‟oya millat Manfaatlari va xalqning orzu-istaklarini o‟zida ifodalab, u o‟zining hayotbaxsh G‟oyalari, buyuk maqsadlari bilan o‟z kuch g‟ayrati, aql-zakovati va hatto hayotini, Buyuk g‟oyalar yo‟lida baxsh etishga tayyor insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Insoniyatning tarixiy taraqqiyotida, yer yuzida inson paydo bo‟lib uning Urug‟, qabila, jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi ro‟y bergan dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g‟oya va mafkuraga ehtiyoj Tug‟ilgan. Tarixiy taraqqiyotning barcha davrlarida har bir davlat, xalq, inson va Jamiyatning o‟ziga xos g‟oyasi va jamiyatning o‟ziga xos g‟oyasi va mafkurasi Bo‟lgan. Insonning, jamiyatning, xalqning o‟z oldiga qo‟ygan aniq maqsadi uni Amalga oshirishda jamiyat ahlini birlashtiradigan, safarbarlikka undaydigan g‟oya Va mafkura asosida amalga oshirilgan. O‟zbek davlatchiligi taraqqiyot bosqichlari va tadrijiy taraqqiyotining g‟oya Va mafkura bilan bevosita bog‟liqligi masalasiga e‟tibor qaratilsa, Qam dini, Shomonlik, Ko‟k Tangriga e‟tiqod qadimgi Markaziy Osiyoda yashagan Xalqlarning diniy e‟tiqodi, jamiyatdagi g‟oya va mafkurasi bo‟lsa, miloddan Avvalgi VII asrdan boshlab Qadimgi Baqtriya va Katta Xorazm davlatlari tashkil Topishi bilan Zardushtiylik dini jamiyatdagi yetakchi g‟oya va mafkura vazifasini Bajara boshladi. Markaziy Osiyo hududi miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Ahamoniylar, miloddan avvalgi IV-II asrlarda Yunon-makedon davlatlari, Aleksandr Makedonskiy saltanati, Salavkiylar, Yunon-Baqtriya davlatlari tarkibida Bo‟lib, yunon madaniyati, diniy e‟tiqodi mahalliy aholining turmush tarzi, Madaniyati, milliy g‟oya va mafkurasiga o‟z ta‟sirini ko‟rsatdi. Miloddan avvalgi II asrdan boshlab Markaziy Osiyo hududida Kushon va Qang‟ davlatlari tashkil Topgan bo‟lsa, Kushon davlati keyinchalik jahondagi eng yirik saltanatlardan biriga Aylandi. Kanishka tomonidan Buddaviylik dinining davlat dini sifatida qabul Qilinishi jamiyatning ma‟naviy hayotiga, milliy g‟oyasiga, milliy mafkurasiga o‟z Ta‟sirini ko‟rsatdi. Dinlararo bag‟rikenglik g‟oyasi o‟zbek davlatchiligining barcha Bosqichlarida amal qilib, turli davrlarda Qam dini, shomonlik, Zardushtiylik, Buddaviylik, Moniylik, Mazdakiylik, Nasroniylik, Islom dini jamiyat ma‟naviy Hayotiga, jamiyatning milliy g‟oyasi va mafkurasiga o‟z ta‟sirini ko‟rsatgan. Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma‟naviy-mafkuraviy hayot sohalari Jamiyatdagi g‟oya va mafkura vazifasini bajargan diniy ta‟limot asosida rivojlanib Borgan. IV-V asrlardan boshlab Markaziy Osiyo hududi turkiy xalqlar, Xioniylar, Kidariylar, Eftalitlar, Turk hoqonligi davlatlari tarkibiga kiritildi. VII – asrdan Boshlab Markaziy Osiyo hududi Movarounnahr nomi bilan Arab xalifaligi, avval Ummaviylar, keyin esa Abbosiylar xalifaligi tarkibiga kiritildi. Arablar o‟z Mafkuralari Islom dinini mahalliy xalqlar o‟rtasida tarqatdilar va o‟zbek Davlatchiligining keyingi taraqqiyoti bevosita Islom dini asosida ishlab chiqilgan Milliy g‟oya va mafkura asosida rivojlanib bordi. Bunga IX-X asrlardan boshlab Tashkil topa boshlagan mustaqil milliy davlatlar – Somoniylar, Qoraxoniylar, G‟aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar – Anushteginiylar kabi davlatlar Taalluqlidir. Amir Temur va temuriylar davlati, Shayboniylar, Ashtarxoniylar, Xonliklar davri ham Islom dini va islomiy ilmlar – Ilmi Kalom, Ilmi Rivoyat, Ilmi Tavhid, Aqida ilmi asosida rivojlanib bordi. Insonning dunyoni aql yordamida Bilishiga asoslangan Ilmi Hikmat Sharq Uyg‟onish davri an‟analari asosida Rivojlandi va vorisiylik asosida keyingi davr ilm-fani rivojiga bevosita o‟z ta‟sirini Ko‟rsatdi. Xalqimiz, davlatchiligimiz tarixida vujudga kelgan ma‟rifatparvarlik, Jadidchilik harakatlari ham o‟z davri uchun muhim va dolzarb bo‟lgan milliy g‟oya Va milliy mafkuraga taalluqli bo‟lgan fikr va g‟oyalarni ilgari surishdi. Tarixiy Ma‟naviy merosimiz va milliy davlatchiligimiz an‟analarida ham vorislik asosida Milliy mustaqillik g‟oyasi va mafkurasida ilgari surilgan fikr va g‟oyalar mavjud Bo‟lib, bugungi kunda ulardan milliy g‟oya va mafkuraning tarixiy ildizi sifatida Foydalanishga harakat qilinmoqda. Masalan, jadidchilik mafkurasida mustaqillik G‟oyasi ilgari surilgan, xususiy mulkning muqaddasligi e‟tirof etilgan, diniy E‟tiqod erkinligi qo‟llab-quvvatlangan, tarixiy ma‟naviy merosga tayanish Zarurligiga e‟tibor qaratilgan, dunyoviy ilm-fan va madaniyatni egallashga da‟vat Etilgan. Tarixiy ma‟naviy merosimizdagi ushbu fikr va g‟oyalar milliy g‟oya va Mafkuramiz tayanadigan va oziqlanadigan muhim manbalardan bo‟lib hisoblanadi. G‟oya va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat oldida turgan Muhim vazifalarni amalga oshirishda yordam beradigan, turli sohada faoliyat Yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar Etadigan buyuk kuchdir. G‟oya va mafkuraning hayotiyligi odamlarning, Millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzu-intilishlarini qay darajada aks Ettirishiga, ularning turmush tarzi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bo‟lishi Bilan belgilanadi. Jamiyat hayotida odamlarning ezgu maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, ularga ma‟naviy-ruhiy quvvat beradigan mafkurani ko‟pchilik qabul Qiladi va qo‟llab-quvvatlaydi. Shunday holatda mafkura kuchli ruhiy qudratga ega Bo‟ladi. Mafkura barcha davrlarda jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar Tomon birlashtirib, jamiyat ahli o‟rtasida sog‟lom munosabatlarni shakllantiradi. Jamiyat hayotida g‟oya va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat Oldida muhim vazifalarni amalga oshirishda yordam beradigan, turli sohada Faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar Etadigan muhim omildir. Xalqimiz boy tarixiy merosga, moddiy va ma‟naviy qadriyatlarga ega bo‟lib, Xalqimizning boy tarixiy moddiy va ma‟naviy merosi milliy g‟oya va mafkura Tayanadigan manbadir. Agar tarixiy ma‟naviy merosimizda ilgari surilgan fikr va G‟oyalarga e‟tiborimizni qaratsak, Sharq Uyg‟onish davri, Markaziy Osiyolik Mutafakkirlarning asarlarida insonlar ma‟rifatga, ilm olishga, yuksak axloqodobga, oliyjanob fazilatlar egasi bo‟lishga, yaxshilikka da‟vat etilgan. Tarixiy Ma‟naviy merosdan foydalanish yoshlarimizning fikrini o‟stirishga, ongining Shakllanishiga, dunyoqarashining kengayishiga yordam beradi. Mustaqillik yillarida o‟tmishda toptalgan, qoralangan tarixiy moddiy va Ma‟naviy merosimizga munosabat tubdan ijobiy tomonga o‟zgardi hamda ulardan Xalqimizning ma‟naviy va ma‟rifiy yuksalishi uchun foydalanish imkoniyatlari Ham kengaydi. Bugungi kunda Respublikamizda bu yo‟nalishda keng ko‟lamli Targ‟ibot-tashviqot tadbirlari olib borilmoqda. O‟zbekiston sayohatchilikni rivojlantirish uchun ham katta imkoniyatlarga Ega bo‟lib, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qo‟qon, Qarshi kabi tarixiy Obida shaharlar butun dunyoga mashhurdir. Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga Yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri – bu turizmdir, – deydi O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, – O‟zbekiston turizm Sohasida ulkan salohiyatga ega bo‟lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7 ming 300 Dan ortiq madaniy meros ob‟yektlari mavjud va ularning aksariyati YUNESKO Ro‟yxatiga kiritilgan. … Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas Qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilishdan iborat bo‟lgan “kichik haj” dasturini rivojlantirish va jadallashtirish zarur. Ichki turizm sohasidagi katta imkoniyatlarni Ham to‟liq ishga solish lozim1. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Al – Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‟bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko‟plab ajdodlarimiz milliy Madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo‟shdilar, xalqimizning milliy Iftixori bo‟lib qoldilar. Ularning jahon sivilizasiyasi taraqqiyotiga qo‟shgan ulkan Hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma‟lum. Tarixiy tajriba, an‟analarning Meros bo‟lib o‟tishi – yosh avlodni tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanmog‟i Lozim. Bizning madaniyatimiz butun insoniyatni o‟ziga rom etib kelayotgan Markaz bo‟lib qolganligi tasodifiy emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar Va san‟at ixlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan Shug‟ullanuvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan. Bularning har biri milliy g‟oyamizning moddiy va ma‟naviy negizlari Hisoblanadi. Milliy g‟oya aynan ana shulardan ozuqa oladi va shakllanib, rivojlanib Boradi. Qaysi jamiyat o‟z yo‟lini to‟g‟ri tanlab olib, buyuk maqsadlarni ko‟zlab Taraqqiy etishni xohlasa u albatta milliy g‟oya va milliy mafkuraga tayanadi. Milliy g‟oya umummanfaat yo‟lida xizmat qilsa, u taraqqiyotga kuchli ta‟sir Ko‟rsatadi va ijtimoiy taraqqiyotda umummaqsad sifatida namoyon bo‟ladi. Milliy G‟oya ijtimoiy taraqqiyotga kuchli ta‟sir ko‟rsatadi, jamiyat hayoti turli Sohalarining asosiy yo‟nalishlarini belgilaydi, ijtimoiy hayotning rivojlanib Borishida odamlarning maqsad va manfaatlarini birlashtiradi, uyushtiradi, ma‟lum Bir maqsadga yo‟naltiradi va harakat dasturi bo‟ladi. Inson, millat va jamiyat Hayotida g‟oya va mafkuraga, eng avvalo, milliy g‟oyaga bo‟lgan talab va Ehtiyojlar doimo ortib boradi. Download 19.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling