Reja: Kirish Xayriya Diniy e`tiqod


Download 45.73 Kb.
bet1/3
Sana05.05.2023
Hajmi45.73 Kb.
#1431164
  1   2   3
Bog'liq
Reja


Reja:

Kirish
1. Xayriya
2. Diniy e`tiqod
3. O’zbekistondagi xayriya tashkilotlari va jamg’armalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xayriya
Ijtimoiy tadbirlar tizimi to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beruvchi dastlabki yozma manba muqaddas kitob-Avesto hisoblanadi. Unda zardushtiylik dinini tan olgan davlatlar tuzumi va ijtimoiy siyosati to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud. Xayriya manzilli yordam usuli sifatida oddiy fuqarolar uchun muhim an'anaviy xulq-atvor qoidasi bo‘lgan, din vakillari va hukmron tashkilotlar zimmasiga ijtimoiy xizmat vazifalari- qo‘llab-quvvatlash, yordam ko‘rsatish, xayriya tadbirlarini amalga oshirish yuklangan. Hukmdorlar, boy fuqarolar, ibodatxonalar xayriya tadbirlari uyushtirib, muhtoj va yetimlarga xayr-ehson tarqatganlar. Jamoalarda muhtoj oilalarga umumiy jamoa jamg‘armasi hisobidan moddiy yordam ko‘rsatilgan.
O‘rta Osiyo xalqlari tarixida Musulmonlik davri ruhoniylarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini davom ettirdi va kengaytirdi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va yordam ko‘rsatish vazifalari masjidlar, shuningdek diniy-jamoat hamjamiyatlari zimmasiga yuklangan.
Ijtimoiy yordam turlari alohida va jamoa shakliga ega bo‘lgan. Yordamning keng tarqalgan alohida shakli har bir musulmon tomonidan islomning asosiy qonunlarini bajarish-muhtojlarga xayr-ehson va moddiy yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Jamoatchilik yordamining jamoa shakllari orasida keng tarqalgani – xashar-jamoa yordami, qurbonlik-xudoyi, tibbiy yordam, maxsus bepul shifoxonalar tashkil etish hisoblangan.
Ta'kidlash joizki, o‘zaro yordamga intilish insonga xos xususiyatdir. Dunyodagi yetakchi dinlar asosida insonning diniy burchi, muhtojlarga insonparvarlik xizmati tizimi sifatida namoyon bo‘lgan ijtimoiy yordam va xayriya markaziy o‘rinni egallagan.
Tavrotda (talmudda) xayr-ehson “idaka” so‘zi bilan ifodalanadi, ya’ni “adolatlilik” yoki “e’tiqodlilik”. Kambag‘al olishga haqlidir, o‘ziga to‘q esa, berishga majburdir.
Mehr-muruvvat ko‘rsatishdan boy-badavlat ham, kambag‘allar ham ozod etilmaydi. “Sadaqa hisobiga kun ko‘ruvchi ham sadaqa ulashishi lozimdir”.
Xayr-ehsondan foydalanishda ayollar ustunlikka ega bo‘lgan. Kambag‘al qarindoshga begona kambag‘aldan oldinroq yordam ko‘rsatish kerak. O‘z shahrining kambag‘allari boshqa shaharlik kambag‘allar oldida ustundir. Mol- mulkning 1/10 qismini ehson qilish xayrli ish hisoblangan, 1/20 va undan kam miqdordagi ehson—hasislikdir. qolaversa, ehson uchun 1/5 qismidan yuqorisini sarflash rad etilgan (o‘zi qashshoqlashib, sadaqaga muhtoj bo‘lib qolmasligi uchun).
Mehr-muruvvat, insoniylik g‘oyalari va xayr-ehson amaliyoti qadimiy yahudiylarga yaxshi tanish bo‘lgan va bular o‘z aksini muqaddas kitob (Vethiy Zavet)da topgan. Ushbu kitob diniy va madaniy tarixiy yodgorlik hisoblanadi. Ularda ham axloqiy me’yorlar mavjud bo‘lgan.
Xayr-ehson, hattoki, dushmanga nisbatan ham maqullanadi. “Dushmanning adashgan hayvonini topib olsang, uni dushmaningga olib borib ber”.
Yahudiylik davomchilari maxsus ehsonlik kassalari tuzishgan. Kambag’allar ularda ro‘yxatda turishgan. Kassalar asirlarni qaytarib olish va kambag‘al kelinlarni sep bilan ta’minlash vazifalarini ham bajargan. Kambag‘allar uchun maxsus tamaddixonalar ham barpo etilgan.
Yahudiylikda ijtimoiy yordamning quyidagi yo‘nalishlari muhim o‘rin egalladi:
— xayr-ehson kassasi orqali pul berish;
— oziq-ovqat mahsulotlari bilan yordam ko‘rsatish;
— kiyim-kechak berish;
— dafn marosimlari haqida g‘amxo‘rlik qilish.
Xayriya mablag‘larining manbalari:
jamiyat a’zolariga solinadigan soliqlar;
— ehsonlar;
— me’roslar;
— vasiyatnomalar;
— jarimalar;
— umumiy mulkdan foydalanishdan tushgan ijara to‘lovlari.
Qur’onda shuningdek, qullarga g‘amxo‘rlik haqida ham aytilgan. “O‘z qulini urgan inson—eng yomon insondir, qulni ozod etgan esa, Alloh oldida gunohini yuvgan hisoblanadi”, — deb payg‘ambar e’lon qilgan.
Muhammad payg‘ambar qashshoqlikni oldini olish bo‘yicha ham g‘amxo‘rlik qilgan, deb hisoblanadi. U “muhtojni ishlashga o‘rgatish kerak, zeroki u yashashga mablag‘ ishlab topsin va o‘zini sadaqa bilan boqishdan ozod etsin” deydi. Sadaqa so‘rash—gunohdir (faqatgina olov bilan yuviladigan gunoh).
Islom majburiy sadaqadan (zakotdan) tashqari, undan yuqorisini ehson qilishni zikr etadi. qarzlardan kechish: qullarni ozod qilish, bemorlar va o‘lganlarni ziyorat etish; vafot etganlarni dafn marosimlariga ko‘maklashish; mehmondo‘stlik ko‘rsatish va mehmonlarni himoyasini ta’minlash; musofirga yo‘l ko‘rsatish. Bular ruhiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda bajariladi, o‘z manfaatini ko‘zlamasdan, beminnat xayr-ehson sifatida.
Sadaqa, unga imkoniyati mavjud inson tomonidan tarqatilib, 3 turga bo‘linadi:
a) bir marotabalik xayriya harakati;
b) gunohlarini yuvishga oid ehson, ya’ni jarima (kaffora) — bironta islomiy ko‘rsatmani buzish (masalan, ro‘za tutish qoidalarini). Ushbu ehson xayriya maqsadlariga qaratiladi;
v) mulkdorlarning foydaning bir qismini muhtojlarga ajratishi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2015 yil 28-dekabr kuni “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmon va “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. O‘zbekistonda 2010−2015-yillar mobaynida keksalar va pensionerlar uchun mo‘ljallangan 12 ta Saxovat va Muruvvat internat uylari moddiy-texnika bazalari, 14,6 ming yolg‘iz keksalar, pensioner, nogironlarning turar joy sharoitlari yaxshilandi, 5,4 ming odam reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi, 6,4 ming nogiron va pensioner sanatoriyalarda sog‘liqlarini tiklashdi. Ko‘rsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning umumiy hajmi 132,2 milliard so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, o‘tkazilgan o‘rganish ishlari “Nuroniy” jamg‘armasi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, uning manzilliligini ta’minlash, keksa yoshdagilar, imkoniyati cheklangan odamlar va yolg‘iz keksalarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini ko‘tarishni, shuningdek joylarda tuman va shaharlar aholisining zamonaviy diagnostika va davolanish uslublaridan foydalanish imkonlarini ta’minlaydigan tubdan yangi yondashuvlar ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi.
Keksalarni qo‘llab-quvvatlash davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash, ularning faolligini oshirish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasida katta avlod vakillarining rolini oshirish uchun qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va qarorida quyidagilar ko‘zda tutilgan:

  • oqsoqollar, keksalar va faxriylarni yoshlarni xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga, Vatanga muhabbat, keksalarni e’zozlash ruhida tarbiyalashga qaratilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish;

  • joylarda keksalar turmush sifatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, mamlakat ijtimoiy- siyosiy hayotidagi ishtirokini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga ko‘mak berish;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda oilalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, yoshi keksa faollarni bolasi bor muammoli oilalarga biriktirish, shuningdek yolg‘iz va muhtoj keksalarga ijtimoiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish.



Download 45.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling