Reja: Kirish Xayriya Diniy e`tiqod


O’zbekistondagi xayriya tashkilotlari va jamg’armalari


Download 45.73 Kb.
bet3/3
Sana05.05.2023
Hajmi45.73 Kb.
#1431164
1   2   3
Bog'liq
Reja

3. O’zbekistondagi xayriya tashkilotlari va jamg’armalari
O’zbekistonda bir qator xayriya jamg’armalari mavjud bo’lib, ular:
Yurak amri “ xayriya loyihasi hisoblanadi. Xayriya yo'nalishi: Ijtimoiy yordamga muhtoj bo'lgan oilalarga xayriya qilish.
Vaqf “ xayriya jamoat fondi. Xayriya yo'nalishi: Ijtimoiy va tibbiy yordamga muhtoj bo'lgan oilalarga xayriya qilish, diniy ehsonlar va moliyaviy ibodatlar amalga oshirish.
7- Qadam “ xayriya fondi. Xayriya yo'nalishi: Bemor bolalarning davolanishi uchun xayriya.
Mehrli qo’llar Markazi” Xayriya yo'nalishi: Imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlar bilan ishlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, rag‘batlantirish va ularga o‘zlarini ijodda, sportda, intellektual jihatdan har tomonlama namoyon qilish va rivojlantirishga ko'maklashish.
Ezgu amal “ Xayriya yo'nalishi: Saraton kasalligi va tibbiy yordamga muhtoj bo'lgan og'ir kasal bolalarga yordam qilish, korporativ xayriya ishlarini rivojlantirish, biznes va nodavlat notijorat tashkilotlari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xususiy xayriya va ko'ngillilarni rivojlantirish, noyob ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Mamlakatimiz 2018-yilda 53-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 29-o‘ringa ko‘tarildi. Ushbu reyting CAF xayriya fondi tomonidan 114 davlat miqyosida tuzilgan. Mutaxassislarning fikricha, aholining xayriya ishlariga bunday qiziqishi fuqarolik jamiyati faolligi va ko‘ngillilar harakati tufayli namoyon bo‘lmoqda.
Mamlakat bo‘ylab o‘nlab, yuzlab xayriya jamg‘armalari va tashkilotlari turli sohalarda faoliyat olib bormoqda, biroq ularning aksariyati poytaxtda joylashgan. Lekin, viloyat poytaxtdan qanchalik uzoq bo‘lsa, u yerda ijtimoiy loyiha va tashabbuslar shunchalik kam tashkil etiladi. Boshqa tomondan, har bir mintaqa birdek e’tibor va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj.
Bunday tashabbuslar fuqarolarni birlashtiradi. Bundan tashqari, brendlar bilan hamkorlik qilish orqali odamlar muayyan xayriya tashkilotlariga ishonchi ortadi. Brendlarning o‘zi ularni tekshirish bilan shug‘ullanadi. Shunday qilib, fuqarolarning kompaniyalar bilan samarali hamkorligi ta’minlanadi, bu esa hammaga birdek foydali bo‘lishi va har tomonlama yordam berishi aniq.
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “Mehr” xayriya fondini tashkil etish to‘g‘risida petitsiya paydo bo‘ldi.
“Hammamiz yaxshi bilamizki, dunyoda eng bebaho ne'matlardan biri bu inson sog‘lig‘i hisoblanadi. Atrofimizda ayrim sabablarga ko‘ra o‘z sog‘lig‘ini yo‘qotib, yordamga muhtoj bo‘lgan, ammo moddiy ahvoli sababli davolanmayotgan bolalar, yoshlar va qariyalar yetarlicha topiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda moddiy yordam so‘rab murojaat qiluvchilarni deyarli har kuni uchratamiz. Mana shunday insonlarga o‘z sog‘liqlarini tiklashda dori-darmon, muolaja va davolanish xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshirishda ko‘mak beruvchi “Mehr” xayriya fondini tashkil qilish taklifini kiritmoqchiman”, - deyiladi murojaatda.
“Hammamiz ham bunday odamlarga hamma vaqt yordam berishni xohlaymiz, lekin buning uchun bizda ham imkoniyat bo‘lmasligi mumkin, ammo kichikroq summadagi pulni o‘tkaza olamiz (aytaylik 5 ming, 10 ming so‘m). Taklifim, “Vaqf” xayriya jamoat fondi kabi bu fond ham fuqarolardan onlayn tarzda ixtiyoriy berilgan mablag‘larni qabul qila olishi kerak. Qulaylik uchun pulni elektron to‘lov xizmatlari - mobil ilovalar orqali fondning ochiq hisob raqamiga istalgan vaqtda o‘tkazish imkoniyati yaratilishi maqsadga muvofiq bo‘lardi”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Shuningdek, Fond mablag‘larining to‘g‘ri va maqsadli sarflanishi ustidan nazorat qiluvchi jamoatchilik kengashi tuzilishi va uning asosiy vazifasi yordamga ehtiyoji bor shaxslarni aniqlash bo‘lishi kerak. 
Qayd etilishicha, “Mehr” xayriya fondini tuzish orqali ko‘plab xonadonlarga quvonch olib kirish mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, №PQ-3135, 14 iyul 2017 yil
O‘zbekistonda “Islohot – islohot uchun emas, inson manfaatlari uchun” tamoyili e’lon qilingan va amaliyotga joriy etilmoqda. Shu maqsadda fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, jamiyatning himoyaga muhtoj qatlamlarini, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha izchil va manzilli davlat siyosatini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda. Sog‘liqni saqlash va fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishning yangi tizimini shakllantirish, nogironlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish va ularni reabilitatsiya qilish darajasini oshirishga, jamiyatning yetarlicha himoya qilinmagan va ehtiyojmand qatlamlarini davlat tomonidan maqsadli qo‘llab-quvvatlash, ularga ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish va taqdim etilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga yo‘naltirilgan kompleks ishlar amalga oshirilmoqda.


Davlat ijtimoiy dasturlarining amalga oshirilishi natijasida o‘tgan davrda aholi salomatligi sezilarli darajada mustahkamlandi, onalar o‘limi – 3,2, bolalar o‘limi – 3,4 barobar kamaydi, o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 66 yoshdan 74 yoshgacha, ayollar o‘rtasida esa 76 yoshgacha uzaydi.

Mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlat muassasalari bilan birgalikda “Mahalla”, “Nuroniy”, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armalari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa ko‘plab nodavlat notijorat tashkilotlari ijtimoiy sheriklik mexanizmlari asosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.



Ular jamiyat va davlatning barqaror, izchil rivojlanishi, aholi farovonligini oshirish hamda hayot sifatini yaxshilash, oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining himoyaga muhtoj qatlamlarining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, fuqarolar, jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashmoqda.
Download 45.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling