Inson o‟zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani


Anushteginiylar, xorazmshohlar (1097-1231)


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana15.07.2017
Hajmi1.82 Mb.
#11241
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

Anushteginiylar, xorazmshohlar (1097-1231) 

• Qutbiddin Muhammad (1097-1128) 

• Otsiz (1128-1156) 

• El Arslon     (1156-1172) 

• Sultonshoh Mahmud (1172) 

• Takash (1172-1200) 

• Muhammad (1200-1220) 

• Jaloliddin (1220-1231) 

Temuriylar (1370-1500) 

• Amir Temur (1370-1405) 

• Xalil Sulton (1405-09) 

• Ulug‗bek (1409-49) 

• Abdullatif (1449-50) 

• Abdullo Mirzo (1450-51) 

• Abu Said ibn Sulton Muhammad  (1451-69) 

• Sulton Ahmad Mirzo (1469-94) 

• Sulton Mahmud Mirzo (1494-98) 

• Sulton Ali Mirzo (1498-1500)  

 

 

Shayboniylar (1500-1601) 

• Shayboniyxon (1500-1510) 

• Ko‗chkunchixon (1510-1530) 

• Abu Saidxon (1530-1533) 

• Ubaydullaxon(1533-1539) 

• Abdullaxon I (1539-1540) 

• Abdulazizxon; Buxoroda (1540-1550) 

Abdulatif; Samarqandda (1540-1551) 

• Navro‗z Ahmadxon - Baroqxon (1551-1556) 

• Pirmuhammadxon (1556-1583) 

• Abdullaxon II (1583-1598) 

• Abdulmo‗minxon (1598-1599) 

• Pirmuhammadxon II (1599-1601) 

 

 



Ashtarxoniylar (1601-1756) 

• Boqimuhammadxon (1601-1605) 

• Valimuhammadxon (1605-1611) 

• Imomqulixon (1611-1642) 

• Nadrmuhammadxon (1642-1645) 

• Abdulazizxon (1645-1681) 

• Subhonqulixon (1681-1702) 

• Ubaydullaxon II (1702-1711) 

• Abulfayzxon (1711-1747) 

• Abdulmo‘minxon (1747-1751) 

• Ubaydulloxon III (1751-1754) 

• Sherg‘ozi (1754-1756)   

 

 

Buxoro amirligi (mang„itlar sulolasi) (1756-

1920) 

• Muhammad  Rahim (1756-1758) 

• Doniyolbiy otaliq (1758-1785) 

• Shohmurod (1785-1800) 

• Haydar (1800-1826) 

• Nasrulloxon (1826-1860) 

• Muzaffar (1860-1885) 

• Abdulahad (1885-1910) 

• Olimxon (1910-1920) 

Xiva xonligida shayboniylari sulolasi (1511-

1570) 


 

62 


• Elbarsxon (1511-1516)  

• Sulton Hojixon (1516) 

• Husaynqulixon (1516) 

• So‗fiyonxon (1516-1522) 

• Bujaqaxon (1522-1526) 

• Avaneshxon (1526-1538) 

• Alixon (1538-1547) 

• Aqatoyxon (1547-1556) 

• Yunusxon (1556-1557) 

• Do‗stxon (1557-1558) 

• Hoji Muhammadxon (1559-1602) 

• Arab Muhammadxon (1602-1621) 

• Habash sulton va Elbars sulton (1621-1623) 

• Asfandiyorxon (1623-1643) 

• Abulg‗ozixon (1644-1663) 

• Anushaxon (1663-1687) 

• Xudoydodxon (1687-1688) 

• O‗zbekxon-Arnakxon (1688-1690) 

• Jo‗ji Sulton (1694-1697) 

• Valixon (1697-1699) 

• Shohniyozxon (1699-1690) 

• Shohbaxtxon (1702-1703)  

• Sayid Alixon (1703-1705) 

• Musaxon (1705-1706) 

• Yodgorxon (1706-1713) 

• Sherg‗ozixon (1714-1728) 

• Elbarsxon (1728-1739) 

• Tohirxon (1739-1740) 

• Abulxayrxon (7-8 kun) 

• Nuralixon (1740-1742) 

• Abulg‗ozixon II (1742-1746) 

• G‗oyibxon (1746-56) 

• Qoraboyxon (1756-1757) 

• Temurg‗ozixon (1757-1764) 

• Xudoydodxon (1764-1765) 

• Shohg‗ozixon (1766-1767) 

• Abulg‗ozixon III (6 oy) 

• Nuralixon (1768) 

• Jahongirxon (bir yil) 

• Bulakayxon (1770) 

 

 

 



 

 

 



Xiva xonligida qo„ng„irotlari sulolasi (1770-

1920) 

• Muhammad Amin inoq (1770-1790) 

• Avaz Muhammad inoq (1790-1804) 

• Eltuzarxon (1804-06) 

• Muhammad Rahimxon (1806-1825) 

• Olloqulixon (1825-1842) 

• Rahimqulixon (1842-1845) 

• Muhammad Aminxon (1845-1855) 

• Abdullaxon (1855-1856) 

• Qutlug‘murodxon (1856) 

• Said Muhammadxon (1856-1864) 

• Muhammad Rahimxon II (1864-1910) 

• Asfandiyorxon (1910-1918) 

• Said Abdullaxon (1918-1920) 

 

Qo„qon xonligida minglar sulolasi (1709-

1863) 

• Shohruxbiy (1709-1721) 

• Abdurahimbiy (1721-1733) 

• Abdulkarimbiy (1733-1750) 

• Abdurahmonbiy (1750) 

• Erdona (1751-1752; 1753-1762) 

• Bobobek (1752-1753) 

• Sulaymon (1762-1763) 

• Norbo‘ta (1763-1798) 

• Olimxon (1798-1810) 

• Umarxon (1810-1822) 

• Muhammad Alixon (1822-1842) 

• Sheralixon (1842-1844) 

• Murodxon (1844) 

• Xudoyorxon (1845-1858; 1862-1863; 1865-

1875) 


• Mallaxon (1858-1862) 

• Sulton Sa‘idxon (1863) 

 

Turkiston general-gubernatorligi (1867-1917) 

• K. P. fon Kaufman (1867-1881) 

• G. A. Kolpakovskiy (1881-1882) 

• M. G. Chernyayev (1882-1884) 

• N. O. Rozenbax (1884-1888) 

• A. B. Vrevskiy (1889-1898) 

• S. M. Duxovskoy  (1898-1901) 

• N. A. Ivanov (1901-1904) 

• P. N. Tevyashov (1904-1905) 

• D. I. Subbotich (1905-1906) 

• N. I. Grodekov (1906-1908) 

• P. I. Mishchenko (1908-1909) 

• A. B. Samsonov (1909-1913) 

• Flug (1913-1915) 

• Martson (1915-1916) 

• A. N. Kuropatkin (1916-1917) 

 

BXSR (Buxoro Xalq Sovet Respublikasi) 

(1920-1924) 


 

63 


• A.Muhitdinov (1920.09 - 1921.09) - 

Umumbuxoro inqilobiy qo‗mitasi raisi. 

• F. Xo‗jayev (1920.09 - 1924.10) - BXSR xalq 

nozirlar raisi. 

• U. Po‗latxo‗jayev (1921.09 - 1922.08) - BXSR 

MIK raisi. 

• P. Xo‗jayev (1922.08-1924.11)- BXSR MIK 

raisi. 


• M. Aminov - BXSR MIK raisi. 

 

XXSR (Xorazm Xalq Sovet Respublikasi) 



(1920-1924) 

• M. Sultonmurodov (1920.02 - 1920.03) - 

Xorazm inqilobiy qo‗mitasining raisi. 

• P. Yusupov (1920.27.04 - 1921.06.03) - XXSR 

xalq nozirlar raisi. 

• J. Qo‗chqorov (1921.03 - 1921.05) - Xorazm 

inqilobiy qo‗mitasining raisi. 

• M. Olloberganov (1921.05 - 1921.09) - XXSR 

MIK raisi. 

• O. Muhammadrahimov (1921.09 - 1921.11) - 

XXSR MIK raisi. 

 

Rossiya Muvaqqat hukumati tarkibida 



Turkiston 

• N. N. Shchepkin (1916. 07.04 - 1917. 01.11) - 

Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston 

komitetining raisi. 

 

Sovet Rossiyasi tarkibida Turkiston (1917-

1918) 

• F. I. Kolesov (1917-1918) - Turkiston HKS 

raisi. 

 

 



 

 

TASSR (Turkiston Avtonom Sovet 

Sotsialistik Respublikasi)  

(1918-1924) 

Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Komiteti 

(MIK) raislari 

• P.A.Kobozev (1918-1919) - Turkiston MIK 

raisi. 


• F. Solkin (1918. 30.04. ) - Turkiston MIK 

hamraisi. 

• Votinsev (1918-1919.19.01) - Turkiston MIK 

raisi. 


• Kozakov (1919.28.01 - 1920) - Turkiston MIK 

raisi. 


• N. To‗raqulov (1919) - Turkiston MIK 

hamraisi. 

• T. Risqulov (1920.01 - 1920.07) - Turkiston 

MIK raisi. 

• Rahimboyev (1920-1922) - Turkiston MIK 

raisi. 


• Xidiraliyev (1922-1924) - Turkiston MIK raisi. 

 

O„zSSR (O„zbekiston Sovet Sotsialistik 



Respublikasi)  

(1925-1991) 

O‗zbekiston Kompartiyasi MKning 1-kotiblari:  

• V. Ivanov     (1925-1927) 

• N. Gikalo (1929) 

• A. Ikromov (1929-1937) 

• U. Yusupov (1937-1950) 

• A.Niyozov (1950-1955) 

• N. Muhitdinov (1955-1957) 

• S. Kamolov (1957-1959) 

• Sh. Rashidov (1959-1983) 

• I.Usmonxo‗jayev (1983-1988) 

• R. Nishonov (1988-1989) 

• I. Karimov (1989-1991) 

 

O„zbekiston Respublikasi  

(1991-yil 1-sentabr). 

O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti: 

• Islom Abdug‗aniyevich Karimov 

 

 

 



"O'zbekiston hukmdorlari" kitobidan olindi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

64 


 

 

 



 

Abbosiylar  —  Muhammad  (s.a.v.)  avlodidan  chiqqan,  750–1258-yillarda  Arab  xalifaligini 

boshqargan sulola. 



Avesto – zardushtiylikning diniy, muqaddas kitobi. 

Avstralopitek – Janubiy Afrikadan topilgan eng qadimgi odam turi. 

Agema – makedoniyalik Iskandarning maxsus otliqlar qo‘shini. 

Agora – Qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig‘ilishi joyi, markaziy maydon. 

Agrar (yunoncha) – «agro» – yer degani. Agrar so‘zi er yoki dehqonchilik bilan bog‘liq masalalarda 

ishlatiladi. 



Azarxurra – otashparastlar topinadigan muqaddas olov, o‘t. 

Ayl – Amir Temur askariy qismlarining o‘n nafarlik bo‘linmasi. 

Aylboshi – o‘n nafarlik askariy bo‘linmaning kichik zobiti; askarboshi. 

Akademik (fransuzcha) – yuksak ilmiy unvon. 

Akademiya – oliy ilmiy tashkilot. 

Aqinak – xanjar turi. 

Altamir – Ispaniyadagi so‘nggi paleolitga oid qoya rasmlari topilgan g‘or. 

Amid ul-mulk — davlat hujjatlari va elchilik aloqalari vaziri. 

Amin ad-davla – moliya va ichki ishlar vaziri. 

Amir ul-umar – amirlar amiri, bosh sarkarda, lashkarboshi, sarkarda. 

Amiri shikor – xonlarning ovini tashkil etuvchi amaldor. 

Amlok  (arabcha)  –  1)  katta  yer  egaligi,  mulklar,  yer-suv,  kishi  tasarrufidagi  narsalar,  buyumlar. 

Musulmon  Sharqining  qator  mamlakatlarida  davlat  ixtiyoridagi  yer-suv  va  boshqa  boyliklar.  2)  davlat 

yerlari. 

Anahita (Nohid) – yer, suv, hosildorlik ilohasi. 

Angob – kulolchilikda ishlatiladigan rang. 

Ansorlar (arabcha, yordamchilar, safdoshlar) – Muhammad (s.a.v.) sahobalari bir tabaqasining nomi. 

(Ular  622-yilda  Makkadan  Madinaga  ko‘chib  borgan  musulmon  muhojirlarga  va  Rasulullohga  yordam 

berganlar). 

Antik – lotin tilida ―qadimgi‖. 

Antropologiya – odam suyaklari asosida ularning qiyofasi, jinsi, yoshi, irqini o‘rganuvchi fan. 

Ariz – qo‘shin ta‘minoti bilan shug‘ullanuvchi vazir. 

Apellyatstiya  –  (lotincha  –  shikoyat,  norozilik  bildirish)  –  sud  hukmidan  norozi  bo‘lgach,  uning 

ustidan shikoyat arizasi berilishining bir shakli. 

     Araks – yunon manbalarida Amudaryoning nomi. 

Ark  –  ichki  qal‘a,  podshohning  shahar  ichidagi  qo‘rg‘on-saroyi,  qarorgohi;  shaharning  hokim  qasri 

joylashgan qismi. 



Arkbegi – podsho qarorgohining boshqaruvchisi. 

Arkon – dindagi eng muhim vazifa. 

Aruz ilmi (arabcha) — she‘r ilmi, she‘r tizimi. 

Astron – lotincha ―yulduz‖. 

Atrabon – otashparastlik ibodatxonasining ruhoniysi, otashgoh xizmatchisi. 

Ahamoniylar – Eron davlatiga asos solgan sulola. 

Ahriman – zardushtiylik dinining zulmat, ochlik, urush, o‘lim, gunoh va qabihliklar tangrisi. 

Ahuramazda  –  zardushtiylik  dinining  bosh  tangrisi,  yorug‘lik,  farovonlik,  sihat-salomatlik,  tinchlik 

va barcha ezguliklar xudosi. 



Avtonomiya    (yunoncha  –  qonun)  –  biror-bir  hududning  qonun  bilan  chegara-langan  davlat 

hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi. 



ATAMALAR: O‟ZBEKISTON TARIXI 

 

65 


Badaviy  (arabcha)  –  dashtlik,  cho‘l  odami,  ko‘chmanchi;  arab  ko‘chmanchi  chorvador  aholisiga 

nisbatan qo‘llanilgan. 



Bargustivon – jang va tantanalarda ot ustiga yopiladigan bezakli mato yoki sovut. 

Barzikor – qo‘shchi, ziroatkor, qishloqning mehnatkash aholisi. 

Barot – ijaraga olish. 

Batrak  –  qishloq  xo‘jaligi  ishchisi.  Xonavayron  bo‘lib,  xo‘jaligidan  mahrum  bo‘lgan  va  yeri  kam 

kichik xo‘jalik yurituvchi dehqon. 



Bakovulboshi –saroy dasturxonchilari boshlig‘I, hukmdorga taom tortishdan oldin uni avval o‘zi tatib 

ko‘ruvchi bosh oshpaz. 



Begar  –  rasman  12  kunlik  davlat  majburiyati,  unga  ko‘ra,  qishloqning  har  bir  xonadonidan  bir 

kishidan odamlarni to‘plashardi. Ular har yili turli qurilish ishlarida, kanal qazishda, yo‘llarni tuzatishda, 

xon saroylari qurilishida ishlar edilar. Begarning muddati 12 kun deb belgilangan bo‘lsa-da, aslida u bir 

oy, undan ko‘proqqa ham cho‘zilar edi. Begor – mehnatkash aholiga yuklatilgan saroy, jamoat binolari, 

mudofaa  va  sug‘orish  inshootlarini  hamda  yo‘l  qurilish  va  tuzatish  ishlarida  tekinga  ishlab  berish 

majburiyati. 



Bey, bek (turk) – Usmoniylar davlatida viloyat, tuman boshliqlarining nomi, unvoni.  

Biy sudlari – qabila urf-odatlariga tayanib ish ko‘radigan sud. 

Boj (arab) – chetdan keltiriladigan tovarlar qiymatidan olinadigan soliq turi. 

Boru – qal‘a devorining o‘q otadigan pana joyi. 

Bosqoq – mo‘g‘ullar hokimlik qilgan XIII-XIV asrlardagi mahalliy hokim. 

Botmon – og‘irlik o‘lchovi (XIV-XV asrlarda u 20 kg. ga teng bo‘lgan). 

Burg‟u – karnay. 

Burj – qal‘a devorining cho‘qqisi, minorasi. 

Buyuk  Ipak  yo‟li  –  Osiyoning  sharqiy  mamlakatlari  bilan  uning  markaziy  va  g‘arbiy  viloyatlarini, 

Osiyoning  janubiy  mamlakatlari  bilan  uning  shimolidagi  viloyatlarini  hamda  janubiy,  janubi-sharqiy 

hududlarini bog‘lab turuvchi ulkan savdo, iqtisodiy, siyosiy va madaniy karvon yo‘lidir. 

Budun – chorvador aholi; qora bo‘dun – qora xalq. 

Darra – charm va qayishdan to‘qilgan yo‘g‘on va og‘ir zarb beruvchi qurol. 

Dargoh – xonlikda oliy davlat idorasi. 

Dasturxonchi – xonning huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun masul amaldor. 

Daftardor – xonning shaxsiy daromadi hisob-kitobini olib boruvchi amaldor. 

Daha – qadimda shaharning o‘n mahallasini o‘z ichiga olgan ma‘muriy hududni anglatgan.  

Dahma – maqbara, mavzoley yer osti yoki yer usti sag‘anasi, qabr ustiga qo‘yilgan yodgorlik. 

Dashti  Qipchoq  –  Sirdaryoning  yuqori  oqimi  va  Tyanshanning  g‘arbiy  yonbag‘ridan  to  Dnepr 

daryosining quyi oqimigacha bo‘lgan hudud. 



Devon – davlat boshqaruvi idorasi, vazirlar mahkamasi. 

Delegat (lotincha – yuborgan) – Biror tashkilot, jamoa tomonidan vakolatli qilib saylab yoki tayinlab 

yuborilgan vakil. 



Devonbegi  —  1)  xonlikning  moliya-xazina  ishlarini  boshqargan.  Soliqlar  undirilishi  ustidan  nazorat 

olib borgan. U Ark etagida yashagan. 2) Davlatning moliya-xazina ishlarini boshqaruvchi amaldor. 



Devorzan – paxsakash; g‘ishtdan devor uruvchi. 

Degrez – cho‘yandan qozon quyuvchi. 

Demos – Afinaning oddiy aholisi. 

Dehqon (qishloq hokimi) – ilk o‘rta asrlarda mulkdor tabaqa. 

Diniy mutaassiblik – dinga ko‘r-ko‘rona amal qilish. 

Dinor  –  1)  bir  misqol  (4,8  gr.)  og‘irlikda  so‘qilgan  oltin  yoki  kumush  tanga.  2)  4,235  gr.  vazndagi 

oltin tanga. 



Diplomatiya – davlatning tashqi siyosat sohasidagi vazifalarini amalga oshirish borasidagi faoliyat. 

Dovul – katta nog‘ora. 

Dodxoh — fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi va hal etuvchi amaldor bo‘lgan.  

Domen  (fransuzcha)  –  feodalizm  davrida:  qirol,  gersog,  graf  va  baronlarning  qaram  dehqonlar 

mehnati bilan ishlanadigan yer-mulklari. 



Dorug‟a – shahar va tuman hokimi, mudofaa mutasaddisi, harbiy ma‘mur. 

Dor ush-shifo — shifoxona. 

 

66 


Doya – cho‘ri. 

Dubulg‟a – jangda kiyiladigan temir qalpoq, xud. 

Dukchi – (forscha –  yig, duk) – charxning  yigirilayotgan ip o‘ralib boriladigan qismi. Duk  yasovchi 

hunarmand – dukchi deyilgan.  



Duma  –  (ruscha  –  o’ylash,    fikrlamoq)  –  Rossiya  imperiyasining  qonun  chiqa-ruvchi  hokimiyati, 

shahar dumasi – shaharning o‘zini o‘zi boshqarish organi.  



Eloqxon – elning oq xoni, yurtning kichik hukmdori, viloyat hokimi, el-yurt hokimi. 

Ekspedistiya – (lotincha – yurish) – maxsus topshiriqqa binoan biror guruhning safari. 

Epos – xalq og‘zaki ijodida qahramonlik va qahramonlar haqidagi dostonlar majmui. 

Era (lotincha) – biror yil boshlangan vaqt. Iso tug‘ilishidan Milod boshlanadi. 

Erkin – qo‘shinning g‘arbiy qanot amiri. 

Etnik munosabatlar — aholining o‘zaro munosabatlari. 

Etnogenez – biror-bir xalqning tarkib topish jarayoni; kelib chiqish ildizi. 

Eshon – dindorlar orasida obro‘ qozongan diniy rahnamo unvoni. 

Falsafa – hayotdagi barcha narsa va hodisalarning aloqadorligini o‘rganuvchi fan.  

Farmondor – boshqaruvchi. 

Federastiya  (lotincha  –  ittifoq  bo’lib  mustahkamlash)    –  davlatlarning  o‘z  siyosiy  mustaqilligini 

muayyan doirada cheklash yo‘li bilan yagona ittifoqqa birlashuvi. 



Federal majlis – Rossiya parlamenti (626 deputatdan iborat). 

Feleton – (fransuzcha) – kundalik turmushda ro‘y beradigan salbiy hodisalarni tanqid qilib yozilgan 

gazeta yoki jurnal maqolasi. 



Fir‟avn – Misr hukmdorlari, ―o‘lug‘ xonodon‖ ma‘nosida. 

Forum – yig‘ilish joyi va bozor maydoni bo‘lib xizmat qilgan shahar markazi.  

Fulus – mayda mis chaqa puli. 

Futa – ip yoki ipakdan to‘qilgan sallabop mayin mato. 

Gabaza – Dehqonobod-Darband oralig‘ida joylashgan qadimgi viloyat (Qashqadaryo va Surxondaryo 

viloyatlari). 



Gimnaziya – ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan va ular bo‘yicha chuqur ta‘lim beradigan o‘quv 

muassasa. 



Handasa – geometriya. 

Harbiy taktika — jangda ko‘zlangan maqsadga erishish uchun aniq sharoitga mos ravishda jang olib 

borishning tanlangan shakli va usuli. 



Hasham – hukmdorga yaqin kishilar. 

Hijr (arabcha) – Muhammad payg‘ambar va musulmonlarning Makkadan Yasrib (Madinaga) ko‘chib 

borishlari hijrga, musulmon yilining boshi hisoblanadi. 



Hojib – harbiy boshliq. 

Hojibul-buzruk – bosh qo‘mondon. 

Hojibul-hujob – qo‘mondon. 

Holati razl – o‘lim to‘shagi, jon chiqar payti. 

Ieroglif – belgi-rasmlardan iborat qadimgi Misr yozuvi. 

Izofa – zaxira (rezerv) qism. 

Iqto, iqta (arabcha) –  yer bermoq, musulmon davlatlarida feodalga qilgan harbiy xizmatlari  evaziga 

vaqtincha foydalanish uchun berilgan yer maydoni. 



Ilmi aruz – poetika. 

Ilmi hay‟at – astronomiya. 

Inoq — vazifasi amir farmoyishlarini beklardan boshqa tabaqaga etkazishdan iborat bo‘lgan. 

Inoqlar (turkiycha – ishonch) – qabila boshliqlaridan iborat xonning maslahatchilari hamda xonning 

farmonlarini  o‘z  tobelariga  etkazuvchilar.  O‘rta  Osiyoda  XI-XVIII  asrlarda  hukm  surgan  sulolalar 

saltanatida ―maslahatchi‖, ―vazir‖ ma‘nosini anglatgan. 

Irqchilik – odamzod irqlari teng emas yoki irqning irqdan ustunligi haqidagi qarashlarga asoslangan 

nazariya.  ―Oq  irq‖  (evropaliklar)ning  ―qora,  sariq,  qizil‖  (negr,  hindi-xitoylar)  irqlardan  ustunligi,  ular 

ustidan hukmronligini (mustamlakachilikni) asoslash uchun xizmat qilgan qarashlar tizimi. 

Istil  (arabcha)  –  bo‘ysundirish.  Biron  davlat  tomonidan  boshqasining  yerlarini  bosib  olish, 

bo‘ysundirish tushuniladi. 



 

67 


Ixshid – ilk asr knyazi, viloyat hokimi, xon yoki amir avlodlari. 

Ispravnik – uezd politsiyasi boshlig‘i.  

Ish  tashlash  –  ishchilarning  ijtimoiy  kurash  usullaridan  biri.  Sohibkorni  iqtisodiy  yon  berishga, 

hukumatni biror-bir talabni qondirishga majbur qilish uchun qo‘llanilgan. 



Jadid – (arabcha) – «yangi» degan ma‘noni bildiradi. 

Jarib – 958 kv/m yer maydoni. 

Jez – mis bilan qo‘rg‘oshinni qo‘shib eritish natijasida hosil qilingan ma‘dan. 

Jeta – qaroqchi, qoloq. 

Jevachi – (jeva – qurol-aslaha) – qurol-aslahaxona boshlig‘i. 

Jiz‟ya – islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan soliq. 

Jihod (arabcha) – diniy urush, XIX asrda musulmonlarning mustamlakachilarga qarshi kurash shakli. 

Jogir – harbiy xizmat evaziga olinadigan yer. 

Jome masjid – juma kunlari jamoat namozi o‘qiladigan katta masjid. 

Joriya – cho‘ri. 

Juybon – suv taqsimlovchi mirob. 

Kavi – ―Avesto‖dagi mamlakat sardori. 

Kadivar – qishloqning dehqonlarga qaram bo‘lib qolgan ahli. 

Kalava – yigirilgan ip o‘rami. 

Kalavachi – ip yigiruvchi. 

Kalom – islom diniy ta‘limotini asoslab beruvchi diniy ilm.  

Kalon – XIII asrdagi yer solig‘i, hosilni 1/10 qismi hajmidagi soliq. 

Kasanachilik – qo‘l mehnatiga asoslangan hunarmandchilik. 

Kasta  (lotincha  –  port)  –  toza,  benuqson,  boshqa  toifa  bilan  aralashmagan  tabaqa.  Hindiston  va 

Sharqdagi  ba‘zi  mamlakatlarda  nasab  va  imtiyoz  huquqlari,  urf-odatlari  hamda  kasb-hunariga  qarab 

alohida tabaqalarga ajralgan ijtimoiy huquq. 

Katolik missionerlari – Katolik dinini boshqa xalqlar orasida yoyish maqsadida targ‘ibot ishlari bilan 

shug‘ullanuvchilar. 



Kashovarz – ziroatchi oddiy qo‘shchilar. 

Kazak – Rus davlatida o‘rta asrlarda krepostnoy dehqonlar orasidan chekka hududlarga qochib borib, 

erkinlikka chiqqan kishilardan tuzilgan qo‘shin. 



Kazarma – (italyancha – uycha, kulba) – harbiy qism joylashtirilgan maxsus bino. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling