Inson populyatsiyasining demografiyasi
I.2 Populyatsiya soni va zichligi
Download 29.58 Kb.
|
Inson populyatsiyasining demografiyasi1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Populyatsiya sonini aniqlash
I.2 Populyatsiya soni va zichligi
Aholi demografiyasini oʻrganish uchun, avvalo, bir necha asosiy oʻlchovlar bilan tanishib olamiz. Ulardan biri shunchaki populyatsiyadagi organizmlar miqdori yoki populyatsiya soni – NNN. Yana biri populyatsiya zichligi – hududdagi maʼlum bir oʻlchamdagi maydonga yoki hajmga toʻgʻri keladigan organizmlar sonidir.Son va zichlik populyatsiyaning hozirgi holatini tavsiflashda va, ehtimol, kelajakda qanday oʻzgarishi mumkinligini taxmin qilishda muhimdir: Katta populyatsiyalar kichik populyatsiyalarga qaraganda barqarorroq boʻlishi mumkin, chunki ular koʻproq genetik oʻzgaruvchanlikka ega va shu bois tabiiy tanlanish orqali atrof-muhit oʻzgarishiga moslanish uchun ularda koʻproq imkoniyat mavjud. Organizmlar siyrak tarqalgan hududda yashovchi populyatsiyaning aʼzosi koʻpayish uchun juft topishda organizmlar zichroq tarqalgan populyatsiya aʼzosiga nisbatan koʻproq qiynalishi Populyatsiya sonini aniqlash Populyatsiya sonini topish uchun undagi barcha organizmlarni shunchaki sanab chiqsak-chi? Zoʻr boʻlardi! Ammo real vaziyatlarda buning doim ham iloji yoʻq. Masalan, polizingizda oʻsayotgan har bir oʻtni bittalab sanab chiqqan boʻlarmidingiz? Yoki Ontario koʻlidagi har bitta losos baligʻini-chi?^11start superscript, 1, end superscript Populyatsiyadagi barcha organizmlarni sanab chiqish vaqt va pul jihatidan juda qimmatga tushishi yoki shunchaki ilojsiz ham boʻlishi mumkin. Shu sabablarga koʻra, olimlar koʻpincha populyatsiyadan bir yoki bir nechta namunalarni olishadi va ushbu namunalar orqali populyatsiya toʻgʻrisida umumiy xulosa chiqarib, populyatsiya sonini hisoblab chiqishadi. Populyatsiyaning soni va zichligini aniqlash uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Bu yerda biz ikkita eng muhim usulni koʻrib chiqamiz: kvadrat va belgilab qayta tutish usuli. Kvadrat usuliOʻsimliklar kabi harakatsiz organizmlar yoki juda mayda va sekin harakatlanadigan organizmlar uchun kvadrat deb nomlanuvchi romlardan populyatsiya soni va zichligini aniqlashda foydalanish mumkin. Biror bir hududdagi kvadrat maydon kvadrat rom orqali belgilanadi. Kvadrat usuli taxta va sim orqali joyni belgilab yoki yogʻoch, plastmassa yoki boʻlmasa quyidagi rasmda koʻrsatilganidek, yerga joylashtirilgan metall kvadrat yordamida amalga oshirilishi mumkin. Kvadrat romlar joylashtirilgandan soʻng, tadqiqotchilar chegaralangan joydagi organizmlar sonini hisoblashadi. Biror bir hududdagi bir nechta tasodifiy joylardan bir nechta kvadrat namunalari olinadi, bu esa qayd etilgan raqamlar shu hududdagi populyatsiyalar sonini aniq ifodalashga yordam beradi. Va nihoyat, shu maʼlumotlardan butun bir hududdagi populyatsiya soni va populyatsiya zichligini aniqlash uchun foydalanish mumkin. Download 29.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling