Inson psixik taraqqiyotida muloqotning ahamiyati


Download 224.87 Kb.
bet6/10
Sana20.01.2023
Hajmi224.87 Kb.
#1103191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
INSON PSIXIK TARAQQIYOTIDA MULOQOTNING AHAMIYATI

Ijtimoiy-psixologik bilimdonlik – bu shaxsning ijtimoiy-psixologik hodisalar hamda muomala qonuniyatlari, o’zgalarni bilish, to’g’ri idrok qilish, dilidagini anglash va shu asosda o’zaro hamkorlikni tashkil qilish borasidagi savodxonligidir.
“Amaliy ijtimoiy psixologiya” (1998) kitobining mualliflari ijtimoiy-psixologik bilimdonlikning 3 asosiy tarkibiy qismlarini ajratadi:
kommunikativ bilimdonlik;
perseptiv bilimdonlik;
interaktiv bilimdonlik.
Agar diqqat bilan bu tizimga qaralsa, u G.M.Andreyevaning uch tizimli muloqot to’g’risidagi nazariy qarashlaridan kelib chiqqanligiga guvoh bo’lishimiz mumkin (kommunikativ, perseptiv va interaktiv). (Andreyeva G.M. Sosialnaya psixologiya. M., 2000). Har qalay, bunday yondoshuv o’sha ko’pqirrali muloqot jarayonining asosiy sohalarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi.
Shaxsning, birinchi navbatda, rahbarning ijtimoiy-psixologik bilimdonligini aniqlash uchun turli metodlar ishlatiladi. Bular o’sha biz bilgan ko’plab muloqatga kirishuvchanlik sifatlarini aniqlash metodlaridir. Lekin ularning ko’pchiligi nazariy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq emas. Barcha metodik usullar ichida aynan shaxsning o’zgalar bilan tez va aniq ishchanlik va shaxsiy muloqotni o’rnata olishi, va tariqa boshqalarga ta’sir ko’rsata olish malakasini aniqlovchi KOS-1 metodi tadqiqotchilarda ko’proq ishonch uyg’otmoqda. Metodning qulayligi shundaki, u ko’p vaqtni olmagan holda (10-15 daqiqa) 40 ta savolga “ha” yoki “yo’q” deb javob berishni taqozo etadi.
Bevosita kommunikativ bilimdonlikni aniqlash uchun “Muloqotga kirishuvchanlik darajasi”, “Muloqot”, “Tinglashni bilasizmi?”, “Fikrni bayon eta olish” kabi qator metodikalar qo’llaniladi. Muloqot jarayonida odam o’zini qanchalik nazorat qila olishi M. Snayderning maxsus testi ishlatiladi.
Bu odamdagi shunday malakalarki, ular uni o’z sifatlarini diagnostika qila olish – o’z-o’zini diagonostika, o’z-o’zini tuzata olish (o’zini korreksiya), o’z-o’zini takomillashtira olish, o’ziga o’zi motivasiya bera olish, har qanday ma’lumotdan samarali foydalana olish, psixolingvistik bilimdonlikni nazarda tutadi.
Jamoadagi har bir konkret odamning ijtimoiy mavqyei asosan sosiometrik usulda o’rganib kelingan. Hozirgi vaqtga kelib, bu usulning yuzlab modifikasiyalari – shakllari mavjud. Lekin jamoadagi ma’naviy iqlimni, har bir jamoa a’zosining unda tutgan o’rni va mavqyeini aniqlashda sosiometriyaning qaysi shakli yoki ko’rinishidan foydalanmaylik, quyidagilarni albatta belgilab olish kerak bo’ladi: maqsad nima, savollar mazmuni, savollar uchun mezonni aniqlash, tanlovni ma’lum tarzda cheklash, so’rovni o’tkazish va natijalarni qayta ishlash. V.Grabal sosiometrik so’rovning o’ziga mos shaklini taklif etadi. Ma’lumki, sosiometriyaning an’anaviy shaklida shaxs mavqyei quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

V.Grabal bu yerga yana boshqa indekslarni ham qo’shadi: ta’sir, mashhurlik va yoqimtoylik.



Download 224.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling