Inson psixik taraqqiyotida muloqotning ahamiyati


Download 224.87 Kb.
bet3/10
Sana20.01.2023
Hajmi224.87 Kb.
#1103191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
INSON PSIXIK TARAQQIYOTIDA MULOQOTNING AHAMIYATI

Kurs ishning tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I.BOB. MULOQT SHAHS SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK TA’SIRI SIFATIDA.
I.1.Muloqotning psixologik xususiyatlari
Shaxslararo munosabatlar sohasi juda keng. U o’z ichiga insonning katta ijtimoiy guruhlardan ( millat, ishlab chiqarish jamoasi) tortib intim, ikki yoqlama
( ota-ona- bola, er-xotin o’rtasidagi) munosabatlarni ham oladi.
Hozirgi kunda psixologiyada shaxslararo munosabatlarni o’rganishning juda ko’p myetodikalardan mavjud. SHaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi myetodikalarni turli xil asos bo’yicha tasniflash mumkin:
ob’yektga qarab (guruhlar o’rtasidagi munosabatlar, guruh ichidagi jarayonlar, ikki yoqlama munosabatlar diagnostikasi);

  1. tadqiqot qo’yadigan vazifalar asosida (guruh jipsligini moslikni aniqlash);

  2. qo’llaniladigan myetodikalarning tuzilish xususiyatlariga qarab (so’rovnomalar, proyektiv myetodikalar, sotsiomyetrik) va boshqalar.

SHaxslararo munosabatlarni o’rganish myetodikalardan biri sotsiomyetriya myetodir. Birinchi bo’lib bu myetod amyerikalik psixolog Djon moryeno tomonidan taklif qilingan (1934). Bu myetodning mohiyati shundan iboratki, inson u yoki bu ko’rsatkich bo’yicha guruh a’zolarinitanlash lozim. Јilingan tanlashlar asosida kishining guruhdagi shaxslararo munosabatlar tuzimida tutgan o’rni haqida xulosa chiqarish mumkin.
Sotsiomyetriya myetodi yordamida guruh a’zolari o’rtasidagi simpatiya yoki antipatiyani aniqlash mumkin. Sotsiomyetriya myetodini opyerativ o’tkazish, uning natijalarini esa matyematik qayta ishlash va grafik ravishda ifodalash mumkin.
Sotsiomyetriyani tadqiqot myetodi sifatida tan olish bilan bir qatorda uning ba’zi kamchiliklarini ham ko’rsatib o’tish zarur. Asosiy kamchilik shundan iboratki sotsiomyetriya myetodi mavjud munosabatlar sabablarini aniqlash imkonini byermaydi. SHuning uchun ham sotsiomyetriya olingan ma’lumotlar boshqa myetodikalar natijalari bilan to’ldirilishi lozim.
Sotsiomyetriya myetodidan guruh, jamoa a’zolari o’zaro bir-birlarini yaxshi bilgan holatlardagina foydalanish mumkin. Ushbu myetod yordamida shaxsning ish yuzasidan bo’ladigan va shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o’rnini aniqlash, birlamchi guruhlar mavjud yoki mavjud emasligini topish birlamchi guruhlarning paydo bo’lishi va tarqab ketishi sabalarini aniqlash mumkin.
Sotsiomyetriya myetodi tyekshiriluvchilarning birga qilinadigan ishlar yoki guruh a’zolarining boshqa ishlarni birgalikda bajarishga xoxishlari haqidagi savollarga byeradigan javoblarini ko’zda tutadi. Byeriladigan savollar tanlash ko’rsatkichlari dyeyiladi. Kuchli va kuchsiz ko’rsatkichlar farqlanadi. Kuchsizlari chua barqaror munosabatlarni, kuchsizlari- byeqaror va yuzaki munosabatlarni aniqlashga imkon yaratadi: kuchli va kuchsiz ko’rsatkichlar mazmun jihatidan turli xil bo’lishi mumkin, lyekin ulardagi umumiy narsa-ya’ni shyerik tanlashdir.
Tanlashlar soni chyeksiz bo’lishi mumkin, biroq amaliyotning ko’rsatishicha, kishining guruhdagi holati va o’zaro munosabatlarini aniqlash uchun 3 ta kishini tanlash kifoya. Bunda tyekshiriluvchidan birinchi navbatda kimni tanlashi, agar birinchi bilan imkon bo’lmasa ikkinchi navbatda kimni tanlashi hamda ikkinchisini tanlash imkoni bo’lmasa, uchinchi navbatda kimni tanlashi haqida so’raladi.
Guruh, jamoadagi o’zaro munosabatlar grafik ravishda zanjir, uchburchak, yulduzcha shaklida ifodalanishi mumkin. Bunday ifodalash a’zosi unchalik ko’lmagan guruhlarda mumkin. Agar guruo’p sonli bo’lsa, aylana shaklidagi sxemadan foydalanish lozim. Buning uchun 4 ta aylana chiziladi. 1-yoki markaziy aylanaga eng ko’p tanlangan guruha’zosining shartli byelgisi qo’yiladi. Markazdan keyingi, ya’ni 2- aylanaga uch marta tanlangan kishining nomyeri yoziladi. Uchinchi aylana ichiga 1-2 ta tanlash olgan guruh a’zosi, 4-aylanaga tanlamagan guruh a’zosining shartli byelgisi hamda aylanadan tashqariga rad etilgan guruh a’zosining nomyeri qo’yiladi.
Bunda aylana ikki qismga ajratiladi va chap tomonga qizlar, o’ng tomonga o’g’il bolalarning shartli byelgilari joylashtirib chiqilali. Јizlar doira, o’g’il bolalar esa uchburchak bilan ifodalanadi. Aylana va uchburchaklar kim kimni tanlashiga qarab stryelkali chiziqlar bilan birlashtiriladi. Bu-sotsiogramma dyeb ataladi.
Agarda guruhda 20 dan ortiq a’zo bo’lsa, sotsiogramma tuzish qiyinroq. SHuning uchun bunday hollarda matritsadan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. matritsa quyidagicha tuziladi. To’rtburchak yoki kvadrat chizilib, guruh a’zolarrining soniga qarab katakchalarga bo’linadi. CHap tarafdan, yuqoridan pastga va yuqoridan o’ng tomonga guruh a’zolarining shartli byelgilari qo’yib chiqiladi. Guruh a’zolarining shartli byelgilari tyekshiriluvchilarning familiyasi yoki uning bali harfi, ularning tartib nomyeri ham o’lishi mumkin. Gorizantal chiziq bo’yicha qatorga tanlayotgan guruh a’zosi, vyertikaliga esa katakcha ichiga kimni tanlayotgani haqdagi ma’lumotlar yoziladi. Ijobiy tanlash «+» byelgisi bilan, o’zaro bir-birini tanlash esa «+» byelgisi bilan ifodalanadi.
Ma’lumki, kichik guruh yoki jamoalarda birlamchi guruh mavjud bo’lishi mumkin. Bu birlamchi guruhlar esa boshqa matritsada byelgilanadi. Buning uchun yuqorida ko’rsatilganidyek to’rtburchak yoki kvadrat chizilib, matritsaning chap burchagidan pastdagi o’ng burchagiga qaratib, diagonal chizig’i o’tkaziladi. Bu chiziq kvadratning shu diagonal chizig’ga to’g’ri kelgan kataklari ustidan o’tadi. 1-matritsadan o’zaro tanlanishga ega bo’lgan istagan bir kishi tanlab olinadi. Uning tartib nomyerini va familiyasini matritsaning 1-qatoriga o’tkaziladi. Xuddi ana shu nomyerni yuqoridagi 1-katakka qo’yiladi. So’ngra 1-matritsadan 1-qatorga yozilgan o’zaro tanlanishda bo’lgan shaxslarni tanlab olinadi. Uning tartib va familiyasi 2-qatorga yoziladi. Xuddi ana shu nomyerni yuqoridan 2-ustunga yoziladi. Matritsaning shunga muvofiq keladigan kataklariga + byelgisi yozib qo’yiladi. Matritsa 1-qatoridagi kishi bilan o’zaro tanlanishda bo’lgan guruhning navbatdagi a’zosini uning 1-matritsadagi nomyerinisaqlagan holda 3-qatorga yoziladi. SHu nomyerni 3-ustunning yuqori qismiga ham qo’yiladi. Tyegishli katakka plyus (+) byelgisi qo’yiladi. SHu tariqa 1-matritsadan tanlab olinadigan familiyalarni navbatdagi qatorga yoziladigan o’zaro tanlanishda bo’lgan birorta ham kishi qolmagunicha davom ettirish kerak. Boshqacha qilib aytganda, o’zaro tanlanishda bo’lgan kishilar doirasi yakunlanishi lozim. ¤zaro bir-birini tanlamagan kishilar matritsaning oxiriga yoziladi. Mikroguruh, ya’ni birlamchi guruh 2-5 kishidan iborat bo’lishi mumkin. SHunday qilib, sotsiomyetriya myetodi ob’yektiv va aniq ma’lumotlar, ya’ni shaxsning guruhdagi yoki jamoadagi haqiqiy holatini aks ettiruvchi ma’lumotlar maqsadlarda foydalanishi mumkin.



Download 224.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling