Inson qadri, yoshlar va qadrlash tamoyillari


Download 11.13 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi11.13 Kb.
#196215
Bog'liq
25 mavzu M.I.G


25 mavzu:

Komil inson g‘oyasining yurt tinchligi, vatan ravnaqi, jamiyat hayoti rivojlanishi, tarixiy xotira, xalqimizning ezgu orzu-umidlari, maqsad va intilishlari, boy merosi va qadriyatlari bilan uzviy bog‘liqligi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning o‘sib kelayotgan avlodni munosib tarbiyalash va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash - mamlakat yangi taraqqiyot bosqichidagi muhim vazifa ekanligiga oid qarashlari, yondashuvi va sa'yi-harakatlari.

3. Yoshlarni milliy qadriyatlar, sharqona odob-axloq asosida barkamol etib tarbiyalashda qadriyatlar tizimining ahamiyati.

Javoblar:

Inson qadri, yoshlar va qadrlash tamoyillari.

Yosh avlodga ta'lim-tarbiya, bilim berish, uni ijtimoiy hayot va faoliyatga tayyorlashning asosiy mezonlaridan biridir. Ta'lim-tarbiya orqali yoshlarning milliy qadriyatlar sirasiga kiruvchi axloqiy fazilatlari shakllanadi, jamiyatdagi g‘oyaviy, mafkuraviy jarayonlarga nisbatan munosabati o‘zgaradi va barkamol shaxs bo‘lib yetishishida imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Shaxsning ijtimoiy mavqeini aniqlashda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tizimini isloh qilish, ijtimoiy tartib va barqarorlikni qo‘llab - quvvatlash, ijtimoiy nazoratni amalga oshirishda ta'lim-tarbiya jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma'rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatlaridan hisoblanadi. Zero, «Odam bolasini qancha ilmi ziyod bo‘lsa, dunyo, tarix, jug‘rofiya ilmidan xabari bo‘lsa, shuncha yaxshidur. Bu ilm odamg‘a butun dunyoni va ko‘p nimarsalarni bildiradur. Dunyo odamlarini din va mazhabi, tiriklik va raftori, taraqqiy yo tanazzul sababi, yaxshi va yamonliklari, mamlakatlarni tinch va osoyish yo zulm va javrg‘a turgoni, xulosa, butun ahvoli dunyoni, podsholarni quvvati, davlati, odamlarini odati, yer yuzini ahvolini bildiraturgon ushbu ilmdur» .

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, hayotimizning ijtimoiy sohasida olib borilayotgan modernizasiya jarayonida jahonning ilg‘or tajribalaridan foydalanish ijobiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga olib keldi. Insoniyatning ulkan ma'rifiy va ma'naviy yutuqlarini o‘rganish asosida taraqqiyot uchun xizmat qiladigan ilg‘or va yangi uslublarni tahlil etish zarurati bugungi kun tadqiqotchi-olimlari oldiga ulkan vazifalarni qo‘ydi. Istiqlol yillaridagi o‘zgarishlar mamlakat fuqarolarida erkin fikrlashga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni uyg‘otib, milliy qadriyatlarga munosabat o‘zgardi.

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Sharq tarbiya maktabida kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatish axloqiy mezon hisoblanadi. Alohida qayd etish lozim-ki, har bir inson erkin va mustaqil fikrlay olsagina, demokratik jamiyat qurish, fuqarolik jamiyatiga xos fazilatlarga ega bo‘lishi oson kechadi. Insonning shaxs va mutaxassis sifatida shakllanishi ta'lim va tarbiyaning mutanosibligiga bog‘liq bo‘lib, bu jamiyat istiqbolida o‘z ifodasini topadi. Shunday ekan, ta'lim isloxotlarining asosiy vazifasi – milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga borib taqaladi. Chunki, yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an'analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiqdir.

Bugungi kunda millat, milliy davlat, milliy mustaqillik, milliy manfaat, milliy qadriyatlar kabi g`oyalarning hayotimizga kirib kelishi, bu tushunchalarning keng doirada muhokama qilinishi hurriyatning oqibatidandir. Hurriyat milliy mustaqillikning mohiyatini belgilaydi. hurriyatni saqlab qolish, hayotimizga joriy etish chora-tadbirlari, vositalari hamda nazariy tamoyillarini yaratish-milliy mustaqillikni mustahkamlash demakdir. Bu buyuk tadbirlarning ma'naviy asoslari ilm-fan, adabiyot, san'at, diyonat, vijdon, axloq va adolat, bir so`z bilan aytganda, ma'naviyat va ma'rifatdir.Shunga ko`ra, milliy mustaqillikning ma'naviy omillari axloqiy poklik, kishilarning bir-birlariga mehr-muhabbati, milliy hamjihatlik, vatandoshlik g`oyalariga asoslanmog`i kerak. Vatanimizning istiqbol yo`lini belgilab beruvchi olijanob maqsadga yetishishda ma'naviy merosimiz va milliy qadriyatlarimizning o`rni va ahamiyati kattadir.Mustaqil davlatni shakllantirish va rivojlantirish, millatning taqdiri va istiqbolini porloq qilish kabi jiddiy muammolarni hal qilishning ilmiy asoslari va amaliy yo`llarini yaratishda buyuk ajdodlarimizning ibratli ishlarini, falsafiy ta'limotlarini hayotimizga tadbiq etmog`imiz taqozo etiladi. Shuning uchun o`tmish ma'naviy merosimizni tahlil etishdan asosiy maqsad ulug` bobokalonlarimizning ijodlarini chuqur tadqiq qilish asosida farzandlarimizni ularga munosib ruhda tarbiyalash, allomalarimiz va qahramonlarimizning shijoatli ishlari haqida munosib aql va mantiq asosida fikr yurgizishni o`rganmoqdir.3. Komil insonni shakllantirishda xalqimiz ilmiy-ma'rifiy, g‘oyaviy- ma'naviy, tarixiy-madaniy va ijtimoiy-falsafiy merosining ahamiyati.

Bilim insonga uning nafaqat tafakkuri, balki jismoniy holatini muvozanatda saqlashga ham xizmat qiladi. Tadqiqotimiz davomida savodli yoshlar savodsizlariga qaraganda sog‘lomroq ekanligiga amin bo‘ldik. Fikrimizning isboti sifatida, BMTning aholishunoslik jamg‘armasi ijrochi direktori Soraya Ahmad Obeydning fikricha, bir erkakning o‘qitilishi jamiyatga bir nafar yetuk insonni, bir ayolga ta'lim berish orqali esa bir butun oilani taqdim etish mumkin . Shu tariqa inson oliy qadriyat sifatida e'tirof etiladi va uning ham mafkuraviy, ham jismoniy, ham tibbiy rivojlanishi nazorat qilinadi.



Soraya Ahmad Obeyd o‘z fikrini quyidagicha izohlaydi: ta'lim sohasida gender tengligi bo‘lmagan mamlakatlar har yili jon boshiga nisbatan 0,1-0,3 foizda iqtisodiy o‘sishni yo‘qotib boradi; ayollarning ta'lim olishi esa bolalar o‘limini 5-10 foizga qisqartirishi mumkin .

Yosh avlodni barkamol, yuksak ma'naviyatli, har tomonlama yetuk vorislar qilib tarbiyalash, ta'lim-tarbiya jarayonini jahon andozalari darajasiga yetkazish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida yetuk, barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishishlarida keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Aynan qishloq joylardagi ana shu bilim dargohlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va jihozlash uchun jami 895 milliard so‘m mablag‘ sarflangani, aytish kerakki, mamlakatimiz tarixida ilgari hech qachon ko‘rilmagan hodisadir.Insoniyat taraqqiyoti o‘zgaruvchandir, bu hech qachon bir nuqtada to‘xtab qolmagan. Ma'lumki, o‘tmishda va hozirda ham inson jamiyat rivojida asosiy bo‘g‘in vazifasini bajargan. Ularning tanazzuliga yoki taraqqiy etishiga ham inson sababchi bo‘lgan. Bugungi kunda barkamol, sog‘lom va teran fikrli yosh avlod tarbiyasi, uning har tomonlama puxta, mukammal inson bo‘lib yetishishiga erishish masalasiga har qachongidan ham jiddiyroq e'tibor berilmoqda. Yosh avlodni yuksak ma'naviyatli shaxs sifatida tarbiyalash jamiyatda muhim ijtimoiy omil sifatida qaraladi. Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l avvalo, ta'lim-tarbiyadan boshlanadi. Bugungi kunda barkamol avlodni sog‘lom turmush tarziga tayyorlashda ta'lim–tarbiya sohasidan boshlab, matbuot, televidenie, Internet va boshqa ommaviy axborot vositalari yoshlarni komil inson qilib tarbiyalaydigan har qanday ijobiy jarayonni zamon talablari asosida yangi bosqichga ko‘tarishi zarur. Jamiyat talab va ehtiyojlari, erki va ozodligi hamda ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy mexanizmi markazida – yosh avlod yotadi. Albatta, barkamol avlodni o‘stirishda ta'lim – tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, tashkiliy yo‘nalishlari, tuzilmalarning o‘zaro uyg‘un faoliyatini uzviy ravishda amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Yurtboshimiz o‘zining “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida ta'kidlaganidek, ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo‘lmaydi. Mamlakatimizning doimiy taraqqiy etib borishi uchun avvalambor yosh avlodni barkamol, mustaqil fikrlaydigan, bilimli, tadbirkor, o‘z Vataniga mehrli qilib tarbiyalash masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biri qilib belgilangan. Jamiyatda yuksak ma'naviy fazilatlarni shakllantirish, yoshlarni boy madaniy, ma'naviy merosimiz, tarixiy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, sadoqat ruhida tarbiyalash respublikamizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning muhim omili hisoblanadi. 1992 yilda “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi yurtimizda ta'lim islohotlari yo‘lidagi ilk qadam bo‘ldi
Download 11.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling