Inson resurslarini boshqarish


O`zbekisonda aholi migrasiyasini tartibga solish tizimini takomillashtirish


Download 370 Kb.
bet5/6
Sana23.03.2023
Hajmi370 Kb.
#1289505
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ALIYEV SARDOR

O`zbekisonda aholi migrasiyasini tartibga solish tizimini takomillashtirish

Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish, uning tashkiliy shakllarini tubdan kengaytirish, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga ketayotgan fuqarolarning mehnat va ijtimoiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini tadbirkorlik va mehnat faoliyatiga jalb etishni kengaytirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
1. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-sentabrdan O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida akkreditatsiyadan o‘tish asosida, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini, jumladan, kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish va xorijiy tillarni bilish darajasini tasdiqlash borasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmasi (bo‘linmalari) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining litsenziyalar berish va akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish, zarur hujjatlarni tayyorlash funksiyalarini bajaruvchi ishchi organi etib belgilansin.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4829/1281-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) yuridik shaxs maqomida tashkil etilsin.
Quyidagi xarajatlarni moliyalashtirish Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlik, majburiy mehnat va kamsitishdan jabrlangan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, og‘ir moliyaviy ahvolga tushgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, tirikchilik uchun mablag‘siz qolgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, ularga moddiy yordam ko‘rsatish;
mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda jarohatlanish, baxtsiz hodisa sababli tibbiy xizmat ko‘rsatish talab etilgan fuqarolarga, ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar haqini mehnat migranti hisobidan to‘lash imkoniyati bo‘lmagan hollarda to‘langan mablag‘lar ushbu fuqarolar tomonidan keyinchalik qoplab berilishi sharti bilan, tibbiy xizmat ko‘rsatish;
ishga joylashgan davlatning tegishli muassasalari tomonidan tasdiqlangan hollarda respublikadan tashqarida mehnat migratsiyasida bo‘lgan davrda vafot etgan fuqarolarning jasadlarini, shuningdek, xorijdagi mehnat faoliyati vaqtida mehnat qobiliyatini yo‘qotishga olib kelgan shikastlanish yoki jiddiy jarohatlangan fuqarolarni olib kelish;
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga tashkillashtirilgan tarzda ilgari yuborilgan va ishga joylashgan mamlakatning qonun hujjatlarini buzish oqibatida ushbu mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) fuqarolarni, to‘langan mablag‘lar ushbu fuqarolar hisobidan keyinchalik qoplab berilishi sharti bilan, shuningdek, kelishilgan mehnat sharoitlari chet ellik ish beruvchilar tomonidan ta’minlab berilmagan fuqarolarni qaytarish;
respublika hududlarida xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldingi moslashtirish, kasbiy tayyorlash, xorijiy tillarga o‘qitish va bilim darajasi yuzasidan test sinovlari o‘tkazish, fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash markazlarini tashkil etish hamda jihozlash;
Oldingi tahrirga qarang.
xorijda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) vakolatxonalarini tashkil etish va jihozlash;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2020-y., 07/20/4829/1281-son)
norasmiy mehnat migratsiyasining oldini olishga qaratilgan, fuqarolarni xorijda ishga tashkillashtirilgan tarzda joylashtirish tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha axborot-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun tijorat banklarida ochiladigan kredit liniyalari bo‘yicha mehnat migrantlariga mikroqarzlar berish;
fuqarolar O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirgan davrda ularning hayoti va sog‘lig‘ini hamda boshqa tavakkalchiliklarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta puli summasining o‘rnini qoplash uchun sug‘urta kompaniyalariga bir yo‘la beriladigan subsidiyalar berish;
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasining Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadigan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-sonli qaroriga asosan o‘ninchi — o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son)
3. Quyidagilar Jamg‘armaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan 115 milliard so‘m miqdoridagi bir martalik beg‘araz moliyaviy yordam;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan tuziladigan litsenziya kelishuvi doirasida fuqarolarni mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga yuboruvchi tashkilotlarning, zaxiralanayotgan mablag‘ ishlatilgan hollarda mablag‘larni to‘ldirish, shuningdek, fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish huquqini beruvchi litsenziya muddati tugatilgan hollarda mablag‘larni qaytarish sharti bilan, bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari miqdoridagi zaxiralanadigan mablag‘lari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son)
bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriya mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda quyidagilarni tasdiqlash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakalarini tasdiqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan tarzda yig‘ish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining yangilangan nizomini;
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni, jumladan, unda jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini nazarda tutgan holda.
5. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-avgustdan:
xususiy mehnat shartnomalari bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tish taomilini joriy etgan holda, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinadi;
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga eng kam ish haqining to‘rt yarim baravari miqdorida yillik sug‘urta to‘lovlarini ixtiyoriy ravishda to‘lash tartibi joriy etiladi, bunda to‘lovlar amalga oshirilgan davrlar belgilangan tartibda mehnat stajiga qo‘shiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda minimal rentabelli yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan ijtimoiy korxonalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashkil etish mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha, ushbu maqsadlarga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirishni nazarda tutgan holda, Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Agentlik qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari barcha turdagi soliqlardan ozod qilinsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Agentlikning boshqaruv xodimlari hisobidan mas’ul xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti taqdim etiladigan mansabdor shaxslar ro‘yxatiga kiritish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mehnat qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirish, shuningdek, qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.

XULOSA
Shuni xulosa qilib aytish joizki, migratsiya shaxs yoki guruhning muayyan ehtiyojlarini qondirish usuli, qaror qabul qilish mexanizmi asosiy о‘rinni egallagan xulq-atvor harakati sifatida qaraladigan nuqtai nazar tobora kuchayib bormoqda.
Aynan mehnat migrantlarining hududiy tarqalishini o’rganar ekanmiz, uni tadqiq etishdagi dolzarb masala shundaki, aholining mamlakatimiz bo’ylab nihoyatda notekis taqsimlanishidir. Aholi soni yuqori, tug’ilish darajasi baland hamda aholi zich hududlarda migratsiya jarayonlari jadal kechadi. K. Kalanovning izohiga ko’ra, O’zbekiston fuqarolarining uzoq xorijiy mamlakatlarga tashqi migratsiyasi:

  • Rasmiy doimiy emmigratsiya;

  • Rasmiy vaqtinchalik emmigratsiya;

  • Norasmiy emmigratsiya;

  • Ekologik emmigratsiya;

Intellektual immigratsiya shaklida namoyon bo’ladi2. O’zbekiston fuqarolarining MDH davlatlariga migratsiyasi (gasterbayterlar va yollanma ishchilar); doimiy rasmiy migratsiya (fuqarolikni olish); vaqtinchalik etnik migratsiya (etnik vatanga borib ishlash);
Yuqoridagi omillardan kelib chiqqan holda shuni alohida ta’kidlash lozimki, chet mamlakatlarga ketayotgan fuqarolarimizning asosiy qismi yollanib ishlash uchun, xalq tili bilan aytganda “tirikchilik” o’tkazish uchun moddiy mablag’ orttirish maqsadida migratsiyani amalga oshirmoqda. Qolgan qismi esa bilim va malakasini oshirish, rusiyzabon aholining katta qismi esa tarixiy vatanlariga doimiy yashash uchun ketishmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda aholining ishsizlik darajasi 2000 -2004 yillarda 0,4% ni tashkil qilgan bo’lsa, 2007-2017 yillarda 4,9-5,8%ni, oxirgi yillarda esa 9,0-10,5% ni tashkil etmoqda2. Ayniqsa pandemiya (COVID-19) bilan bog’liq vaziyat aholining ish jarayoniga, oilalarning daromadiga ham ta’sir ko’rsatdi. Pandemiya paytida 2019 yilga nisbatan ishsizlik darajasi 1,5%ga o’sgan. Viloyatlar kesimida ishsizlik darajasi 2020 yilda eng yuqori bo’lgan hududlar – Qashqadaryo, Surxondaryo (11,1%), Jizzax va Samarqand (11,0%) viloyatlari, eng past ko’rsatkich esa Toshkent shahrida kuzatilgan bo’lib 8,0% ni tashkil qiladi. Statistika qo’mitasining bergan ma’lumotiga qaraganda, 2019 yil xorijiy mamlakatlardan ko’chib kelganlar 2527 ming kishini tashkil qiladi va ularning asosiy qismi qo’shni respublikalardan kelgan migrantlar hisoblanib, Qozog’iston 33,2% , Rossiya Federatsiyasi 23,3%, Tojikiston 21,4% va Qirg’iziston 12,1% ni tashkil qiladi. Aksincha, chet elga ketgan migrantlar 13246 ming kishini tashkil qilgan holda, Qozog’istonga 57,5%i, Rossiya Federatsiyasiga 37,7% va AQSHga 0,8% ko’chib ketgan. Bundan shuni xulosa qilish joizki, ko’chib kelganlarga nisbatan ko’chib ketganlar miqdori 5 barobar yuqoridir.
Mehnat migratsiyasining haddan tashqari oshib ketishi, davlatning demografik rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Migrantlarning huquqlarini himoya qilish, joylarda yangi ish o’rinlarini yaratish, mehnat migranti sifatida ketgan migrantlarning oilalarini qo’llab-quvvatlash, pandemiya sababli mamlakatimizdan keta olmagan migrantlarning turmush sharoitini o’rganish va ularga har tomonlama ko’mak berish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan turli iqtisodiy-ijtimoiy va demografik muammolarning oldini olishga yordam beradi.



Download 370 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling