Inson resurslarini boshqarishda innovatsiyalar va raqamli texnologiyalardan foydalanishning tahlili


-rasm. Collective.uz elektron tizimi elektron hujjatlar aylanish sxemasi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana02.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1741101
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1364-1380

2-rasm. Collective.uz elektron tizimi elektron hujjatlar aylanish sxemasi 
Tizim haqida yanada batafsilroq aytadigan bo‘lsak uni bo‘limlarga bo‘lgan holda 
tushuntirish maqsadga muvofiq.
Kadrlar va reyting tizimi. Amaldagi xodimlar to‘g‘risida maʼlumot, 
tashkilotning tarkibiy tuzilmalari, lavozimlar nomenklaturasi, bo‘sh ish o‘rinlari, 
zahiradagi kadrlar, davlat mukofotlariga tavsiya etish tizimi, mehnat taʼtillari, xizmat 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
1373 
safarlari, malaka oshirish, tabel, kasallik varaqalari, moddiy yordam, tug‘ilgan kunlar, 
lavozimlar tarixi, kadrlarni maqsadli tayyorlash, xodimlarning ish samaradorligini 
baholash va rag‘batlantirish tizimi mavjud.
Devonxona elektron hujjat almashinuvi va ijro nazorati. Keluvchi, chiquvchi 
va ichki hujjatlarni ro‘yxatga olish, rezolyutsiya loyihalarini tayyorlash, rahbariyatga 
va ijrochilarga elektron shaklda yetkazish, hujjatlarning ijrosi bo‘yicha amalga 
oshirilgan ishlarni rasmiylashtirish, kelishish, tasdiqlash, ijro intizomining nazoratini 
avtomatlashtirilgan tartibda olib borish, hujjatlarning ijro muddatlarini eslatish va 
tahlillarini avtomatik tayyorlash imkoniyati. 
Ish rejalar va yig‘ilishlar. Jamoaviy va shaxsiy ish rejalarini elektron shaklda 
yuritish, hujjatlar, loyihalar, topshiriqlar yoki xizmat vazifalari yuzasidan amalga 
oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni to‘plab borish, xodimlar va bo‘ysunuvchi 
tashkilotlarning kundalik ish faoliyati bo‘yicha shaffof maʼlumotga ega bo‘lish, 
yig‘ilishlarni tashkil qilish, qatnashchilarga eʼlon qilish va o‘tkazilgan yig‘ilishlarning 
monitoringini yuritish jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyati 
Hujjatlar. Ish hujjatlari (fayllar) va meʼyoriy hujjatlarni axborot tizimining 
serverida tartibli saqlash, ularni boshqa foydalanuvchilar bilan qulay bo‘lishish, 
hujjatlarning avtomatlashtirilgan elektron arxivini yuritish imkoniyati 
Tezkor muloqot. Lahzalik yozishmalar, videomuloqot, fayllarni qulay 
almashish, ichki va tashqi elektron pochta, SMS xabarlar yuborish, telefon kitobi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling