Inson resurslarini boshqarishning ijtimoiy –iqtisodiy va tashkiliy sharoitlar


Download 1.53 Mb.
Sana24.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1395836
Bog'liq
International Conference on Business Management and Social Innovation by Slidesgo

Inson resurslarini boshqarishning ijtimoiy –iqtisodiy va tashkiliy sharoitlar

Suyarov Aziz

Davlat va hukumat

Hukumat har qanday davlatda o‘z fuqarolariga soliq solish huquqiga ega, u shuningdek, muvofiqlashtiruvchi vazifani ham bajaradi. U biznesning amaliy tomonlariga taalluqli operatsiyalar, soliqlar, atrof-muhit muhofazasi, mehnat muhofazasi va boshqa masalalar bo‘ yicha qonun va farmoyishlar ishlab chiqadi, hukumat firmalar faoliyat doirasini ta‘minlash uchun javobgardir va shu sababli u soliqlar yig ‘ adi, biznes bilan shug ‘ ullanish huquqini berganligi uchun haq oladi.

Jamiyat!

Menejer o‘zaro munosabatda bo ‘ ladigan yana bir insonlar guruhi - aholidir. Aholi o ‘ z noxiyasi yoki mintaqasidagi firmadan ma‘lum bir natijani kutadi. Firma oldida bajarilishi zarur bo ‘ lgan ma‘lum ijtimoiy munosabatlar turadi. Bu xizmatchilar orasida donorlik (qoni yig‗ish) yoki xayriya ishlarida qatnashish bo ‘ lishi mumkin. Tuman aholisi ko ‘ p loyihalarda ishtirok etish uchun firmalarni jalb qiladi. Odatda moliyaviy resurslarning ma‘lum qismi shunday tartiblarga ajratiladi. Biroq, bu mablag‗larni bir tekis taqsimlash zarur va shu tarzda ijtimoiy tengsizlikni yo‗qotish mumkin. Jamiyatda shunday aholi guruhlari mavjudki, ular hokimiyat va biznesning turli tuzilmalariga tazyiq o‗tkazadilar va muayyan harakatlar bajarilishini talab qiladilar. Bu yo‗l yo‗nalishini o‗zgartirish, kamyob xayvon turlarini va tarixiy obidalarni saqlab qolish, atrof-muhit muhofazasi, ayrim kishilar guruhiga yordam ko‗rsatish va boshqa talablar bo ‘ lishi mumkin. Menejerlar qaror qabul qilishda, ham kompaniya 163 ham jamiyat manfaatlarini hisobga olishi kerak.

Ta’minotchilar

Rahbariyat doimiy ravishda ta‘minotchilar bilan muloqotda bo‘ladi. Resurslar bilan ta‘minlash firma ishlarida muhim ahamiyatga ega. Chunki u ishlab chiqarishni zaruriy unsuri hisoblanadi. Rahbariyat tanlagan yo ‘ l orqali o ‘ z ta‘minotchilari bilan yaxshi munosabatlarni o ‘ rnatayotganligiga iqror bo ‘ lishi kerak. Bunga hisoblarni tez to ‘ lash, resurslar sifati va miqdoriga tegishli muammolarni birgalikda hal qilish va boshqa bitimlar ta‘sir qilishi mumkin. Mol yetkazib beruvchilar vaqtincha moliyalash manbalari bo ‘ lib qolishi mumkin.

Xaridorlar

Firmaning xaridorlarga va xaridorlarning firmaga munosabati bu firmaning bozordagi faoliyatidir. Bu munosabatlar hurmat va ishonchga yoki shubha va begonalikka asoslangan bo ‘lishi mumkin. Firma bu munosabatlarni shunday qilishi kerakki, bunda xaridorlarning qiziqishlarini o ‘ rganish va iloji boricha hisobga olishi zarur. SHuningdek ularning taklif va mulohazalarini e‘tibor bilan qarshilash kerak. Bu firma obro’sini oshirishga va pirovardida, foyda olishga hamda firma maqsadlariga erishishga yordam beradi.

Kasaba uyushmalari

Menejer muomala qiladigan yana bir guruh - bu kasaba uyushmalaridir. U - xizmatchilardan tarkib topgan va ularning manfaatlarini rahbariyatga yetkazish maqsadida tuzilgan tashkilotdir. U o‗z talablarini amalga oshirish uchun boshqaruvga tazyiq o‗tkazuvchi iqtisodiy kuchdir. Kasaba uyushmasi odatda umummilliy va halqaro kasaba uyushma tashkilotlari bilan bog‗langan. Bu unga kuch va ta‘sir imkoniyatlarini beradi; ko‗pincha, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish haqini oshirish, ijtimoiy imtiyozlarni ko‗paytirish bo‗yicha talablarni ilgari suradi. Firma rahbariyati va kasaba uyushmasi o‗rtasidagi munosabatlar maxsus bo‗lim tomonidan tartibga solinadi. Kasaba uyushmasining vazifasi - firma rahbariyatining xizmatchilariga g‗arazli munosabatidan himoya qilishdir. Firma kasaba uyushma bilan kelishuvga ehtiyotkorona yondashishi zarur. AQSHda federal qonunlar insonning kasaba uyushmaga a‘zo bo‗lish xuquqini himoya qiladi. Odatda kasaba uyushmasi va firma rahbariyati o‗rtasida shartnoma qabul qilinadi. U bandlik, ish haqi darajasi, ishdan bo‗shatish jarayoni, ta‘tilga haq 164 to‗lash va boshqa masalalar bilan bog‗liq o‗zaro munosabatlarning ko‗p qirralarini aniqlashtiradi. Kasaba uyushmasining a‘zolari unga tegishli bo‗lish huquqi uchun o‗z ish haqidan badal to‗laydilar. Bu kasaba uyushmalariga iqtisodiy mustaqillik va hokimiyat beradi. Zaruriyat tug‗ilganda o‗z a‘zolari huquqini himoya qilish imkoniyatini beradi. Kasaba uyushmalari - zamonaviy vaqtda firma faoliyat yuritishi omilidir. Shuning uchun menejer ular bilan o‗zaro munosabatlar olib borishni bilishi zarur.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Savollaringiz bo‘lsa marhamat?


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling