Inson rivojlanishida tarbiya va ta’lim Subtitle here
Download 7.11 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda, aqliy tarbiyaning roli ayniqsa kattadir.
- Bola har doim buyumlar hamda hodisalar orasida bо‘ladi.
- Idrok esa ancha murakkab jarayon bо‘lib, sezgilar asosida hosil bо‘ladi.
- Aqliy tarbiyaning asosiy vazifalari
- 3. Mustaqil bilish qobiliyatlarini, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish.
- Adabiyotlar ro`yxati
Inson rivojlanishida tarbiya va ta’limSubtitle hereReja:
Yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chikadigan obyektiv zaruratdir.Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogik ta’sir kо‘rsatishdir.Demak, aql keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni о‘z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig‘indisi bо‘lib, u yosh avlodning insoniyat tо‘plagan bilimlar, kо‘nikma va malakalar, meyorlar, qoidalar va boshqalarda rо‘y beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda, aqliy tarbiyaning roli ayniqsa kattadir.Aqliy rivojlanish fikrning kenglgida voqealarni har xil bog‘lanishlarda, munosabatlarda kо‘ra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon bо‘ladi. Chunki aql his - tuyg‘ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha bо‘lgan jarayonlar yig‘indisidir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyat jarayonida, dastlab muomalada bо‘lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida, keyin esa о‘quv, mehnat, samarali faoliyatlar: rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, applikatsiya, qurish - yasash jarayonida amalga oshirib boriladi.Bolaning aqliy rivojlanishiga ta’lim va tarbiya samarali ta’sir kо‘rsatadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni tо‘g‘ri tashkil etish uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak.Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi. Keyingi yillarda olib borilgan psihologik-pedogogik tadqiqotlarning natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini kо‘rsatdi.Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va kо‘nikmalar mazmunini yanada chuqurlashtirish, xajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligidan dalolatdir. Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib, bolalar tevarak atrof tо‘g‘risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bо‘ladilar, asosiy fikrlash jarayonlarini egallab oladilar.Bola har doim buyumlar hamda hodisalar orasida bо‘ladi.Bola doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab kо‘radi, hidlaydi, tortib kо‘radi, nimagadir quloq, soladi. Shu tariqa asta - sekin dunyoni bilib boradi. Tevarak atrofdagi buyumlar tabiat bolaning sezgi organlari - analizatorlariga ta’sir etadi va sezgi hosil qiladi. Idrok esa ancha murakkab jarayon bо‘lib, sezgilar asosida hosil bо‘ladi.Bola olmani qо‘lida ushlab kо‘rib, qarab chiqib va yeb kо‘rib, uni yaxlit bir buyum, ayni bir vaqtda dumaloq, qizargan, xushbо‘y, mazali va h.k. tarzda idrok qiladi. Bolada nutq paydo bо‘lishidan ancha oldin (bola bir yoshga tо‘la boshlaganda birinchi bor gapira boshlaydi) u tevarak atrofdagi odamlar va buyumlar dunyosini katta yoshdagi kishilar yordamida bilib oladi.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning xotirasi kо‘pincha beixtiyor tarzda bо‘ladi. Shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishida xayol muhim rol о‘ynaydi.Xayol bolaning hayoti jarayonida, uning faoliyatida ta’lim va tarbiya ta’sirida tarkib topadi. Bolaning hayoli u syujetli о‘yinlar uynay boshlaganida, kattalar qiziqarli ertaklar aytib berganida, о‘sha ertaklarga qiziqish orqali dastlabki alomatlari paydo bо‘ladi. Aqliy tarbiyaning asosiy vazifalari:1. Bolalarda tabiat va jamiyat tо‘g‘risidagi bilimlar sistemasini, ilmiy duiyoqarashni shakllantirish.2. Aqliy faoliyat, bilish jarayonlari va qobiliyatlarni, aqliy jarayonning xilma - xil usullarini rivojlantirish.3. Mustaqil bilish qobiliyatlarini, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish.4. Aqliy bilim, kо‘nikma va malakalarini rivojlantirish.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish tizimi el pedagogikada ilk bor chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tomonidan yaratilgan.Yan Amos Komenskiy Adabiyotlar ro`yxati:
Download 7.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling