Inson umri juda ko’p bog’liqlar orasidadir. Barchamiz bu dunyoga kelish va ketish jarayonimiz va joyimiz bir. Faqat yashash tarzi shu umrni qanday o’tkazganimiz farqlidir. Vaqti kelsa shu umrdan juda ko’p noliymiz


Download 7.74 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi7.74 Kb.
#1532535
Bog'liq
INSON QADR1


INSON QADRI
Inson umri juda ko’p bog’liqlar orasidadir. Barchamiz bu dunyoga kelish va ketish jarayonimiz va joyimiz bir. Faqat yashash tarzi shu umrni qanday o’tkazganimiz farqlidir. Vaqti kelsa shu umrdan juda ko’p noliymiz. Lekin tan olib aytishimiz kerak taqdirimizga bitkandanda chiroyli yashamoqdamiz. Umr juda qisqa va lazzatlidir. Nega lazzatli? Chunki unda mehr bor. Bu mehr hatto barchaga juda yomon odam qiyofasida ko’ringa insonda ham bor. U buni his etadi, biladi, kimgadir Inom etishni istaydi lekin imkoni bo’lmasligiham mumkin. Ammo u barchani yaxshi ko’radi. Unda shunday chiroyli mehr bor.
Biz uchun har bir on qadrli. Oz fursatda yoshimiz ulg’ayib, kechgan umrimiz ko’z o’ngimizdan o’tadi. Qachondir juda baxtli edik, qachondir baxtsiz. Nimalardir omad olib keldi, nimalardir yo’q. tan olsakda hayollarimizga birinchi mag’lubiyat kunlarinieslash keladi. So’ng esa hursandchilik. Nimanidir qandaydir tushunish yoki fikr bildirish, xulosa qilish bizdan. Lekin juda ko’p vaziyat yoki holatga nisbatan boshqacha yaxshi yoki umuman noto’g’ri yondashib qo’yamiz. Nima bo’lganda ham bu bizning yashash onlarimizdir. Uni qanday yashash ham o’zimizdir.
Menda shunday hissiyot bor. Men insonlar haqida eshitsam yoki atrofimda qandaydir holat guvohi bo’lsam ich-ichimdan qandaydir usha inson uchun ochilaman, yosh ham keladi. Lekin usha damda balki bundan og’irroq holat bo’lgandachi deb o’ylab ko’rmayman. Chunib yetyapmanki u odamning hayoti unchalik og’ir emas. Shunchaki menga ko’ringan holat shuni ko’rsatyaptiki uning hayotida ham men o’ylagandanda yaxshi kunlar bo’lgan. U hamsevgan, sevilgan, baxtli yashagan. Aynan shu fikrlashimni o’zgartiryapman.
Biz kuzatgan “Choy” filmi juda ma’nolidir. Unda men birinchi ko’rgan narsa mehr. Bu mehrni deb inson tashnalikka ham rozi bo’ladi. Bu huddi jaziramada qurigan shuvoq o’simligi joni uzilgan damda ildizlarini qoldirib, cho’lga yana o’simlik hadya etkanday gap.
Men bu filmda inson to’xtab qolmasligi kerakligini guvohi bo’ldim. Yiqilsakda, to’siqlar bo’lsada oldinga intilish kerakligini bi zuddalay olishimizni ko’rdim.
So’zlash va eshita olish juda muhim holat. O’ylab ko’rish kerak bir soat tildn qolsak nima bo’ladi? Bizda muloqotga imkoniyat yo’q. barchasi juda qiyin kichadi. Bu rolik qahramoni ham ana shu uchun biroz dard chekadi.
Boshqa tomondan ko’rsak odamlar hozirgi kunda shunchalik o’zlari bilan ovora ekanliklarini guvohi bo’lamiz. Hamma har yerda, lekin yolg’iz. Vaqt o’tgan sayin odamlar bir-birini orasidagi yaqinlikni his etmayotgandek go’yo. Hamma o’z ishi, o’z tashvishi bilan yashaydi. Natijada esa yonimizdagilar aytgan gaplarini payqamay qolamiz. Atrofdagilar bu holatdan siqiladi, e’tibor istaydi. O’zini qadrsizlanayotgandek sezadi. Uning uzoqlashganidan turli gumonlarga boramiz. Bu uchun eng yaxshisi faqat o’zimiz bilan o’zimiz yurish haqidagi qonuniyatlarimizga chek qo’yishdir.
Ro’lik so’ngida menga eng yoqqan holat keksa chol ayni damda qiynalayotgan bo’lsada yuzida shukronalik ifodasi, tabassum bor. Uning ko’zlarida nolish yo’q. u nabirasiga o’zi endi yetishib turgan choyni berib yuborganidan hursand. U hatto shu yoshida ham o’zida bor mehrni berishga tayyor. U har bir insonni qadrlashni, mehr ko’rsatishni istaydi. U uchun umr g’animat. Yashayotgan onlari esa oltinga teng. Barcha yaqin insonlar qurshovida baxtiyor va go’zal onlar ila hayot kechirishni istaydi. Atrofdagilari unga mehr ko’rsatishi va shu baxtiyorlikni u ham berishni hohlaydi. Bejizga aytishmagan inson kaftini inson oladi deb.
“Bayram” nomli rolik qahramoni ham o’zida yo’q baxtiyor. Borini berib yaqinlari uchun dasturxon tayyorladi. Shunaqangi hursand. Ustida eng chiroyli ko’ylagi. Bularning barchasi farzandlari uchun. Ammo hayotimizda shunday holatlar ham bo’ldiki, kutilmaganda yomg’ir qorga aylanishi va to’satdan kun yorishishi mumkin. Buning uchun bizga ozgina sabr va kutish kerak. To’g’ri biz har doim ham kutganimizga erisha olmaymiz. Lekin har qanday holatda ham qilingan yaxshi niyat kutganimizga yetkizishi mumkin.biz bo’lgan voqeaga faqat o’zimizning dunyoqarashimiz bilan baho berishdan uzoqlashmog’imiz kerak! Kampir barcha tayyorgarliklari bekorga ketishini istamasdi. Yolg’iz o’zi qolganda barcha xotiralarini yodga oldi. Ung ao’sha damda hatto nabirasining jaxlini chiqazgan xotiradi holatlari juda yoqimli tuyildi.
O’tmish juda kerakli narsa. U bizga kim ekanimiz va kerakligimizni eslatib turadi. Eslagan vaqtimiz barchasi yaxshi va yomonni bizga kerakligini tushuntirib beradi. Ayniqsa yolg’izlikda. Botayotgan kun ortida tong bor. Bu filmning mohiyati aynan ayolning farzandlari kech bo’lsada, uyga yetib kelib, kampirdagi barcha g’am anduhni yo’q qilgani. Issiq uy, ko’rkam dasturxon atrofida oila jam bo’lgani bilan bog’liq.
Download 7.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling