Inson va fuqoralarning huquqlari, erkinliklari va burchlari
Download 42 Kb.
|
myfileINSON VA HUQUQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson huquqlariga doir xalqaro va milliy hujjatlar
- Inson va fuqorolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari
- Shaxsiy huquqlar
- Siyosiy huquqlar
- Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar
INSON VA FUQORALARNING HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI Inson va davlat: ular o’zaro qay tarzda bog’langan? Hozirgi dunyoda inson huquqlari to’g’risidagi masala tashvishini tortmaydigan davlat topilmasa kerak. Tarixda ham inson o’z huquqlari uchun kurashmagan davr bo’lmagan. Erkinlik g’oyasini adolatsizlik va zo’ravonlikka kon bo’lgan hayotning o’zi dunyoga keltirdi. Kishilarning o’z huquqlari uchunkurashi jarayonida insonning munosib hayot kechirishga huquqi yo’qolgan ko’plab g’oyalar, nazariyalar va ta’limotlar yuzaga keldi va rivojlandi. Sharqning mashhur huquqshunoslari orasida Imom Burhoniddin al marg’oniy alohida o’rin tutadi. Milodiy 1178-yili alloma o’zining 53 faslidan iborat bo’lgan “Hidoya” asarini yozib tugatadi. Bu asarda alloma kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar qanday bo’lishi kerakligini huquq asosida ko’rsatib berdi. Ko’p asrlar davomida ana shu kitob huquqshunoslik bo’yicha asosiy qo’llanma bo’lib keldi. Uyg’onish davri mutaffakirlari ham Burhoniddin al- Margh’oniyning har bir insonning tabiiy huquqlariga, u ana shu davlatning fuqorosi ekanligini yoki aksinchaligidan qat’iy nazar, rioya etilishini qonunlashtirish va ta’minlash zarurligi to’g’risidagi g’oyasini yoqladilar. Xuddi ana shu davrdan e’tiboran davlatga mutlaqo boshqacha- shaxs huquqlarini poymol qiluvchi institut tariqasida emas, balki uning inson va jamiyat manfaatlariga xizmat qilishi nuqtai nazaridan yondashilmoqda. Tabiiy huquqlar g’oyasi jahondagi turli davlatlarning konstitutsiyaviy huquqida aksini topgan. Inson eng oliy qadriyat ekanligi Asosiy qonun bilan O’zbekistonda ham e’tirof etilgan. Shunday qilib, konstitutsiyamizda inson huquq erkinliklarini e’tirof qilish, rioya qilish va muhofaza qilish davlatning majburiyatdir degan qoida mustahkamlab qo’yilgan. Inson huquqlariga doir xalqaro va milliy hujjatlar Inson huquqlari sohasidagi o’ta muhim hujjatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro pakt Fuqoraviy va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya va boshqa ko’plab hujjatlar Mazkur hujjatlar sayyoramizda yashab turgan barcha insonlarning huquqlarini mustahkamlab qo’yadi. Xalqaro hujjatlar butun jahondagi davlatlarga o’z hududida yashab turgan har bir insonning huquqlariga rioya qilishni tavsiya etadi. Har qanday davlat aholisi nafaqat ana shu davlat fuqorolaridan, qolaversa u yoki bu sabablarga ko’ra unda vaqtincha yashab turgan yoki doimiy yashayotgan kishilardan ham iborat bo’ladi. Ajnabiy fuqorolar yoki o’zining xorijiy davlatga mansub ekanligini isbotlay olmaydigan fuqoroligi bo’lmagan shaxslar (apatridlar) ana shular jumlasiga kiritiladi. Garchi bu shaxslar fuqorollikkka ega bo’lmasa-da, ular ham xalqaro va milliy hujjatlarda mustahkamlab qo’yilgan barcha huquqlardan foydalanidilar (siyosiy huquqlardan tashqari). O’zbekistonning ASosiy qonuni barcha fuqorolarning bir xildagi huquqlari va erkinliklarini, qonun oldida ularning tengligini mustahkamlab qo’yigan. Bu huquqlar Konstitutsiyada daxlsiz, ya’ni hech kim mahrum etishga haqli bo’lmagan huquqlar sifatida ta’riflangan.
Konstitutsiyada davlat fuqorolarning Asosiy qonunda sanab o’tilgan huquq va erkinliklarini kafoltlashi to’g’risidagi qoida mushahkamlab qo’yilgan. Fuqorolarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo’yilgan barcha huquq va erkinliklarini uch guruhga ajratish mumkin. Shaxsiy huquqlar: Yashashga; Shaxs qadr-qimmati himoyasi ; Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik; Shaxsiy hayoti daxlsizligi; Turar joyi daxlsizligi; So’z erkinligi; Vijdon erkinligi va diniy e’tiqod erkinligi; Siyosiy huquqlar: Jamoat va siyosiy birlashmalar tuzish huquqi ; Yig’ilishlar, mitinglar va namoyishlarda ishtirok etish huquqi; Davlat organlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi; Saylash va saylanish huquqi; Ommaviy axborot vositalari erkinligi; Davlat organligi arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qilish huquqi ; Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar: Mulkdor bo’lish huquqi; Mehnat qilish erkinligi, faoliyat va kasb tanlash erkinligi; Mehnat qilishga va qonun bilan belgilangan darajadan kam bo’lmagan ish haqi olish huquqi; Turar joyi huquqi; Qonun bilan taqiqlanmagan iqtisodiy faoliyat huquqi; Dam olish huquqi; Onalik va bolalik muhofazasidan foydalanish huquqi; Yoshiga ko’ra (pensiya), kasal bo’lgan taqdirda, nogironlik bo’yicha ijtimoiy ta’minotdan foydalanish huquqi; Salomatlik muhofazasi va malakali tibbiy yordamdan foydalanish huquqi; Ta’lim olish huquqi; Sog’lom atrof muhitda yashash huquqi ; Download 42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling