Ijtimoiy xarakteristikalar: jinsi; yoshi; ta‘lim; mansabi; Kasbi: Umumiy staji; Internetdan foydalanish bo‘yicha staji; Internetda ishlash bo‘yicha ko‘nikmasi; Ish muhiti: Monitor o‘lchamlari; foydalanadigan operatsion tizimi; foydalaniladigan dasturiy ilovalar; Motivatsiya-maqsadli muhiti: foydalanuvchi maqsadi; dastur bilan ishlash bo‘yicha motivatsiya Foydalanuvchilar maqsadi va motivatsiyalarini aniqlashda haqiqiy holatga yaratishda quyidagi asosiy savollar va tavsiyalar nazarda tutish lozim: Ular kim; Balki ular bizga o‘xshashdir; Ular bilan gaplashing; Tasavvuringizdan foydalaning. Tasavvuringizdan foydalaning. Ular kim? Ular yoshmi yoki qarimi, malakali foydalanuvchimi yoki yangimi? Bu savollarga javob aniq bo‘lavermaydi, uni qayta-qayta takrorlash orqali tizim haqida va uning muhiti to‘g‘risida keng bilimlarga ega bo‘lishi mumkin. Balki ular bizga o‘xshashdir Ixtiyoriy tizimni yaratishda bu tizimning asosiy foydalanuvchisi o‘zingiz deb tasavvur qilish lozim. Ba‘zan ishlab chiquvchilarning aytishicha: «Nima ma‘lum bo‘lsa, shuni qilish lozim» termini ishlatiladi. Biz bilan gaplashing Insonning nima to‘g‘risida o‘ylayotganini aniqlash mushkul, undan bu to‘g‘risida so‘ragan yaxshi. Bu xar xil formada (ish to‘g‘risida strukturalangan so‘rovlar , ochiq muxokamalar, foydalanuvchini ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilish) bo‘lishi mumkin. Bunda kamchilik mavjud: foydalanilgan gurux tasvirini ifodalay olmasligi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |