Inson va tabiat


Download 40.93 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi40.93 Kb.
#1472227
Bog'liq
INSON VA TABIAT


INSON VA TABIAT
Reja:

  1. Ekologik madaniyat.

  2. Tabiat va insonning o’zaro ta'siri.

  3. Tabiat va tabobat.

  4. Inson va tabiat uyg’unligi. 

Tabiat yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun muqaddas go'shadir. Tabiat ularni to'ydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi. O'z navbatida tirik mavjudot ham tabiatga mehr qo'yadi. Bu mehr tabiatni asrash, uning boyliklarini ko'paytirish tuyg'usi bilan uyg'unlasha olsagina haqiqiy sanaladi. Yaqin o'tmishimizda biz «Tabiatni sevamiz» deb bong urdigu, biroq uni asrab-avaylash ishiga mas'ul ekan-ligimizni unutib qo'ydik. Ana shu mas'uliyatsizligimiz «Ekologiya» deb nomlanuvchi yangi fanga zamin yaratdi. «Ekologiya» so'zi «eko» — uy, turar-joy, «logos» - fan so'zlaridan olingan bo'lib, u atfof-muhitning buzilishi va bunga sabab bo'lgan omillar, muhit halokatining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish borasidagi bilimlarni targ'ib etish asoslarini o'rganadi.
Yangi asrning barkamol kishiisi o'zida ekologik madaniyat unsurlarini ham namoyon eta olishi zamon talabidir. Ekologik madaniyat — bu atrof-muhit to'g'risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg'usiga ega bo'lish, o'simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g'amxo'rlik ko'rsatishga, tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko'paytirish borasida qayg'urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko'rsatkichidir.
Ana shu xislatlarni o'zida aks ettira olgan insonni ekologik madaniyat egasi, deb atash mumkin.
Iste'moldan ortiqcha suv jo'mraklardan oqishiga yo'l qo'ymaslik, suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to'kmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, ko'chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, hayvon­larga g'amxo'rlik qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon va xiyobonlarni gulzorga aylantirish kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatlilikning eng oddiy ko'rinishlari sanaladi.
Hozirgi davrda inson va tabiat, fan-texnika taraqqiyoti va atrof-muhit, jamiyat va ekologiya o'rtasida nomutanosiblik vujudga kelayotir. Bularning barchasi ekologik madaniyatni yanada yuksaltirish masalasini ko'ndalang qo'ymoqda.
Ma'lumki, tabiatda hamma narsa bir-biriga uyg'undir. Fan-texnika yutuqlaridan unumli foydalanayotgan inson esa ana shu uyg'unlikni buzmoqda, unga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo'lmoqda. Tabiiy boyliklardan: suvdan, yerdan o'rinsiz foydalanish ekologiyani o'zgartirib yubordi. Qishloq xo'jaligi ekinlarini noto'g'ri rejalashtirish, kimyoviy o'g'itlarni haddan ziyod ko'p qo'llash yer unumdorligi va inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatyapti. Korxonalardan oqib chiqayotgan zaharli oqavalar suv havzalarini ifloslantirishi birinchi navbatda hayvonot olami va o'simliklar dunyosiga ofat keltirmoqda. Transport vositalaridan chiqayotgan tutun-gaz havoning tozaligini buzyapti. Bularning barchasi insondan ekologik madaniyatni talab etmoqda.
Buni yodda tuting: 1992-yil 9-dekabrda O'zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonuni qabul qilindi. Sog'lom avlod davlat dasturi va «Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi» ishlab chiqildi, «Ekosan» jamg'armasi tuzildi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tabiatni muhofaza etish va ekologiyaga oid zarur hujjatiar qabul qiiib, ekologiya ishlarining huquqiy asosini yaratdi.
Aslida, ekologik madaniyat tabiatni barcha go'zalliklari bilan his qilishdan, sevishdan boshlanadi. Insonning tabiat kuchlari — sovuq va issiq, qurq'oqchilik, yong'inlar, turli ofatlar ustidan g'alabasi unga bo'lgan munosabatini o'zgartiradi. Bu ko'r-ko'ronalikdan asta-sekin ongli munosabatga aylana boradi. Tabiatga bo'lgan mehr tuyg'usi boyib, unga munosabat shaxs madaniyatining ajralmas bir bo'lagini tashkil etadi.
Har bir inson tabiatdan bahra oladi. Ammo bu hali tabiatga muhabbat degani emas. Tabiatga muhabbat uni tushunishdan, uning go'zalliklarini anglashdan, tabiat bilan munosabatga kirishishdan boshlanadi.
O'z navbatida, tabiat insonda kuzatuvchanlik, sezgirlik, nazokatlilik kabi tuyg'ularni tarbiyalaydi. Bu — insonda ikki ko'rinishda: tabiatga va o'ziga bo'lgan munosabatlarda namoyon bo'ladi.
Inson tabiatdan faqat zavqlanishni emas, balki uni yaxshi tushunishni ham o'rganadi. Natijada, o'zligini his qilib, tabiatdan unga inson bo'lish imkonini bergan «narsa»ni, ya'ni insonga xos madaniyat hislarini topishga intiladi. Demak, insoniy tuyg'ular tabiatga mehr bilan qarashdan oziq oladi.
Tabiat insonda vatan tuyg'usini uyg'otadi, uni mehnat va jasoratga undaydi, juda ko'p tuyg'ularni kamol toptiradi hamda ko'p narsalarni talab etadi. Madaniyatli, ma'naviy kamol topgan inson uchun o'z Vatani tabiatini muhofaza qilish hayoti va faoliyatining uzviy qismiga aylanib qoladi.
O'rta asrlarda yashab ijod etgan allomalar tabiat va undagi muvozanat, hayvonot olami va o'simliklar dunyosi, atrof-muhitni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar.
Muhammad Muso al-Xorazmiy risolalaridan birida odamlarni daryoga mehrli bo'lishga da'vat qjladi, agar daryoning ko'zlari yoshlansa, uning boshiga g'am kulfati tushgan bo'ladi, deydi. Ehtimol, buyuk bobomiz daryo suvini ortiqcha isrof qilmaslikni ham nazarda tutgandir?
Abu Rayhon Beraniy esa tabiatning davomiyligi haqida shunday fikr aytadi: «Ekin ekish va nasl qoldirish bilan dunyo to'lib boraveradi».
Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» asarida ko'rgan-kechirganlari, borgan joylarining tabiati, boyligi, hayvonoti, o'simliklari va odamlari, xalqlarning urf-odatlarini tasvirlagan. Unda yer, suv, havo, turli tabiat hodisalariga tegishli ko'plab fikrlar bor. Bobur o'lkani bilgan kishilarni hurmat qilgan, qadrlagan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. Ayniqsa, u gullar, manzarali hamda mevali daraxtlarni ko'paytirishga e'tibor bergan.
Madaniyatli kishi tabiat va jamiyat o'rtasidagi muvozanatni saqlaydi, bu borada boshqalarni ham to'g'ri faoliyat ko'rsatishga da'vat etadi, hech bo'lmaganda ko'chalarga axlat tashlanmasligiga, suv va havo ifloslanmasligiga hissa qo'shadi.
Ekologik madaniyat tarkibiga tabiatni muhofaza qilish madaniyati, tabiat boyliklaridan foydalanish madaniyati, ekologik tizimni qaytadan o'zgartirish madaniyati ham kiradi. Bular bir kishining yoki hududning vazifasi bo'la olmaydi. Umum insoniyat bunday vazifalarni yechishga birgalikda kirishsagina ekologik muammolar hal bo'ladi.
Masalan, birgina Orol muammosi bunga yaqqol dalil bo'la oladi.
Orol dengizining suvi kamayib ketishi haqida dastlabki xavotirlar bildirilganidan beri yarim asrdan ortiq vaqt o'tdi. O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilinishidan oldingi yillarda dengizning sathi keskin kamayib ketayotganligi baralla gapirilib, bu masalaga butun dunyo mamlakatlari va suvchi mutaxassislarning e'tibori tortildi.
Buni yodda tuting: Orolning qurib ketishi faqatgina uning atrofida joylashgan O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston emas, butun dunyo iqlimiga salbiy ta'sir etadi. Shu-ning uchun Orolni saqlab qolish dunyo ahamiyatidagi muammodir.
Biz kelajak avlodlarga yaratgan ma'naviy va moddiy boyliklarimizni, bizgacha mavjud bolgan tabiatni va unga munosabatimizni, ya'ni ekologik madaniyatimizni ham meros qoldiramiz. Ekologik madaniyat, bu — faqat tabiatga zarar keltirmaslik emas, balki uning tiklanishi, yanada go'zallashuvi, gullab-yashnashiga hissa qo'shish, atrof-muhitni g'orat etuvchilarga qarshi beayov kurash olib borish degani hamdir.
Tabiat - bizni o’rab turgan butun borliq (olam), kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish manbaidir. Inson - murakkab ijtimoiy va mehnat faoliyatini yurgazuvchi tirik organizm - individdir. U jamiyatning moddiy va ma'naviy-madaniy rivojlanishining asosi hisoblanadi.
Tabiat boyliklari va ularning inson uchun ahamiyati. Inson o’zining kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiat boyliklaridan foydalanishga majbur. Tabiat boyliklarini beshta asosiy guruhga ajratish mumkin: mineral, iqlimiy, suv, yer va biologik boyliklar.
Aholining yashashi uchun rudali va noruda mineral bioliklar zarur. Ularsiz jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tasavvur etish qiyin. Rudali foydali qazilmalarga temir, mis, olmos, oltin, uran va boshqalar, noruda mineral boyliklarga oltingugurt, neft, gaz, fosforit va boshqalar kiradi. Insoniyatning rekreatsion resurslarga va, ayniqsa, qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish uchun iqlimiy boyliklarning ahamiyati beqiyos. Shuning uchun odamlar qadimdan tabiiy-iqlimiy sharoiti qulay bo’lgan hududlarga joylashganlar.
Xo’jalikda eng ko’p foydalaniladigan tabiat boyligi suv hisoblanadi. «Suv bor joyda hayot bor», «suv tugagan joyda hayot tugaydi» degan xalq maqollari suvning bebaho mineral boylik ekanligidan dalolat beradi. Dehqonchilikni rivojlantirishda hosildor yer - tuproqlarning ahamiyati juda katta. Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondinshda tuproqning hosildorligini oshirish muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Muayyan hududning hayvonot olami va o’simlik qoplami biologik boyliklarni tashkil etadi. Bu boyliklarning eng muhim xususiyatlari ularni qayta tiklash mumkinligidir. Ularni bir-biridan juda uzoq masofada joylashgan materiklarga ko’chirish va ko’paytirish ham mumkin. Masalan, Amerika qit'asidan Yevrosiyo va Afrikaga makkajo’xori, kartoshka, pomidor, shirin va achchiq garmdori, kakao, loviya, qovoq, ananas keltirilgan. Aksincha, Amerika qit'asiga ot, sigir, qo’y, tovuq, asalari, kofe, bug’doy, sholi, arpa, karam, sholg’om, nok kabilar olib ketilgan. Tabiiy komplekslar inson ta'siri darajasiga ko’ra uch guruhga ajratiladi:
1.Tabiiy landshaltlar.
2.Tabiiy-antropogen landshaftlar.
3.Antropogen landshaftlar.
Tabiiy landshaftlar deganda insonlar tomonidan foydalanilmaydigan hududlar landshaftini tushunamiz. Ularga Antarktida, Shimoliy Muz okeanidagi doimiy muzliklar, orollar, tog’lar, cho’llar, qalin o’rmonzorlar tipik misol bo’ladi.
Tabiiy-antropogen landshaftlarni oraliq landshaftlar deb ham atashadi. Bunday landshaltlar tabiiy va antropogen landshaftlarning oralig’ida tarkib topadi. Yaylovlar, lalmikor yerlar tabiiy-antropogen landshaftlardir.
Antropogen landshaftlar - kishilarning xo’jalik faoliyati ta'sirida o’zgargan tabiiy landshaftlar bo’lib, ular Yer yuzasida keng tarqalgan. Aholi punktlari - qishloq va shaharlar antropogen landshaftlarning tipik namunasi hisoblanadi. Shaharlar landshafti dastlab 5-4 ming yil muqaddam « qal'a-shahar «, «shahar-davlat« sifatida shakllana boshlagan.
Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish maqsadida qo’riqxonalar, zakazniklar, milliy bog’lar tashkil etiladi. Yo’qolib ketish xavfi bo’lgan o’simlik va hayvonot olami «Qizil kitob» larga kiritiladi va alohida muhofaza qilinadi. Bunday chora-tadbirlar yagona umumiy uyimiz Yer tabiatini va insonlarning sog’lig’ini asrash uchun xizmat qiladi.
Yoshligimizda nuroniylar “Tabiat bergan kasalliklarning davosi tabiatning oʻzida” deya uqtirardilar. Tabiblar esa kasalliklarning taxminan 70 foiziga davo giyohlarda, qolgan 30 foizi mineral toshlarda, deb aytishadi. Asrlar osha qadr-qimmatini yoʻqotmay kelayotgan bu purmaʼno hikmat zamirida ona tabiatning ajralmas qismi boʻlgan inson yoʻliqadigan kasalliklarga davo atrofimizni oʻrab turgan borliqda mujassam, degan hayotiy haqiqat yotibdi. Faqat uni ilgʻab, anglab oʻz oʻrnida foydalanish kerak.
Bu borada uzoq tarixga ega xalq tabobati eng yaqin koʻmakchi boʻlib kelgan. Biroq ushbu sohaga yetarli darajada eʼtibor qaratilmasligi oqibatida yurtimizda anʼanaviy davolash usullari unutilib ketayozgan edi. Ana shunday bir paytda shu yil 10-aprelda Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivoj­lantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingani ayni muddao boʻldi.
L. Morgan, E. Teylor, R. Soleski singari ibti­doiy madaniyat tadqiqotchilari xalq tabobatining shakllanishi Yer yuzida insoniyatning paydo boʻlishiga ­borib taqalishiga urgʻu beradi. Chindan ham, davolashning bu usuli oʻta qadimiy.
Uning sirlari avloddan-avlodga oʻtib, xalqning necha ming yillik tajribalari natijasida sayqallanib, bizgacha yetib kelgan. Buni zardushtiylik taʼlimotining muqaddas kitobi “Avesto” ham tasdiqlaydi. Uning barcha qismida, xususan, “Vendidod” da tabiblar tayyorlash, tabobat amaliyoti, kasalliklar tasnifi, ularning paydo boʻlish sababi va omillari, noyob dorivor giyohlar haqida qimmatli maʼlumotlar keltirilgan. Shuning­dek, tabib madaniyati, axloqi, uning kasbiga fidoyiligi kabi masalalar bayoniga alohida sahifalar ajratilganki, bu zaminimiz xalq tabobatida nihoyatda boy tajribaga ega ekanligidan dalolat beradi.
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino nafaqat qadim anʼanalarni davom ettirdi, balki davolashning yangi usullarini yaratib, tibbiyot ilmiga asos soldi. Ayniqsa, dunyo xalqlarining sevimli asariga, tibbiyot sohasi xodimlari faoliyatida dasturil­amalga aylangan “Tib qonunlari” atalmish nodir kitobda yozib qoldirilgan maʼlumotlar oʻz ahamiyatini zarracha yoʻqotmagan, aksincha, qadr-qimmati yana-da oshgan. Ulardan yana-da kengroq foydalanish hayotiy zaruratdir. Binobarin, xalq tabobati, uning oʻziga xos anʼanalari aholi salomatligini taʼminlash, tibbiy-sanitar yordam koʻrsatish, xususan, surunkali kasalliklar profilaktikasi, ularni davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik borasida amalda koʻp sinovlardan oʻtgan. Yurtimizda xalq tabobati rivojiga yuksak darajada eʼtibor qaratilayotganining boisi ham shunda. Oʻzbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi, “Tabobat” akademiya­si tashkil etilib, jabhada olib borilayotgan izchil saʼy-harakatlar samarasi oʻlaroq, u taraqqiyotga yuz tuta boshladi.
Biroq qaysi soha boʻlmasin, vaqt oʻtishi bilan mustahkam ilmiy asos va zamonaviy ilmga ehtiyoj sezganidek, xalq tabobatini ham sogʻliqni saqlash tizimiga izchil integratsiyalash, oʻzaro uygʻunlashtirish, malakali mutaxassislar tayyorlashni hayotning oʻzi taqozo qilayotgan edi. Shu maʼnoda, yuqorida nomi keltirilgan qarorda shu kabi masalalarni tizimli hal etishning aniq mexanizmi belgilab berilgani diqqatga sazovor.
Hujjatga koʻra, Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy tuzilmalari tashkil etilmoqda. Oʻzbek xalq tabobatining tarixiy anʼanalari va oʻziga xos merosidan foydalangan holda, kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolash, shuningdek, boshqa tibbiy xizmatlar koʻrsatishning samaradorligini tahlil qilish va oʻrganish uning asosiy vazifasi etib belgilanmoqda. Buning uchun fitoterapiya, akupunktura, ayurveda, gomeopatiya, yoga, moksoterapiya, naturopatiya, osteopatiya, termal tib­biyot, xiro-amaliyot, sigun kabi xalq tabobatining asosiy yoʻnalishlarini rivojlantirish, ularni amaliyotda keng qoʻllash, aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlar tayyorlash ishlarida bosh-qosh boʻladi. Bundan tashqari, dorivor oʻsimliklar oʻstirish, ular asosida xom ashyo tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil etish, noyob shifobaxsh giyohlarni mahalliylashtirish boʻyicha tashabbuskor boʻladi.
Yana bir eʼtiborli jihati shundaki, Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazi soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bilan ham shugʻullanadi. Uning hududiy markazlarida xalq tabobati boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tibbiy maʼlumotga ega boʻlmaganlarga tegishli yoʻnalishlarda faoliyat olib borish huquqini beruvchi guvohnoma beriladi. Hududiy markazlarda ilgʻor ilmiy izlanishlar va ­tadqiqot ishlarini olib borish uchun barcha qulaylik, zarur moddiy-texnika bazaga ega zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi.
Bularning barchasi kasalliklarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolashda gʻoyatda muhim ahamiyatga ega boʻlgan xalq tabobatini rivojlantirishda katta imkoniyatlar eshigini ochadi, albatta. Ammo sohani sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda xorijning ilgʻor tajribasini oʻrganish har tomonlama foydalidir. Shuning uchun bu jabhada yetakchilik qilayotgan Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Vyetnam, Fransiya, Rossiya davlatlari bilan hamkorlik, jumladan, joyiga borib keng oʻrganish uchun barcha shart-sharoit yaratib berilmoqda. Bu borada dardlarni davolashda moʻjizalarga qodir boʻlgan Xitoy tabobatiga koʻproq murojaat qilinishi koʻzda tutilayotgani quvonarlidir.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga qaraganda, Chin yurtida 1949-yildan 2009-yilgacha boʻlgan davr mobaynida aholining umr koʻrish darajasi 2 barobardan koʻpga uzayib, oʻrtacha yashash davomiyligi
35 yoshdan 73 yoshga yetgan. Tabiiy savol tugʻiladi: buning siri nimada? Insonparvar ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qatorida, xalq tabobatining ommalashtirilishi samarasi hamdir.
Gap shundaki, oʻtgan asrning 50-yillarida Xitoyda bemorni davolash borasida tabiblar tajribasi va yutuqlariga boʻlgan qiziqish tufayli xalq tabobati davolash usuli ­sifatida qayta tiklandi. 1972-yildan esa uning anʼanalari ilmiy asoslangan fan, taʼbir joiz boʻlsa, Xitoy ramzi, millat mulki sifatida jamiyat tomonidan tan olinadi.
Aytishlaricha, eramizdan avvalgi 259 — 210-yillarda Xitoyda yashab oʻtgan imperator Sin Shixuan juda badjahl, qaysar va johil boʻlsa-da, tibbiyotga oid kitoblarni asrab-avaylagan ekan. Ana shu manba qadimiy tabobatni nafaqat qayta tiklash, balki uning yutuqlarini zamonaviy tib­biyotga tatbiq etish va ularni oʻzaro uygʻunlashtirish imkonini beradi. ­Bugungi kunda sogʻliqni saqlash sohasida erishilayotgan yutuqlar negizi ayni shunda, deb qaraladi. Buning amaliy isbotini dunyoning eng badavlat va mashhur kishilari dam olib, sogʻligʻini tiklaydigan Gavayi orollariga qiyoslanadigan Xaynan oroli misolida ham koʻrish mumkin.
Bundan atigi 30 yil muqaddam — 1990-yillarda bu yerda qadimgi baliqchilar qishlogʻidan boshqa hech vaqo boʻlmagan. Xitoyliklar bir avlod koʻz oʻngida aholisi qashshoq, yerlari botqoq boʻlgan orolni ham dam oladigan, ham davolanadigan dunyoning eng mashhur kurort maskanlaridan biriga ­aylantirishga muvaffaq boʻlishdi. Dengiz boʻyida zamonaviy bandargohlar, koʻp qavatli binolar, shifoxonalar, ­kurort va sanatoriylar barpo etilgan bu manzil yil davomida sayyohlar bilan gavjum. Inson salomatligini tiklash va davolashning qadimiy usuli ana shunday imkoniyatlarni tortiq qildi. Ayni paytda bu yerda sogʻlomlashtirish dasturlariga qoʻshimcha ravishda inson organizmini yoshartirish ustida olib borilgan ilmiy-­amaliy ishlar natijalariga asoslangan yangi yoʻnalishlar kiritilgani qiziqishni yana-da oshi­rayotgani bor gap.
Oʻzbekistonda xalq tabobatini ana shunday yuqori darajaga olib chiqish uchun imkoniyat ham, salohiyat ham yetarli. Jonajon Vatanimiz betakror tabiati, oʻziga xos oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ega, Allohning nazari tushgan noyob manzil hisoblanadi. Eng muhimi, tib ilmining ustuni boʻlmish Abu Ali ibn Sino bobomiz qoldirgan benazir ­merosga egamiz. Ularni amaliyotda keng qoʻllash koʻzda tutilgan 2021 — 2025-yillarda Oʻzbekistonda xalq tabobatini rivojlantirish konsepsiyasi hamda uning maqsadli koʻrsatkichlarni amalga oshirishga doir “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilmoqda. Mazkur konsepsiya tasdiqlanib, amalga joriy etilishi sohadagi koʻplab muammolarni hal qiladi. Masalan, xalq tabobatining oʻzagi boʻlgan asosiy yoʻnalishlarni rivojlantirish va zamonaviy tibbiyotda ularni qoʻllash boʻyicha oʻquv-metodik qoʻllanmalar, adabiyotlar juda-juda kam. Qadimda keng foydalanilgan va yuqori samarali davolash usullari boʻyicha adabiyotlar yaratilishi, tar­gʻibot ishlarining kuchaytirilishi, oʻz navbatida, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini joriy etishda qoʻl keladi. Eng katta boyligimiz boʻlgan sogʻligʻimizni mus­tahkamlashga xizmat qiladi.
Ilm-fan taraqqiy etgan hozirgi davrimizda tibbiyot rivoji ham tezlashib ketdi. Ammo kimyoviy preparatlar kasalliklarni davolashning yagona vositasi emas. Bu usulda tayyorlangan dori-darmonlardan koʻra, shifobaxsh tabiiy giyoh va damlamalar asosida davolashning foydasi yuqori ekanligi butun dunyoda tan olinmoqda. Aniqrogʻi, xalq tabobati xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda oʻzini oqlamoqda. Shu bois unga murojaat qiluvchilar tobora ortib boryapti. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan Xalq tabobati sohasidagi 2014 — 2023-yillarga moʻljallangan strategiya amalga oshirilayotgani ana shu hayotiy ehtiyoj mevasi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
Qarorning oʻziga xos yana bir ­jihati shundaki, unda oliy taʼlim muassasalari oldiga hozirgi zamon ­talablariga javob beradigan yuqori salohiyatli, raqobatdosh va malakali kadrlar tayyorlash vazifasi qoʻyilmoqda. Shundan kelib chiqib, koʻp asrlik tarixga ega ­Samarqand davlat universitetida talabalar, izlanuvchilar, aspirant­larga ushbu yoʻnalishda ilmiy tadqiqotlar olib borish, amaliy tajribalar oʻtkazish uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratib berilyapti. Xususan, SamDU biologiya fakulteti qoshida Hindis­tonning Dehli universiteti bilan hamkorlikda “Abu Ali Ibn Sino merosi” ilmiy laboratoriyasi tashkil qilingani nabotot namunalarining dorivorlik xususiyatlarini oʻrganish barobarida, mutaxassis va olimlar bilan hamkorlikda ularni amaliyotga joriy qilish boʻyicha innovatsion ishlanmalar yaratishda qoʻl kelyapti.
Shu bilan birga, mazkur sohadagi taʼlim, ilmiy jarayonlarga innovatsion ruh berish maqsadida universitetimiz bilan Amerika Qoʻshma Shtatlarining “Vet Vittlts” kompaniyasi oʻrtasida shartnoma imzolangan. Unga binoan boshqa sohalar qatorida, dorivor oʻsimliklarning jonivorlar organizmiga taʼsirini birgalikda oʻrganish, ­ilmiy ishlar olib borish koʻzda ­tutilgan.
Bugun yurtimizda xalq tabobatini zamonaviy sogʻliqni saqlash ­tizimiga izchil integratsiyalash borasida olib borilayotgan ­bunday keng koʻlamli islohotlar qadim davolash sirlaridan voqif boʻlish, bizga maʼlum boʻlmagan dorivor oʻsimliklarni aniqlash, ulardan aholi salomatligi yoʻlida samarali foydalanishdek ezgu ­maqsadga ­qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Binobarin, inson va ­tabiat bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, oʻzaro vobastalikni taʼminlagan holda, inson salomatligini ­mustahkamlash xalq ­tabobatini taraqqiy ettirishdan koʻzlangan pirovard maqsaddir.
Download 40.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling