Tashkilotning normalari va qadriyatlarini ikkita guruhga bo’lish mumkin: - Tashkilotning normalari va qadriyatlarini ikkita guruhga bo’lish mumkin:
- tashkilot a’zolari tomonidan qabul qilinishi zarur bo’lgan
- qabul qilinishi shart bo’lmagan normalar va qadriyatlar.
Bunda tashkilotning yangi a’zosi tomonidan qanaqa normalar va qadriyatlar qabul qilinganligiga qarab moslashishning to’rtta xili ajratilishi mumkin: - konformizm (barcha normalar va qadriyatlar qabul qilinadi);
- inkor etish (ularning hech qaysisi qabul qilinmaydi);
- mimikriya (asosiy normalar va qadriyatlar qabul qilinmasdan, balki asosiy normalar va qadriyatlarning inkor etilishini niqoblovchi qabul qilinishi shart bo’lmagan normalar va qadriyatlar qabul qilingan);
- moslashtiruvchi individualizm (faqatgina majburiy normalar va qadriyatlar qabul qilingan).
O’zini tutishni o’rganishning uchta xilini ajratish qabul qilingan. - Birinchisi insonning reflektor xatti-harakati bilan bog’liq. Masalan, agar boshliq qo’l ostidagilar yoniga nimadandir norozi va darg’azob bo’lganda kelsa, u holda boshliqning har qanday ko’rinish berishi qo’l ostidagilarda qo’rquv va undan yashirinishga harakatni keltirib chiqarishi mumkin.
Ikkinchi xil shunga asoslanadiki, inson o’zining avvalgi tajribasidan xulosa chiqarib, o’z xulqini o’zgartiradi. Agar inson o’zining xatti-harakati noqulay oqibatlarga olib kelayotganligini ko’rsa, u ushbu xatti-harakatni takrorlamaslikka intiladi. Agar oqibatlar salbiy bo’lsa, bundan keyin ham o’zini shu tarzda tutish istagi susayadi. - Ikkinchi xil shunga asoslanadiki, inson o’zining avvalgi tajribasidan xulosa chiqarib, o’z xulqini o’zgartiradi. Agar inson o’zining xatti-harakati noqulay oqibatlarga olib kelayotganligini ko’rsa, u ushbu xatti-harakatni takrorlamaslikka intiladi. Agar oqibatlar salbiy bo’lsa, bundan keyin ham o’zini shu tarzda tutish istagi susayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |