Inson va uni o’rab turgan muhit. Ekologik omillar. Inson va tabiat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar
Download 40.51 Kb.
|
6-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’ z va iboralar
- Atmosfеra
6-mavzu. Tashqi muhit va inson, ularning o’zaro ta'siri Reja Inson va uni o’rab turgan muhit. Ekologik omillar. Inson va tabiat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar. Insonning tabiat muhitiga salbiy ta’siri. Ekologik muammolarni hal qilish chora-tadbirlari. Tayanch so’ z va iboralar: ekologik tizim, muhit, mеxanik, fizik va biologik ifloslantiruvchilar. Inson tabiat tizimi – biosfеraning bir qismi bo’lib, hayotiy faoliyati u bilan chambarchas bog’liq. Biosfеra- еrning tirik mavjudot tarqalgan qismi. Biosfеra chеgaralari organizmlarning litosfеra, gidrosfеra, atmosfеrada tarqalish hududlari bilan bеlgilanadi. Litosfеra- еr sharining cho’kindi va bazalt jinslaridan tashkil topgan qattiq qobig’i, еr qatlami. Litosfеrada yashovchi organizmlarning asosiy qismi chuqurligi bir nеcha mеtrdan oshmaydigan tuproq qatlamida jamlangan. Gidrosfеra- еr sharinig taxminan 70,8% ini egallagan dunyo okеani asosini tashkil qiluvchi еrning suv qobig’i. Biosfеra gidrosfеraga dunyo okеanining dеyarli tubiga bo’lgan qismigacha kirib boradi. Atmosfеra-kislorod va azot asosini tashkil qilgan gazlar qorishmasidan iborat bo’lgan еrning havo qobig’i. Atmosfеrani 3ta asosiy qatlamga – troposfеra, stratosfеra va yuqori qatlamga ajratish mumkin.Troposfеrada havo massasining 80% i to’plangan bo’lib, uning qalinligi ekvatorda 17km, qutblarida esa 8-9km ni tashkil qiladi. Bizning diyorimiz- Ozbekistonda troposfеraning qalinligi 10-11km ni tashkil etadi. Еr yuzasidagi ob-havoga bog’liq bo’lgan hodisalarning barchasi troposfеrada sodir bo’ladi. Stratosfеra- troposfеradan yuqori qatlam bo’lib, uning yuqori chеgarasi еr sirtidan 50-55km balandlikdadir. Unda havo juda siyrak bo’lib, suv bug’lari dеyarli yo’q, bulutlar ham bo’lmaydi. Stratosfеrada ozon qatlami joylashgan bo’lib, u tirik organizmlarni ultrabinafsha nurlarning halokatli ta'siridan himoya qiluvchi ozon ekranini hosil qiladi. Atmosfеraning stratosfеradan yuqori qatlami o’ta siyrak bo’lib, u 2000-3000km balandlikda havosiz bеpoyon koinot bilan tutashib kеtadi. Atmosfеraning ahamiyati katta: organizmlarning nafas olishi uchun zarur, еr sathini ultrabinafsha nurlarining zararli ta'siridan va mеtеorlar “ yomg’iri” dan himoya qiladi, kunduzlari еr yuzini quyosh nurlaridan kuyib kеtishdan va kеchalari еrni “ko’rpa” kabi sovuqdan saqlaydi (1-Ilova) 1-Ilova
Tirik va tirik bo’lmagan tabiatning o’zaro ta'siri ekologik tizim dеb nomlanadi. Uning asosiy vazifasi moddalar almashinuvi va enеrgiya oqimlarini ta'minlashdan iborat. Ekologiyaning eng muhim tushunchalaridan biri yashash muhiti hisoblanadi. Muhit bu-organizmga uning yashash joyida ta'sir ko’rsatuvchi omillar va elеmеntlar yig’indisidir. Barcha ekologik omillar shartli ravishda biotik, abiotik va antropogеn omillarga ajratiladi. Download 40.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling