Insonga e’tibor va sifatli ta’lim
Download 24.01 Kb.
|
1 2
Bog'liqAbdulaziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorladi: Ibrohimov Abdulaziz
Koniyu hayvoni, agar xud nabot,
Har biri bir gavhari oily sifot. Borchasini garchi latif aylading, Borchadin insonni sharif aylading. Navoiy hazratlari tomonidan jamiki mavjudotlarning sharifi deya ulug’langan inson qadri bugun Yangi O’zbekistonda tobora yuksalib bormoqda. Mamlakatimizdagi insonparvar islohotlarga hamohang tarzda inson huquqlari sohasiga oid ilmiy tadqiqotlar salmog’i va qamrovi ham ortmoqda. Buni “Demokratlashtirish va inson huquqlari “ jurnali tahririyatiga taqdim etilayotgan ilmiy-huquqiy maqolalar ham yaqqol tasdiqlaydi. 2022-yilda “Demokratlashtirish va inson huquqlari “ jurnalida jami 111 ta ilmiy maqola nashr etilgan. Shundan 42 ta maqola o’zbek, 32 tasi ingiliz va 37 tasi rus tilida taqdim etilgan. Mamlakatimizdagi yetakchi olimlar va tadqiqotchilar bilan bir qtorda Rossiya, Qozog’iston, Belarus kabi xorijiy davlatlarning huquqshunos olimlari ham inson huquqlari sohasiga oid dolzarb mavzulardagi ilmiy maqolalari bilan jurnal sahifalarini boyitdilar. Mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini ilmiy asosda yorituvchi tahliliy maqolalarni keng jamoatchilikka yetkazish, inson huquqlari sohasida mavjud muammolarni ilmiy asosda o’rganish va ularga nazariy hamda amaliy yechinlar taklif etilishini qo’llab-quvvatlash, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, inson huquqlari sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarni rag’batlantirish maqsadida “Demokratlashtirish va inson huquqlari “ jurnali tahririyati tomonidan “Eng dolzarb ilmiy maqolalar” tanlovi o’tkazildi. Tanlov g’oliblari diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, xalqaro identifikatsiya raqamini olish va yaqin istiqbolda “Web of science”, “Scopus” kabi nufuzli xalqaro ilmiy adabiyotlar bazalariga a’zo bo’lish maqsadida jurnal veb-sayti www.dhrjournal.uz faoliyati yo’lga qo’yildi. “Demokratlashtirish va inson huquqlari “ jurnali tahririyati jamoasi erishgan bu kabi muvaffaqiyatlar yurtimizda ilm-fan va ta’limni, ayniqsa, inson huquqlari sohasidagi ilmiy izlanishlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilayotgan katta e’tibor samarasidir. Prezidentimiz Murojaatnomasida e’tirof etilganidek, yurtimizda inson qadrini yuksaltirish, inson huquqlari va xalq manfaatlarini ta’minlash, har bir sohada adolat va qonun ustuvorligiga erishish, inson huquqlari sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish 2023-yilda ham davlat siyosati va demokratik islohotlarning asosiy maqsadi bo’lib qoladi. Shu bois, qanchalik qiyin bo’lmasin, tanlagan yo’limizdan hech qachon ortga qaytmaymiz. Ko’zlagan marralarimizga albatta yetamiz. Bu yo’lda niyati ulug’, qalbi pok, mehnatkash xalqimizga tayanamiz. Tayyorladi: Ibrohimov Abdulaziz Download 24.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling