Insonga konstitutsiya nimaga kerak?


Huquqning boshqa tarmoqlari bilan konstitutsiyaviy huquqning o`zaro bo`g`ligi nimalardan namoyon bo`ladi?


Download 22.74 Kb.
bet3/4
Sana14.05.2023
Hajmi22.74 Kb.
#1460328
1   2   3   4
Bog'liq
Insonga konstitutsiya nimaga kerak

Huquqning boshqa tarmoqlari bilan konstitutsiyaviy huquqning o`zaro bo`g`ligi nimalardan namoyon bo`ladi?
Konstitutsiyadagi qoidalar xalqaro huquq qoidalari va ta lablariga to‘la monand keladi. Ya’ni, O‘zbekiston xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga sodiqligini Konstitutsiyada to‘la ifoda etdi. Bu esa o‘z navbatida davlatimizning xalqaro tashkilotlarga to‘la huquqli a’zo bo‘lishiga va xalqaro aloqalarning faol ishtirokchilaridan biriga aylanishiga zamin yaratib berdi. Konstitutsiyada xalqaro huquqning quyidagi ustuvor prinsiplari va me’yorlari mujassam bo‘lgan, ya’ni yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, inson huquqlariga sodiqlik, demokratik g‘oyalarga sadoqat, fuqarolar tinchligi, milliy va millatlararo totuvlik, barcha davlatlarning suverenitetini tan olish, ularning chegaralari daxlsizligini so‘zsiz e’tirof etish, kuch ishlatmaslik va ichki ishlarga aralashmaslik.

Huquq deganda nimani tushunasiz


Huquq — davlat tomonidan belgilangan yoki tasdiqlangan umum majburiy ijtimoiy normalar tizimi. U huquqiy munosabatlar va fuqaroning davlat tomonidan mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza etiladigan asosiy huquqlarini oʻz ichiga oladi. H. davlat boʻlib uyushgan jamiyatda paydo boʻladi va mulkchilik munosabatlarini, xoʻjalik aloqalari mexanizmini mustahkamlaydi, mehnat va uning mahsulotlarini jamiyat aʼzolari o'rtasida muayyan oʻlchov va shakllarda taqsimlab turuvchi vazifasini oʻtaydi (fuqarolik H.i, mehnat H.i); vakolatli organlar, davlat boshqaru-vi organlari shakllanishi, tartibi, faoliyatini belgilab beradi, nizolarni qay yoʻsinda hal qilish kerakligini, mavjud ijtimoiy munosabatlarni buzishga qarshi kurash choralarini (jinoyat H.i, protsessual H.) belgilaydi, shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarning xilma-xil shakllariga taʼsir koʻrsatadi (oilaviy H.). H. normalari boshqa ijtimoiy tartibga soluvchi normalar (din, axloq, odat va boshqalar)dan oʻzining majburiyligi bilan ajralib turadi.
H.ning 2 yoki undan ortiq davlatlarning xohish-irodasi, istaklari bilan vujudga keltiriladigan xalqaro huquq hamda faqat bir davlat doirasida boʻlgan milliy H. koʻrinishlari bor. Fanda H.ni "geografik" jihatdan boʻlib talqin qilish ham mavjud. Unga koʻra quyidagi huquqiy tizimlar ("huquq oilalari") farqlanadi: kontinental (yoki romangerman), an-glosakson (yoki ingliz-amerika), in-deys, musulmon huquqi. Qiyosiy huquq-shunoslik namoyandalari "sotsialistik davlat"lar deb atalgan davlatlar H.ini ham alohida tizimga kiritishni taklif etadilar. Oʻzbekiston Respublikasi huquqi kontinental H. tizimiga mansub.
Huquqiy tartibot tushunchasiga ta`rif bering
Huquqni amalga oshirish va huquqiy norma talablarini bajarish 
qonuniylikning asosiy talabidir. Bu talabning amalga oshirilishi, erkin ijtimoiy 
munosabatlarda shunday tartibni o`rnatishga olib kelishi kerakki, bunda sub’ektiv
huquq qarshiliksiz amalga oshirilishi, yuridik majburiyatlar esa og’ishmay
bajarilishi lozim. Qonuniylik asosida o`rnatilgan bunday tartibot huquqiy tartibot
deyiladi.
Demak, huquqiy tartibot qonuniylik talablarini amalga oshirish asosida 
vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarning muayyan holatidir. Qonuniylik bilan 
huquqiy tartibot bir-biridan farq qiladi: qonuniylikning mazmuni huquqiy 
normalarga qat’iy va og’ishmay rioya etishda ifodalansa, huquqiy tartibot esa, 
ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining xalq-atvori, ularning sub’ektiv huquq va majburiyatlariga muvofiq kelishida ifodalanadi. Davlat jamiyatda o`rnatilgan 
huquqiy tartibotning bosh kafolatidir. Shunday qilib, huquqiy tartibot – huquqiy 
munosabatlar doirasida, mazkur munosabatlarning ishtirokchilari o`z sub’ektiv
huquqlarini amalga oshirishlari va yuridik majburiyatlarini bajarishlari natijasida 
vujudga keladi. 
Qonuniylikni amalga oshirish huquqiy tartibotni ta’minlash vositalaridan biri 
bo`lsa, huquqiy tartibotni mustahkamlash esa, o`z navbatida qonuniylikni 
mustahkamlashga yordam beradi. 

Download 22.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling