Insonga konstitutsiya nimaga kerak?
Download 22.74 Kb.
|
Insonga konstitutsiya nimaga kerak
Insonga konstitutsiya nimaga kerak? Har bir xalq, millat o‘z istiqloliga erishganidan so‘ng jahonda yangi mustaqil davlat sifatida tashkil topganligi, maqsadi, kelajak istiqbollarini Konstitutsiyada belgilab qo‘yadi. Chunki dunyodagi mavjud konstitutsiyalarning barchasi ularni ijod etgan xalqning, millatning siyosiy tafakkuri, ma’naviyati va madaniyati bilan uzviy bog‘liqdir. Xuddi shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham xalqimiz tabiatiga mos barcha ma’naviy-madaniy qadriyatlarni, xalqimiz donishmandligini, axloqiy fazilatlarini o‘zida mujassam etgan. Asosiy qonunimiz yillar davomida xalqimizning dilidan joy oldi, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini hamda majburiyatlarini o‘zida mujassam etgan dasturul amal sifatida namoyon bo‘ldi. Yillar o‘tgan sayin Konstitutsiyamizning mukammalligi, hayotiyligi, uning kelajakning ham talablariga javob bera olishi isbotlanmoqda. Bu esa istiqlolning ilk yillarida Asosiy qonunni yaratish yo‘lida amalga oshirilgan ulkan va mashaqqatli mehnat samarasidir. O‘tgan davr ichida nimaga erishgan bo‘lsak Konstitutsiya asosida amalga oshirildi, uning normalariga amal qilgan holda erishdik. Konstitutsiyaning 22-moddasida davlat o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilishi va ularga homiylik ko‘rsatishi, 23-moddasida respublika hududida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq himoyalanishi kafolatlab qo‘yildi. Konstitutsimizning 13-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi” deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyani nima uchun asosiy qonun deb ataydilar? Har qaysi davlat huquq tizimida bir talay qonunlar mavjud bo'ladi. Ammo ular orasida eng asosiysi deb e'tirof etiladigan birdan-bir qonun mayjudki, u ham bo'lsa, konstitutsiyadir. Lotincha «constitutio» so'zining tarjimasi, «nizom, qoidalar» degan ma'nolarni anglatadi. Xo'sh, konstitutsiya nimani belgilab beradi? Konstitutsiya jami-yat va davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzish hamda faoli-yatining asosiy prinsiplarini, ularning vakolatlarini, fuqarolaming asosiy huquqlari va burchlarini belgilab beradi. Qolgan barcha qonunlar, kodekslar, qarorlar va farmonlar konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi. Bu esa davlatning har bir normativ hujjati konstitutsiyaga mos kelishi shart ekanligini anglatadi. Konstitutsiyaviy huquq nima va u konstitutsiyaga qay tarzda bog'liq? Konstitutsiya bilan konstitutsiyaviy huquq o'rtasidagi tafovut esa, konstitutsiya, garchi asosiysi bo'Isa-da, ko'plab qonunlardan biri ekanligida, konstitutsiyaviy huquq esa huquqning ko'plab huquqiy manbalar, shu jumladan, konstitutsiyadan tarkib topuvchi butun bosh-li bir tarmog'i ekanligida namoyon bo'Iadi. KONST1TUTSIYAVIY HUQUQ -HUQUQNING YETAKCHI TARMOG'I Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimida huquqning yetakchi tarmog'idir, negaki eng oh'y yuridik kuchga ega bo'lgan konstitutsiya uning asosiy manbai bo'lib xizmat qiladi. Asosiy qonun sifatida konstitutsiya amalda o'zida jamoat bitimini, ya'ni o'ziga xavf-xatarsiz va erkin rivojlanish shartlarini ta'minlashi va kafolatlashi uchun xalq o'z davlati bilan tuzadigan shartnomani mujassamlashtiradi. Shu boisdan uning g'oyalari davlatda amal qiluvchi qolgan barcha qonunlardan ham o'rin oladi. Tamal umumiy prinsiplarni o'zida mujassam etgan konstitutsiya qoidalari shu-ningdek davlatda mavjud barcha huquq tarmoqlarida ham rivoshjlanadi. Buning tasdig'ini bilib olish maqsadida mamlakatimiz konstitutsiyasi boblaridan biriga, masalan, oilaga bag'ishlanganiga murojaat qilamiz. Mazkur bob atigi to'rttagina moddadan iborat. Go'yo juda ozdek tuyuladi, ammo ularda mujassamlashtirilgan g'oyalar oilaviy huquqning boshqa normalarida konkret ravishda rivojlantiriladi. Konstitutsiyaviy huquq nima? Download 22.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling