Insoniyat tarixidagi eng yirik va buyuk imperiyalar


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
Sana30.11.2020
Hajmi1.43 Mb.
#156490
Bog'liq
Insoniyat tarixidagi eng yirik va buyuk imperiyalar


Insoniyat tarixidagi eng yirik va buyuk imperiyalar 

 

1. Britaniya Imperiyasi — 1920 yilga yaqin 

  

       Balkim bu sizni hayratlantirar, balki yo’q, ammo dunyoni egallash bo’yicha Britaniya imperiyasidan ustun turadigan boshqa 



imperiya topilmadi. 35,5 mln km² ni egallagan Britaniya imperiyasi osongina insoniyat tarixidagi eng yirik imperiyaga aylandi 

(Mo’g’ul imperiyasidan 30% ko’proq). Bir asrdan ortiq Britaniya dunyodagi asosiy hukmdori bo’lgan va dunyo aholisining 

23% ni nazorat qilgan. Keng ekspansiya natijasida ularning madaniy va til merosini Yer sharidagi deyarli har bir rivojlangan 

jamiyatda toppish mumkin. Ko’pchilik 1997 yildagi Gonkongning Xitoyga berilishini Britaniya imperiyasining rasmiy 

tugatilishi deb biladi. Ammo jahon arenasiga nazar solsak, Buyuk Britaniya haligacha dunyoning yirik qismini nazorat qilib 

kelmoqda… shunchaki ular buni aqlli yo’l bilan va progressiv holda amalga oshirmoqdalar. Balkim, Dunyo hukmdorligi shu 

bo’lsa kerak… shunchaki to’g’ri tashkil qilingan.

 

2. Ikkinchi Fransuz Kolonial Imperiyasi — 1920 yilga yaqin 



  

 

        Ispaniya, Portugaliya, Qo’shma qishloqlar va (keyinroq) Britaniya bilan raqobatlashib kelgan Fransuz colonial imperiyasi 1830 yilda, Aljirni zabt 



etishdan boshlangan. Ular Afrika maydonining katta foizini koloniya aylantirishdi va Yaqin Sharqda, Janubi-Sharqiy Osiyoda, Yangi Kaledoniya va 

Janubiy Amerikaning kichik qismiga egalik qilib olishdi. Bu imperiyani gullash davrida tarixdagi 6-yirik imperiyaga aylantirdi, uning aholisi butun yer 

sharining 5%ni egallagan, va u Yerning 7,7% maydonida yashab kelgan. 

 

3. Rossiya Imperiyasi — 1895 yilga yaqin 



  

 

         Rossiya imperiyasi kuchli davlat bo’lgan, va 1721 yildan (rasman) 1917 yilda inqilob natijasida qulashigacha davom etgan. Imperiya 



rivojlanishni eng boshidan bohlagan, va Rossiyani asosan, qishloq xo’jaligi davlatidan ancha zamonaviy davlatga aylantirgan. O’zining gullagan 

davrida 1895 yilda Rossiya imperiyasi 15,5 mln dan 170 mln kishigacha kattalashgan, va bu odamlar 23,3 mln km² maydonda yashab kelgan. Unga 

qo’shilgan Pribaltika, Polsha, Finlyandiya va boshqa kichik aziya maydonlari bilan birgalikda, Rossiya imperiyasi butun insoniyat tarixidagi 3-eng 

yirik imperiyaga aylangan. 

 


4. Brazil Imperiyasi — 1889 yilga yaqin 

 

 



     Boshida Portugal imperiyasining bir qismi bo’lgan, Brazil imperiyasi o’zining mustaqilligini 1822 yilda e’lon qilgan. Bir necha yillik notinchlikdan 

so’ng, 1843 yilda tinchlik davri hukm surishni boshladi, va bu Braziliyaga Buyuk Britaniya va Urugvay bilan mojarolar paydo bo’lishiga qadar 

tinchlikka erishishiga yo’l ochib bergan. Mojarolarni muvaffaqiyatli tinchlantirgandan so’ng, Brazil imperiyasida “Oltin asr” boshlandi, va u 

progressive va zamonaviy millat sifatida butun dunyo bo’ylab tez tanilib ketdi. 1880-yillarga kelib, imperiya o’zidan Janubiy Amerikaning katta 

qismini tashkil qilgan, egallagan maydoni 8,5 mln km², va bu uni insoniyat tarixidagi 11-eng yirik imperiyaga aylantirgan. 

 

5. Portugal Kolonial Imperiyasi — 1820 yilga yaqin 



  

         Portugal Kolonial imperiyasi tarixdagi birinchi global imperiyadir. U hech qachon Ispaniya Imperiyasi singari yirik qo’mondonlikka erishmagan. 

O’z nazorati ostida 3,69% Yer maydoniga ega bo’lgan holda, u tarixdagi 19-eng yirik imperiya hisoblanadi. Shunga qaramasdan, u eng uzoq umr 

ko’rgan zamonaviy yevropalik colonial imperiyasi bo’lib, olti yuz yillik yashab, yangi yuz yillikga ozgina qolganida barbod bo’lgan (1999 yilning 20 

dekabrida Portugal imperiyasi mavjudligi rasman tugagagan). 

 


6. Ispan Imperiyasi — 1810 yilga yaqin 

  

 



       Oxirgi Xitoy sulolasidan ortda qolmaslik uchun Ispan imperiyasi 1492 yilda tashkil topgan va jahon tarixida ikkinchi global imperiyaga aylandi. 

O’z nazorati ostida 15,3 mln km² yerga ega bo’lib turib, u tarixdagi 5-eng yirik imperiyaga aylandi. Ko’pgina suvusti zabt etishlar natijasida ular 

Shimoliy va Janubiy Amerika maydonlarining katta foizini nazorat ostiga olishgandi, shuningdek, Karib basseynining deyarli barcha mamlakatlarida, 

Afrika, Yevropa, Tinch okeanining janubiy qismi va hatto Yaqin Sharq qirg’og’idagi ba’zi shaharlarni nazorat qilishgan. 

 

7. Sin Sulolasi — 1790 yilga yaqin 



  

 

     Sin Sulolasi Xitoyning oxirgi imperatorlik sulolasi bo’ldi. Bu ulkan imperiya hamji bo’yicha butun insoniyat tarixidagi 4-eng yirik imperiya bo’ldi 



va yer sharining 10%ga yaqinini egallar edi, shu bilan birga, 400 million kishilik aholisi bor Korey ava Tayvan maydonini ham bunga kirar edi. 

Mahalliy qo’zg’olonlar oxirgi imperatorni taxtdan voz kechishiga majbur qilganidan qariyb uch yuzyillik o’tdi, va 1912 yilda Xitoy Respeublikasi 

shakllandi. 

 

 



 

 


8. USMON Imperiyasi — 1683 yilga yaqin 

  

       Istambul Konstantinopol bo’lgan vaqtlarida, u Osman imperiyasi (Turk imperiyasi deb ham nomlanadi) poytaxti bo’lgan. Ammo tarixda u 



unchalik katta bo’lmagan (5,2 mln km²,va bu uni mavjud bo’lgan imperiyalardan 22-eng yirigiga aylantirdi), lekin boshqa jihatlardan – muvaffaqiyatli 

va uzoq umrli. 1300 yildan sal oldinroq, Osman imperiyasi olti asr davomida sharqiy va g’arbiy dunyo orasida o’zi uchun yaxshigina joy ajratib olgan. 

Birinchi jahon urushida zabt etilganida, imperiya buzilgan, va natijada 1922 yilda Turk respublikasi barpo etilgan. 

 

 



9. Min Sulolasi (Buyuk Min imperiyasi) — 1450 yilga yaqin 

  

 



       Min Sulolasi Yuan Sulolasi tugashidan keyin tashkil topgan. Kuchli mo’g’ullar borligi tufayli shimolga keygayish imkoniga ega bo’lmagan Min 

Sulolasi baribir dunyo yerining 4,36%ni egallagan va tarixdagi 13-eng yirik imperiyaga aylangan. Balkim, u Xitoydagi birinchi harbiy suvosti flotining 

qurilishi bilan tanilgan, va bu unga suv ekspeditsiyalarini jo’natishga va muvaffaqiyatili mahalliy suv savdosini takomillashtirishga imkon bergan. 

 

 



 

10. Yuan Sulolasi — 1310 yilga yaqin 

  

     



Avvaliga Mo’g’ul imperiyasi tomonidan nazorat qilingan shimoliy xitoy maydonlaridan, Chingizxon nevarasi Xitoyning 

qolgan qismini egallash va Yuan sulolasiga asos solish uchun o’z askarlarini keltirgan. 1310 yilga kelib u ilgarigi Mo’gul 

imperiyasining katta qismiga va insoniyat tarixidagi 9-

eng yirik imperiyaga aylangan, bunda 11 mln km² yerga egalik 

qilgan. Afsuski, XIV asr o’rtalaridagi qo’zg’olon Yuanlarning 1368 yilda tamoman yiqilishiga olib keldi, va sulolani xitoy 

tarixidagi eng kam davom etgan sulolaga aylantirgan. 

 

 

 

 

 

 


 

11. Oltin O’rda — 1310 yilga yaqin 

  

Chingizxon aqlsiz bo’lmagan, va uning hukmisiz imperiya o’z hajmlarini saqlay ololmasligini bilgan. Shu tariqa, u 



imperiyani tumanlarga bo’lib tashlagan, va o’z merosini qoldirish uchun har birini boshqarishni o’z o’gillari orasida 

taqsimlagan. Boshlang’ich imperiyaning ulkan hajmlari va kuchiga qarab, hatto uning alohida egaliklari ham ta’sirli kuchga 

ega bo’lgan. Mo’g’ul imperiyasi o’z gullashiga erishganidan keying avlodda, Oltin O’rda mustaqil tuzilmaga aylangan. 

Hatto o’zidan-o’zi 1310 yilga kelib, u tarixdagi 16-eng yirik imperiya bo’la turib, haligacha dunyoning hayratlanarli 4,03% 

(Mo’g’ul imperiyasi yerining chorak qismi) ni nazorat qilib kelgan. 

 

12. Mo’g’ul Imperiyasi — 1270 yilga yaqin 



 

Bu imperiya haqida ko’p kishi bilsada, Chingizxon imperiyasining aslida qanchalik yirikligini kamdan-

kam odam tushunadi. O’zining eng gullagan davrlarida Mo’g’ul imperiyasi kattakon 24 mln km² maydonni nazorat ostiga 

olgan. Taqqoslash uchun, bu Rim imperiy

asi hajmidan 4 barobar katta va zamonaviy Qo’shma Shtatlarning 3 barobaridan 

ozgina kichikroqdir, va bu Mo’g’ul imperiyasini butun insoniyat tarixidagi 2-eng yirik imperiyaga aylantiradi. 



13. Tan Sulolasi — m.a. 820 yillarga yaqin 

  

        Tan Sulolasi xitoy sivilizatsiyasida millatchilik madaniyatidagi oltin asr hisoblanganligini ochib bergan. Ushbu davrga 



Xitoyning eng taniqli shoirlari Li Bo (Li Bai) va Du Fu (Du Fu) mansub, ksilografiya kashfiyoti esa o’sib borayotgan Xitoy va 

butun Osiy

o san’ati madaniyati rivojlanishiga ta’sir qilgan. Tarixiy jihatdan boshqa xitoy sulolalaridan ko’ra, unchalik 

muhim bo’lmagan Tan sulolasi qariyb uch yuzyillik (m.a. 618 yildan 907yilgacha) davom etgan, dunyo bo'yicha 3,6% ni 

egallagan va insoniyat tarixidagi yirik imperiyalar ichida 20-o'rinni egallagan. 

 

14. Tibet imperiyasi — m.a. 800 yillarga yaqin 



  

          

Tibet imperiyasi 800 yilga kelib butun dunyo maydonidan 3%ni egallab kelgan. Shu vaqtning o’zidayoq G’arbdan 

bundanda ulkan va gullayotgan Arab imperiyasi rivojlanib kelgan. Boshqa tomondan Tan Sulolasi, arablar bilan yaxshi 

diplomatic aloqalarni o’rnatgan mustahkam va birlashgan kuchga aylangan, va ikki kuchli davlat orasida joylashgan Tibet 

imperiyasini tarixdagi birinchi imperiyalardan biriga aylantirgan. Diplomatiya va kuchli harbiy yordamga ega bo’lganligi 

uchun Tibet imperiyasi 200 yildan ortiq yashab 

kelgan. Hayratlanarliki, o’sib borayotgan budda ta’limlari oxir oqibatda 

imperiyani yakson qilgan fuqarolar urushini keltirib chiqargan 

15. Abbosiylar xalifaligi — m.a. 750 yillarga yaqin 

 

Omeyad xalifaligi rivojlanishidan 30 yil o’tib, Muxammadning eng yosh amakisi 



avlodlarining Omeyadlarga qaram bo’lmasligi va qo’zg’olon ko’tarilishi natijasida, 

taxtga Abbosiylar xalifaligi keldi. Ular ta’kidlashlaricha, ularning ajdodlari 

Muhammad payg’ambarga yaqin bo’lgan, shuning uchun ular haqiqiy taxt vorislari 

deb o’zlarini hisoblashgan. M.a. 750 yilda hukumatning omadli zabt etilishidan 

keyin, ular deyarli 400 yil davom etgan va o’z ichiga Xitoy bilan yaqin aloqalarni 

olgan “oltin davr” ni boshlashgan. Ularning imperiyasi Omeyadlar xalifaligidan katta 

bo’lmasada, u uzoq vaqt davom etgan va 11,1 mln km² maydonni yaxshi nazoratga olishgan, va bu uni 1206 yilgi 

Chingizxon zabt etishigacha bo’lgan davrgacha insoniyat tarixidagi kattaligi bo’yicha 7-eng yirik imperiya hisoblangan. 

 


16. Omeyad xalifaligi — m.a. 720 yillarga yaqin 

  

       



Muhammad payg’ambar vafot etgandan keyin qolgan to’rtta asosiy xalifalikdan ikkinchisi – Omeyad xalifaligi birinchi 

Musulmonlar fuqarolik urushidan keyin m.a. 661 yilda yaratilgan. Butun Yaqin Sharqdagi ustunlikka qo’shimcha 

tariqasida, Omeyad xalifalihi Shimol

iy Afrika va Janubiy Yevropaning ba’zi qismlariga qarab kengayishda davom etgan. 

Butun yer sharining 29% aholisi (62 mln kishi) dan va butun dunyo yerlarining 7,45% dan tashkil topgan, kompleks ijtimoiy 

tuzilmaga ega bo’lgan Omeyad xalifaligi zamonaviy tarixda 8-eng yirik imperiya va dunyodagi eng yirik imperiya unvoniga 

erishgan, va m.a. 720 yilgacha davom etgan. 

17. Taqvodor xalifalik — m.a. 655 yillarga yaqin 



  

           Taqvodor xalifalik islom davrining eng ilgari davrlarida birinchi islom xalifaligi edi. Xalifalik islom jamiyatining 

ishlarini olib boorish uchun, milodiy 632 yilda, Muhammad payg’ambarning o’limidan so’ngra darhol barpo etilgan. Turli xil 

arab qabilalarin

i o’ziga bo’ysundirib va ular bir birlashib, xalifalik zabt etishga kirishdi, va bu Misr, Siriya va butun Fors 

imperiyasini boshqarishga olib kelgan. O’zining eng yaxshi davrlarida, m.a. 655 yillarda Taqvodor xalifalik 14-eng yirik 

imperiya hisoblangan, Ya

qin Sharqning 6,4 mln km² maydonni egallagan. 

 

18. Turk xoqonligi — m.a. 557 yillarga yaqin 



 T

urk xoqonligi hozirgi davrdagi Xitoy markaziy qismining shimolidan iborat bo’lgan. 

Xoqonlik hukmdorlari Ichki Osiyoning Shimoliy qismidan kelib chiqqan noaniq 

ko’chmanchi qabila Ashin urug’larigan kelib chiqqan. Olti asrlar oldin Xunnaga 

o’xshab, ular Ipak yo’lidagi foyda keltiradigan savdosini qo’shib, Markaziy Osiyoninh 

yirik maydonlarini boshqarish uchun keygayishgan. M.a. 557 yilga kelib, ular 

tarixdagi 15-eng yirik imperiyaga aylangan, va dunyoning 4,03% ni nazorat ostiga 

olgan (3,36% egallagan Rim imperiyasidan ancha kattaroq). 

 


  

 

19. Rim Imperiyasi — m.a. 117 yillarga yaqin 



Rim imperiyasi haqidagi ko’p sonli eslatmalar uchun, xohishiy o’rtastatistik odam uni tarixdagi eng yirik imperiya deb 

hisoblaydi. Haqiqatdan, o’z rivojlanishining eng gullagan vaqtlarida, m.a. 117 yillarda u g’arb sivilizatsiyasidagi eng yirik va 

ijtimoiy 

tuzilma hisoblangan, ammo o’shanda ham rimliklar umumiy hisobda faqatgina 5 mln km² yerlarni egallagan, va bu 

uni tarixdagi 24-eng yirik imperiyaga aylantiradi. Mazkur holatda gap sonda emas, sifatda, chunki Rim imperiyasining 

ta’siri g’arb sivilizatsiyasining deyarli barcha jihatlarini tegib o’tgan. 

20. Sharqiy Xan sulolasi — m.a. 100 yillar 

 

O’zining qariyb 200-yillik hayoti davomida Sharqiy Xan sulolasi turli xil 



hukumdorlar, isyonlar, notinchlik va iqtisodiy inqirozlarni boshdan kechirgan. 

Ushbu omillarga qaramasdan, Sharqiy Xan sulolasi tarixdagi kattaligi bo’yicha 

12-

sulola bo’lgan. U, uning xristianlik davridagi sherigidan ko’ra, maydoni 



jihatidan kattaroq bo’lgan, deyarli 500 km² ga kattaroq maydonni – umumiy 

hisobga, dunyo bo’yicha 4,36% maydonni egallagan. 

 

 

 



21. G’arbiy Xan sulolasi — m.a. 50 yilga yaqin 

  

Xan sulolalari haqida gapiradigan bo’lsak, G’arbiy Xan sulolasi o’z rivojlanishinig eng baland cho’qqisiga taxminan yuz 



yillardan keyin erishgan. Ular hech qachon Xunnu imperiyasi rivojlanish darajasiga erishmagan bo’lsada, ammo ular 57 

million odam istiho

mat qilgan 6 mln km² maydonni egallay olishdi, va insoniyat tarixidagi kattalik bo’yicha 17-imperiyaga 

aylanishgan. Bunga erishish uchun ular xunnani shimolga talqin qilishgan, hamda hozirgi Vyetnam va Koreya yarim 

oroliga agressiv holda kengayishgan. G’arbiy Xan sulolasi, G’arbdan Rim imperiyasigacha mamlakatlar bilan aloqalar 

o’rnatgan va mashhur savdo Ipak yo’liga asos solgan Chjan Tsanyaning asosiy diplomatik yutuqlarini o’z ichiga olgan. 

 

22. Xunna Imperiyasi — m.a. 209 yillarga yaqin 



 M.a. IV-III yillar davrida, natijada Xitoyg aylangan davlat 

– bir nechta dushmanlik davlatlaridan iborat bo’lgan. Natija 

sifatida, Xunna ko’chmanchi harbiylari shimoliy maydonlarga yurishlar qilishgan. O’zining rivojlanish davrida Xunna 

imperiyasi butun du

nyoning 6% dan ko’proq maydonni egallab kelgan, va insoniyat tarixidagi 10-eng yirik imperiya 

unvoniga sazovor bo’lgan. Ularga erishish shunchalik qiyin ediki, o’z zabt etgan maydonlarini saqlab qolish uchun yillar 

davomida muzokaralar, shartnomali turmush qurishlar va Xan sulolasi tomonidan voz kechishlar talab qilindi. 

 

 



 

23. Mauriylar Imperiyasi — m.a. 250 yillarga yaqin 

 

Aleksandr Makedonsiy o’limidan so’ng butun Hindiston va unga qaraydigan maydonning katta qismi Mauriylar 



imperiyasi tomonidan zabt etilgan, buning natijasida birinchi (va eng yirik) Hind imperiyasi tashkil topgan. O’zining eng 

rivoj topgan davrlarida, bag’ri keng va diplomatik hukumdor, Ashok Buyuk boshqargan paytlarda Mauriylar imperiyasi 

qariyb 5 mln km² maydonni egallagan, va bu uni tarixdagi kattaligi bo’yicha 23-imperiyaga aylantiradi. 

 

24. Makedoniya imperiyasi — m.a. 323 yillarga yaqin 



 Aleksandr Makedonskiy davrida Makedoniya imperiyasi Axamoniylar davlatini yakson qilgan va qadimgi yunon 

sivilizatsiyani, Aristotelning faylasufiy hissasiga, va balkim, orgiyalarga birinchi qadam qo’ygan yakuniy ellinistik davlatni 

barpo qilgan. O’z rivojlanishining eng baland cho’qqilarida Makedoniya imperiyasi butun dunyoning deyarli 3,5% ni 

egallagan, va bu uni tarixdagi yirikligi bo’yicha 21-o’rinni egallagan imperiyaga aylantirdi (va forslarni zabt etishdan keyingi 

k

attaligi bo’yicha ikkinchi imperiya). 



 

25. Axamoniylar davlati — m.a. 500 yillarga yaqin 

 

Butun tarixdagi hajmi bo’yicha eng katta imperiya sifatida, Axamoniylar davlati (shuningdek, birinchi Fors imperiyasi 



deb nomlangan) ham ta’sirlantiradi. O’z rivojlanish bosqichining eng baland cho’qqisida, m.a. 550 yillarda ular 31,6 mln 

km² maydonni egallagan, va buning ichiga Yaqin Sharqning ko’pgina mamlakatlari va Rossiya tumanlari kirgan. Yana 

hayratlantiradigani shu-ki, Buyuk Kir II davrida imperiya butun ijtimoiy infratuzilmaga 

ega bo’lgan va yo’llar, pochta xizmati 



kabilarni o’z ichiga olgan. Va bu infratuzilmani keyinchalik boshqa imperiyalar ortda qoldirishga harakat qilishgan. 

 

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling