Insoniylikdan ustun, yoxud sario'zak afsonasi


Download 19.22 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi19.22 Kb.
#1041559
Bog'liq
INSONIYLIK


INSONIYLIK - INSONIYLIKDAN USTUN,
yoxud SARIO'ZAK AFSONASI

Chingiz Aytmatov o'z asarlarida oddiy mehnat kishilari: ishchilar, chorvadorlar, dengizchilar, ziyolilarning obrazini chizadi. Lekin jamiyat shulardangina iborat emasligini nazarda tutib, atrofdagi oddiy temiryo'lchilar shu o'rinda og'ir mehnati bilan kun kechiradigan:dehqon, yuk tashuvchi, kosib, paxtakor, oshpaz, novvoy bundan tashqari kasb-korini bilib bo'lmaydigan firibgar, muttahamlar yetarlicha topilishini insonning mehnatkash yoki ishyoqmas, pok-nopok, shafqatli-shafqatsiz, dono-nodonligiga, hatto qanday mazhab, qanday dinda bo'lishiga qaramay ularni o'zining sehrli qalamida asl mohiyatini ko'rsatib bera olgan. Men sizlarga yoritib bermoqchi bo'lgan «Asrga tatigulik kun» romanida ham yuksak insoniy tuyg'ular o'z aksini topgan. Bu asar voqealari, asosan, Sario'zak cho'lida, «Bo'ronli» temiryo'l bekatida bo'lib o'tadi. Romanga X asrda yashab o'tgan arman yozuvchisi Grigor Narikatsiyning «Musibatnoma» kitobidan «Bu kitob jism-u fig'onimdir mening, Bu kalom jon-u jahonimdir mening» satrlarini epigrif qilib olishida ham teran ma'no bor. Chingiz Aytmatov uchun ham bu roman «jon-u jahon» ning o'zi edi. Roman voqealari asar qahramonlaridan biri1 Kazangapning vafotidan keyingi daft etish taraddudlari bilan boshlanadi. Romanda insonlarni, umuman tirik mavjudodlarni xilma-xil sharoitlarda, turli vaziyatda, ziddiyatli tang holatlarda, fojia ichida olib qaraydi. Insonning tavallud topishi, unib-o'sishi, kamoloti, parvozi, qolaversa inqirozi, hayot sinovlariga mukka tushib qolgan onlarida, ruhiy iztiroblar ichida ko'rar ekanmiz, shunisi tahsinga sazovor-ki har qanday sharoitda, hatto yorug' dunyodan abadiy ko'z yumganida ham inson ulug' mukarram bo'lib qolishiga arziydigan zot sifatida talqin qiladi yozuvchi.
Sobitjon otasi Kazangapni o'lganda ham obod qila olmagan nomunosib o'g'ilni harakatlarini o'z ko'zi bilan ko'rgan, Edigey Bo'ron hayratda qolib: «Odamlarga nima bo'lgan o'zi»! -deya g'azablanadi. Ularga o'limdan boshqa hamma narsa muhim! deb ich-etini tirnaydi. Edigey Kazangapni dafn etish jarayonida,marhum bilan vidolashuv onlarida, Allohga murojaat qilingan o'rinlar tasvirida Edigey tabiatiga xos yuksak insoniy xususiyatlar namoyon bo'lgan. Romanning keskin nuqtalarini: maktab muallimi Abutolib Quttiboyev, uning sadoqatli rafiqasi Zarifa opaning boshiga tushgan mudhish musibatlarni asarni o'qishim davomida kuzata turib; Urushga borib so'ng asirga tushib inson zoti bardosh bera olmaydigan qiynoqlarga chidab, yurti uchun, tinchligi, ozodligi uchun partizanlar safida jang qilgan, ammo tinch-totuvlik davri kelganida ayanchli o'lim topgan Abutolib singari shaxslar taqdiri, asar voqealarining kulminatsion nuqtalarini tashkil etadi. Nayman ona voqeasi esa tarixiy rivoyat shaklida keltirilib, Jo'lomon obrazi orqali zamonaviy manqurt Sobitjon qiyofasi ochib berilgan.Har ikkala farzandlarning ham orasidagi farq shunda-ki, Jo'lomon jungjanglarning vahshiyligi natijasida,qiynoqlar azobidan ongidan, xotirasidan ayrilgan bo'lsa, Sobitjon ongli ravishda shu yo'lni tanladi.Sobitjonda ajdodlar ruhini, urf-odatlarini mensimaslik, ota-onani qadrlamaslik, mansab-mavqeyga bino qo'yish, ochko'zlik illatlaring mavjudligi shunday xulosaga kelishimga sabab bo'ldi.
Kazangapni «Bo'ronli bekat»idan o'ttiz chaqirimcha narida joylashgan «Ona Bayit» qabristonida dafn etishga undagan sabablar va kosmodrom hududida joylashgan «Ona Bayit» qabristonidan marhumga go'r qazish uchun ikki metr joy topilmaganligi, boshqacha aytganda, dunyoning bir nechta davlatlarini o'z bag'riga sig'dira olgan hayhotdek Qozog'iston cho'lida,shu yerlik qozoqlarning azaliy qabristonida o'z umrini Vatan va xalq xizmati, baxt-saodati yo'liga bag'ishlagan halol mehnatkash kishining jasadiga joy berilmadi. Balki Kazangapning o'g'li Sobitjon o'z otasiga chin dildan jon kuydirib, farzandlik mehri barq urib urib marhum otasining so'ngi vasiyatini ado etishga kirishganida bunday mudhish holat bo'lmasligi ham mumkin edi. Ammo farzand marqurtga, ongsiz manqurtga,o'z ishi foydasi va faqat o'zini o'ylaydigan hudbin kimsaga aylanib bo'lgan edi. Uni atrofdagilar, hatto o'z otasi ham qiziqtirmasligi buning yaqqol dalili desak mubolag'a bo'lmaydi.Men bu asarni o'qib shunday xulosaga keldimki: Inson qanday holatdan qat'iy nazar o'zligini yo'qotmasligi, ota-onasini qadrlashga, azaliy urf-odatlar va qadriyatlarga hurmat bilan qarashga va sabr-bardoshli bo'lishiga intilishi kerak ekanligini tushunib yetdim.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Chingiz Aytmatov. «Asrga tatigulik kun» Yoshlar nashriyot uyi, -T.: 2018 y.
2. Adabiyot 9 sinf darsligi. 2019 y.

1 Chingiz Aytmatov. «Asrga tatigulik kun» Yoshlar nashriyot uyi, -T.: 2018 y.

Download 19.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling