Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash odamiylikning eng oliy mezonidir


Download 67 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi67 Kb.
#1391535
  1   2   3   4   5
Bog'liq
INSONLARNING DARDU TASHVISHLARINI O‘YLAB YASHASh ODAMIYLIKNING ENG OLIY MEZONIDIR


INSONLARNING DARDU TASHVISHLARINI O‘YLAB YASHASh ODAMIYLIKNING ENG OLIY MEZONIDIR


Reja:



  1. «Pastga tushib, odamlarning dardi bilan yashash — yakkayu yagona va eng ulkan maqsadimizdir»

  2. «Insonlarning dardu tashvishlarini о‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir»

  3. Mamlakatimizda kechayotgan yangilanishlar jarayoni

1. «Pastga tushib, odamlarning dardi bilan yashash — yakkayu yagona va eng ulkan maqsadimizdir»

Hayot bor ekan, inson bor ekan, muammolar ham bо‘lishi tabiiy. Mana, kо‘p о‘tmay, xalqimiz ushbu muammolarni joyida bartaraf etish bо‘yicha davlatimiz Rahbarining g‘oya va tashabbuslari amaliy natijalarini о‘z hayotida kо‘rmoqda va sezmoqda.


Muhtaram Prezidentimiz barchaga о‘rnak kо‘rsatib, hududlarga safarlari davomida chekka qishloq va ovullargacha kirib borib, ijtimoiy soha obyektlari, oddiy odamlar xonadonlarida bо‘lib, yuzaga kelgan real vaziyat, aholining turmush sharoiti bilan yaqindan tanishmoqda, muammolarni bartaraf qilish bо‘yicha tegishli kо‘rsatmalar bermoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Pastga tushib, odamlarning dardi bilan yashash — yakkayu yagona va eng ulkan maqsadimizdir» degan sо‘zlarini zamirida inson manfaati oliy qadriyat ekanligi, xalqqa xizmat qilish kabi ezgu amallar hamda savobli ishlar yotadi. Zero, inson hayotga bir marta keladi va u baxtli yashashni istaydi hamda ushbu maqsadga erishish uchun intilib yashaydi.
Biroq oramizda ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar ham borki, ular bu maqsadga erishishga talpinadi, shukronalik bilan yashaydi, ammo ezgu niyatga tо‘laqonli erishish uchun о‘zgalar yordamiga ham muhtoj bо‘lishadi.
Xususan, О‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi joriy yil boshidan buyon Yong‘in xavfsizligi instituti jamoasi haftaning shanba va yakshanba kunlari «Savob ishni har kim, har kuni qilishi lozim» degan shiori ostida, kо‘plab savobli va ezgu ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10 avgust kunidagi Farmoyishiga asosan 15-30 avgust kunlari mamlakatimizning barcha hudularida obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda umumxalq xayriya hashari deb e’lon qilingani munosabati bilan, shuningdek, davlatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik kо‘rish, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida xodimlarining daxldorlik hissini shakllantirish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bо‘lgan о‘zaro mehr-muhabbat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, yoshlarimizni vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va tozalik ishlarini amalga oshirish maqsadida, joriy yilning 17-18 avgust kunlari Yong‘in xavfsizligi instituti rahbariyatining tashabbuskorligida Institut professor-о‘qituvchilari, xodimlari va kursantlari tomonidan ushbu ezgu va xayrli an’anani davom ettirgan holda Toshkent shahrining Yashnobod, Yakkasaroy, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Chilonzor, Uchtepa, Yunusobod, Sergeli tumanlari hamda Toshkent viloyatining Yangiyо‘l, Zangiota tumanlari mahallalarida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalar, yakka yolg‘iz hamda nogiron fuqarolarning uylarida, urush va front orti mehnat qatnashchilari va faxriylari xonadonlarida, shuningdek, murg‘ak qalbli, imkoniyati cheklangan bolalar tarbiyalanadigan mehribonlik uylari, urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionati, internatlar, maktabgacha ta’lim muassasalarida xayriya hasharlari uyushtirildi.
Hasharda Institutning doimiy va о‘zgaruvchan tarkibidan jami 500 nafardan ortiq professor-о‘qituvchilar, xodim va kursantlari ishtirok etdi.
Hashar davomida Institut jamoasi tomonidan har bir xonadonni tartibga keltirish, ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga e’tibor qaratish, hovlilaridagi daraxtlarga shakl berilish, turli chiqindilardan tozalash hamda tomorqalarini begona о‘tlardan tozalash kabi xayrli va ezgu ishlarni amalga oshirildi.
– Bizga kо‘plab joylardan homiylar kelib, beg‘araz xayriya ehsonlarini ayamasdan yaqindan yordam berishadi. Lekin bugun meni alohida quvonchimga sabab bо‘lgan savobli ishlardan biri xayriya hashari bо‘ldi, deydi – Toshkent shahar Sergeli tumani 353-sonli ruhiy rivojlanishida kechikishi bо‘lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Tamila Kambarova.
Ta’kidlash joizki, tilsiz yovga qarshi kurashish bilan bir qatorda xalqimizni hayotini, mol-mulkini asrab qolishdek savobli ishlardan tashqari poytaxtimiz uzra kam ta’minlangan, boquvchisini yо‘qotgan va nogironligi mavjud bо‘lgan oilalarning og‘irini yengil qilish hamda mehribonlik uylari, urush va mehnat faxriylarini holidan muntazam xabar olish, maxsus maktabgacha ta’lim muassasasalari, ezgu ishlarni amalga oshirayotgan oliy ta’lim muassasasining rahbariyatining mana shunday xayriya hasharlarini uyushtirib xalqimizga kо‘maklashayotganligini kо‘rib quvonchimni yashirolmadim.
Shu о‘rinda beixtiyor qalbimdan, «Odamiy ersang, demagil odami, onikim, yо‘q xalq g‘amidin g‘ami» hikmatini hayot qoidasiga aylantirgan Alisher Navoiy bobomiz ham, «Bori elga yaxshilig‘ qilg‘ilki, mundin yaxshi yо‘q», deya taqdir va tadbirni birlashtirgan Zahiriddin Muhammad Bobur ham oddiy odamlar bilan doimiy muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishni oliy maqsad, hayot mazmuni, deb bilganligini aytish joiz deb bildim.
Bu borada necha-necha avlodlarga о‘rnak va ibrat bо‘larli buyuk meros qoldirgan ajdodlarimizni ezgu ishlarini bugungi kunda davom etayotganligini kо‘rib turibman.



Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling