Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash odamiylikning eng oliy mezonidir


Mamlakatimizda kechayotgan yangilanishlar jarayoni


Download 67 Kb.
bet3/5
Sana23.04.2023
Hajmi67 Kb.
#1391535
1   2   3   4   5
Bog'liq
INSONLARNING DARDU TASHVISHLARINI O‘YLAB YASHASh ODAMIYLIKNING ENG OLIY MEZONIDIR

3. Mamlakatimizda kechayotgan yangilanishlar jarayoni

“Xalqimiz oʻz hayotida ijobiy oʻzgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun koʻrishi kerak”. Prezident Shavkat Mirziyoyevning el-yurtimiz qalbi va ongidan chuqur joy olgan bu soʻzlari bugun mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tub oʻzgarish va islohotlarni harakatlantiruvchi qudratli kuchga, taʼbir joiz boʻlsa, ularning gʻoyaviy oʻzagiga aylandi.

Xalq qabulxonalari xalqimizning necha yillik orzu-armonlarini ushaltirish maqsadida tashkil etilgani bois el-yurtimiz hayotidan, mamlakatimizda kechayotgan yangilanishlar jarayonidan tez fursatda oʻzining munosib oʻrnini topib, har bir hudud va sohadagi real manzarani, asl holat va mavjud muammolarni aniqlash hamda hal qilish yoʻlida yangi gʻoyalar, amaliy taklif va tashabbuslar yuzaga keladigan, ularni hayotga tatbiq etishning aniq mexanizmlari ishlab chiqiladigan markazlarga aylanib bormoqda.




O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirish bo`yicha joylarda o`tkazilayotgan sayyor o`quv yig`inlari mobaynida hududiy ichki ishlar organlari xodimlari va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda mahallalarda istiqomat qilayotgan kam ta`minlangan oilalar, yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olinyapti.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, keksalar va nogironligi bor shaxslarni qo`llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish, og`irini engil qilish, hayotdan rozi bo`lib yashashiga ko`maklashishga alohida e`tibor qaratilmoqda.
– Uyda nogiron qizim va nevaram bilan o`tirganimizda, bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari xonadonimizga tashrif buyurishdi, – deydi Olmazor tumani “Jiydali” mahallasida yashovchi 1948 yilda tug`ilgan Lutfiniso Mirzarahimova. – Ularni ko`rib juda xursand bo`ldim, oilangizdan xabar olgani keldik deyishganida boshim osmonga etdi. 38 yoshimda turmush o`rtog`im og`ir kasaldan vafot etdi, ulardan keyin 1 nafar qizim, 1 nafaro`g`lim qazo qildi, kenja qizim Hilola ham 2-guruh nogironi, nevaram Usmonjon ham 1-guruh nogironi, ularga yolg`iz o`zim qarayman. Yaxshiyam qo`ni-qo`shnilarim, mahalla faollari doimo xabar olib turishadi, Yaqinda mahallamiz raisi boshchiligida uyimizning tomi yopib berildi, men ulardan minnatdorman. Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga ham o`z minnatdorligimni bildiraman, ularga yurtimiz tinchligini saqlash vazifasi yuklatilgan, shu ishni bajarishlarida ularga sog`liq-salomatlik, kuch-quvvat tilayman.
Bundan tashqari, Institut professor-o`qituvchilari Quva tumanining “Bo`ston” mahallasida yashovchi, 2-guruh nogironlari
1975 yilda tug`ilgan Xurriyat Mamajonova va uning o`g`li 2007 yilda tug`ilgan Namoziddin Mamajonovlarning
 holidan ham xabar olindi.
– Men ko`rgani rostdan Toshkentdan keldinglarmi? – deydi bolalarcha beg`uborlik, so`ridagi ko`rpachada buvisi bilan o`tirgan N.Mamajonov. – Men ham tendoshlarim qatori ko`chalarda o`ynagim, maktablarga borgim keladi. Biroq imkoniyatim cheklangan. Lekin o`qituvchim har kuni uyimizga kelib fanlar bo`yicha saboq berib ketadi. U kishiga rahmat aytaman. Chunki, kitob o`qishga o`rgatadi. Adabiyot va san`atni yaxshi ko`raman. Xo`p desalaringiz “Vatan” nomli she`rni yoddan aytib beraman. Bolakay bilan uzoq davom etgan suhbat unda yaxshi taassurotlar qoldirganligi uning kulib turgan ko`zlaridan ko`rinib turardi.
Ushbu xonadondan mahalla faollar, profilaktika inspektori, qo`ni-qo`shnilar doimo xabar olib turishadi.
Shuningdek, Quvasoy shahar “Bo`ston” mahallasi Bo`stonliq ko`chasida yashovchi nogiron, 2007 yilda tug`ilgan Nasibullo Mirkomilovning ham xolidan xabar olindi. Sog`lom tug`ilgan bolakay 3 oyligida betob bo`lib, shu ahvolga tushib qoladi.
Institut professor-o`qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o`quv yig`inlari, ta`lim muassasalarida targ`ibot tadbirlari hamda kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.

Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling