Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash xalqimiz- ning azaliy orzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish, ularni komil- likka yetaklash yo'llari
Download 1.46 Mb.
|
413-G BOSHQARUV
MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA’MINLASH VA TASHKIL ETISH. REJA: 1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish 2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish 3.Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish. Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash xalqimiz- ning azaliy orzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish, ularni komil- likka yetaklash yo'llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo'lgan. Insonni ma’rifatli va ma'naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yan- gi tarmog'i shakllanib bormoqda. Misol tariqasida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, qisqa muddatli maktabgacha ta'lim muassasalari, bolalarga xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligini o'rgatuvchi guruh- lar soni kundan-kunga ko'payib bormoqda. Bularning hamma- si maktabgacha yoshdagi farzandlarimizni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tarbiyalash uchun shart- sharoit yaratmoqda Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta’lim muassasi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o‘rin tutadi. Barcha turdagi maktabgach ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi. «Ta’lim to'g'risida»gi Qonunning XI moddasi maktabgacha ta’limga bag'ishlangan. «Maktabgacha ta’lim» bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Bu ta'lim olti-yetti yoshga- cha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasala- rida olib boriladi» deyiladi. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining maqsadi ham komil inson tarbiyasiga qaratilgan. Maktabgacha ta'lim Konsepsiyasida: maktabgacha ta'limning tarkibi va mazmunini qayta ko'rib chiqish, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni, o'zbek xalqining milliy an'analari, qadriyatlari, xalq ijodiyotining o'ziga xosligi, tilda o'z aksini topuvchi tafakkur xususiyatlari xalq pedagogikasining ulkan tajribasi oiladagi o'zaro munosabat, milliy o‘z-o'zini anglash, boshqa xalq madaniyatidagi ijobiy xususiyatlarim uyg'unlashtirish masalalari, maktabgacha va oila ta'limida hal etilmoqda Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling