Insonni mehnat faoliyatining fiziologik, gigienik asoslari Hayot faoliyat xavfsizligi Reja: Mehnat qobiliyati va uning dinamikasi
Download 341.25 Kb.
|
6.1-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bayram va dam olish kunlaridagi ishlar.
- (130-modda).
- (132-modda).
Mehnat sharoiti o’ta zararli va o’ta og’ir ishlarda band bo’lgan xodimlar uchun ish vaqtining muddati chegarasi O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilanadi. Bayram oldi ish kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Agar xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to’g’ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi. Soat 22.00 dan to 6.00 gacha bo’lgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi (122-modda).
Mehnat qonunchiligi bo’yicha bir yillik ortiqcha ish vaqti har bir xodim uchun 120 soatdan va ketma-ket ikki kunlik ish kunida ortiqcha ish vaqti 4 soatdan oshmasligi kerak. Ish vaqtidan tashqari bajariladigan ishlar uchun haq to’lash Mehnat kodeksining 157-moddasiga asosan to’lanadi. Qonunchilik 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar, yosh bola boqayotgan va homilador ayollarga ortiqcha ish vaqtida ishlashga ruxsat bermaydi. Homilador ayolning o’n to’rt yoshga to’lmagan bolasi (16 yoshga to’lmagan nogiron bolasi) bor ayolning shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band bo’lgan shaxsning iltimosiga ko’ra ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish haftasi belgilashga burchlidir. Bayram va dam olish kunlaridagi ishlar. Dam olish kunlarida ishlash taqiqlanadi. Ish beruvchining farmoyishi bo’yicha ayrim xodimlarni alohida hollardagina, jamoa shartnomasi tuzilib kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishib belgilangan asoslar bo’yicha dam olish kunlari ishga chiqishga taklif etiladi (130-modda).
Download 341.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling