Insonning ish qobiliyati va charchoq xolatlari
Download 273.43 Kb.
|
Maxsudov I. Erganomika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy fiziologik talablarga mehnat ritmi, mehnat va dam olishning ratsional rejimini tashkyl etish kiradi
- Foydalanilgan adabiyotlar
Insonning ish qobiliyati va charchoq xolatlariS-82-21 guruxMaxsudov IskandarErganomika va biomexanikaReja
chiqaradigan omillarOrganizmning ish qobiliyati birinchi galda markaziy nerv sistemasining holatiga bog‘liq, markaziy nerv sistemasiga esa sotsial muhit sharoitlari katta ta’sir ko‘rsatadi. Bizning mamlakatimizda o‘z ishiga mehr-muhabbat qo‘yish va hamma joyda mehnatning shon-sharafli ekanligi mehnatkashlarning ish qobiliyatini oshiradigan eng muhim omillardan hisoblanadi. Aksincha, kapitalistik mamlakatlarda hayot sur’atining g‘oyat darajada jadalligi bilan bir qatorda ertangi kundan qo‘rqish ish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ish kuni va haftasining davomliligini qisqartirish toliqish profilaktikasining eng muhim vositasi hisoblanadi. 7 soatlik ish kuni belgilangan, mehnat qilish og‘irligicha qolgan yoki noqulay sharoitlarda o‘tish ehtimoli bo‘lgan bir qator kasblar uchun esa ish kuni 6 soatgacha qisqartirilgan. 1967 yildan boshlab ikki kun dam olinadigak va smenaning davomliligi 8 soatlik 5 kunlik ish haftasi joriy qilingan.Ish qobiliyatini oshirish choralariga ishlab chiqarish ta’limi protsessida mashq qilish va trenirovkadan foydalanish kiradi. Muntazam mashq qilib borish unumli ishlashning eng ishonchli usuli hisoblanadi (N. Ye. Vvedenskiy). Mashq jarayonida ishdagi xatti-harakatlar takomillashadi, ular birmuncha tartibli va tejamli bo‘lib qoladi, shu turdagi mehnat faoliyatini bajarishni ta’minlaydigan fiziologik sistemalarning ko‘proq uyg‘unlik bilan ishlashiga erishiladi.Asosiy fiziologik talablarga mehnat ritmi, mehnat va dam olishning ratsional rejimini tashkyl etish kiradi
Uskunalarning nosozligi, materiallar, asboblar, hujjatlarning bo‘lmasligi sababli ishdagi majburiy tanaffuslar ish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat ritmining buzilishi ishga berilish bosqichida erishilgan natijani yo‘qotishga sabab bo‘lib, ish qobiliyatini boshlang‘ich, birmuncha past darajaga qaytaradi. Ayni vaqtda ishda tez-tez bo‘lar-bo‘lmasga tanaffus qilaverish salbiy emotsiyalar keltirib chiqarib, bu ish qobiliyatini pasaytiribgina qolmay, balki ko‘p takrorlanaverganda yurak-tomirlar patologiyasi rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Oylik va kvartal planlari nomuntazam bajariladigan (oy va kvartal oxirida shoshma-shosharlik bilan ishlash) korxonalarda ishchilar o‘rtasidagi kasallanishni analiz qilish ortiqcha charchash, shoshma-shosharlik va asab buzilishiga olnb keladigan sharoit, ishdan keyin qolib ishlash soatlarining ko‘payishi va hatto dam olish kunlarida ham ishlash xronik kasalliklar, shamollash kasalliklarining o‘sishiga olib kelishini ko‘rsatdi.
Charchash, toliqish, horish — organizmga haddan tashqari zoʻr kelishi natijasida mehnat qobiliyatining pasayishi bilan kechadigan fiziologik holat. Aqliy Ch. intellektual mehnat mahsuldorligining kamayishi, eʼtiborning buzilishi, fikrlashning susayishi va boshqalar bilan belgilanadi. Jismoniy Ch. muskullar kuchi va bir tekisda harakatlanishi kabi funksiyalarning buzilishi bilan kechadi
Mehnat va dam olishning ratsional rejimini belgilash ish qobiliyatini yuksak darajada saqlab turishning eng muhim sharti hisoblanadi.Foydalanilgan adabiyotlar
Download 273.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling