Insonning ma`naviy kamolotida falsafiy dunyoqarashning roli
Download 64.5 Kb.
|
Insonning ma'naviy kamolotida falsafiy dunyoqarashning roli
INSONNING MA`NAVIY KAMOLOTIDA FALSAFIY DUNYOQARASHNING ROLI REJA: Inson shaxsining rivojlanishi va tarbiyasi Ma’naviy barkamol inson tushunchasi va uning sharqona ta’rifi Falsafa dunyoqarash sifatida Falsafa tarixiy davrning o‘z-o‘zini idrok qilish sifatida Erkin fuqaro ma'naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz o'z haq-huquqlarini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak. Islom Karimov
Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muhim muammosi hisoblanadi. O’sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya ob'yekti hisoblanadi. Insonning rivojlanishi butun hayoti davomida davom etadi. Bunda u turli o’zgarishlarni jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat o’zgarishlarni o’z boshidan kechiradi. Insonda bo’ladigan jismoniy o’zgarishlarga – bo’yinning o’sishi, vaznining og’irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining ichki a'zolari va asab tizimining o’zgarib borishi kiradi. Ruhiy o’zgarishlari esa uning aqliy rivojiga aloqador bo’ladi va insonda ruhiy sifatlarning shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo’lgan sotsial sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi. Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha bir xil bo’lavermaydi. Shaxsning fazilatlarini to’g’ri aniqlash va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda kuzatib ko’rish lozim. XVI asr falsafasida preformizm oqimi vujudga kelib, ularning fikricha, odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo’lajak shaxsiga xos barcha xususiyatlarga ega bo’ladi, deydilar. Preformistlar naslning shaxs rivojiga katta e'tibor qaratib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini mutlaqo inkor etadilar. Bioxerfizm oqimi XX asrda keng tarqalib, unda ong va aqliy qobiliyat nasliy ekanligi ta'kidlanadi. Bu g’oyani amerikalik olim E. Torandayk asos soladi, uni amerikalik pedagoglar D.D'yui va A. Komboslar yoqlab chiqadilar. Ammo psixologiya va pedagogika keyingi yillardagi inson tarbiyasiga, kamolotiga oid ilmiy ma'lumotlari insonning shaxs sifatida rivojlanishi, taraqqiy etishi, kamolga yetishi murakkab jarayon ekanligini ta'kidlab, uning shaxs bo’lib kamolga yetishishida nasl (biologik omil) bilan birgalikda ijtimoiy muhitning o’rni alohida ekanldigini ta'kidlaydilar. Shunga ko’ra, insonni shaxs sifatida shakllanishi uchun tabiiy kuch va imkoniyatlar mavjud. Biroq, bu insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak deb ta'kidlaydilar. O’rta Osiyo mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab, "munosib inson" bo’lish uchun odamda ikki imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi. Tarbiya esa, kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni amaliy faoliyatini yaratishga olib boradigan yo’ldir. Shunday ekan, inson kamolotiga ta'sir etadigan omillarning birortasini ham inkor etmagan holda ularni alohida-alohida ko’rib chiqaylik. Bola shaxsining rivojlanishiga irsiyat, muhit va tarbiya kabi omillar ta'sir etadi. Bola shaxsining rifojlanishiga naslning ta'siri deganda, ota-onalarga o’xshashlikni ifodalovchi biologik belgilarning takrorlanishini tushunmoq kerak. Har bir bola ota-onasidan meros shaklida ba'zi biologik sifatlarga (tananing tuzilishi, sochining, ko’zining, terisining rangi, bo’yi-basti va boshqalar) ega bo’lgan holda dunyoga keladi. Bular jismoniy xususiyatlardir. Oliy nerv faoliyatining xususiyatlari ham tug’ma o’tadi. Bu fiziologik xususiyatdir. Bola nutqini egallash uchun nutq sharoitida mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliy taraqqiy etmoq uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog’i kerak. Ana o’shanda bolaning nimaga, qanday sohaga layoqati borligi namoyon bo’ladi. Fiziologiya va psixologiya fanining kusatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror xil qobiliyatning ro’yobga chiqishi va rivojlanishiga ta'sir etadigan potensial imkoniyatlar, ya'ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilan tug’iladi. Tug’ma layoqat o’z holicha rivojlana olmaydi, go’yo u "mudroq" holatda bo’lib, uning uyg’onishi – rivojlanishi qulay muhit kerak. Agar bola o’z layoqatiga mos sharoitda o’sib, zarur faoliyat bilan shug’ullansa, layoqat erta ko’rinib rivojlanishi, aks holda yo’q bo’lib ketishi mumkin. Shuning uchun pedagogik layoqatning namoyon bo’lishi va qobiliyat sifatida rivojlanishi to’la-to’kis hayot sharoitiga va tarbiyaga bog’liq. 3. Inson kamolotiga ta'sir etadigan omillardan biri tashqi muhitdir. Muhit deganda kishiga tabiiy ta'sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti kiradi. Tabiiy muhit bu insonni hayot tarziga va mehnat faoliyatiga ta'sir etadi (masalan, tropik muhit - uzoq shimol). Oila muhiti. Xalqimizda "Qush uyasida ko’rganini qiladi" degan naql bekorga aytilmagan. Oilaning hayot tarzi undagi bola tarbiyasiga ijobiy ta'sir etadigan tarbiyaviy muhit uning kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Bola kamolotida ijtimoiy muhit ham muhimdir. Chunki ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar kishiga alohida ta'sir qiladi… Inson kamolotiga ijtimoiy muhitning ta'siri turli tarixiy davrda turlicha bo’ladi, turli sotsial guruhlarga turlicha ta'sir etadi. Shuning uchun muhit inson taqdirini belgilab beradigan omil deb hisoblanmaydi. Ammo uning ta'siri ham rad etilmaydi. 4. Inson kamolotiga ta'sir etuvchi omillardan biri tarbiyadir. Tarbiyaning xususiyati shundaki, u aniq maqsadni ko’zlab, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirish yo’lida tarbiyachi raxhbarligida muntazam amalga oshiriladi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va uning natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Bola layoqatini rivojlantirish va qobiliyatga aylantirish va hayotga mos holda o’stirish uchun mehnatsevarlik va ishchanlik kerak. Mehnatsevarlik va ishchanlik esa maxsus uyushtirilgan tarbiya orqali amalga oshiriladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiiklarni o’zgartirib, shaxsni kamolga yetkazish mumkin (ko’rlar, karlar, gunglar). Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'siri ham yo’qotiladi. To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Shu tufayli u shaxsning kamolga yetishini tezlashtiruvchi rol o’ynaydi. Ma’naviy barkamol inson tushunchasi va uning sharqona ta’rifi Komil insonni tushuntirishda dunyoviy fikrning asosida nima yotadi? Prezidentimiz uqtirganidek, odam tabiiy omillarga ko‘ra, o‘zi mansub bo‘ladigan irq va elatni tanlay olmaydi. Lekin dunyoqarashini, axloqiy madaniyatini hech kimning tazyiqisiz va, ayniqsa, zo‘ravonligisiz o‘zi tanlab olishi mumkin va lozim. Modomiki, shunday ekan, mamlakatimizda huquqiy demokratik tamoyillarga asoslangan davlat, fuqarolik jamiyati qurish sari borayotgan ekanmiz, qanday dunyoqarashga asoslanishimiz kerak? Hozirgi zamon odamlari yashayotgan ijtimoiy muhitda asosan ikki yo‘nalishdagi – ilmiy – falsafiy va diniy – mistik dunyoqarash mavjudligi o‘z - o‘zidan ayon. Ularni bir biriga qarama – qarshi qo‘ymagan holda – shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonning asosiy qomusi – Konstitutsiyasida dunyoviy davlat qurish nazarda tutilganligi bois bog‘cha, maktab, oliy o‘quv yurtlari va boshqa muassasalardagi ta’lim - tarbiya tizimi jarayonida ilmiy - falsafiy dunyoqarash shakllantiriladi. Komil inson to‘g‘risidagi nazariya va uslubiyat metodologik jihatdan O‘zbekiston Prezidenti asarlarida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “Talim to‘g‘risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida va boshqa hujjatlarda har tomonlama ishlab chiqilgan. Komillikning bosh mezoni insoniylik hisoblanadi. Insonning eng noyob fazilatlaridan biri uning komillikka intilishidir. Mehnat, aql, idrok, odob – axloq, odamlarga yaxshilik qilish – insonning oddiy fazilati. Har bir xalqning o‘zi yetuk allomalari, komil inson unvoniga musharraf bo‘lgan ajdodlari bor. Ularning mehnati, merosi avlodlar ko‘ksini g‘urur bilan to‘ldiradi. Xorazmiy, Farobiy, Farg‘oniy, Ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Margiloniy, Beruniy, Ulug‘bek, Navoiy, Muqumiy va boshqalar inson qadr qiymatini hamma narsadan ustun qo‘yishga harakat qilganlar. Farobiy insonnig yaratuvchanlik qobiliyatiga yuksak baho beradi. U inson biologik mavjudot emas, balki aql zakovat sohibi ekanligini, o‘z mehnati bilan ijtimoiy mohiyat kasb etishini uqtiradi. Yusuf Xos Hojib ham insonga aql berib qo‘yilgan, shuning uchun ham yer yuzida har qanday mushkullikni oson yenga oladi, degan fikrni bildiradi. Navoiy dunyoda insonga qaraganda ulug‘roq kamolot yo‘q, deydi: “Menga ne yoru, ne oshiq havasdir. Agar men odam o‘lsam ushbu basdir.” Oila tarbiyasida doimiy ta’sirchan kuch oiladagi munosabat, oila muhiti, oila a’zolarining o‘zaro aloqasi, ota-ona, aka-uka va boshqalarning xulq-atvori, madaniy va siyosiy saviyasi, muomala madaniyati, oilaning daromadi, yashash sharoiti va boshqa holatlar bola kamolotiga ta’sir qiladigan asosiy omillardir. Oila qanchalik tartibli, yaxshi xulq-atvorli, uning a’zolarining o‘zaro munosabatlari samimiy bo‘lsa, oila tarbiyasi ham shunchalik samarali bo‘ladi. Tarbiyaning an’anaviy va zamonaviy turlari va usullari ko‘p, shulardan biri shajaraviy tarbiyadir. Bu tarbiya usuli ma’lum bir avloddan kelib chiqqan avlodlarning qarindoshlik darajasini izchillik bilan sanab ko‘rsatuvchi hujjatlarga asoslangan bo‘lib, bunda bolalarga ajdodlarining kimligi shajaranomalar orqali eslatib boriladi. Islomda har bir musulmon o‘zining yetti pushtini bilishi kerakligi ta’kidlanadi. Shajara tuzish ishini qayta davom ettirayotgan allomalardan biri faylasuf olim Omonulla Fayzullayev deyish mumkin. Tarixiy hujjatlarga asoslanib u kishi Shayx Zayniddin bobo Toshkandiy Ibn Shayx Shaxobiddin Abu Umar Suhravardiy shajarasini tuzdi.Omonulla Fayzullayev Shayx Zayniddin boboning 45-avlodi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Demak, Prezidentimizning so‘zlari bilan aytganda “Komil inson deganda biz,avvalo,ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan,xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”. Hozirgi davr mustaqil davlatlar jahon hamjamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi moddiy omillar bilan birga ma’naviy omillarning roli ortib borayotganligi, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning tezlashuvi bilan xarakterlanadi. Vatanparvarlik fuqarolarning Vatan oldidagi burchlarini anglashning tabiiy holati. Millatchilik–voqelikning me’yor doirasiga to‘g‘ri kelmaydigan, alohida g‘ayritabiiy holati, o‘z millatiga oid qadriyatlarga notanqidiy, nomunosib munosabatdir, boshqa millat qadiryatlarini inkor etishdir. Shunday qilib, xalqimizning tub manfaatlariga, milliy g‘oyaning hayotiy kuchga aylanishi uchun kurash ayni vatanparvarlik namunasidir, chunki vatanning ravnaqiga xizmat qilmaydigan hech qachon milliy g‘oya bo‘la olmaydi, u Vatan ravnaqini belgilab beradigan tamoyillarni o‘zida aks ettirsagina kuch-qudrat manbayiga aylanadi. Insonparvarlikni odatda, insoniylik bilan tenglashtiradilar. Bu yetarli emas. Insonparvarlik fuqarolarning tub manfaatlari bilan bo‘g‘liq. U insonning qadr-qimmati, odobi, axloqi, bilimi, kasbi-kori, jamiyatdagi o‘rni demakdir. Insoniylik va vatanparvarlik tushunchalari bir-birini to‘ldiradi. Shunday qilib, kishilar ma’naviyati takomilida vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ularining rivojlanishi mustaqil O‘zbekiston kelajagining muhim kafolati bo‘lib qolishi muqarrar.
Falsafa nazariy tafakkur sifatida Dunyoqarashning kundalik, diniy-afsonaviy va badiiy turlaridan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash asosiy qoidaga muvofiq nazariy shaklda mavjud bo‘ladi. Falsafa o‘z oldiga ongli tarzda muayyan muammolarni qo‘yadi va ularni ma'lum tamoyillar asosida maxsus joriy qilingan va ishlab chiqilgan tushuncha (kategoriya) va usullar orqali hal qiladi. Falsafa avval boshdanoq nazariydir. Bundan tashqari, u umuman tarixiy jihatdan tafakkurning dastlabki shakli hisoblanadi. Falsafa o‘z shakllanishining boshidanoq tajriba (amaliy bilim, amaliy malaka, hayotiy ko‘nikma va an'analar)dan farqli o‘laroq, narsalarni mantiq va dalil, kundalik tasavvurlarga tanqidiy munosabat, yuzaki voqyea-hodisalarning ichki, tashqi nigohdan yashirin mohiyatini to‘g‘ri xulosa, fikr qilish orqali topishga qaratilgan. Qadimgi Xitoy faylasuflari o‘z davridayoq yakuniy shakldagi dao bilimi (bevosita ma'lum modda dunyosini bilish) va asosiy sabab sifatidagi dao (mohiyatni bilish)ni farqlaganlar. Asosiy sabab sifatidagi daoni bilish - yakuniy shakldagi daoni bilish kalitidir: «er yuzida ibtido mavjud va u Olam onasidir. Onani anglashga qachon erishilsa, demak uning bolalarini ham anglash mumkin bo‘ladi»4. Falsafa nazariylash-tirishning yakuniy usuli sifatida Tajriba (yakka, alohida narsalarni bilish) bilan fan (narsalar sababi va ibtidosini umumiy bilish) Qadimgi Yunon falsafasida bir muncha aniq ajratilgan. Qadimgi Yunon faylasuflari e'tiborni ibtido va sababni bilishga qaratganlar, «chunki qolgan hammasi ular orqali tushuniladi»5. Qadimgi (antik) falsafa nazariy tafakkurning muhim xususiyati bo‘lmish ta'rif («nima», «qanday?» savollari bilan bog‘liq) bilan tushuntirish («nima uchun?», «qanaqa sabab?» savollariga javob)ni aniq farqlagan. Masalan: yunon faylasufi Arastu (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) shunday deb yozgan edi: «Tajribaga ega bo‘lganlar «nima» ekanligini biladilar, ammo «nima uchun ekanligini, ya'ni sababini bilmaydilar»6. Dunyoning an'anaviy diniy-afsonaviy manzarasi bilan qanoatlanuvchi ko‘pchilik odamlardan farqli o‘laroq, eng ilk davrlardagi faylasuflar turli tabiiy va ijtimoiy jarayonlar hamda hodisalarni aqliy yo‘l bilan (nazariy) tushunishga va uni kelib chiqish hamda kechish sabablari va qonuniyatlarini tushuntirishga uringanlar. Faylasuf nigohiga tushgan barcha narsa, ya'ni Quyosh, Oy va ularning tutilishi, yulduzlar, mavsumlarning almashishi, musiqiy asboblarning tuzilishi, hayvon va odamlarning kelib chiqishi, daryolarning toshishi, davlatning siyosiy tuzilishi kabi boshqa hamma narsalar faylasufona fikr yuritish (nazariy fikrlash) mavzusi bo‘lgan. Nazariy dunyoqarash bo‘lgan falsafa, shu bilan birga mantiqiy tizimlashtirilgan dunyoqarashhamdir. Boshqacha aytganda, bu inson va dunyoga bo‘lgan qarashlarning oddiy majmui emas, balki muayyan, ratsional-mantiqiy usul bilan tuzilgan kategoriya (falsafiy tushuncha)lar tizimidir. Falsafa inson nazariy faoliyatining yagona shakli emas. Fan ham xuddi shu kabidir. Biroq falsafa fandan farqli o‘laroq, nazariylashtirishning yakuniy (oxirigacha oborilgan) turidir. Falsafaning yakuniy nazariyalashtiruvchiligi quyidagilarda ifodalanadi. Birinchidan, bu falsafa fanining predmetining xususiyatidadir. Falsafa mavzusi bo‘lmagan biron-bir bilim yoki hayot sohasi mavjud emas. Shuning uchun ham biz tabiatshunoslikning falsafiy muammolari, siyosat va huquqning falsafiy muammolari, tilshunoslikning falsafiy muammolari, texnikaning falsafiy muammolari va boshqalar haqida gapiramiz. Ikkinchidan, bu turli hodisa, voqyea va jarayonlarning yakuniy umumiy ta'rifi va tushuntirishdir. Falsafani hamma narsa emas, eng avvalo umumiy, universal hodisalar qiziqtiradi. Falsafa xususiy muammolar bilan shug‘ullanmaydi. Xususan, rivojlanish mexanizmini o‘rgana turib, u biron-bir rivojlanishning xususiy sohasi (masalan, biron-bir muayyan til rivoji yoki umurtqali hayvonlar asab tizimining rivojlanishi)ga daxl qilmasdan, rivojlanish kategoriyasini universal qonuniyat darajasigacha tahlilini chiqaradi. Nazariy tahlilni umumiylik darajasigacha yetkazish uchun falsafa tomonidan maxsus kategoriyalar - umumiy tushunchalar: borliq, sifat, mohiyat, sabab, zarurat va boshqalar ishlab chiqilgan. Uchinchidan, falsafaning yakuniy nazariylashtirishi uning refleksiyaga – o‘z-o‘zini tahlil qilishga moyilligi, ya'ni o‘z-o‘zini bilishi, falsafiy fikrni o‘ziga nisbatan qaratishi bilan xotimalanadi. Falsafa nimanidir o‘rganib qolmay, balki shu o‘rganishning sharoit va yo‘llarining o‘zini ham faylasufona fikr yuritish mavzusiga aylantiradi. Falsafa bilish va amaliyotning universal tamoyillarini o‘rganishi bilan ham umumiy usul, ham metodologiyadir. Inson o‘zining amaliy va bilish faoliyatida qanday yo‘l va usullar bilan u yoki bu natijaga erishishi mumkinligi to‘g‘risida o‘ylamasligi mumkin emas. Avval boshdanoq maqsadga yo‘nalganlik xos bo‘lgan inson faoliyatining o‘zi o‘zining universal xususiyati sifatida usullashtirishni nazarda tutadi. Boshqacha aytganda, gap, turli usullarning inson hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida ketayapti. Buni keng ma'noda, har xil masalalar (kundalik, nazariy, pedagogik, texnik va boshqalar)ni hal qilish uchun qo‘llanadigan umumlashtirilgan yo‘l, usul va tamoyillarning majmui sifatida tushunish kerak. Eng oddiy uslubiy rejalar bashariyat ibtidosidayoq amaliy faoliyat usuli sifatida vujudga kelgan. Ma'lum bosqichda, bilish, jumladan falsafa sohasida ham usullar shakllangan. Adabiyotlarda xususiy ilmiy, umumiy ilmiy va umumiy usullar farqlanadi. Falsafa bularning oxirgilariga taalluqlidir. Nima uchun falsafani eng umumiy usul sifatida tavsiflash mumkin? Birinchidan, fanlarga tegishli xususiy ilmiy va umumiy ilmiy usullardan farqli o‘laroq, falsafa faqat fanga emas, balki san'at,siyosat kabi inson hayotining boshqa jihatlariga ham o‘zining metodologik ta'sirini ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. Ikkinchidan, falsafiy usullar amalda qo‘llanadigan, bilishda qo‘llanadigan usullardan farq qilgan holda insonning ham amaliy, ham bilish faoliyatini qamraydi. Falsafa faqat usul emas, balki metodologiya, ya'ni tamoyillar tizimi va tashkil topish usullari, bilish va amaliy faoliyat tuzilishi, shuningdek ushbu tizim to‘g‘risidagi ta'limot ham hisoblanadi. Bilish va tafakkur rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etgan usullar va tushunchalar aynan falsafa doirasida kashf qilingan va ishlab chiqilgan. XVIII asrga qadar haqiqiy bilimga erishishning universal usuli deb hisoblangan Arastu mantiqini, F.Bekonning tajribaviy-induktiv usulini, R.Dekartning deduktiv-ratsionalistik usulini, Xegelning dialektik usuli kabilarni misol keltirish yetarlidir. Falsafaning metodologik vazifasi uning dunyoqarash vazifasi bilan chambarchas bog‘liq. Bu falsafada shakllangan olam manzarasining ayni bir paytda metodologiya ham bo‘lib, inson tafakkuri va xulqiga, faoliyatning turli sohalari (fan, san'at, siyosat va hokazolar)ga metodologik ta'sir etishini anglatadi. Shunday qilib, falsafa o‘zining metodologik vazifasini amalga oshirib, tafakkur va xulq usullarining vujudga kelishi hamda shakllanishida bevosita qatnashadi. Bu usullar har bir tarixiy davr o‘zini anglaydigan va ifodalaydigan shakllardir. Falsafa tarixiy davrning o‘z-o‘zini idrok qilish sifatida U yoki bu falsafiy tizimlarni ular shakllangan ijtimoiy-tarixiy sharoitga murojaat qilmay, ularning tarixiy asosini ko‘rib chiqmay turib, ularning o‘zidan, ya'ni falsafiy matndangina kelib chiqqan holda, to‘la to‘kis tushunish mumkin emas. Har qanday falsafa, ya'ni u xoh antik davr falsafasi, xoh o‘rta asr falsafasi yoki Uyg‘onish davri falsafasi bo‘lsin - o‘z davrining mahsulidir. Masalan, Uyg‘onish davri yevropa falsafasining vujudga kelishi va rivojlanishi feodal jamiyatga qarshi turuvchi ilk burjuaziya jamiyati madaniyati asosida yuz bergan. Aynan shunday tarixiy asosda Uyg‘onish davri falsafasining insonparvarlik, klerikalistik (cherkoviy) va qotib qolgan aqidalarga bo‘lgan qarshiligi, qadimgi davr orzulariga bo‘lgan yo‘nalishi kabi xususiyatlari o‘z ifodasini topadi. Falsafiy yo‘nalishlar (maktablar) va falsafiy muammolar to‘g‘risida ham xuddi shunday deyish mumkin. Masalan, XIX asr ikkinchi yarmi XX asr birinchi yarmida G‘arbiy yevropa falsafasidagi irratsionalizmning avjga chiqishi Yangi davr sivilizatsiyasidagi bo‘hron, kapitalizm bo‘hroni yevropa bo‘ylab tarqalgan ijtimoiy inqiloblarda, birinchi jahon urushi va dunyoni ikki qutbga bo‘linib ketishi o‘z ifodasini topdi. Bundan tashqari, u mexanistik tabiatshunoslik bo‘hroni, Yangi davrning qadriyatlari yo‘nalishi va dunyoqarashi asoslarining natijasi bo‘lib: ssientizm, akademizm, gnoseologizm va «mutlaq tizimlar» tuzilishidagi bo‘hronlar natijasi hamdir. Falsafaning muayyan-tarixiy tabiati nafaqat davr o‘lchovida balki makon-sivilizatsiyao‘lchovida ham namoyon bo‘ladi. Falsafa o‘z davrininggina emas, balki muayyan sivilizatsiya, muayyan jamiyat, muayyan madaniyatning ham mahsulidir. Masalan, biz G‘arb va Sharqning falsafiy an'analari, islom, xristian va buddaviylik falsafasi, totalitar va demokratik jamiyatlar falsafalari to‘g‘risida gapirishimiz mumkin. Falsafiy bilimlarning muayyan-tarixiy tabiatini va uning madaniy-ma'rifiy jihatdan bog‘liqligini G.V.F.Xegel, K.Marks, O.Shpengler, B.Rassel, K.Yung kabi yevropalik mutafakkirlar, islomiy mutafakkirlar (M.Iqbol, M.Sharif, S.Nasr), hindistonlik faylasuflar (S.Vivekananda, R.Tagor, R.Raju, S.Radxakrishnan), yaponiyalik faylasuf (D.Sudzuki), Lotin Amerikasidan (L.Sea), afrikalik faylasuflar (A.Kagame, L.Sengor) va boshqalar ko‘rsatib o‘tgan edilar. Falsafa shunchaki tarixiy davr mahsuli emas. U mazkur davr mohiyati va asosiy yo‘nalish (tendensiya)larini nazariy, umumlashgan shaklda ifodalaydi. Xegel falsafani g‘oyalarda tushunilgan davr deb bejiz ta'riflamagan. Falsafa o‘zining muammolari va tushunchalar apparatida insoniyat to‘plagan amaliy hamda bilish tajribasini yig‘adi, tabiiy va bashariy borliqning turli tomonlarini anglash bo‘yicha qidiruvlarni uyg‘unlashtirib birlashtiradi va tizimlashtiradi, zamonning «keskin tomir urishi»ni qayd etadi. Boshqacha aytganda, falsafa o‘zining muammoviy va kategoriyaviy tuzilishida u yoki bu davr borlig‘i va ongining ichki, mohiyatiy jarayonlarini umumiy, nazariy shaklda ifodalaydi. Falsafa «dunyo-inson» tizimini tushunishga intilib, unda yuz berayotgan jarayon va munosabatlarni faqat gnoseologik jihatdan, «haqiqat» nuqtai nazaridan qaramaydi. Uning uchun bu jarayonlar va munosabatlarni qadriyatlar orqali, «Ezgulik», «Muruvvat», «Yovuzlik», «Foyda», «Go‘zallik» va hokazolar nuqtai nazaridan baholash ham muhimdir. Bu jihatdan falsafa aksiologiyadir (qadriyatlar to‘g‘risidagi ta'limot, grekcha axios - qadrli va logos - ta'limot so‘zlaridan). Falsafaning qadriyat yo‘nalishi uning dunyoqarashiga taalluqli tabiatidan kelib chiqadi. Biz har qanday dunyoqarashni insonning dunyoga bo‘lgan munosabati deb qayd etgan edik. Va bu munosabatlarni oddiy dalillar, jarayonlar, hodisalar, hattoki ularni tushuntirish va tushunishni qayd qilish deb bo‘lmaydi. Faylasuf uchun dunyo - bu beparvo kuzatuvchi tomonidan mikroskop orqali ko‘riladigan tor, ajratilgan bir parcha borliq emas. Bu dunyo hamisha inson, uning ehtiyojlari, ishonchlari va ideallarining o‘zaro munosabati orqali «insoniylashtirilgan» va «ruhlantirilgan». Dunyoda ro‘y beradigan barcha narsalar inson uchun o‘z me'yoricha ahamiyatga ega. Falsafaning dunyoni faqat bilishi emas, balki uni baholashni ham shundan kelib chiqadi. Bundan tashqari har qanday falsafiy tizimning o‘zi qadriyatlarning muayyan tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, biz g‘arbiy va sharqiy tafakkur turining xristian va islom falsafasi qadriyatlari to‘g‘risida gapirishimiz mumkin va hakozo. XULOSA
Shuningdek tabiatshunoslik falsafasi, din falsafasi, huquq falsafasi, fan falsafasi, texnika falsafasi, tarix falsafasi, madaniyat falsafasi, siyosat falsafasi, global muammolar falsafasi kabi bugungi kunda mustaqil fan maqomini olish bilan birbutun yo‘nalishlarga ajralgan. Ulaning har birining o‘z tushunish apparati hamda muammoni hal qilishning o‘ziga xos usullari bor. U yoki bu falsafiy fanning rivojlanish darajasi turlichadir. Ulardan ba'zilari (masalan, ontologiya) falsafa ibtidosida vujudga kelgan bo‘lsa, boshqalari (global muammolar falsafasi yoki texnika falsafasi) XX asr mahsulidir. Falsafiy fanlarning mustaqilligi to‘g‘risida Download 64.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling