Insonning psixologik va madaniy omillari


Download 0.69 Mb.
bet2/3
Sana06.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1693467
1   2   3
Bog'liq
Insonning madaniy va psixologik omillari

Bir qator tadqiqotlar XXI yuz yillik «Ong asri» (P. Rassel) bolishi haqidagi taxminni tasdiqlamoqda. Malumki, U. Jems, K. Yung, A. Maslou va boshqalar shaxslararo munosabatlar, «ongning yorishishi» holatiga olib keluvchi diniy tajriba ruhiy soglom ilk korsatkichi hisoblanishi va ancha ko’p uchrashini ta’kidlagan edilar. Duolar. meditatsiya va shu kabilar bunday holatga erishish usullari hisoblanadi. Bu yerda gap mazkur texnikani keng tarqatish, uni kundalik hayotga kiritish, ya’ni «psixotexnologiya» haqida boradi. Yaqin o'n yilliklar ichida u «ongning yorishishi» tajribasini chuqurlashtirish, individ o‘z imkoniyatlarini o ‘zi ro'yobga chiqarishi va ma’naviy kamol topishi jarayonlarini jadallashtirish uchun zarur bo’lgan ilmiy tadqiqotlarning bosh maydoniga aylanishi taxmin qilinayotir. Psixotexnologiyaning pirovard maqsadi evolyutsion o'zgarishlar uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Zero, aynan ma’naviy yangilmas, ongni buyuk mistiklar va faylasuflar kashf etgan usulda o'zgartirish «dunyom o ‘ta teran asoslarda o‘zgartinshga yordam beradi», chunki evolyutsiya jarayonining muhim qismi - ongning yuksak holatlarini yanada rivojlantirishda ishtirok etadi. Darhaqiqat, inson va uning ongi kosmobiologik va psixosotsial evolyutsiyaning uzoq davom etgan o‘zaro aloqasi mahsuli hisoblanadi. Inson va uning ruhiyati tabiatiga, shuningdek, yungcha, transpersonal va gumanistik psixologiyalar, ongni meditatsion o'rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar, arxaik dmiy tizimlar (shamanizm va boshqalar), ezoterika amaliyoti (buddaviylik psixologiyasi va sh.k.) to'plagan tajribaga ayni shu nuqtayi nazardan yondashish o ‘rinli bo’ladi. «Buddaviy mutafakkirlar ruhiy holatlarning murakkab ierarxiyasiga tavsif berganlar, inson ruhiyatini boshqarish yo’llarini izlaganlar. Qadimgi buddaviylarning boy psixologik tajribasi buddaviylik madaniyatining muhim tarkibiy qismi sifatida, hech shubxasiz, bugungi kunda ilmiy -eksperi mental o‘rganish obyektiga aylanishi lozim». Bundan tashqan yana shuni ham hisobga olish lozimki, hozirgi zamon psixologiyasining fundamental tasavvurlari dunyo haqidagi nyutoncha tasavvur darajasidan yuqoriga ko‘tarilgani yo‘q (hozirgi vaqtda gap dunyo haqidagi postnoklassik tasavvur haqida boradi). Mazkur tasavvurga ko‘ra fizik dunyo mutlaq makon va vaqtdagi ayrim moddiy jismlar yig’indisi hisoblanadi Jismlar o'rtasidagi o'zaro aloqalar uzoqqa harakat tamoyiliga bo‘ysunadi. Psixologiyada ham shunday: «Inson ongi bo‘sh - nyutoncha makonga joylashtirilgan fizik jismda kapsulalashtirilgan» .


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling