Insonparvarlik tamoyili


Download 1.84 Mb.
bet2/5
Sana03.11.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1745017
1   2   3   4   5
Bog'liq
INSONPARVARLIK TAMOYILI

Ta’lim metodlaridan oqilona foydalanib, ilmiy dars o’tish, o’quvchilarni hayotda o’z o’rnini topishga, ongning shakllanishiga katta asos bõlibxizmat qiladi.O’qituvchining ma’lum fan ilmini o’quvchilar ongiga etkaza olish mahorati, shu o’quvchilarni bo’lg’usi hayot yo’llarini tanlashda muhim ahamiyatga ega. 

Tarbiyaning insonparvarlik gʻoyasi muhim tushuncha boʻlib unda inson yoki shaxsning taqdiri yotadi. Insonparvarlik gʻoyasi har bir xalqning azaliy qadriyati hisoblanadi, umimiy qadriyat hisoblanadi. Masalan ikkinchi jahon urishi yillar[da oʻzbek xalqining turli millat xalqiga insonparvarligi, bolajonligi, xalqparvarligi hamda mehr oqibatliligi misoldir. Tarbiyaning markazida shaxs turar ekan har bir ison komil inson boʻlishga intilishi kerak, shundagina biz kutgan natijaga erishimiz mumkin. ABU Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy va b. asarlarida Insonparvarlik, inson erkinligi, uning qadr-qimmati gʻoyalari olgʻa surildi. Forobiy insonlarning inoq va doʻst yashashi mamlakatda xalqlar uchun katta foyda keltirishini isbotlashga intilgan va tin-chlikni qatʼiy quvvatlab, butun faoliyatini inson xizmatiga qaratgan. Navoiy inson taqdiri, xalq manfaa-ti, mamlakat haqida gʻamxoʻrlikni asosiy masala qilib qoʻygan. 

Dunyoda eng qimmatli narsa insondir, degan fikrni olgʻa surgan. Uning fikricha, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Jahon dinlari, jumladan islom dinida ham Insonparvarlik gʻoyalari oʻz ifodasini topgan. Unda faqir, kambagʻal, musofir, muhtoj kishilarga yordam berishga, sahovatli va insofli boʻlishga daʼvat qilinadi.


Insonparvarlik tamoyili asosida faoliyat yuritmoqdamiz — deydi Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi Tibbiy-ijtimoiy markazi rahbari Hotam Rizayev.
Inson zoti hamisha mehr va shirin so‘zdan quvvat olib yashaydi. Ayniqsa, ko‘ngli yarim, yordamga muhtoj kishilarga muruvvat va e`tibor ko‘proq zarur. Xalqimiz hamisha nogiron, kam ta‘minlangan, keksa va yolg‘iz, ko‘p bolalari fuqarolarga ko‘mak berishni ezgu a‘mol hamda savob deya asrlar osha unga amal qilib kelmoqda.
Respublikamizda ana shu ezgulik yo‘lida “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi jamoasi va respublika bo‘yicha hududiy — bo‘lim va tuman tayanch maskanlarida ham ulkan ibratga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Tibbiy — ijtimoiy patronaj tizimining 15 yillik faoliyati davomida “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining ko‘chma brigadalari mutaxassislari tomonidan:
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga kerakli tavsiyalar berildi hamda doimiy ravishda muruvvat yordamlari ko‘rsatib kelinmoqda.
Respublikamizning eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi 500 mingga yaqin oilalarning tibbiy-ijtimoiy holati o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18-iyun 2008- yildagi “Irsiy kasalliklar va nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-iyuldagi “2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma‘naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 27- fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “Mustahkam oila yili” davlat dasturi ijrosini amalga oshirish yuzasidan mahallalarda kam ta`minlangan, ko‘p bolali oilalardagi tug‘ish yoshidagi ayollar, o‘smirlar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, muhtoj bo‘lgan bemorlarga xayriya sifatida dori-darmonlar tarqatilmoqda. Tibbiy ko‘riklar nafaqat mahallalarda balki korxona va tashkilotlarda, harbiy qismlarda, o‘quv muassasalarida ham reja asosida amalga oshiriladi.
“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi Tibbiy-ijtimoiy markazi, jamg‘arma filiallarining ko‘chma tibbiy-ijtimoiy brigadalari mutaxassislari tomonidan 2012-yilning o‘tgan yetti oyi mobaynida respublika bo‘yicha 537 ta qishloq va 1 609 ta mahallalarida, o‘quv muassasalari, harbiy qismlar, harbiy bilim yurtlari, korxona xamda tashkilotlarda jami 116 678 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
2009-yilda tashkil topgan hududlararo tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi mutaxassislari tomonidan Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Bo‘stonliq tumanlari chekka xududlarida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo‘lgan aholilarning 9 447 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda muruvvat yordami tarzida dori-darmonlar tarqatildi.
“Yoshlik” talabalar shaxarchasi xududida joylashgan ta`lim muassalarida va talaba-o‘quvchilar turar joylarida 75 ta ma`naviy-ma`rifiy yo‘nalishdagi tadbirlarda 3 055 nafar talabalar qamrab olindi.
Tibbiy ko‘riklar bilan bir qatorda aholi o‘rtasida va o‘quv muassasalarida ta`lim olayotgan talaba va o‘quvchilar o‘rtasida 1 955 ta ma‘ruza, davra suhbatlari, uchrashuv hamda seminarlar tashkil etildi. Bunda 143 883 nafar fuqaro qamrab olindi. Ularga muruvvat yordami tarzida “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi tomonidan chop etilgan 8 turdagi 16 826 dona buklet va risolalar tarqatildi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling